Abdullaxon II ning ichki va tashqi siyosati. Shayboniylar sulolasining inqirozi.
AbdullaxonIIAmirTemurdanso‘ngMovarounnahrdanisbatanqat’iysiyosatyurgizaolgan
yagonavaso‘nggidavlatarbobiedi. U Buxoro hokimiyatini tiklash maqsadida Qozog‘istonning
hozirgi Qarag‘anda viloyati g‘arbidagi, Sariq suv daryosining Shimolida joylashgan
Ulug‘toqqa yetib borgach, tog‘ tepasidagi bir minorada bitilgan quyidagi so‘zlarga ko‘zi
tushadi: «Tarix yetti yuz to‘qson uchinda qo‘y yili, yozning ora oyi, Turonning sultoni
Temurbek ikki yuz ming cherik bila To‘xtamishxon yurtiga intiqom uchun yurdi. Bu yerga
yetib, belgi bo‘lsun deb bu minorani qurdirdi. Tangri nusrat bergay inshoolloh. Tangri el
kishiga rahmat qilg‘ay. Bizni duo bilan yod qilg‘ay».
Mazkur bitiklar 1391-yili Amir Temur To‘xtamishxonga qarshi lashkar tortgan kezi
shu tog‘ ustiga chiqib, so‘ng bu yerda bir minora qurdirib xarsang toshga o‘ydirib yozdirgan
xotira so‘zlari edi. Abdullaxon II buyuk sohibqiron haqiga duolar o‘qittirib, o‘zi ham qarshi
tomonda bir minora qurishga buyruq berdi va unga «Kimki bu manzilga qadam qo‘ysa, xayrli
duo ila bizni yod aylasin» so‘zlarini o‘ydirtiradi. Amir Temur Turkiston shahrida Xo‘ja
Ahmad Yassaviy maqbarasi va masjidini qurdirgani ma’lum. Tugallanmay qolgan bu ishni
oxiriga yetkazish Abdullaxon II ga nasib etadi.Abdullaxon II XVI asrning 80-yillarida
Xurosonda, uning markazlari Hirot, Mashhadda, 90-yillarda Seyiston, Garmsir va to Xilmand
daryosigacha bo‘lgan hududlarda o‘z saltanatini o‘rnatdi, Qandahorni ham egallaydi. Uning
davrida hozirgi Qarag‘andadan (Ulug‘tog‘dan) Xilmand daryosigacha, Sibir xonligidan
Mashhadgacha bo‘lgan hududlar yana bir bor Oliy hokimiyati Buxoro qo‘l ostida birlashdi.
Bunday katta saltanatgaAmir Temurdan so‘ng Abdullaxon II asos soladi. Rossiyaliklar uning
davlatiga nisbatan «Buyuk Buxoriya» degan iborani qo‘llashgan edilar.
Ana shu davrdagi Abdullaxon II ning markazlashgan davlat tuzish borasidagi faoliyati
Hofiz Tanish Buxoriyning «Abdullanoma» asarida o‘zining mukammal ifodasini topgan.
Abdullaxon zamonida Buxoro xonligida dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq
rivojlanadi, madaniy hayot ancha yuksaladi. Juda ko‘p sug‘orish inshootlari: Abdullaxon
bandi, Tuyatortar kanali, Okchopsoy to‘g‘oni va suv ombori, Vahshdan chiqarilgan ko‘plab
ariqlarning qurilishi dehqonchilikni rivojlantiradi. Bu vaqtlarda Buxoro xonligida
bug‘doyning 10 xil turi, suli, qo‘noq, jo‘xori, mosh, no‘hat, makkajo‘xori, loviya, sholi, paxta,
kunjut, beda, arpa, sabzavot va poliz ekinlari ekilgan, bog‘dorchilik, chorvachilik vaipakchilik
rivojlangan. Samarqand, Buxoro, Marg‘ilon, Xo‘jand, Andijon, Toshkent, Jizzax,
O‘ratepa, Shahrisabz va boshqa yirik shaharlarda hunarmandchilik taraqqiy qilgan.
Samarqand qozi kalonining hujjatlaridan ma’lum bo‘lishicha, XVI asrda Samarqandda
hunarning 61 turi mavjud bo‘lgan. Movarounnahrlik hunarmandlar zo‘r san’at bilan turli-tu
man metall buyumlar, ip va ipak matolar, a’lo navli qog‘ozlar ishlab chiqarganlar. Buxoro
shahri bu vaqtda ancha kengaytirilgan, devor va harbiy istehkomlar qaytadan qurilgan.
Shaharda madrasalar, xonaqoh va karvonsaroylar, yangi rastalar barpo qilingan.
Shahar o‘rtasidagi tim, ko‘chalar chorrahasi ustiga gumbaz-toqlar, hammomlar, karvon
yo‘llarida sardobalar, karvonsaroylar, ko‘priklar qurilgan.
Abdullaxon davrida Buxoro xonligining Hindiston, Xitoy, Turkiya, Rossiya bilan
savdo va diplomatik munosabatlari rivojlangan. 1572–1578-yillari Hindistonda Buxoro
xonining elchilari, Buxoroda esa Hindiston podshohi Akbarning elchilari bo‘lgan.
Abdullaxon II elchilari 1583-yili Moskvadan o‘q-dori, ov qushlari, mato olib kelganlar.
Bunday elchilik 1589, 1595-yillarda ham takrorlangan.
68
Do'stlaringiz bilan baham: |