otaliqdir
(otaka, atka). Bu
mansabga tayinlangan shaxs, avvalo, voyaga yetmagan shahzodaning tarbiyasi uchun mas’ul
bo’lgan. Mazkur lavozim egasi shahzodaga otaliq qilib, otasining o’rnini bosadigan darajada
tarbiya bergan. Otaliqlar xizmati yuqori baholangan va ko’zga ko’ringan amrlardan
tayinlangan. Otaliqlar shahzodalarga mulk qilib berilgan viloyatlardagi xon hokimiyati
siyosatini belgilash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega bo’lganlar. Xonlar voyaga
yetmagan shahzodalarga viloyatlarni mulk sifati taqsimlab berganda ularni doimiy nazorat
qilish uchun o’zining ishonchli kishilarini otaliq qilib tayinlagan. Bunday hollarda
shahzodalar voyaga yetguniga qadar ma’lum viloyatlardagi boshqaruv ishlari otaliqlar
qo’lida bo’lgan. Otaliqlar amalda butun bir viloyat taqdirini, uning markaziy hokimiyat bilan
munosabatlarini hal qilganlar. Ayrim hollarda shahzoda balog’atga yetib, hokimiyatni mutlaq
egallaganda ham otaliqlarning boshqaruvdagi roli katta bo’lgan.
Davlat ishlarida
ko’kaldosh
(aynan ma’nosi-bir onadan sut emgan) mansabi ham
muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Ko’kaldoshlar davlat bilan do’stona va dushmanlik
munosabatida bo’lganlar haqida ma’lumotlar to’plagan. Shuning uchun ham ko’kaldosh
dargohning eng ishonchli kishilaridan hisoblanib, bu amaldagi kishilarning vazifasi
mamlakatda oliy hukmdor olib borayotgan siyosat daxlsizligi, unga fuqaroning
munosabatlarini o’rganishdan iborat bo’lgan. Ko’kaldoshlar yuqori mavqega ega bo’lib,
badavlat kishilar bo’lgan. Toshkent va Buxoroda ko’kaldoshlar o’z mablag’lari hisobidan
madrasa qurdirgani ma’lum.
Xon yasovuli
lavozimidagi shaxslar sulola ichki munosabatlariga oid bo’ladigan
tadbirlarni boshqarib turgan. Chunonchi, oliy hukmdor bilan shahzodalar o’rtasidagi
munosabatlarni o’rnatilgan tartib asosida yo’lga qo’yish, xonning shahzodalarni qabul qilishi,
ularning arzlari, iltimoslarini xonga yetkazish kabi tadbirlar shular jumlasidandir.
Yasovullar
dastlabki paytlarda xonlarning uy xizmatchilari bo’lgan. Ular xonlarning
yaso va yusunga asoslangan buyruqlarini ijro qiluvchi shaxslar bo’lib, keyinchalik, xonlar
huzurida kichik lavozimdagi xizmatchilar bo’lgan va ularning ko’rsatmalarini ijro etib
turganlar. Ular urushda tushgan o’ljani hisob-kitob qilish va undan xoga tegishli qismini
hisoblab ajratib olish vazifalarini ham o’tagan.
Mehmon xudoy
. Dastlabki o’zbek xonlari, aniqrog’i, Shayboniyxon huzurida bunday
lavozim bo’lganligini faqat Fazlulloh ibn Ruzbehon aytadi, xolos. Uning so’zlariga
qaraganda, bu lavozim egasi xonning maxsus yig’ilishlari (majlisi xumoyun)ni to’rlashga
javobgar bo’lishgan.
Muboshirlar
. Ular odatda, xonning choparlari vazifasini o’tagan va uning yorliqlarini
viloyatlarga yetkazish vazifasini bajargan.
Shayboniylar xonlari hayotida ovchilik muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Shuning uchun
ham xon huzuridagi
Do'stlaringiz bilan baham: |