3-topshiriq
Savol
1.Safoviylar davlati inqirozi. Nodirshoh
2. Birinchi Rossiya-Eron urushi va Guliston sulhi
3. XIX asr oxiri XX asr boshida Eron.
4. XVII asrning o'rtalarida Usmoniylar imperiyasi.
Javoblar
Safaviylar davlati - Oʻrta Sharqda safaviylar boshqargan davlat (1502—1736). Ardabil hukmdori Ismoil oq qoʻyunlilar va ularning ittifoqdoshlari ustidan gʻalaba qozonishi natijasida barpo etilgan. Safaviylar davlati tarkibiga Ozarbayjon, Armanistonning bir qismi, Eron, hozirgi Afgʻoniston (Balx viloyatidan tashqari), Arab Iroqi (vaqtvaqti bilan) va boshqa hududlar kirgan. Safaviylar, asosan, qizilboshlilarga tayangan. 16-asrgacha poytaxt Tabrizda boʻlib, 1548 y. Qazvinga koʻchirilgan. Davlat dini shialik boʻlgan. Shoh Tahmasp I davrida koʻchmanchi qabilalar taʼsiri kuchayib, Safaviylar davlatida xalq qoʻzgʻolonlari avj olgan. 1535 y. Xurosondagi xalq qoʻzgʻolonidan foydalangan Buxoro xoni Ubaydullaxon Hirotni bosib olgan. Tahmasp I Kavkazorti, Kurdiston, Iroqni qaytarib olish uchun turklar bilan tinimsiz urushlar olib borgan. Tahmasp I vafotidan soʻng boshlangan oʻzaro urushlar natijasida Safaviylar davlati inqirozga uchrab, mayda mulklarga boʻlinib ketgan. Bundan foydalangan Turkiya Safaviylar davlatining shim. qismini, oʻzbek xonlari Xurosonni bosib oldi. Bu vaqtga kelib qizilboshlilar Abbos I atrofiga birlashgan. 1597 y. Xuroson oʻzbeklardan tortib olingan. Harbiy islohot oʻtkazilgan. Poytaxt Isfahonga koʻchirilib, unda va boshqa shaharlarda qurilish ishlari olib borilgan. 1603—07 yillar Luriston, Armaniston, Gruziya, Ozarbayjon Turkiyadan qaytarib olingan. 1623 y. Bagʻdod ham qoʻshib olingan. Savdo va hunarmandchilik taraqqiy etgan. Abbos II ning vafotidan soʻng Safaviylar davlati yana inqirozgauchray boshlagan. 18-asr boshlarida Afgʻonistondagi safaviylar hokimi Mir Vays oʻzini mustaqil deb eʼlon qilgan. 1722 y. uning oʻgʻli Mahmud Safaviylar davlati ning ancha qismini bosib olgan. Safaviylarning afgʻonlar va turklarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borgan sarkardasi Nodir (qarang Nodirshoh) safaviylar sulolasini taxtdan agʻdarishi bilan Safaviylar davlati barham topgan.
Oʻrta asrlarda Eron Osiѐdagi yirik davlatlardan biri edi. Oʻrta
Sharqning muhim strategik va savdo yoʻllari ustida joylashgan bu
mamlakatning iqtisodi va madaniyati XVI —XVII asrlarda ancha yuksaladi.
Eronni boshqargan sulolalar jumladan yangi Eron shohligini barpo
qilgan safoviylar davlati ijtimoiy — iqtisodiy turmush darajasi
turlicha boʻlgan qabila va halqlardan uyushgan boʻlib juda katta (Xuroson,
Hirot, Qandahor, Belujiston, Sharqiy Armaniston, Ozarboyjon, Gruzin
podsholigi Eron shohiga vassal boʻlgan) hududlarini egallagan edi. Eron
davlatining oʻzi ham milliy jihatdan bir hil boʻlmay, unda kurd,
baxtiѐrlar, lur, turkman va boshqa qabilalar yashardi. Bu xalqlar ayniqsa,
Kavkaz xalqlari milliy jihatdan oʻta kamsitilar va aѐvsiz ekspluatatsiya
qilinar edi.
Eron shohi mamlakatdagi butun yer, suv egasi hisoblanardi. Davlat
— feodal yer egaligidan tashqari feodal va dehqon yer egaligining bir
qancha koʻrinishlari ham (devon yeri, suyurgʻol yerlar, arbob yeri, vaqf
yerlari, xususiy va mayda mulk yerlari) mavjud edi. XVIII asr boshida
Eronga boʻysundirilgan xalqlarning shoh va xonlarga qarshi
harakati oʻsib bordi. Islom dinidagi ikki mazhab (Sunniylar va shialar)
oʻrtasidagi ziddiyatlar kuchaydi. Chunki Erondagi gʻalaѐn, quzgʻalon va
boshqa harakatlar koʻp vaqt diniy tus olar edi. Islom dinidagi asosiy
yoʻl qurʼon bilan bir qatorda sunnani (yaʼni qurʼonda boʻlmagan, lekin
Muhammad sallolohu alayhi vassallam qoldirgan hadis aqidalarini) tan
oladi. Sunna faqat sunniy mazhabidagi musulmonlar uchungina qonuniy
kuchga ega. Shialar avval Janubiy Eronda VII asr oʻrtalarida siѐsiy
partiya sifatida (“Shia Ali”, yaʼni “Ali partiyasi”) nomi bilan paydo
boʻldi.Shialar arablarning hukumron sulolalasidan norozi boʻlgan
xalqlar harakatiga boshchilik qilgan edilar. VIII —IX asrlarda shialar
harakati asosan Eronda tarqalgan edi. (Hozirgi kunda ham shialar faqat
Eron va Yamanda mavjud). 1500-yilga kelib, shia Eronda asosiy davlat
dini boʻlib qoldi. Shialar sunna xalifalarini tan olmas, binobarin,
Ali avlodlari boʻlgan imomlarni ham ularga qarshi qoʻyardilar. Shialar
qurʼonni musulmon dinining bosh kitobi deb bilganlari holda unga
sunniylar bergan izohlarni (hadisni) tan olmasdilar hamda unga
oʻzlarining muqaddas vasiyatnomalarini (Axborni) qarshi qoʻyardilar.
XVII asr oxirida Safaviylar davlati iqtisodiy va siѐsiy
tushkunlik davrini boshidan oʻtkazaѐtgan edi. Bunda shoh xonadoni
oʻrtasidagi raqobatlar, keyingi shohlarning davlatni boshqarishidagi
oʻquvsizligi, turli feodal guruhlar oʻrtasidagi nizolar bilan bir qatorda
muhim savdo yoʻllarining boshqa tomonlardan oʻta boshlaganligi,
dexqonlar va shahar aholisini ekspluatatsiya qilish kuchayganligi, turli
xalqlarning Safaviylar sulolasiga qarshi kurashla hal qiluvchi rol
oʻynaydi.
Safaviylar shohlariga qarshi XVIII asr boshida qoʻzgʻalon koʻtargan
afgʻonlarning gilza qabilalari 1709—1714-yillarda Eron qoʻshinlariga
qator zarbalar berdilar. 1722-yili Isfahonni qamal qildilar. Eron
zaiflashib qolganidan foydalanib, turklar 1723-yili mamlakatga qarshi
harakat boshladilar va 1728-yili Kavkazortini, Eron, Ozarboyjonni,
Tehronni egalladilar hamda Rossiya chegaralariga tahdid sola boshladilar.
Pѐtr I oʻz armiyasini Astraxandan Shimoliy Kavkaz orqali Eronga
yubordi va eronning ipak markazi boʻlgan Gʻilof turklar tomonidan
egallab olinishiga yoʻl qoʻymadi. Eronning turli rayonlarida afgʻon
qoʻzgʻalonlari boshlandi. Bunda turkmanlarning afshor qabilasidan
boʻlgan talantli harbiy yoʻlboshchi Nodirquli shuhrat qozondi. U 1736-yili shohlikni Nodirshoh nomi bilan egallab oldi. Nodirshoh vafotidan
keyin uzoq vaqt mamlakat shohsiz qolib, qabilalar oʻrtasidagi kurash
kuchaydi.
Eronda 1905-yili boshlangan inqilobiy harakat
1911yilgacha davom etdi. Bu harakatda aholining barcha tabaqalari faol
ishtirok etdi. Inqilobiy harakat jaraѐnida mamlakatning markaziy va
shimoliy rayonlarida vujudga kelgan inqilobiy tashkilotlar Eron
burjua — demokratik inqilobida katta ahamiyat kasb etdi. Inqilob
natijasida Eron tarixida birinchi marta parlament — majlisi tuzish
haqida qonun qabul qilindi. 1907-yilda Majlis Eronning birinchi
konstitutsiyasini ishlab chiqdi va qabul qildi.
Biroq inqilob chet el imperialistlarining faol ѐrdami va
ishtiroki bilan bostirildi.
Bu inqilob mustamlaka va qaram mamlakat xalqlari milliy —
ozodlik kurashi tarixida yangi davr boʻldi.
Inqilobning haѐt baxsh taʼsiri ostida Eronda milliy — ozodlik
kurashi koʻtarila boshladi. Bundan tashvishga tushgan Angliya
imperialistlari Eronga katta harbiy kuch kiritdilar va 1919-yil
avgustida Eron hukumatini maxsus shartnoma imzolashga majbur etdilar.
Bu shartnomaga koʻra Eron amalda Angliyaning vassaliga aylanib qoldi.
Angliya imperializmi Erondan Kavkaz va Oʻrta Osiѐga qarshi harbiy
intervensiya uyushtirib agʻdarishga harakat qildilar.Angliya
bosqinchilarini tor —mor etildi. Bu hol Eron xalqini Angliya
imperialistlariga qarshi kurashga ilhomlantirdi. 1918 —1922yillarda
mamlakatda avj olib ketgan milliy — ozodlik harakati imperializmga
qarshi kurash shiori ostida oʻtdi. Bu kurash Eronning Ozarboyjon, Gʻilon
va Xuroson viloyatlarida ayniqsa keskin tus oldi, lekin chet el
imperialistlarining ѐrdami bilan reaksion kuchlar inqilobiy
harakatni bostirdilar.
XVII asr oxiridan boshlab sultonlikning harbiy, siyosiy va iqtisodiy qudrati astasekin zaiflasha boshlagan. Yevropa mamlakatlari oʻzaro ittifoq tuzib, Usmonli imperiyasiga qarshi kurashga chogʻlanganlar. Vena atrofida boʻlgan 2 jangda turk qoʻshini Avstriya, Olmoniya, Polshaning birlashgan armiyasidan yengilgan (1683-yil). Muntazam davom etib turgan Rossiya -Turkiya urushlari (1676-1681, 1684-1699, 1710-1711, 1768-1774, 1787-1791, 1807-1812, 1828-1829, 1853-1856, 1877-1878, 1914-1916 va boshqalar) oqibatida Usmonli imperiyasi asta-sekin zaiflashib borgan. Hatto bu paytda vahhobiylarning taʼsiri kuchayib, ular inglizlarning yordamida Fors qoʻltigʻidagi El-Xasa (1792), Karbalo (1801), Makka va Madina (1803—1806)ni egallab, turklarga qarshi qirgʻin uyushtirgan.
Salim III va Mahmud II hukmronliklari davrida saltanatni parchalanib ketishdan saqlab qolish uchun islohotlar oʻtkazilgan. Sulton Abdulmajid yana islohotlar (Tanzimat) oʻtkazish (1839) orqali, bir tomondan, sultonlik inqirozini toʻxtatishga, ikkinchi tomondan, yangi turk ziyolilarini (ular oʻzlarini yangi usmonlilar deyishgan) shakllantirishga muvaffaq boʻldi. Bu paytda boʻlgan Qrim urushida Turkiya oʻzining eski raqibi Rossiya imperiyasi ustidan gʻolib chiqdi hamda Qora dengiz va Dunay daryosidagi mavqeini qayta tikladi. Tanzimat va 1876-yilda qabul qilingan dastlabki konstitutsiya sulton Abdulhamid II tomonidan bekor qilingach (1878), mamlakatda istibdod davri boshlangan. Bu davrda sultonlik Yevropa davlatlariga iqtisodiy jihatdan qaram boʻla boshlagan. 19 asr oxiri — 20 asr boshlarida "Ittihod va taraqqiy" partiyasi aʼzolari mamlakatda konstitutsion monarxiya oʻrnatish uchun qatʼiy harakat qilishgan (Turkiya).
1922-yil 1-noyabrda Turkiya Buyuk Millat Majlisi sultonlikni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Mustafo Kamol (Otaturk) bosqinchilarga qarshi koʻtarilgan milliy ozodlik harakatiga rahbarlik qilib, sultonlikning asosan turklar yashaydigan hududi — Kichik Osiyo va qisman Yevropada 1923-yil 29-oktyabrda Turkiya jumhuriyatiga asos soldi
Do'stlaringiz bilan baham: |