Asosiy matn: shaddodiylar



Download 22,01 Kb.
Sana19.04.2022
Hajmi22,01 Kb.
#564237
Bog'liq
ERON


Asosiy matn:
SHaddodiylar
340-571/951-1174
Arron va SHarqiy Armaniston
1. Ganja va Dvindagi ulug’ urug’
taxm. 340/951 Muhammad ibn SHaddod(Dvinda)
360/971 Ali LashkariyI ibn Muhammad(Ganjada)
368/978 Marzubon ibn Muhammad
375/985 Fazl1 ibn Muhammad
422/1031 Abulfath Muso
425/1034 Ali LashkariyII
440/1049 Anushirvon ibn Lashkariy
441/1049 Abu-l-Asvar SHovurI ibn Fazl(413/1022 yildan Dvinda
441/1049 yiddan Ganjada hukmronlik qilgan)
459/1067 FazlII ibn SHovur
466-468/1073-1075 Fazl III (Fazlun) ibn Fazl
Arronni Saljuqiylar lashkarboshisi Sav tegin bosib oldi
2. Oniydagi urug’
taxm. 465/1072 Manuchehr ibn SHovurI
taxm. 512/1118 Abulasvar SHovur11
518/1124 Gruzinlar egallagan
taxm. 519/1125 FazlIV (Fazlun) ibn SHovurII
? Mahmud
taxm. 525/1131 Xushchehr
? SHaddod
550/1155 FazlV
556/1161 Gruzinlar egallagan
559-571/1164-1174 SHohanshoh
Onniyni gruzinlar egallashdi
SHaddodiylar SHimoliy Eronda Daylamdagi xalqdarning siyosiy faolligi juda kuchaygan davrda maydonga chiqqan sulolalardan biridir. SHaddodiylar ham kurd bo’lsalar kerak. Eron dunyosining shimoli-g’arbiy burchagi va unga qo’shni bo’lgan Kavkaz hududlari bitilgan tarixning ko’p qismida etnik va lingvistik jihatdan haddan tashqari ola-qura manzarani tashkil qiladi. SHaddodiylar shajarasida daylamiy ismlarning (Lashkariyga o’xshash) yoki armaniy ismlarning(Ashotga o’xshash) mavjudligi, shubhasiz, SHaddodiylar ham Ozarbayjonning Daylamiylari, ham nasroniy armanlar va gruzinlar orasidan o’zlariga joy izlashga majbur bo’lganlaridan dalolat beradi. Kurd qallobi Muhammad ibn Shaddod X asr o’rtasida Dvinda(hozirgi Yerevan shaharidan 35 chaqirim janubroqda) o’rnashib oldi. Bu kezlarda Dvin Musofiriylarning qo’lida edi. Muhammad Vizantiyadan ko’mak olishga harchand urinmasin, Daylamiylarga Dvinni qaytarib olishlariga to’sqinlik qila olmadi. Ammo 360/971 yilda uning o’g’illari Musofiriylarni Arrondagi(SHarqiy Kavkazortida Kuro va Araks daryolari oralig’idagi viloyat) Ganjadan quvib chiqarishdi. SHundan boshlab butun asr mobaynida Ganja SHaddodiylar urug’ining poytaxti bo’ldi. SHaddodiylar islomni bu hududda zo’r shijoat bilan himoya qildilar va gruzin Bafatiylari, turli-tuman arman knyazlari vizantiyaliklar bilan kurashdilar, shuningdek, alanlarga(osetinlarga) va Kavkazning narigi tomonidagi ruslarga qarshi jang Musulmon sulolalari. qildilar. Xususan, eng mashhur shaddodiy Abulasvar SHovurI zamondoshlari orasida din uchun kurashchi sifatida shuhrat qozongan. To’g’rul va Saljuqiylar Kavkazda paydo bo’lganida SHaddodiylar ularga bo’ysunishdi, ammo468/1075 yilda qullardan chiqqan Saljuqiy amir Sav Tegin Arronga bostirib kirdi va Fazl(Fazlun) III ni o’z mulklaridan voz kechishga majbur qildi. Ammo arman Bagratiylarning poytaxti Oniyni465/1072 yilda Sulton Alp Arslon egallagandan so’ng SHaddodiylarning boshqa urug’i u yerda o’rnashib oldi va ko’pgina ko’rguliklarni boshdan kechirib, to XII asrning ikkinchi yarmida gruzin saltanati tiklangunga qadar hukmronlik qilishda davom etdi. Oniydagi SHaddodiylar avlodining biri haqidagi so’nggi ma’lumot595/1199 yilga taalluqlidir.
Ziyoriylar
315-483/927-1090
Tabariston va Jurjon(Gurgon)
315/927 Marvovij ibn Ziyor
323/935 Zahiru-d-davla Vushmagir
356/967 Zahiru-d-davla Bisutun
367/978 SHamsu-l-maoliy Qobus
402/1012 Falaku-l-maoliy Manuchehr
420/1029 Anushirvon
441/1049 Unsuru-l-maoliy Kaykovus
?-483/?-1090 Gilonshoh
Kaspiyning janubi-g’arbiy sohillarida joylashgan qoloq tog’li viloyat Daylam X asr boshida xalifa va boshqa hukmdorlarga ko’plab yollanma askar yetkazib berib turdi. Ziyoriylar Daylamiy navkarlari orasidagi eng ashaddiy sotqinlardan biri, Somoniylardan chiqqan sarkarda Asfar isyonidan foydalanib, shimoliy Eronning kata qismini egallabolgan Mardovij ibn Ziyordan tarqalganlar. U tez orada janubdagi Isfahon va Hamadonni ham egalladi, ammo323/935 yilda Mardovij o’zining turkiy navkari qo’lidan halok bo’ldi va uning chillaki saltanati tarqab ketdi. Mardovijningukasi Vushmagir o’zini somoniylarning vassali deb tan olgach, Kaspiy bo’yidagi viloyatlarnigina saklab qola oldi. X asrning ikkinchi yarmida Ziyoriylar Buiylar va Somoniylarning SHimoliy Eronda hokimiyat uchun olib borgan kurashlarida bir qadar siyosiy o’yin qildilar. Ammo Ziyoriylardan chiqqan Kobus ibn Vushmagir anchagina nozikbadiiy dilga va iste’dodga ega bo’lgan hukmdorlardan edi. Barcha Daylamiy sulolalardan Ziyoriylarni shu narsa ajratib turadiki, ular o’z hukmronlik davrida, ayniqsa, uning so’nggi bosqichida deyarli istosnosiz ravishda shia mazhabining emas, sunniy mazhabining e’tiqodlariga amal qildilar. XI asr boshida Ziyoriylar G’aznaviylarga qaram bo’lishga majbur bo’ldilar. Ular G’aznaviylar bilan nikoh rishtalari orqali bog’langan edilar. Ammo Ziyoriylarning421/1030 yildan keyingi tarixi ancha qorong’i. Saljuqiylar Kaspiy bo’yi hududlari— Jurjon va Tabaristonni bosib oldilar, biroq Ziyoriylar sulolasining ba’zi bir vakillari ichkari tog’li hududlarda saqlanib qolgan bo’lishi mumkin edi. Ziyoriy amirlarining so’nggilaridan biri Kaykovus fors tilida yaratgan«Qobusnoma» kitobining muallifi sifatida shuhrat qozondi. Uning o’g’li Gilonshoh bu urug’ning so’nggi hukmdori bo’ldi. U Elburs tog’laridan tushgan ismoiliylar tomonidan ag’darilgan. SHundan so’ng bu sulola tarix sahnasidan butunlay chiqib ketdi. Muallifning so’nggi ikki Ziyoriy hukmdor taqdiri haqida aytganlari Kaykovusning «Qobusnoma»da bergan ma’lumotlariga to’gri kelmaydi. Kitob matnidan ma’lum bo’ladiki. Saljuqiylarning433/1041 yilda Jurjonda paydo bo’lishi Kaykovusni G’aznaga qochishga majbur qilgan. Kaykovus u yerda sakkiz yil mobaynida Sulton Mahmudning nadimi bo’lgan, keyin SHaddodiylar saroyida yashagan. 475/1082-83 yillar davomida yozil-gan«Qobusnoma»da Kaykovus o’glining hukmdorligi haqida hech narsa demaydi. «Qobusnoma»ni rus tiliga ag’dargar va unga izohlar yozgan Ye.E.Bertelьs ham Gilonshohning hukmdor bo’lganiga shubha bilan qaraydi. Muallifning Gilonshohning ismoiliylar taxtdan ag’dargani haqidagi taxmini ham hech narsaga asoslanmagan.
Buiylar(Buvayhiylar)
320-454/932-1062
Eron va Iroq
1. Fors va Huzistondagi urug’
322/934 Imodu-d-davla Ali
338/949 Azudu-d-davla Fano Xusrav
372/983 SHarafu-d-davla SHirzil
380/990 Samsomu-d-davla Marzubon
388/998 Bahou-d-davla Feruz
403/1012 Sultonu-d-davla
412/1021 Musharrifu-d-davla Hasan
415/1024 Imoduddin Marzubon
440/1048 al-Malik ar-Rahim Xusrav Feruz
447-454/1055-1062 Fulod Sutun(faqat Forsda)
Forsda hokimiyatni SHabonkora degan kurd qabilasining sardori Fazluya bosib oldi
2. Kirmondagi urug’
324/936 Muizzu-d-davla Ahmad
338/949 Azidu-d-Davla Fano Xusrav
372/983 Samsomu-d-davla Marzubon
388/998 Bahou-d-davla Feruz
403/1012 Qivomu-d-davla
419-440/1028-1048 Imoduddin Marzubon
Saljuqiy Qovurdning urug’i
3. Jiboldagi urug’
320/932 Imodu-d-davla Ali
385-366/947-977 Ruknu-d-davla Hasan
a) Hamadon va Isfahondagi urug’
366/977 Muayyidu-d-davla Buya
373/983 Faxru-d-davla Ali
387/997 SHamsu-d-davla
412-419/1021-1028 Samouddavla Rustam (Kokuiylar qalamravida)
b) Roydagi urug’
366/977 Faxru-d-davla Ali
387-420/997-1029 Majdu-d-davla Rustam
Buiylarning Jibol va Raydagi mulklarti Mahmud G’aznaviy bosib oldi.
4. Iroqdagi urug’
334/945 Muizzu-d-davla Ahmad
356/967 Izzu-d-davla Baxtiyor
367/978 Azizu-d-davla Fano Xusrav
372/983 Samsomu-d-davla Marzubon
376/987 SHarafu-d-davla SHirzyl
403/1012 Bahou-d-davla Feruz
403/1012 Sultonu-d-davla
412/1021 Musharrifu-d-davla Hasan
416/1025 Jalolu-d-davla SHirzil
435/1044 Imoduddin al-Marzubon
440-447/1048-1055 al-Malik ar-Rahim Xusrav Feruz
Bag’dodni Sajuqiylar egalladi.
Saljuqiylar kelganiga qadar (ya’ni, V.M.Mironskiy aytganidek, Eron tarixida daylamiylarning oraliqdagi siyosati davri) X—XI asrlar boshida ravnaq topgan sulolalar orasida Buiylar eng qudratlisi va eng katta mulkka egasi edilar. Unchalik aniq bo’lmagan sabablar bilan(har qalay, siyosiy sabablar emas, ijtimoiy va diniy sabablar tufayli bo’lsa kerak) DaylamiylarX asrning birinchi o’n yilida tug’ilgan joylaridan ommaviy tarzda, asta-sekin keta boshladilar. Daylamiy sarkardalaridan biri Mardovij ibn Ziyor bir qator g’alabalarga erishgach, pirovardida Ziyoriylar sulolasiga asos soldi, ziyoriy askarlar safida Buiylarning nomlari birinchi marta tanildi. Mardovij ibn Ziyor o’dtsirilgan vaqtga kelib uch og’a-ini Buiylarning to’ng’ichi Ali Isfaxonni egallab oldi, keyinroq esa butun Forsni qo’lga kiritdi. Ularning ikkinchisi Hasan Jibolni, kenjasi Ahmad esa Kirmon va Huzistonni egalladi. 334/945 yilda Ahmad Bag’dodga kirdi va keyingi yuz o’n yil mobaynida Abbosiylar Buiy amirlarining vasiyligida qoldilar (odatga ko’ra, ular amiru-l-umaro unvonini oldilar). X asrning70-yillarida Ahmadning o’g’li Azudu-d-davla Buiylarning Iroq, SHimoliy Eron va hatto Umandagi hamma mulklarini o’z hukmi ostida birlashtirdi. Uning davrida Buiylar sulolasi o’z qudrati va yaxlitligining eng yuksak cho’qqisiga erishdi. Azudu-d-daьla g’arbda Jaziradagi Hamdoniylarga qarshi, sharqda esa Tabaristonda Ziyoriylarga va Xurosonda Somoniylarga qarshi faol bosqinchilik siyosatini olib bordi. Ammo Buiylar o’rtasida o’tmishda Daylamda mavjud bo’lgan qabilaviy urug’chilik tuzumidan qolgan hokimiyatni oila a’zolari orasida taqsimlash odati hukmron edi. Bu pirovandida davlatning parchalanishiga sabab bo’ldi. Hokimiyat tepasida Azududdavladek kuchly hukmdor turganida mamlakatda hamjihatlik ruhi ustun edi, ammo uning vafotidankeyin sulola ichida o’zaro nizolar boshlandi. Ularning tarqoqligi dastavval Mahmud G’aznaviyga Buiylarning qo’lidan Ray va Jibolni ancha osonlik bilan tortib olishga imkon berdi(420/1029 yilda), keyin esa ularni g’arbga ancha kirib borgan saljuqiy To’g’rulga qarshi jiddiyroq qarshilik ko’rsatish imkonidan mahrum qiddi. To’g’rul Iroq va G’arbiy Eronni kofirlardan ozod qilgani kelganini e’lon qilib, sunniyparastlik kayfiyatlaridan foydalanishga erishdi.
Bag’dod 447/1055 yilda ishg’ol qilindi, lekin forsning Buiy amiri yana yetti yildan ortiqroq hokimiyat tepasida turishga muvaffaq bo’ldi. Uning hukmronligi mahalliy kurdlarning SHaboyqora qabilasi hokimiyatni bosib olguncha davom etdi. Biroq oradan ko’p o’tmay ularning hamma mulki Saljuqiylar qo’liga o’tib ketdi. Ko’pchilik Daylamiylar singari Buiilar ham mu’tadil yo’nalishdagi o’n ikki imomga e’tiqod qiluvchi (isno ashariya) shialarga mansub edilar. Buiylar mulklari hududida ai’anaviy shia hayitlari joriy kilindi; ularning hukmronlik davrida avvallari biroz mavhumroq, ehtirosga moyilroq shiaparastlik muayyan darajada tartibga solindi va mazmunan chuqurlashdi. Bundan tashqari Buiylarning shiaparastligida arablarga qarshi yo’naltirilgan Eron millatparastligi ham ifodalangan bo’lsa kerak. SHu munosabat bilan yana bir narsani ta’kidlash kerak; ular o’zlarining shajarasini Sosoniylarga olib borib bog’lashga harakat qilishdi va Eronda qadimiy shahanshoh unvonini tiklashdi. Bunda Abbosiy amirlarining siyosiy hokimiyati va xazinasi ancha talofot ko’rdi, ammo Buiylar xalifalikni mahv etishga urinib ham ko’rishgani yo’q, aksincha, Abbosiylarning siyosiy raqiblari—fotimiy-ismoiliy shialarga nisbatan dushmanlik ruhida bo’ldilar. Madaniyat masalasiga kelganda, Buiylarning ikkinchi va keyingi avlodlari arab va fors adabiyotini juda qadrlaredilar. O’sha davrning bir qancha atoqli olimlari, shuningdek, shoir al-Mutanabbiy va bir qancha majmualar muallifi Abu-l-Faraj al-Isfaxoniy ularning homiyligidan foydalanganlar.
Kokuiylar(Kokvayhiylar)
398-443/1008-1051 yillarda mustaqil hukmdorlar, keyingi yillarda saljuqiylarning
vasallari
Markaziy va G’arbiy Eron
398/1008 Alou-d-davla Muhammad ibn Dushmanziyor
433-443/1041-1051 Abu Mansur Faromurz(Isfaxonda)
433-440/1041-1048 Abu Kalijar GarshospI (Hamadon va Nihovanda)
?-488/?-1095 Abu Mansur Ali(Yazdda)
488-513/1095-1119 Abu Kalijar GarshospII (Yazdda)
G’arbiy Eronda Buiylar inqirozga uchragan kezlarida maydonga chiqqan Kokuiylar Daylamiylar sulolasi bo’lib, o’sib kelayotgan Saljuqiy hukmdorlar tomonidan qaram ahvolga solib qo’yilib, mustaqilliklarini yo’qotgan edilar. Dushmanziyor Ray va Jibol Buiylaridan SHahriyor shahrini oldi. Uning o’g’li Alou-d-davla Muhammad Ibn Kokuniya nomi bilan tanilgan edi. Manbalarda ko’rsatilishicha, daylamiy lahjasida koku so’zi tog’a degan ma’noni bildirib, Muhammadning otasi Buiy amir Majdu-d-davlaga tog’a bo’lar ekan. 398/1008 yilda u Isfaxonning hukmdori bo’ldi, oradan ko’p o’tmay Hamadonni va G’arbiy Eronning boshqa shaharlarini bosib oldi. U bu hududdan keladigan katta daromaddan foydalanib, baquvvat yollanma qo’shin barpo etdi va shu sababdan Kokuiylar bir necha muddatga yirik siyosiy kuchga aylandilar. Saroyda shoirlar va olimlarga homiylik qilinar edi, mashhur olim Ibn Sino esa Muhammadning vafotiga qadar, uning vaziri bo’lgan. Muhmud G’aznaviy420/1029 yilda Rayni ishg’ol qilganida Ibn Kokuya unga bo’ysunishga majbur bo’ldi. Ammo bu chekka sarhadlarni ushlab turish G’aznaviylarga qiyinlik qilardi. SHuning uchun Ibn Kokuya bir necha muddatga Rayni qaytarib oldi. CHorvador o’g’uzlarning bostirib kirishi Erondagi siyosiy vaziyatni butkul o’zgartirib yubordi va Kokuiylar hamda boshqa Daylamiy hukmdorlar mudofaaga o’tishga majbur bo’ldilar. Ibn Kokuya433/1041 yilda vafot etgach, Isfaxon uning o’g’li Faromurz qo’liga o’tdi,
ammo Faromurz o’zini Saljuqiylarga qaram deb tan olishga majbur bo’ldi. Pirovardida To’g’rul Isfaxonni bosib olib(443/1051), uni o’z poytaxtiga aylantirganida Faromurz qo’ldan ketgan Isfaxon o’rniga Abarquh va Yazdni oldi, uning ukasi Garshosp Hamadon va Nihovandda otasiga merosxo’r bo’ldi, biroqu o’g’uzlarga qarshi turolmadi va Forsdagi Buiylar panohiga qochdi. Aftidan, so’nggi Kokuiylar ulug’ Saljuqiylar hukmronligiga ancha yaxshi moslashib olgan bo’lsalar kerak: Ali ibn Faromo’rz Yazdda ota merosiga ega bo’lib, CHag’ribekning qizlaridan biriga uylandi, bu sulolaning manbalarda tilga olinadigan so’nggi vakili Garshosp ibn Ali esa sulton Muhammad va sulton Sanjarning singlisiga uylangan edi.
Ortuqiylar
495-811/1102-1408
Diyorbakr
1. Hisn Kayfa va Omiddagi urug’(491-629/1028-1232)
491/1098 Muinuddin So’kmanI
498/1105 Ibrohim
502/1109 Ruknu-d-davla Doud
539/1144 Faxruddin Qora Arslon
562/1167 Nuruddin Muhammad
581/1185 Qutbuddin So’kmanII
597/1201 Nosiruddin Mahmud
619/1222 Ruknuddin Mavdud
629/1232 al-Malik al-Masud
Ayyubiylar istilosi
2. Mardin va Mayyafarikindagi urug’(497811/1104-1408)
497/1104 Najmuddin El G’oziyI
516/1122 Husomuddin Temurtosh
547/1152 Najmuddin Alpi
572/1176 Qutbuddin El G’oziy11
580/1184 Husomuddin YuluqArslon
597/1201 Nosiruddin OrtuqArslon
637/1239 Najmuddin G’oziyI
658/1260 Qora Arslon al-Muzaffar
691/1292 SHamsuddin Doud
693/1294 Najmuddin G’oziyII
712/1312 Imoduddin Aliy Alpi
712/1312 SHamsuddin Solih
765/1364 Ahmad al-Mansur
769/1368 Mahmud as-Solih
769/1368 Doud al-Muzaffar
778/1376 Majvduddin Iso az-Zohir
809-811/1406-1408 as-Solih
Bu urug’ning mulklari Qora Quyunlilar tomonidan bosib olindi
Ortuqiylar do’gar degan o’g’uz qabilasining sardori Ortuq ibn Aqsabning avlodlaridir. Ortuq ibn Aqsabning nomi manbalarda birinchi marta uning Onado’lida vizantiyaliklarga qarshi olib borgan urushi munosabati bilan tilga olinadi; keyin uning ismi Saljuqiy sulton Malikshoh tomonidan Bahrayn, Suriya va Xurosonda saltanat hududlarini himoya qilish uchun yuborilgan turkman beklarining ismlari qatorida uchraydi. U o’z faoliyatini Falastinning noibi sifatida tugatgan, ammo uning o’g’illari bu yerda Fotimiylar va salbchilarga qarshi dosh berolmay, Diyorbakrdagi Mardin hamda Hisn Kayfa tevaraklariga joylashdilar. Bu hududdagi Saljuqiylarning mulki asta-sekin El-G’oziy ibn Ortuqning qo’liga o’tdi. Edessada faranglarga jiddiy qarshilik ko’rsatdi, 515/1121 yilda esa u Mayyafarikinni ham ishg’ol qildi. SHu paytdan boshlab sulola ikki asosiy urug’ga bo’linib ketdi; El G’oziyning avlodlari Mardin va Mayyafarikinda hukmronlik qildi; uning ukasi So’kmanning avlodlari esa Hisn Kayfada, keyinchalik Omidda hukm surdi; Xartpert (Xreput)da esa, yana bir kichik urug’ hukmronlik qilgan. Turkmanlar rosmana o’zlashtirib olgan hududda vujudga kelgan turkman sulolasining Ortuqiylar davlati ko’pgina o’ziga xos turkman sifatlarini saqlab qolgan edi(masalan, ularning unvonlari va ismlarida g’oziyni ifodalovchi tiyaik turkmancha alp, alpi kabi atamalar bor edi). Turkman odatlariga amal qilgan Ortuqiylar, aftidan, ayni chog’da Diyorbakr aholisi orasidagi ko’p sonli nasroniylarning ham xayrixoxligini qozongan ko’rinadilar. Zangiylarning ko’tarilishi Ortuqiylarga bosqinchilik rejalarini amalga oshirishga xalaqit berdi— ular Nuruddinga vassal bo’lib qolishga majbur bo’ldilar. Ayyubiylar esa ulardan Hisn Kayfa, Omid va Mayyafarikinni tortib olib, Ortuqiylar hokimiyatini butunlay yo’qqa chiqardilar. XIII asrda Ortuqiylar bir necha muddat Rumdagi saljuqiylar va xorazmshoh Jaloluddin Mankburniga qaram bo’ldilar. Oqibatda Mardindagi urug’gina saqlanib qoldi, chunki Qora Arslon al-Muzaffar mo’g’ul xoni Huloguga tobe bo’lgan edi. Sulola yana bir yarim asrdan keyin tugadi. Bu Temuriylarning bostirib kirishlaridan keyin sodir bo’lgan turkman bosqinlarining yangi to’lqini bilan bog’liqedi. So’nggi Ortuqiylar turkman qabilasi Qora Qo’yunlilar ittifoqi orasida qolib ketdi va811/1408 yilda ortuqiy as-Solih Mardvinni Qora Quyunlilar sardori Qora Yusufga topshirishga majbur bo’ldi.
Zangiylar
521-619/1127-1222
al-Jazira va Suriya
1. Mosul va Halabdagi ulug’ urug’
521/1127 Imoduddin Zangiy ibn Oq So’nqur
541/1146 Sayfuddin G’oziyI
544/1149 Qutbuddin Mavdud
564/1169 Sayfuddin G’oziyII
572/1176 Izzuddin MasudI
589/1193 Nuruddin ArslonshohI
607/1211 Izzuddin MasudII
615/1218 Nuruddin ArslonshohII
616-619/1219-1222 Nosiruddin Mahmud
Hokimiyatni vazir Badruddin Lu’lu egallab oldi
2. Damashqda, keyin Halabda hukmronlik qilgan urug’
541/1146 Nuruddin Mahmud ibn Zangiy
569-577/1174-1181 Nuruddin Ismoil
Bu urug’ning mulklari yana Mosulga qo’shib olindi, keyin Saladin1 bosib oldi.
Zangiylarning otasi turkiy g’ulom Oq So’nqur479/1086 yildan487/1094 yilgacha Halabda hukmronlik qilgan saljuqiy Malikshohning lashkarboshisi edi. Zangiy so’zining kelib chiqishi aniq emas. Ehtimol, u arabcha zind, zanji(«qora» ma’nosida) bilan bog’liqbo’lsa ehtimol. Ammo u turkiy so’z ham bo’lishi mumkin. Sulton Mahmud521/1127 yilda Zangiyni Mosulning hokimi va ikki o’g’liga otabek qilib tayinladi. Saljuqiy sultonligining g’arbdagi beqaror vaziyati va boshqa otabeklarning o’z oldiga qurib olgan huqumatlarining ko’plab paydo bo’lishi Zangiylarning ko’tarilishini osonlashtirdi. Zangiyning asosiy tayanch nuqtasi buyagan Mosul al-Jazira orqali g’arbdagi Suriyaga va SHimoldagi Kurdistonga siljishga yaxshi imkoniyat tug’dirdi. Zangiy bir necha marta hujum qilib sapjuq sultonining jig’iga tegdi va mahalliy arab hamda turkman amirlari bilan ham to’qnashdi. U, shuningdek, vizantiyaliklar va faranglar bilan ham jang qildi, 539/1144 yilda esa graf JoslenII dan Edessani tortib olib, sunniylar dunyosida shuhrat topdi. Zangiy vafot etgach, uning mulklarini o’g’illari bo’lib olishdi: Nuruddin Mahmud otasining Suriyada bosib olgan yerlarini egalladi, Sayfuddin G’oziy1 ga esa al-Jaziradagi yerlar tegdi. Keyinroq Sinjarda bu sulolaning uchinchi urug’i taxminan ellik yil mobaynida mustaqil hukmronlik qildi. Nuruddinning Suriya va Falastinda faranglar va inqirozga yuz tutgan Fotimiylarga qarshi yurgizgan siyosati Saladinning faoliyati va Ayyubiylar saltanatini barpo etish uchun zamin hozirladi. Zangiylarning Suriyadagi urug’i keyinchalik Mosuldagi urug’ga singib ketdi. Diyorbakr va al-Jazirada Ayyubiylarnnng bosqinchilik harakatlari muqarrar tarzda ular bilan Zangiylarning to’qnashuviga olib keldi. Saladin 578/1182 va581/1185 yillarda ikki marta Mosulni egallashga urinib ko’rdi, ammo bu urinishlar behuda ketdi. SHunga qaramasdan, Mas’ud ibn Maudud yon berishga majbur bo’lib, Ayyubiylarga qaramligini tan oldi. Mosulda hokimiyat tepasiga ArslonshohI ning sobiq quli, Arslonshoh vafotidan keyin muvaqqat hokim bo’lgan Badruddin Luluning kelishi bilan Zangiylar hukmronligi tugadi. So’nggi zangiy Nosiruddin Mahmud vafot etgach, Lulu Mosulning otabegi bo’lib, maliku-r-rahiym degan unvonni qabul qildi va Mosulda vafotiga qadar(657-1259) hukmronlik qildi. U mo’g’ullarning bostirib kirishi arafasida vafot etdi.
Download 22,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish