Mavzu: 1 – dekabr Xalqaro OITS ga (spid) qarshi kurashish kuni
Maruzachi:_______________.
OITS inson immunitet tizimining zaiflashuvi oqibatida yuzaga keluvchi kasallikdir. Bu dardning o‘ziga xos belgisi shundaki, OITS virusini yuqtirgan inson kasalliklarga qarshi himoyachisi bo‘lgan immunitetlarining zaiflashuvi oqibatida oddiy xastaliklarga ham dosh berolmay qoladi. Bu holatda yengil darajadagi bir shamollash ham insonni halok qilishi mumkin.
Ma'lumotlarga qaraganda, bugungi kunda Yer yuzida 33 mln. OITS bilan xastalangan inson bor ekan. 2007 yilning o‘zida ushbu dard hayotdan olib ketgan bemorlar soni 2,1 mln.ni tashkil etdi. Eng afsuslanarlisi, ularning 330000 nafari yosh bolalardir. Ushbu dard bilan xastalanganlarning aksariyati OITS virusi ilk bor topilgan Afrikaning sahro mintaqasiga to‘g‘ri keladi. 1981 yili AQShlik olimlar ham virusning o‘z mamlakatlariga kirib kelganini rasman tasdiqlaganlar.
OITS virusi, asosan, jinsiy yaqinlik, ishlatilgan ninadan virus mavjud qonning boshqalarga quyilishi kabi holatlarda yuqadi.
Hozircha bu dardning davosi topilmagan. Undan omonda bo‘lishning yagona yo‘li - virus yuqishi mumkin bo‘lgan sabablarni bilib, ulardan yiroq yurish. Kasallikka qarshi kurashda nisbatan samarali bo‘lgan chora antiretrovirus usulda bemorga zarur darmondorilarni berib turib, uning yashovchanligini uzaytirishdir. Bu usul bilan bemorning umriga bir necha yil qo‘shish mumkin xolos.
Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, OITS bilan xastalanganlar safiga har kuni 7500 nafar yangi bemor qo‘shiladi. OITS dardidan halok bo‘layotganlar esa bir kunda 5500 kishini tashkil etadi. Kasallanganlarning 70 foizi ayollardir.
2005 yilgi ma'lumotga ko‘ra, yurtimizda 7810 nafar kishining OITS bilan xastalangani rasman ro‘yxatga olingan. Bemorlarning aksariyati yoshlar ekani achinarlidir.
Uning davosi qayda?
Hozircha dardning davosi hech qaerda yo‘q. Lekin u qidirilyapti. Virusga qarshi vaktsina yaratish borasida tadqiqotlar davom etmoqda.
Tibbiyot tarixiga ko‘ra, chechak, qizamiq, bezgak kabi insonlar joniga qiron keltirgan epidemik kasalliklar ham dastlab bedavo dard sifatida insonlarni ojiz qoldirgan. Emlash dorilari kashf etilguncha, ular epidemiya qo‘zg‘alganida butun-butun shahar-qishloqlarga yoppasiga qiron keltirgan. Tadqiqotlar natijasida ularga qarshi vaktsinalar yaratilgach, bu dardlar deyarli qaytib kelmas bo‘lib tibbiyot tarixi sahifalariga kirdi. XXI asr tibbiyoti OITS virusini yuqtirgan odamga umrini uzaytiradigan darmondori bersa-da, uning hayotdan ko‘z yumishini jim kuzatib o‘tirishdan boshqa chora topolmayapti.
Endi nima qilamiz?
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti OITSdan omon qolishning yagona chorasi sifatida virus yuqish ehtimoli yuqori bo‘lgan ish-amallarda himoya choralarini ko‘rishni tavsiya etyapti. Bular nimalardan iborat?
OITS virusi, asosan, axloqan buzuqlik, giyohvand moddalar iste'moli, qon quyish kabi yo‘llardan yuqadi. Ana shunday holatlardan o‘zini saqlagan odamga OITS virusi yuqmaydi. Chunki bu kasallik boshqalarga havodan, oziq-ovqatdan yoki xastalangan bemor bilan qilinadigan oddiy insoniy munosabatdan o‘tmasligi ilmda isbotlangan.
OITSga qarshi global miqyosda kurashayotgan g‘arblik mutasaddi tashkilotlar kasallikning oldini olish va tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun turli dastur va chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Xususan, BMTning Mingyillik rivojlanish maqsadlari doirasida 2010 yilgacha mavjud davolanish imkoniyatlarini barcha xastalanganlar uchun ta'minlash, 2015 yilgacha esa xastalanganlar sonining o‘sishini to‘xtatib, keyin ularni kamaytirishga erishish asosiy vazifalar qatorida sanalgan.
Ko‘rilayotgan chora-tadbirlar o‘z samarasini bermoqda. OITS bilan yangi og‘riganlar soni 2001 yilda 3 mln.ni tashkil etgan bo‘lsa, 2007 yilga kelib, bu ko‘rsatkich 2,7 mln.ga tushdi. Shu yili antiretrovirus usuli bilan davolanish imkoniyatiga ega bo‘lganlar soni ham 42 foizga o‘sgan. Davolanish imkoniyatlari kengayayotgani bois OITS bilan vafot etayotganlar soni ham kamayib bormoqda. Masalan, 2005 yil OITS 2,2 mln. kishini halok qilgan bo‘lsa, 2007 yilda dard qurbonlari 2 mln. kishini tashkil etdi. Xastalikka chalinayotgan bolalar soni ham shunga muvofiq holda sezilarli pasaygan.
1 dekabr dunyo bo‘ylab OITSga qarshi kurash kuni sifatida belgilangan. Har yili shu kuni ko‘plab mamlakatlar bu dardning nechog‘lik ulkan ofat ekanini yana bir bor yodga olishadi, unga qarshi chora-tadbirlarni kuchaytirishadi.
OITSga qarshi kurashish kunining 20-bor nishonlanishi munosabati bilan nutq so‘zlagan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Margaret Chan xonim ham dunyo ahlini OITS balosidan ogoh bo‘lishga yana bir bor da'vat etdi.
JSST tashabbusi bilan dunyo OITS Harakati tashkil etilgan. U 2007-2008 yillarni davlat hukumatlari, xalqaro tashkilotlar va individual shaxslar OITSga qarshi kurashda yetakchilik qiladigan yillar deb e'lon qildi. Bu, tabiiyki, dardga qarshi kurashda amaliy harakatlarni yanada kuchaytirishni taqozo etadi.
Yurtimizda ham OITS tarqalishining oldini olish bo‘yicha qator chora-tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. 2003 yilda O‘zbekiston hukumati OITS epidemiyasi yoyilishiga qarshi 2003-2006 yillarga mo‘ljallangan harakat strategik dasturini qabul qilgan. Unda ustuvor vazifalar belgilanib, bu borada markaziy hokimiyat organlarining roli va vazifalari aniqlab berilgan. BMT tizimidagi bir qator agentliklar, nohukumat tashkilotlar ham bu boradagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda ularga ko‘makdoshdir.
So‘nggi mulohaza
Xastalikning davosi topilib, muammo to‘la bartaraf etilmagan ekan, mavzuga xulosa yasab, so‘nggi nuqtani qo‘yishga hali erta. Lekin OITSga qarshi tashkil etilayotgan chora-tadbirlar bo‘yicha mulohaza bildirish mavridi keldi, deb hisoblaymiz.
G‘arbliklar muammoga qarshi kurashda, axloqsizlardan uzoqroq bo‘l, demasdan, balki ular bilan qanday xavfsiz muomala qilishni o‘rgatadi. Masalan, eng mashhur qoida: Tanimagan odaming bilan jinsiy yaqinlik qilsang, himoya vositasini ishlat. Bunday qonun-qoidalar ehtimol G‘arb jamiyatining joniga qon kabi singib ketgandir. Lekin bizning jamiyatimiz uchun bu yo‘sin «aql o‘rgatish» kerak emas. Negaki, noshar'iy jinsiy aloqa qilish jamiyatimizda mutlaqo hazm qilib bo‘lmas holat. Shuning uchun ham maktablarimizda G‘arb homiy tashkilotlarining yosh yigit-qizlarni bir joyga yig‘ib, aloqa qilishda himoya vositalaridan qanday foydalanishni o‘rgatishlarini noto‘g‘ri deb hisoblaymiz. «Ayol.uz» internet portali olib borgan kuzatish natijalariga ko‘ra, OITSning oldini olish uchun xavfsiz aloqa yo‘llarining yoshlarga o‘rgatilishi yosh yigit-qizlar orasida axloqsizlikning ko‘payishiga xizmat qilyapti, xolos. Shunday ekan, bu kabi tadbirlarni tashkil etishda jamiyatimizning o‘ziga xos milliy-diniy qadriyatlari hisobga olinishi zarur.
1 dekabr` kuni jahon hamjamiyati Xalqaro OITSga qarshi kurash kunini nishonlaydi. Bugungi kunda insoniyatga jiddiy xavf tug`dirayotgan mazkur muammo hech qaysi mamlakat aholisini befarq qoldirayotgani yo`q. O`zbekiston OITSga qarshi kurashga qaratilgan sa`y-harakatlarni har tomonlama qo`llab-quvvatlayotgan mamlakatlardan biridir.
Butun Jahon Sog`liqni Saqlash tashkiloti tomonidan OITS bo`yicha butun dunyoda o`tkazilgan tadqiqotlarga muvofiq: Hozirgi kunda jahon bo`yicha 42 mln. kishi OIV infektsiyasiga chalingan bo`lsa, har yili ularning safiga yana 2 mln. 700 ming nafar kishi qo`shiladi. O`tgan davr mobaynida qariyb 2 mln.ga yaqin odam bu kasallik oqibatida hayotdan ko`z yumdi. Har minutda 11ta odam IITVni o`ziga yuqtirmoqda. Dunyo bo`yicha kasallikni o`ziga yuqtirgan insonlarning yarmidan ko`pini 15 yoshdan 24 yoshgacha bo`lgan yoshlar tashkil etadi, shu jumladan, kasallikni o`ziga yuqtirganlarning yarmi – bu 15 yoshgacha bo`lgan bolalar, buning ustiga ularning ko`pchiligi onasi homiladorlik paytida, tug`ilish va ko`krak bilan boqish paytida virusni yuqtirganlar.
OITS infektsiyasi o`lkamizda ilk bor 1987 yilda aniqlangan. O`sha yili Respublika SPID diagnostika markazi tashkil qilingan. 1988 yilning oxiriga kelib barcha ma`muriy hududlarda SPID diagnostika laboratoriyalari ochilgan. OIV infektsiyasi bilan kasallangan birinchi o`zbekistonlik bemor 1989 yili aniqlangan bo`lsa, keyingi o`n yil davomida bu xastalikka chalingan 76 ta bemor qayd etilgan. Kasallik ko`rsatkichi yildan-yilga ortib borib, oxirgi yillarda infektsiyani yuqtirganlar soni o`rtacha bir yilda uch ming nafarga etdi.
OITS kasalligini yuqtirib olish xavfi bo`yicha aholining ayrim guruhi “xavfli gugruh” ga kiritiladi. Ushbu “xavfli gugruh”ga giyoxvandlar, notanish shaxslar bilan pala partish jinsiy aloqa qiluvchilar, jinsiy aloqa yo`li bilan yuqadigan kasalliklarga chalingan shaxslar kiradi.
Dunyoning ko`pgina davlatlarida OIV/OITS infektsiyasini boshqa shaxslarga yuqtirganlik uchun javobgarlik belgilangan. Ayrim davlatlarda buning uchun og`ir jazo tayinlanadi. Mamlakatimiz Jinoyat kodeksining 113-moddasiga ko`ra, bila turib boshqa shaxsni OIV kasalligi/OITSni yuqtirish xavfi ostida qoldirgan yoki unga OIV kasalligi/OITSni yuqtirgan shaxs besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Kasallik qanday yuqadi?
Jinsiy aloqa yo`li orqali ayoldan erkakga yoki erkakdan ayolga yuqadi.
Parental yo`l orqal, ya`ni virus bilan zararlangan qon va qon mahsulotlari quyilganda, nosteril shpritslar va tibbiy asbob uskunalardan foydalanilganda yuqishi mumkin.
Vertikal yo`l orqali, ya`ni OITS virusini tashuvchi onadan homilaga yoki chaqaloqqa tug`ruq jarayonida va tug`ilgandan so`ng ona suti orqali yuqishi mumkin.
Hozirgi davrda OITS kasalligi bilan kasallangan bemorlarni butunlay tuzalish imkoniyati yo`qligi sababli davolashning maqsadi bemorning umrini uzaytirishga va uning xayot kechirishini yaxshilashga qaratilgan bo`lishi lozish.
Do`stlar va opa singillar, bunday dahshatli kasallikka chalinmaslik uchun sog`lom xayot tarziga rioya qilaylik, o`zimizni va farzanlarimizni turli xastaliklardan ehtiyot qilaylik. Calomatligimizga bee`tibor bo`lmaylik.
Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni 1988 yildan boshlab dunyo bo`ylab har yili 1 dekabr kuni nishonlanadi. Mazkur kun sog`lom hayot tarzini ilgari surish borasidagi eng muhim kunlardan biriga aylanib, OITS haqida jamoatchilikni xabardor qilish, mazkur kasallikdan vafot etgan insonlarni yodga olish va, qolaversa, OITSga qarshi kurash yo`lidagi yutuqlarimiz, jumladan, bu kasallikning jadallashishini to`xtatib turish va oldini olish bo`yicha xizmatlardan foydalanish imkoni endilikda yanada ko`proq insonlarda mavjudligini eslash uchun yaxshi imkoniyatdir ham.
Ushbu sana nimaga muhim?
- 2013 yilda butun dunyoda OIV bilan yashayotgan insonlar soni 35 million edi
- epidemiya boshlanishidan beri 78 million inson OIVni yuqtirib olgan bo`lsa, 39 million inson OITS bilan bog`liq kasalliklardan vafot etdi
- OIV bilan yashovchi barcha katta yoshdagi insonlarning 38% hozirda kerakli tibbiy yordam olayotgan bo`lsada, OIV bilan yashovchi bolalarning atigi 24 foizigina ularning hayotini saqlab turuvchi dori vositalaridan foydalanish imkoniga egadir
BMT mazkur sanani qay tarzada nishonlaydi?
Birinchi bo`lib, Butunjahon OITSga qarshi kurash kunini to 2004 yilga qadar YuNEYDS agentligi o`zining tashkil etilishidanoq nishonlab kelgan. 2004 yildan boshlab mazkur sana Butunjahon OITSga qarshi kurash tashabbusining Global boshqaruv qo`mitasi butun dunyo bo`ylab fuqarolik jamiyati, OITSga qarshi kurash sohasida faoliyat yuritayotgan turli tashkilotlar va hukumat idoralari bilan birgalikda har yili Butunjahon OITSga qarshi kurash kunini nishonlash munosabati bilan muayyan bir mavzuni belgilab olib, tegishli chora-tadbirlarni o`tkazish amaliyotini yo`lga qo`ygan.
Bunday mavzular bir yokki ikki yillik davrni qamrab olib, nafaqat Butunjahon OITSga qarshi kurash kunini nishonlash, balki boshqa tadbirlar bilan ham ulanib ketadi. “OITSni to`xtating. Bergan va'dangizning ustidan chiqing” kabi shiorlar ostida OIV va OITSga qarshi kurash doirasida yillar davomida bir qator tadbirlar amalga oshirilib kelmoqda.
OITSga chalinganlar sonini va bu kasallik bilan bog‘liq epidemiologik holatni baholashda har 100 ming kishi hisobiga to‘g‘ri keladigan kasallanganlar soni olinadi.
Otabekovning so‘zlariga ko‘ra, bu borada O‘zbekistondagi holat birmuncha barqarordir. Hozirda, O‘zbekistonda har 100 ming aholidan 102 kishi ushbu yuqumli kasallikka chalingan. Bu O‘zbekistonda taxminan 32 ming 500 atrofida OITS/OIV bilan xastalangan bemor borligini bildiradi (taxminiy hisob tahririyatniki). Qiyoslash uchun aytiladigan bo‘lsa, Rossiyada bu raqam 500 ni, Ukrainada 280 dan ortiqni ashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |