230
tayinlangan shahslarga va Ural polkining ikki sotnyasiga darhol jo`nab ketish haqida
ko`rsatma berildi Harbiy vazirlik boshqaruvchisi general-leytenant Kuropatkin”.
Podsho
Nikolay
II
qo`zg`olonchilarni
“namuna”
bo`ladigan darajada qattiq jazolash
uchun ko`rsatma berdi. Ana shu
ko`rsatmaasosida
qo`zg`olonchilar
ustidan olib borilgan sud jarayoni 3 oy
davom etadi. Dastlab 447 kishi sud
qilinadi va 800
ga yaqin kishi
guvohlikka chaqiriladi. General-mayor
Terentev raisligida o`tgan harbiy sud
materiallari “Andijanskoe delo” 20
jildni tashkil qilgan. Ushbu sud ishi
bo`yicha 380 kishining ustidan sud
hukmi
chiqirilgan.
Sud
hukmida
quyidagilarni
o`qiymiz:
“...kuchli
muhofaza to`g`risidagi qonunning 17,
18 va 31-moddalari asosida harbiy vaqt
qonunlarini
joriy
etgan
holda,
jinoyatchilarni
jazolash
vaaxloqini
tuzatish
to`g`risidagi
qonunlar
to`plamining 249-moddasiga
binoan
harbiy sudga berilgan mingtepalik
Eshon Muhammadali halfa Muhammad
Sobir
o`g`li,
45
yoshda,
Kulla
bo`lisining sobiq boshlig`i G’oyibnazar
Ortiqxo`ja o`g`li (Ortiq so`fi o`g`li dyeyish ham mumkin), 45 yoshda, turklar: Subxonqul
Arabboev 52 yoshda va Bo`taboy G’aynoboev 36 yoshda, sartlar:
Rustambek Sotiboldibek
o`g`li 33 yoshda va Mirzahamdam Usmonboev 44 yoshda, ishini ko`rdi. Sud ishni qarab
chiqib, sudlanganlarni quyidagi ishlardaaybdor deb topdi: 1)
Muhammadali Eshon
shundaayblandiki, u o`lkada rus hokimiyatini ag`darib talashani o`ylab o`lkadagi
ko`pginashaharlar va bo`lislar aholisini qurolli qo`zgolon ko`tarishga ko`ndirgan g`azovot
(muqaddas urush) e`lon qilgan va o`zining bir guruh jinoyatchi sheriklari bilan ularga
boshchilik qilib shu yil 18 mayga o`tar kechasi qo`lda qurol bilan Andijon shahridagi lagerda
turgan 20-Turkiston asosiy-muntazam batalonning 4 va 5 rotalariga hujum qilgan;
G’oyibnazar ahundaayblanadiki, u Muhammadali Eshon bilan o`lkadagi rus hokimiyatiga
qarshi qo`zg`olon ko`tarish va g`azovot e`lon
qilish haqida til biriktirib, Kulla bo`limi
boshlig`i lavozimida ishlayotganligidan foydalanib, do`q-po`pisa bilan boshqa mahalliy
kishilarni bu ishda ishtirok etishga ko`ndirib, rejaning muvaffaqiyat qozonishiga
ko`maklashgan, Andijon garnizoni lageriga hujum chog`ida jinoyatchilar guruhining bir
qismiga
boshchilik qilgan, guruh Kulla qishlog`idan jo`nashidan avval o`z uyida tunagan
meshchan Safron Bishkovni o`ldirib, kallasini kesgan; 3) Subxonqul Arabboev
shundaayblandiki, u o`lkada rus hokimiyatiga qarshi qo`zg`olon ko`tarish va g`azovot e`lon
qilish to`g`risida Muhammadali Eshon bilan til biriktirib, Andijon garnizoni lageriga hujumda
ishtirok etgan, bunda guruhning bir qismiga boshchilik qilgan; 4) Rustambek Sotiboldibek
o`g`li shundaayblandiki, u Muhammadali Eshonning
Do'stlaringiz bilan baham: