O ’qu V u sl ubiy m a jmu a


XIX asr oxirlariga kelib xalq harakatlarining kuchayishi



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet206/299
Sana11.06.2022
Hajmi7,33 Mb.
#656484
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   299
Bog'liq
Ozbekiston tarixi UMK -2-kurs - Tarix (DTPI)

XIX asr oxirlariga kelib xalq harakatlarining kuchayishi 
Chor Russiyasining Turkiston xalqlariga nisbatan yurgizgan mustamlakachilik, ulug` 
davlatchilik va shovinistik siyosati albatta qonuniy suratda mahalliy aholining o`z milliy 
ozodligi, erki va insoniy xaq-xuquqlarini himoya qilish uchun muqaddas jangga otlantiradi. 
Chorizm tomonidan asoratga solingan, mustamlaka qilingan xalqlar dastlabki kunlardan 
boshlab o`z milliy mustaqilliklari, ozodliklari va erklari uchun muqaddas kurashib keldilar. 
Mana e`tibor bering: 
...1.1856 yillarda Sirdaryoda Jonho`ja Nurmuhammad qo`zg`oloni. 
2.1868 yilda Samarqand mudofaasi va Buxoro amirligi Buxoro shahri, Shahrisabz bekligidagi 
harakatlar. 
3.1870 yilda Mang`ishloq qirg`izlarining isyonlari. 
4.1871 yilda Eshon Eshmuhammad boshchiligida Sirdaryo viloyatidagi chiqishlar. 
5.1871 yildagi Farg`onada Yetimxon qo`zg`oloni.
6.1872 yildagi Chirchiqdagi isyonlar. 
7.1872-1876 yildagi Po`latxon boshchiligida Qo`qondagi qo`zg`olon.
8.1885 yillardagi Darveshxon boshchiligidagi qo’zg’alon. 
9. 1892 yildagi Toshkent qo`zg`oloni. 
10.1898 yildaAndijondagi Dukchi Eshon qo`zg`oloni. 
11. 1899 yilda Sirdaryo viloyatidagi harakatlar.
12.1916 yil Jizzax qo`zg`oloni va boshqalar.
Turkiston mustamlakaga aylantirilgach, Rossiya imperiyasi o’zining asosiy maqsadi 
etib yeng avvalo halqlarimizda milliy davlatchilik tuyg’ularini yo’q qilish etib belgiladi. 
Turkistonda barcha rus amaldorlari, ziyolilari o’lkada buyuk rus davlatchilik g’oyalarini 
amalga oshirishga kirishdilar. Turkistonda siyosiy, iqtisodiy va milliy ma’naviy zulm 
nihoyatda kuchaydi. O’lka aholisining ro’yxatga olingach, yerkaklarni harbiy hizmatga olish 
masalasi yuzaga keldi. Biroq o’lkada mahsus taftish ishlari olib borgan maxfiy maslahatchi 
Girsning bergan ma’lumotlariga asosan podsho hukumati turkistonliklardan armiyaga olish 
fikridan qaytdi va ularga harbiy soliqlar joriy yetdi. Podsho mahalliy halqlarning qo’liga qurol 
berib, harbiy ishlarga o’rgatish o’zi uchun nihoyatda havfli tadbir yekanligini angladi. Podsho 
hukumatining Turkistonda olib borgan mustamlakalashtirish siyosati mahalliy halqlarimizda 
kuchli norozilik keltirib chiqardi va ruslarning bu yerga kirib kelgan dastlabki kunlaridanoq 
mustamlakachilarga o’zining noroziligini namoyon etib turdi.
XIX asrning 70-80 yillarida esa mustamlakachilarga qarshi milliy ozodlik harakatlari 
Turkiston o’lkasining deyarli barcha joylarida kuchayib ketdi. Bu haqda maxfiy maslahatchi 
Girs ham o’z ma’lumotlarida to’xtalib o’tib, «halqda ruslarga qarshi kurashish befoyda», 
degan tushuncha paydo bo’lgan, - deya ta’kidlab o’tadi. Biroq biz keyingi yillarda bo’lib bir 


222 
qancha milliy ozodlik harakatlaridan halqda bunday xulosa paydo bo’lmaganligini ko’ramiz. 
Milliy ozodlik harakatlarining kuchayishiga yana bir sabab, mustamlakachilar tomonidan 
amalga oshirilayotgan iqtisodiy zulm edi. Rossiya Turkistonni bosib olgach, o’zining 
iqtisodiy manfaatlarini amalga oshirishga va o’lkani xom-ashyo bazasiga aylantirishga 
kirishdi. Qishloq xo’jaligidagi amalga oshirilgan siyosat, o’lkada sanoat ishlab chiqarishning 
shakillantirilishi to’laligicha rus podshosi manfaatlari uchun ishlay boshladi. Mahalliy 
halqlarning barcha insoniy huquqlari poymol yetilib, ularga faqatgina arzon ishchi kuchi 
bo’lgan qullar kabi muomala qilindi. Yer mulklarning yirik mulkdorlar qo’lida to’planishi, 
turli banklarning ochilishi, savdo sudxo’rlik kapitalining kuchayishi o’lkada qashshoqlarning 
ko’payishiga olib keldi. Ayniqsa, ruslashtirish siyosati orqali o’lkaga ko’plab rus mujiklarini 
ko’chirib kelitirilishi ham halqlarimizning azaliy tiriklik manbai bo’lgan yer suvlaridan 
mahrum bo’lishiga va yollanma ishchilarga, mardikorlarga aylanib borishiga olib keldi. 
Sudxo’rlikning nihoyatda, kuchayib avj olishi ham asosan oddiy dexqonlarni katta-katta 
qarzlarga bostirib, o’z yeri va yerkidan mahrum bo’lishlariga olib keldi. ruslar kelishi bilan 
boshlangan ochrachiliklar, qashshoqliklar, turli kasalliklarning ko’payishi, ayniqsa, ruslar 
bilan tengma teng o’lkada keng tarqalgan o’g’rilik, talonchilik, yulg’ichlik oddiy halqning 
boshiga og’ir savdolarni soldi. Halqimiz har tomonlama mustamlakachilik zulmi ostida 
yezilgan bo’lsada, biroq o’zining izzati, yerki, qadr-qimmati toptalayotganligiga indamay 
qarab turmadi va rus mustamlakachilariga qarshi ko’plab marotaba yerk va istiqlol uchun 
kurashlar olib bordi. 
Bu kurashlar 70-80 yillarda Farg’ona vodiysida, 90-yillarda Toshkentda va Farg’ona 
vodiysida, XX asrning boshlariga kelib Turkiston o’lkasining deyarli barcha hududlarida 
muttasil davom etib turdi va halqimizning o’z yerki va ozodligini qo’lga kiritishi uchun hyech 
qachon kurashlarni pasaytirmaganligi uni yuqorida aytganimizdek «befoyda» deb 
o’ylamaganligi bu kurashlarning mohiyatini ochib beradi. Rossiya imperiyasi tomonidan 
amalga oshirilgan iqtisodiy va milliy zulm halqlarimizning milliy ozodlik kurashlarini 
kuchayishiga olib keldi. Hukmron tuzumga qarshi qo’zg’olonlar asosan qambag’al dexqonlar, 
kosiblar, hunarmandlar tomonidan ammlga oshirildi. Milliy g’ururini yo’qotmagan ayrim 
yuqori tabaqa vakillari ham bu qo’zg’olonlarda ishtirok yetdilar.
1878 yilda Mingtepada Yetimxon boshchiligida ruslarga qarshi qo’zg’olon ko’tarildi. 
Shular orasida Sulton Sodiq boshchiligidagi, Botirxon To’ra boshchiligidagi, Po’latxon, 
Qo’rbonjon dodxohlar boshchiliklaridagi milliy ozodlik harakatlarini alohida ko’rsatib o’tish 
lozim.
Shuningdek, Bobobekov 1887-1897 yillarda Sirdaryo, Samarqand, Farg’ona 
viloyatlarida mustamlaka idoralariga qarshi ja’mi 663 marta hujumlar bo’lib o’tkanligi 
alohida ta’kidlab o’tadi. Yetimxon qo’zg’oloni mag’lubiyatga uchragach ham, Farg’ona 
vodiysida mustamlakachilarga qarshi kurashlar pasayib qolmadi. Bundan harakatlar turli 
sharoitlarda bo’lib turdi.
1880 yilda alohida barcha soliqlar yig’ib olingandan so’ng Xo’jand Uyezdining 
boshlig’i Putinsev O’ratepa va Xo’jand aholisidan qo’shimcha soliq yig’ib olish to’g’risida 
ko’rsatma beradi. Bundan g’azabga to’lgan halq raxmonqulixoja va Mirkarimboylar 
boshchiligida uyezd mahkamasiga borib noroziliklarni bildiradilar. Qo’zg’olonchilarga qarshi 
kuch ishlatiladi va boshliklari hisobga olinadi. Shunday harakatlardan biri 1882 yil noyabrida 
Namanganda bo’lib o’tadi. qo’zg’olonchilar tarqatilib, rahbarlari qamoqqa olinadi. 1882 yili 
O’shda va 1883 yili Chustda ko’tarilgan qo’zg’olonlar ham shu tariqa bostirildi.
80-yillarning ikkinchi yarmi va 90-yillarning boshlarida Farg’ona vodiysida 
qo’zg’olonlar yana avj oldi. Qo’zg’olonchilar o’zlariga qarashli bo’lgan va zulm o’tkazgan 
boylar hamda volost boshliqlarining uylariga o’t qo’yish va hujumlar uyushtirishni 
kuchaytirdilar. Andijon uyezdining Qo’rg’ontepa volostida Darveshxon boshchiligida 
mustamlakachilarga qarshi ochiqdan-ochiq qurolli kurashga tayyorgarlik ko’rila boshlandi. 
Hukumat bundan habar topgach, u yerga harbiy kuchlarni yubordi va qo’zg’olonchilarga 
zarba berildi. Qo’zg’olon rahbarlaridan biri Mo’minboy dorga osildi. 1890 yilda 
Namanganning Kapa volosti Qumqo’rg’on qishlog’ida ham ma’muriyatga qarshi norozilik 
bo’lib o’tdi. Bunga ham qarshi harbiylardan foydalanildi.


223 
1893 yil fevralida Qo’qon volostining Qashqar va Niyoz qishloqlarida, 13 fevralda 
Andijon yaqinidagi Qo’qon qishloqda mustamlakachi ma’muriyatga qarshi kuchli norozilik 
harakatlari bo’lib o’tdi. Ayniqsa, Qo’qon qishlog’ida halq pristav va uning yordamchilarini 
kaltaklab, ularni bu yerdan haydab yubordi. Bu qo’zg’olon bilan Farg’ona viloyati g’arbiy 
gubernatori general leytenant Korol’kov N.I shaxsan o’zi shug’ullandi va qo’zg’olonchilarni 
jazolash uchun o’z yordamchisi general-mayor Medinskiyni yubordi. ruslarning katta harbiy 
kuchlari Qo’qon qishloq aholisini qattiq qiynoqlarga soldilar va ularning mol-mulklarini tortib 
oldilar. Qo’qon xonligi tugatilib, o’rnida Farg’ona viloyati tashkil yetilgach, halqimizning 
vatanparvar farzandlari o’z yerki va ozodligini qo’lga kiritish hamda milliy davlatchiliklarini 
tiklash uchun kurashni bir dam ham pasaytirmadilar. Po’latxon qo’zg’oloni mag’lubiyatga 
uchragach, Farg’ona vodiysidagi barcha vatanparvar kuchlar yana bir istiqlol uchun 
kurashchi-mashhur qirg’iz ayoli Qurbonjon dodxoh qo’shinlari safiga kelib qo’shildilar. 
Vodiyda yashovchi o’zbek, qirg’iz, tojik halqlari birgalashib umumiy dushmanga qarshi 
kurashni davom yettirdilar. Qurbonjon dodxoh Yevropadagi urushlarda katta tajriba orttirgan 
rus generallaridan biri D.Skobelevga qarshi kurashlarda uni mag’lubiyatga uchratadi. 1876 yil 
yozida bo’lib o’tgan jangdan so’ng, mag’lubiyatga uchragan general Skobelev sulh so’rab, 
Qurbonjon dodxoh huzuriga mayor Ionovni yubordi. Biroq, mag’rur sarkarda ayol mayor 
Ionovni qabul qilmadi va mansab pog’onasi jihatidan o’ziga teng bo’lgan sarkarda bilangina 
muzokara olib borishini bildirdi. Muzokara olib borish amalga oshmagandan so’ng ruslar 
yana jangnni davom yettirishga majbur bo’ldi. Qurbonjon dodxohning o’g’li Abdulla o’z 
ukalari bilan birgalikda onasini qo’llab quvvatladi va ular bilan birgalikda ruslarga 
qaqshatqich zarbalar bera boshladilar. Ular rus mustamlakachilarni har qanday kelishuvchilik 
va bitimlarni hyech qachon halol bajarmasliklarini ham ta’kidlab o’tdilar. Uzoq va shiddatli 
janglardan so’ng 1876 yil 31 iyul kuni qirg’izlarning mung’ish va adigina urug’lari ruslarga 
taslim bo’lganliklarini bildirdilar. Biroq bu bilan ruslar istiqlolchilik harakatlarini Oloyda 
butunlay bostirishga yerisha olmadilar. ruslar Oloyda hyech qanday muvaffaqiyatga yerisha 
olmagach, Qurbonjon dodxohni «Oloy malikasi» va hukmdori deb tan oldilar. Bu yerlar 
rossiya mulki deb ye’lon qilingan bo’lsa ham, Qurbonjon dodxoh o’ziga qarashli hududlarda 
mustaqil siyosat yuritish va boshqarish huquqini saqlab qoldi. 
Chor Rossiyasi hukumatining o`tkazgan siyosatiga qarshi milliy ozodlik kurashlari 
juda ko`p bo`lgan. Biz yuqorida ularning ba`zilarinigina sanab o`tdik. 1887-1897 yillar 
mobaynida Farg`ona, Samarqand va Sirdaryoda, mustamlakachilar idoralariga qarshi 668 
marta hujum bo`lgan. 1897-1917 yillar orasida Turkistonda Russiya bosqinchilariga qarshi 
4922 marta isyon bo`lgan.1 Ana Shu qo`zg`olonlar va milliy ozodlik kurashlaridan ba`zilarini 
eslash joizdir. 
1885 yilda Farg`ona vodiysida mustamlakachi hukumatga qarshi umumxalq 
qo`zg`oloniga tayyorgarlik ko`rilayotgani haqida gaplar aholi o`rtasida keng tarqaladi. 
Vodiyning bir qator joylarida qo`zg`olonga tayyorgarlik ko`rish masalalari yashirin 
yig`ilishlarda ko`rilayotganidan mustamlakachi ma`murlar xabar topgan edilar. Shunday 
yig`ilishlardan biri 1885 yil 16 avgustidaAsaka qishlog`ida Mullaho`ja Nazirmirza uyida 
bo`lib o`tadi. Vodiyning turli joylaridan kelgan 20 dan ortiq nufuzli kishilar qatnashgan bu 
yig`ilishda yurtni chet el bosqinchilaridan ozod qilish, o`lkada milliy davlatni tiklash uchun 
mustamlakachilarga qarshi birlashib kurash olib borish vazifasi ilgari suriladi. Yig`ilishda 
qo`zg`olon rejasi, uning o`tkazish vaqti, qo`zg`olonga rahbarlik qiladigan shahs kabi 
masalalar hal etiladi. Qo`zg`olonga rahbarlik qilishga Darvishxon Eshon To`ra ko`rsatiladi. 
Bunga sabab bu vaqtdaaholining norozilik harakatida faol ishtirok etib el-yurtga ancha tanilib 
qolgan edi. U Andijon uezdi Qo`rg`ontepa volostiga qarashli Chekto`ra qishlog`i fuqarosi, 
qo`zg`olonga rahbarlik qilgan paytda 45 yoshda bo`lib, Andijon va Qo`qon uezdlarida ancha 
katta yer mulkka ega bo`lgan. Ammo shunga qaramasdan Darvishxon o`z manfaatidan xalq, 
vatan manfaatlarini ustun qo`yib milliy ozodlik harakatiga boshchilik qiladi. U qisqa vaqt 
ishida O`sh, Andijon uezdlari volost va qishloqlarida ko`plab aholini qo`zg`olonga jalb eta 
oladi. 
1
Misr o’g’li Qodir. Moskva zulmi, II jild, Istambul,1972,537-bet.


224 
Darvishxon boshliq qo`zg`olonchilar yangi Marg`ilon shahrini Andijon va Qo`qon 
bilan bog`lovchi aloqa simlarini uzib tashlaydi. Bu hodisa to`g`risida keyichalik 
mustamlakachi hukumat vakillaridan biri “bu hodisa qo`zg`olon bo`lishi muqarrar ekanligini 
ko`rsatgan edi” deb xotirlagan2 . Darvishxon boshchiligidagi qo`zg`olonchilar ko`lami tobora 
kengayib boradi. Asaka, Qo`rg`ontepa, Shahrixon, Oltinko`l, Jalolquduq, O`sh uezdining 
Novqat, Tutlik qishloqlari, Oqbo`yra volosti, Marg`ilon kabi joylar ham qo`zg`olon girdobiga 
tortilgandi. 
Qo`zg`olon shunchalik keskin tus oldiki, uni bostirish uchun mustamlakachi hukumat 
viloyatni turli joylariga, jumladan Andijon, O`sh va Marg`ilon uezdlariga harbiy kuchlarni 
yuborishga majbur bo`ladi. Vodiy bo`ylab borgan sayin avj olayotgan Darvishxon 
rahbarligidagi qo`zg`olonni bostirish va uning rahbarlarini qo`lga olish vazifasi Andijon uezdi 
boshlig`i kapitan Bryanovga topshirilgandi. Uning ixtiyoriga O`sh uezdining boshlig`i 
podpolkovnik Deybner, uning yordamchisi kapitan Glishanovskiylar boshchiligidagi harbiy 
kuchlar yuboriladi. 
Qo`zg`olonchilar bilan Bryanov boshchiligidagi harbiy kuchlar birinchi bor 17 avgust 
kuni kechqurun to`qnashadi. Kutilmaganda qilingan hujumdan Darvishxon boshchiligidagi 
qo`zg`olonchilar har tomonga chekinishga majbur bo`ladilar. Shundan so`ng Darvishxon 
Namangan tog`lari tomonida o`z atrofiga 800 ga yaqin odam to`plashga erishadi. 
Darvishxon boshchiligidagi qo`zg`olon to`g`risida Turkiston general-gubernatori 
O.Rozyenbah Rossiya harbiy vaziri P.S. Vannovskiyga yozgan xatida “qo`zg`olon 
viloyatning turli joylarida bir vaqtda boshlanishi va qo`zg`olonchilarning o`g`rilik va 
talonchilik qilmasdan, barcha aholini bu harakatga chaqirilishi, bu harakatning to`liq 
ma`nodaamaldagi hukumatga qarshi qaratilganligini ko`rsatadi... ular yomon qurollangan, oz 
sonli bo`lishlariga qaramasdan jiddiy tartibsizliklarni keltirib chiqarishlari..., ayniqsa soliqlar 
to`lanishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi.”
1
Choriz 
ma`murlari 
kuch 
bilan 
qo`zg`olonni 
shafqatsizlarga 
bostirdilar. 
Qo`zg`olonchilardan shunchalik darajada ko`p qamoqqa olindiki, xatto ularni qamash uchun 
joy masalasi muammo bo`lib qolgandi, qo`zg`olon rahbari Darvishxon 1886 yil 22 fevralda 
Samarqand viloyatining Sutxona qishlog`i yaqinida qo`lga olinadi, lekin u Jizzax yaqinida 
qochib qutilib ketadi. Darvishxon akasi Iskandarning bergan ma`lumotiga ko`ra 1889 yili 
Afg`onistonda vafot etgan. Uning boshchiligidagi qo`zg`olon garchan bostirilsada, biroq u 
bundan keyingi milliy ozodlik harakatlariga zamin hozirladi. 

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish