1898 yilgi Andijon qo`zg`oloni
.Mustamlakachi chor ma`murlarini dahshat va
vahimaga solgan xalq qo`zg`olonlaridan biri 1898 yildaAndijonda bo`ladi. Bu
qo`zg`olongaAndijondagi poytug`lik Eshon Sultonxon To`raning muridi, “Dukchi Eshon”
nomi bilan mashhur bo`lgan 42 yasharlik Muhammad Ali Halfa Madali Eshon boshchilik
qiladi. Muhammad Ali Halfa Sobir o`g`li Dukchi Eshon 1856 yilda Farg`ona shahridan 25
chaqirim janubiy-g`arbdagi Chimyon qishlog`ida tug`ilgan.1 Uning avlodlari asli qashqarlik
bo`lishgan. Muhammadali judaaqlli va odobli bola bo`lgan. Oilasining nochor hayoti tufayli
maktabda o`qiy olmagan. Lekin mustaqil o`qib savodxon bo`lgan. Otasi yonida ndyurib
beshik, yik tayyorlash, keyichalik esa pahsa urish kasblarini egallagan. Shu bois uni “usta”
ham deyishgan. Oilasi bilan 10 yoshida Mingtepadagi Tojik qishloqqa ko`chib ketgan.
Muhammadali shu atrof yaqinda nom chiqargan va xatto Qo`qon xonligida ham hurmati
bo`lgan mashhur Sultonxon to`ra xizmatiga kiradi va o`zining mehnatsevarligi, aqli, odobi va
taqvodorligi bilan Eshonning o`g`illari qatoridan joy oladi. Sultonxon to`raning
Qoradaryoning o`ng sohilida-Poytug`da ham yerlari bo`lgan. U shu yerga ko`chib borib 3-4
yil yashaganda Muhammadalini ham o`zi bilan bu yerga olib keladi. 1882 yilda Sultonxon
to`ra vafot etadi. Vafoti oldidan u o`z shogirdi Muhammadaliga “Eshonlikning” to`g`risida
xati irshodni (yo`llanma xatni) yozib imzo qo`yib muhrlab bergan edi. 1886 yilda 30 yoshida
Muhammadali Makkai Mukarramaga borib kelgach, o`zini Eshon deb e`lon qiladi. Uning o`zi
iqror bo`lib aytgan so`zlariga qaraganda Madinai-Munavvarada Muhammad payg`ambar
qabrini ziyorat qilib qaytgach, pirini tuchida ko`radi. U Muhammadaliga yurtingga borgach,
o`n yil Eshonlikning qilgin, och-yalang`ochlarga ovqat, boshpana bergin, keyin esa kofirlarga
qarshi g`azovat e`lon qilgin, deydi.
O`zini Eshon deb e`lon qilgan Muhammadali Halfa har kuni katta qozonda ovqat
pishirib osh-yalang`och, yetim-yesirlarni boqa boshlaydi. U dastlab bu ishni qarz olib amalga
oshiradi. So`ng Eshonning obro`-e`tibori shu darajada ko`tarilib ketadiki, u qarzlarini ham
uzdi va har kuni dosh qozonda ovqat tayyorlanib 150-200, ba`zan esa 400-500 kishini
ovqatlantira boshlaydi. Muhammadali halfa Eshon bo`lish bilan birga tabiblikdan xabari bor
edi. Eshonning xalq orasida obro`-e`tibori juda tez o`sib boradi. Uning muridlari faqat
Farg`ona vodiysidagina emas, Toshkent, Samarqand, Buxoro va boshqa olis-olis joylarda ham
bo`lgan.
Chor Rossiyasining xalqqa qarshi mustamlakachilik zo`rlik vaadolatsiz siyosati
Muhammadali halfaning xalq kurashiga rahbarlik qilishining bosh sababidir. Qo`zg`olon
boshlanishidan bir yil oldin Eshon turk sultoniga maktub yozadi. Maktubda Eshon ruslar
Qo`qon xonligini bosib olganlaridan keyin musulmonlar o`rtasidaaxloqan buzilish
kuchayganligini, shariat qoidalaridan chekinish ro`y berib, buzuqliq ichkilikbozlik
nashaxo`rlik avjiga chiqa boshlaganligini yozgan. Bundan tashqari Eshon ruslar kambag`allar
uchun zakot yig`ishni, hajga borishga ta`qiqlagan liklarini, eski vaqflarni man qilib, yangilarni
joriy etmayotganliklarini ta`kidlar ekan, turk sultonidan xalqning shariat qonun-qoidalari
bo`yisha turmush kechirishi uchun sharoit yaratishni oq podshodan talab qilishni so`raydi.
“Rus hukumatining shariatni nazar-pisand qilmaganligini Allohning qahrini keltirmasmikin,
deb qo`rqaman”, deydi Eshon ushbu maktubi so`nggida.
1
1898
yilgiAndijon
qo`
z
g`о
l
о
niningk
е
ngr
оq та
fsilotiFozilbek Otabek
o`g`
li
qа
lamig
а ма
nsub
“
Dukchi Eshonv
оqеа
si
” (
Samar
qа
n
д, 1927
yil
) а
s
а
rid
а
anch
а
h
о
lis
о
n
а, тo`g`
rib
а
yon
q
iling
а
n
.
Fozilbek Otabek
o`g`
li
1886
yili
А
ndijonning
“
Devonaboy
”
dahasidatu
g`
lg
а
n
,
ruscha
,
musulmoncha ma’lumotga
ega bo’lgan
,
jurnalistsifatida yaxshi tanilgan
,
jadidchilik
,
istiqlolchilik yo’lida faol kurashgan
, 1938
yili
qа
t
аg`о
n
q
ilingan
. “
O’zbekistonning yangi tarixi.
Birinchi kitob. Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davridaXamid Ziyoyevning asarlarida ham yoritilgan
.
227
Qo`zg`olon boshlanishidan bir necha kun avval Eshon huzuriga ba`zi bir mahalliy
mansabdor shahslar kelib, Eshon tayyorlagan murojaatnoma yoki qasamyodga o`z muhrlarini
bosishadi. Bu murojaatnomada shunday deyilgan edi:
“Alloh yo`q joydan o`n sakkiz ming olamni yaratib, insonga mukammal bir qiyofa baxsh etib,
uni barcha jonzotlarning sohibi, Odam atoni esa halif qilib ko`taradi. Butun olamni Alloh
payg`ambarimiz uchun yaratib, uni eng yaqin kishisigaaylantiradi va ul hazratni taxtga
o`tqazdi-da, shunday murojaat qiladi: “Ey payg`ambar! G’ayriddinlar va imon-e`tiqodidan
qaytganlar bilan jang bo`lg`usidir”. Bunda o`ziga sodiq qolgan va eng yaqin bo`lganlarga
jannat va`da qiladi. Choryorlar xalqqa pandu nasixat qilib deydilarki, “Kimki g`azovat yo`lida
o`z mulki va hayotini Alloh va payg`ambar uchun qurbon qilsa, bundaylar biz singari
bo`lg`usidir”. Ular nomunosib bandalarni tiyish uchun kitob bitdilar va bizga esdalik sifatida
qoldiradilar. Shunday ekan, o`zimizni Allohning qullari va payg`ambarning ummatlari
hisoblaydigan bizlar albatta g`azovot e`lon qilishimiz joizdir. Birinchidan, Alloh va
payg`ambar yo`lida bu muqaddas urushda biz g`olib chiqishimiz, ikkinchidan hayotimizni
qurbon qilishimiz lozim.
Biz quyidagi o`z muhrimizni bosganlar, oldimizga kalomullohni qo`yib, Alloh va
payg`ambarga qasamyod qilib, halifamiz bilan shartnoma tuzdik. Shundan keyin, agar
o`zimizga bino qo`yganimizdan shaytonning vasvasasiga uchib yoki shirin jonimizni
saqlashni o`ylab, qo`rqib, va`damizdan qaytib, uni bajarmasak do`zahga tushaylik ikki
dunyoda yuzimiz qora bo`lsin, qiyomat kuni sharmandayu sharmisor bo`laylik.
Bu so`zlarning tasdig`i uchun muhrimizni qo`ydik.
Mazkur qasamyodga mahalliy amaldorlar va obro`-e`tiborli kishilardan o`n ikki kishi
muhrini bosgan.
14 may kechqurun Muhammadali halfa uyida kengash bo`lib, unda Farg`ona
viloyatining turli bo`limlaridan kelgan kishilar qatnashadi. Kengash Eshon ma`lum qilgan
rejaga binoan vodiydagi uch shahar-Andijon, Marg`ilon va O`shdagi harbiy lagerga bir kunda
hujum qilinishi kerak edi. Bu hujum muvaffaqiyatli tugasa, Qo`qonni ham olib, vodiyda
xonlikning tuzumi tiklanardi. So`ngra mustamlakachilar Samarqand, Toshkent va
Chimkentdan ham haydab chiqarilardi.
16 may kuni kechqurun yana Eshon xonadonida kengash bo`lib, unda mingga yaqin
odam qatnashadi. Shu kengashda Eshonning o`n to`rt yoshli jiyani Abdulaziz (Musulmonqul)
xon qilib ko`tarilajagi, qo`zg`olon qachon boshlanishi aytiladi.
17 may kuni shom namozida Tojik qishlog`idagi masjidga juda ko`p odam to`planadi.
Namoz paytida Eshon xalqqa murojaat qiladi.
“Ey muhtaram musulmonlar!” ey birodarlar! Hammangizga ma`lumdirki, yurtimiz musulmon
yurti, el musulmon, xalq musulmon, xon musulmon, shariatning hukmi joriy, amri nofiz edi.
Hukumatni Alloh taolo o`zi biladur, kofirlarni musallat qiladi, yurtimizga o`ris keldi.
Xudoyorxon o`rniga Kaufman, Umarxon taxtiga Chernayuf o`ltirdi. Farg`ona xonligi yerida
Moskva xonligi-oq podsho hukmron bo`ldi.
O`ris vatanimizga istilo etdi. So`ngra tilimizga istilo qiladi. Sekin-asta dinimizga istilo
qilmoqqa boshladi, bilasizlarki, musulmonlarning axloqi buzildi. O`risning kelg`oniga o`ttiz
yil to`lmay, musulmonlar riboga odatlandi, halol-haromni farq qilmas bo`ldi. Qozilarimiz
bo`yniga but taqadig`on bo`ldi. Xulosa (shulki), shariatimiz hor, musulmonchilik g`arib
bo`ldi. Hurriyatimiz g`oib bo`ldi, istiqlolimiz mahv bo`ldi, o`zimiz o`tmas, so`zimiz kesmas
bo`ldik. Ey voh...
Ey musulmonlar, bunga sabab o`zimiz bo`ldik. Bu asorat va mahkumiyatga kimsa rozi
emas, ins ham, jins ham rozi emas. Ey birodarlar, tek turavyersak bu kofir yana battar qiladur.
Voy bizning holimizga.
Tarixda o`tgan muazzam bir saltanat qo`rg`on qahramon pahlavonlar avlodimiz-bu
zillatga hech qanday ziruh chidamas. Qani bizdagi shijoat, qani ajdodlarimizdagi bisolat,
sizlarga nima bo`ldi?
...400 olimimiz bordir, hammasi musulmon, hammasi turk hammasining ismi
Muhammad. Hammasi hanafiy mazhabdir. Bu ismda, bir mazhabda, bir qabristonda bu qadar
olimlari to`plangan Turkistonni dini taqdimda, din odamlarini yetishtirishda na darajada
xizmatlari sabqat etganligi o`quvchilar diqqatigaarz o`rindur. Jahon tarixida, yer yuzida, ko`k
228
yuzida bu misli ko`rilmog`ondir. Turkistonliklar har qancha iftixor etsaarziydur, bajodur, ey
birodarlar, bizlar shundoq ajdodning nabiralarimiz. O`luk uyqusida uxlaysizmi?!”-deb hazrat
Eshonning so`zi bu joyga kelg`onda zori boshlandi. Hozir turg`onlar ho`ng-ho`ng yig`lash
bilan Eshonning amriga oshoda ekanliklarini bildirdilar, alarning xayajonlarini bosish uchun
hazrat Eshon so`zida davom etdi:
-Ey musulmonlar, ey xudoning bandalari, ey payg`ambar ummati! Chin mo`min
bo`lsangizlar, sizlarga jihod lozimdur, jihod. E`tiqod, Alloh yo`lida jihod qilamiz, o`lsak-
shahid, o`ldirsak-g`ozi bo`lamiz. Jihod qilmaguncha yelkamizga mingan bu ro`dapo o`rusdan
qutilish yo`q.
Ey mo`minlar, ko`zingizni oching! G’aflatdan bedor bo`ling! Kofirlardan huquqimizni
olaylik.
Ey birodarlar, hurriyatimizni olaylik o`z vatanimiz, o`z yurtimizda o`zimiz hukumat
quraylik. Buning uchun bizdan g`ayrat istaydur, himmat istaydur, jihod istaydur, fiysabilliloh
jihod vaqti keldi!
Keyin yaqin qishloqlarga chopar yo`llaydi, hazrat Eshon amrlari bilan jihod
fiysabilliloh e`lon qilinadi. Choparlar kimki musulmon bo`lsa, bu oqshomdan qolmay jihodga
hozir bo`lsin, deb nido qilishadi”.
Xufton namoziga odamlar qurollanib kelishadi. Ammo ularning kamdan-kami qilich
va miltiq bilan qurollangan, asosiy qismi so`yil, cho`qmor, ketmonsop, panshaha ko`tarib
olishgan edi. Namoz paytida ular qurollarini masjid devoriga suyab qo`yishadi.
Namoz o`qib bo`lingach, hamma baravar “Jihod! Jihod! Jihod!”-deya hayqira
boshladi. Qisqa vaqtda bu ovoz butun qishloqni tutib ketadi.
Bir mahal Eshon hovlisining darvozasi ochilib, undan oq otni yetaklab chiqishadi.
Muhammadali halfa: “Bismillohir rahmonir rahim, baniyati jihod!” deb otga minadi. Shundan
keyin qo`zg`olonchilar yo`lga tushadilar.
To`plangan odam olti yuz nafarcha edi. Lekin ularning hammasi ham otliq emasdi.
Shu boisdan otliqlar piyodalarni mingashtirib olishadi. Qolganlar piyoda yoki aravada yo`lga
tushishadi. Yo`lma-yo`l qo`zg`olonchilar safi ortib boradi. Olomon ikki bayroq ostiga
uyushgandi, birinchi bayroqqa Mulla Ziyovuddin Mahsum boshchilik qilayotgan edi. Ko`k
to`n kiyib, oq salla o`ragan otliq Eshon eng oldinda devona bolalar davrasida borardi. Dukchi
Eshon boshchiligidagi qo`zg`olonchilar Andijon shahrida joylashgan harbiy garnizonga
hujum qilib, 23 o`rus askarini o`ldirdilar, 24 tasini yarador qiladilar, 30 tacha miltiqni o`lja
oladilar. “Eshon to`poloni” tez orada deyarlik butun Farg`ona vodiysiga yoyiladi. Quva,
Asaka, Shaxrixon, Aravon, O`sh, Marg`ilon, Namangan, Sirdaryo va boshqa joylarda xalq
harakatga keladi. Publitsist jurnalist Alinazar Egamnazarovning “Siz bilgan Dukchi Eshon”1
maqolasida bunday hikoya qilinadi: “Qo`zg`olonni faqat Andijon, Marg`ilon va O`sh uezdlari
xalqi emas, Namangan uezdi, Yettisuv viloyati xalqi ham qo`llab-quvvatladi. Avliyootadagi
harakatga Shodibek halfa ismli Eshon boshchilik qiladi. U to`plangan yuzdan ortiq odam
dovonlar qordan bir oz tozalangach, Andijonga tomon harakat qiladi. Namangan
vaAndijondan ularga tomon yurgan harbiylar oradan besh kun o`tgach, Shodibek halfani 23
nafar sherigi bilan ushladi.
Namanganda uezd boshlig`ining o`rinbosari Bushen boshliq harbiylar yashirin
ravishda tog` so`qmoqlarini kezib, bir necha ovulni tintuv qilishdi va 29 nafar
qo`zg`olonchini, shular qatori to`rt boshliqni ham uchlashdi. Ularning yonidan g`azovot
boshlash to`g`risidagi Murojaatnoma va Muhammadali halfaning xati, shuningdek musulmon
davlati tuzilajagi, uning poytaxti etib Namangan shahri tanlanganligi haqidagi murojaatnoma
ham chiqdi.
Shu kunlarda Prejivalsk va Pishpek uezdlarida, Sirdaryo viloyatining Hovos temir yo`l
bekatida ham mirshablar bilan mahalliy aholi o`rtasida qurolli to`qnashuvlar bo`ldi”.
Qo`zg`olon shafqatsizlarcha bostiriladi va qo`zg`olon bahonasida yerli xalq yoppasiga
qirg`in qilinadi.
Baron Vrevskiy Sankt-Peterburgga jo`nab ketganligi munosabati bilan Turkiston
o`lkasi Bosh harbiy gubernatori vazifasini vaqtincha bajarib turuvchi general-leytenant
1
“
Sharq yulduzi
”, 1993, № 10-12.
229
Korolkovning Rossiya harbiy vazirligining Bosh shtabiga yuborgan telegrammasida bunday
deyiladi:
“Farg`ona harbiy gubernatori shuni ma`lum qiladiki, kecha kechqurun Marg`ilon uezdida
Eshon Muhammadali halfa g`azovot e`lon qiladi va ming kichidan iborat sheriklari bilan
Andijonga yo`l oldi. Qo`zg`olonchilar telegraf simni uzib, bugun saharda 20-batalon lageriga
hujum qilishdi. Bu hujum chog`idaaskarlardan 21 nafari o`ldirildi va 10 nafari yarador qilindi.
Qo`zg`olonchilar guruhi to`qnashuv joyida o`lgan 11 nafar va yarador bo`lgan 8 nafar
odamlarini qoldirib chekinishdi. Farg`ona harbiy gubernatori Marg`ilondan Andijonga temir
yo`l orqali 20-batalon rotasini va ovchilar komandasini yubordi, o`zi esa 13 kazak bilan
tuproq yo`ldan jo`nab ketdi. Ayrim xabarlarga qaraganda, biz tomonimizdan qurbonlar
yanada ko`proq vaAndijondagi rus aholisi bu yerda ilgari hech bo`lmagan hodisa sababli
sarosimaga tushib qolgan. Men qo`shinlarda, shaharlarda ehtiyot choralari ko`rish va
tartibsizliklar paytida Farg`ona viloyatining barcha qo`shinlarini harbiy gubernatorga
bo`ysundirish, shuningdek Orenburg polkini o`tloqdan qaytarish haqida ko`rsatma berdim.
General-leytenant Korolkov”.
Harbiy vazir general-leytenant Kuropatkin bu telegrammani darhol oq podsho
hazratlariiga olib kirgan va qo`zg`olonni bostirish yuzasidan belgilangan tadbirlarni bayon
qilgan. Podsho bu tadbirlarni ma`qullagan va shu asosda Korolkovga darhol ko`rsatmalar
asosida Turkistonning yangi tayinlangan harbiy qo`shinlari qo`mondoni Duxovskiyga
telegramma jo’natiladi. Unda quyidagilarni o`qiymiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |