231
Sud aybdor deb tan olingan sudlanuvchilar jinoiy xatti-harakatning xususiyatini
aniqlashga va qonun bo`yicha jazo belgilashga kirishib, sudlangan olti jinoyatchining barchasi
jinoiy xatti-harakati jinoyatchilarni jazolash vaaxloqini tuzatish Qonunlar to`plamining 244-
moddasida ko`zda tutilgan Oliy hokimiyatga qarshi til biriktirib, qo`zg`olon qilishdan
iboratdir va shu bois, barcha mol-mulkidan mahrum etilib, o`lim jazosi beriladi.. Sudlanganlar
kuchli muhofaza to`g`risidagi Qonunning 17-moddasi asosida, harbiy
vaqt qonunlarini joriy
etgan holda (jinoyatning oldini olish va tugatish to`g`risidagi Ustavning I-modda, I-kodeksiga
ilova) sudga berilganliklari uchun Harbiy qonunlar to`plamining 1869 yildagi 2-nashrining
XXII kitob 10-moddasiga binoan sud jami sudlanganlarga o`lim jazosi berib, ularning
barchasiga bu jazoning osib o`ldiriladigan turini belgilaydi. Barcha bayon qilinganlar asosida
sud qaror qiladi: sudlangan Eshon Muhammadali, G’oyibnazar Ortiq xo`ja o`g`li (Ortiq so`fi
o`g`li deyish ham mumkin), Subxonqul Arabboev Rustambek Sotiboldibek o`g`li, Bo`taboy
G’aynaboev va Mirzahamdan Usmonboev Oliy hokimiyatga qarshi qo`zg`olon
ko`targanliklari uchun barcha mol-mulklaridan mahrum etilib, oltovi ham osib o`ldirilsinlar.
Ish bo`yichaashyoviy dalillar: 1) g`azovotning qon sachragan yashil bayrog`i; 2)
tayoqdagi qizil nishon; 3) sudlangan va ularning barcha sheriklaridan tortib olingan qurollar
musodara qilinsin; qolgan ashyoviy dalillar quyidagilar: muqaddas urush haqidagi shartnoma,
quronlar va boshqalar tergov tugagunga qadar ishda qoldirilsin.
Harbiy sud Ustavining 1128-1155-moddalariga binoan, sud harajatlari barcha
sudlanganlardan teng miqdorda undirilsin, mabodo ularning bunga qurbi kelmagan sharoitda
xazina hisobidan to`lansin. 20-Turkiston asosiy-muntazam batalonining 22 nafar o`ldirilgan
harbiylari oilalari zarari, boquvchisidan ayrilgan har bir oilaga yiliga 200 so`m hajmida, yillik
daromaddan 4 foizini kapitalgaaylantirib-bir paytda har bir oilaga 5000 so`mdan Harbiy
qonunlar to`plamining 1868 yildagi 2-nashrining XXII kitob, 62-modda, I-bandigaasosan sud
qilinganlar va ularning merosxo`ridan undirilsin.”1
Turkiston Bosh harbiy gubernatori Duhovskiy qo`zg`olonning asosiy aybdorlari osib
o`ldirilgach, shahar qal`asi ishiga ko`milsin va ustiga hojatxona qurilsin, deb buyruq bergan,
Oxirgi paytda bu qaror o`zgargan. Dorlar qurilgan maydon ancha notekis edi.
Qo`zg`olonchilar shu yerga ko`milib, ustidan so`ndirilmagan ohak keyin tuproq tortilgan.
So`ng qatl etilganlar qayerga ko`milganligi bilinmasligi
uchun butun maydon tekislab
yuborilgan.
General Duhovskiy Andijonga kelganida uni vokzal maydonida 10 ming kishiga yaqin
aholi yer uzra bosh egib kutib olishga majbur bo`lgan. Shunda general uezd boshlig`idan,
nega bu odamlar yuzini yerga qaratib, egilib turibdi, deganida uezd boshlig`i unga: “Oliy
hazratlari, bu avom xalq Rossiya hukumati oldida yuzi qora, gunohlariga iqror bo`lib, qo`l
qovushtirib, bosh egib turibdi”, deb javob qilgan. Non-tuz bilan turgan bir guruh yahudiy
vaarmanilar bilan salomlashib, general Duhovskiy izvoshga o`tirib qarorga qarab yo`l oladi.
Bunday xo`rlanish aholining qalbi va ongida kuchli jarohat bo`lib saqlanib qolgan edi. Xatto,
1925 yil O`zbekiston SSR Sovetlarining 1-qurultoyida 1898 yilgi o`sha mudhish xo`rlanishni
esga olgan edi:
“...Farg`ona yaqin kunlarda ham nihoyatda og`ir kunlarni boshidan kechirdi. 1898 yilda
jafokash Farg`ona xalqi uch kun mobaynida boshini yer qadar egib tiz cho`kib turishga
mahkum etildi, sababi, bu yerga oq podshoning amaldorlaridan biri general kelgan edi”.
2
Sud hukmi bilan 362 kishi otib o`ldirilgan, 341 kishi turli muddat bilan qamalgan. 16
kishi oilasi bilan uzoq va dahshatli Sibirga surgun qilingan. Qo`zg`olon
markazi Mingtepa,
Tojiq Qashqar qishloqlari uch kun davomida tinimsiz to`pga tutilib kultepagaaylantirilgan.
Sudsiz so`roqsiz o`zboshimchalik bilan yondirilgan qishloqlar qirib yuborilgan, gunohsiz
fuqarolar bu hisobga kirmaydi.
“Hozir Marhamatda yashayotgan keksalarning hikoya qilishlaricha, deb yozadi
Alinazar Egamnazarov o`zining yuqorida tilga olingan maqolasida,-ertasi Andijonga
qo`shimcha harbiy kuchlar kelgach,
ishga kirishib, O`qshi qishlog`igacha borib, yo`lda
uchragan erkakni otishgan. O`qshida bir ayolning voyaga yetgan to`rt o`g`li bo`larkan. Chor
1
Egаmnаzаrov Аlinаzаr. Siz bilgаn Dukchi Eshon. Xujjаtli qissа. «Shаrq» nаshriyot-mаtbаа kontsernining Bosh tаhririyati. Toshkent,
1994.75-76-betlar.
2
Shamsutdinov Rustаm. «Dukchi Eshon voqeаsidаn so’ng».-«Sharq. yulduzi», 1991, 6-son.200-bet.
232
askarlari shu to`rt aka-ukaning hammasini otib tashlashgan. Ona sho`rlik bu fojeani
ko`taraolmay jinni bo`lib qolgan”.
1
Chor ma`murlari qo`zg`olonni bostirishda va isyonchilarni uchlashda xizmat qilgan
harbiylar, millat va yurtni malaylarga sotgan mahalliy millat vakillarini taqdirlashni ham
unutmadilar. Qo`zg`olon bo`lishi haqida O`sh uezdi boshlig`ini o`z vaqtida ogohlantirgan
Qorabek Hasanov Oltin medal va yiliga 300 so`mdan bir umrlik nafaqa bilan taqdirlanadi.
Muhammadali Halfani ushlashda jonbozlik ko`rsatgan Izboskan noibi, shtab-kapitan
Og`abekov 4-daraja Muqaddas Vladimir ordeni bilan, uning yigitlari Yoqub Ibrohim o`g`li,
Musa Masodiq o`g`li “Jasurligi uchun” yozuvi bo`lgan, ko`krakda Georgiy lentasi
qadab taqib
yuriladigan kumush medal va yuz so`mdan pul bilan podporuchik Karsheladze 4-daraja
Muqaddas Vladimir ordeni va qilish bilan mukofotlandilar. Andijon harbiy garnizoni
boshlig`i Mixaylov podpolkovnik edi, polkovnik bo`ldi. Oddiy askarlaridan ham o`n kishi
taqdirlanadi.
Ayniqsa, Dukchi Eshonni uchlab berganlarga katta muruvvat ko`rsatiladi.
Muhammadali halfa hozirgi Jalolobod viloyati Bozorqo`rg`on tumani hududida joylashgan
Arslonbob yo`lida Chorbog` qishlog`ida Qodirqo`l mingboshi va qo`rboshi Matyoqub
tomonidan hiyla nayrang bilan uchlab beriladi.
O`shanda Dukchi Eshon bu millat xoinlariga qarata “Ikkoving o`lar vaqtda jinni bo`lib
o`lgin. Bizni rusga tutib bergan qo`llaring bilan o`zingni tishlab o`lgin” deb qarg`agan edi.
Milliy qahramonning qarg`ishiga qolgan Matyoqub besh oy o`tmasdanoq vafot etgan.
1889 yil 12 iyunda Harbiy gubernator, general mayor Tsiklovskiyning raportida
shunday deyilgan: “Andijon uezdining Qo`qon qishlog`ida yashovchi, o`tgan yili
ming tepalik
Eshonni qo`lga tushirganligi uchun mazkur uezdning Mayg`ir bo`limi boshqaruvchisi
lavozimiga tayinlangan Madyoqub Madrahimov besh oy xizmat qilgandan keyin, 1898 yil 14
noyabrda qazo qiladi. Uning xotini va ikki bolasi yashash uchun hech narsasi qolmadi.
Shuning uchun uning xizmatlarini, oilasining o`ta qashshoqlanib qolganligini inobatga olib,
siz janobi oliylariga iltimos qilamanki, o`z tasarrufingizdagi mablag` hisobidan bu bevaga pul
nafaqasi tayinlash mumkin, deb hisoblay olasizmi?Yana shuni qo`shimcha qilib aytamanki,
men Madrahimovaga favqulodda hollar uchun mablag`idan 25 so`m berdim”.
Andijon uezdi boshlig`i ma`lumotiga qaraganda, Madyoqub Madrahimovning bevasi
moddiy jihatdan to`la ta`minlangan bo`lib, unga eridan 10
desyatina yer, uy jihozlari, 500
pudga yaqin guruch meros qoldirgani, mahrumning ikki bolasi bo`lib, ulardan biri Qo`qon
qishloq bo`limi boshqarmasida xizmat qilayotgani, Madrahimovaning moddiy muxtojligidan
emas, balki marhum erining xizmatlari uchun unga 10 so`m miqdorida nafaqa to`lash
zarurligi aytilgan. Andijon uezdi, Farg`ona viloyati, Turkiston o`lkasi Mustamlakachi
ma`murlari, amaldorlari, xatto Rossiya saltanati harbiy vaziri shaxsan imperatorning o`zi
Madyoqub Madrahimov oilasiga 5 yil muddat bilan har yilda 50 so`mdan nafaqa tayinladi. Bu
bilan mustamlakachilar “Farg`onaaholisining ko`z oldida rus ma`muriyati o`ziga
sodiq
odamlarning xizmatini munosib taqdirlab borishlarini” isbotlamoqchi bo`ladi1
Qo`zg`olon shafqatsizlarcha bostirilgach, o`lkaga Russiyadan ko`plab rus oilalarini
ko`chirish siyosati yanada kuchayadi. Turkiston general-gubernatori Duhovskiy podsho
Nikolay II ga yo`llagan xatida: “Qo`zg`olonchilar bizning uyquda yotgan 22 soldatimizni
o`ldirganliklari uchun buning huniga isyonshilardan 22000 kishiga o`lim jazosi berilib, 300
kishi qatorgaga hukm etiladi. Qo`zg`olonchilar rahbari yashagan joy tep-tekis qilinib, u yerga
200 oilali rus qishlog`i qurildi”, degan edi. Huddi shuningdek Andijon shahri atrofidagi
Hakand, Hartum qishloqlaridan ham yerli aholi ko`chirilib, ularning yerlari rus oilalariga
beriladi. Bu yerlar faqat 1925-26 yillardagina o`z egalariga qaytarib beriladi.
Xullas, ota-bobo avlod-ajdodlarimiz chor Russiyasi mustamlakachilik zulmi sharoitida
ham erksevar xalqimizning tarixiy an`analarini muqaddas saqlab davom ettirdilar va kelgindi
bosqinchiga qarshi qonuniy vaadolatli kurash olib borganlar.
1
Egаmnаzаrov Аlinаzаr. Siz bilgаn Dukchi Eshon. Xujjаtli qissа. «Shаrq» nаshriyot-mаtbаа kontsernining Bosh tаhririyati. Toshkent,
1994.11-bet.
1Shamsutdinov Rustаm. «Dukchi Eshon voqeаsidаn so’ng».-«Sharq. yulduzi», 1991, 1-son.