241
o`ylaganidek «johil, qoloq» emasligi, yuksak madaniyat-ma`rifatga egaligini muallif o`ziga
xos yo`sinda ifoda etgan. Bu vatanparvar, xalqparvar ijodkor»ning o`z milliy g`ururini,eliga
mehr-muhabbatini namoyon qilishi edi, istilochilarning kamsitishlariga, zo`ravonliklariga
qarshi
pinxoniy noroziligi, yaShirin isyoni edi.
Furqat asrlardan beri shakllangan milliy ta`lim tizimi bu sohada darslik qo`llanma
sifatida foydalaniladigan asarlar haqida ma`lumotlar beradi. U o`qigan kitoblar ro`yxatiga
nazar tashlasak ajdodlarimizning «atigi ikki foizi savodli» bo`lgani haqidagi gaplar naqadar
puchligini anglaymiz. Dastlabki boshlang`ich ta`limdan keyin «Qur`oni sharifni xatm qilib,
«Chor kitob» ibtido qildim» (Furqat. T A 2-tom, 1958, 134-bet) deb yozadi shoir. Shundan
so`ng u quyidagi asarlarni mutolaa qilish, o`rganish orqali o`z bilimlarini boyitib boradi.
1.Fariduddin Attor. «Mantiqut tayr», 2.Hofiz Shyeroziy devoni. 3. Mirzo Abdulqodir Bedil
devoni, 4.Mir Alisher Navoiy «Chor devon», 5.Fuzuliy g`azaliyoti, 6.»Maslaqul muttaqin»,
7.»Avvali ilm»
risolasi, 8.»Mu`zi Vazanjoniy» risolasi, 9.»Avomil», «Harakot» risolalari,
10.»Qofiya» kitobi, 11.»Sharhi mulloyi Jomiy», 12.Risolai Shamsiya».
Ushbu ro`yxat ta`lim jarayonida badiiy adabiyotning mumtoz namunalari keng o`rin
olganligini, dunyoni anglash tafakkurini shakllantirish borasida badiiy asarlarga alohida
ahamiyat berilganini ko`rsatadi. Sharq adabiyotining Navoiy, Attor, Hofiz, Bedil, Fuzuliy
kabi ulkan namoyandalari ijodi, ularning go`zal va serma`no
asarlari yosh avlodning
ulg`ayishi yo`lida dasturulamal vazifasini munosib bajargan.
Furqat ijodining mavzusi keng qamrovli va serqirradir. Uning shu kungacha yetib kelgan
she`riy asarlari sakkiz ming misradan ortiqdir. Bundan tashqari Furqatning proza va
publitsistikaga oid asarlari ham bor. Shoir faol ilmiy ishlar ham olib borgan, tarix, etnografiya
vashe`riyat nazariyasiga oid asarlar yozgan.
Furqat insoniy oliyjanob fazilatlarni ulug`lar ekan, birinchi o`ringa ozodlik motivini
qo`yadi. Bu hol tushunarlidir, albatta. Chunki buni Furqat yashagan davr va zamon talab
qilardi. Shoirning lirik qahramoni har qanday
qullikning murosasiz dushmani, ozodlik
erkinliq hurlikning otashin jarchisidir:
Do`stlar, ayshu tarab, fasli bahor istar ko`ngul,
Har kuni sahroda sayri lolazor istar ko`ngil.
Aylamak har sori ohular shikor istar kungul,
Kabi raftarin ko`rarga qo`hsor istar ko`ngul,
Dog`i hursand etgusi har ne ki bor istar ko`ngul.
Ozodlik erkinlik va hurlik g`oyalari turlicha rang-bo`yoqlarda «Fasli navbahor o`ldi»,
«Fasli guldur», «Bahor ayyomida», «Ul qaro ko`z» singari she`rlarida yanada sayqal topadi.
Furqatning «Sayding qo`yaber sayyod» shy`rida gunohsiz mahbuslarni changaliga
olgan shafqatsiz zolimlarga qarshi oshkora nafrat sadolari har qanday qalbi tosh o`quvchining
ham yurak bag`rini tilka-pora qiladi:
Sayding qo`yaber, sayyod, sayyora ekan
mendek
Ol domini bo`ynidan, bechora ekan mendek
O`z yorini
topmasdan, ovora ekan mendek
Iqboli nechun, baxti ham qora ekan mendek
Hijron o`qidin jismi ko`p yora ekan mendek
Kuygan jigari-bag`ri sadpora ekan mendek.
Bechorani zulm aylab, qo`l-bo`ynini bog`labsan.
Har sori chekib-sudrat, o`ldirgalik chog`labsan.
Ko`ksini jafo birla lola kabi dog`labsan,
Sot mengaagar qasding olg`usi so`rog`labsan!
Hijron o`qidin jismi ko`p yora ekan mendek
Kuygan jigari-bag`ri sad pora ekan mendek.
Furqat o`zining «Muhammas Muhammad Xudoyorxon tilidan» asarida Xudoyorxonni
el-yurt g`amini o`ylamagan, faqat shaxsiy manfaat va dabdabani ko`zlagan hukmdor sifatida
o`quvchi ko`z o`ngida gavdalantiradi. Bu asari N.Ostroumov «Oxborot» jurnalining 1893
yilgi 8-sonida birinchi marta chop ettirgan.