239
Muqimiy «Tanobchilar» she`rida chor ma`murlarining o`lka mehnatkashlariga
o`tkazgan mustamlakachilik siyosatining barcha jirkanch qiyofalarini
ustalik bilan ochib
tashlaydi. Biz «podsholik mahkamasi»ning ma`murlari bo`lgan Sulton Alixo`ja va
Hakimjonlarning orqa suyanchig`i bo`lmish chor Rossiyasi butun siyosati va dahshati bilan
qilish yalang`ochlab turganligi uchun xalq xalqqa istagancha zo`ravonlik va zulm qilishlarini
«Tanobchilar»da ko`rib unga guvoh bo`lamiz. Muqimiy tanobchilarning xatti-harakatini
bayon qilgach, ular harakterini ochishga o`tadi. Sulton Alixo`ja bilan Hakimjon, barcha chor
amaldorlari singari, qahri qattiq, rahmsiz bo`lib, qamchisidan qon tomib turadi. Ular birlashib
tanoblashga chiqadilar va ittifoq bo`lib ish ko`radilar:
Sulton Alixo`ja, Hakimjon ikov,
Biri xotun, birisi bo`ldi kuyov.
Ikkalasi bo`ldi chunon ittifoq,
Go`yo hayol aylaki, qilmay nifoq,
Osh yesalar o`rtada sarson ilik.
Xo`jachiroq yog`i, Hakimjon pilik.
Tanobchi amaldorlarning harakteri qishloqqa chiqib dehqonlar bilan qilgan qo`pol,
dag`al muomalalarida yanada to`laroq ochiladi, ularning
jirkanch basharalari butun
to`laligicha namoyon bo`ladi. Maqtanchoqliq takabburlikda, shuningdek, tovlamachilik va
talovchilikda tanobchilar bir-biridan qolishmaydi. Sulton Alixo`ja qishloq aholisini yig`ib,
ularga shunday do`q uradi:
Manki tanobinga chiqibman kelib,
Xizmatimi yaxshi qilinglar bilib.
O`t quyubon kuyduradurg`on o`zim,
Hokimingu o`lduradurg`on o`zim.
Xoh tanobingni duchandon qilay,
Xoh karam birla boshingni silay.
Tanobchi Hakimjon ham o`z manfaatini ko`zlab, o`z navbatida,
xalqqa qarab
zo`ravonlik bilan surbetlarcha shunday deydi:
«. . .Yaxshilig`ingni fuqaro bilmagay,
Holi bular ko`zga bizi ilmagay.
Ikki tanobini qilay o`n tanob,
Yurtingizni kuyvurib aylay xarob.
Xoh o`ling` xoh qoling` bachchag`ar».
Debki, uzangugaayog`ni tirar.
Muqimiy o`zi yashagan davrdagi hayot muammolarini va nuqsonlarini, din niqobi
ostida xalqqa jabr-zulm qilayotgan ularning nonini yarimtalayotgan ba`zi bir chala mulla,
ruhoniylar va boylarni «Moskovchi boy ta`rifida», «Avliyo», «Bachchag`ar» va boshqa
asarlarida satira o`ti ostiga oladi, ularni masxaralaydi.
Muqimiyning mashhur asarlaridan biri «Sayohatnoma»dir. Bu asar o`z ishigaasosan
uch sayohatnomani oladi: «Qo`qondan shohimardonga», «Qo`qondan Farg`onaga», va
«Qo`qondan Isfaraga», 1953 yilda topilgan yana bir yangi parcha «Isfara sayohatidan» deb
yuritiladi. «Sayohatnoma»larda Muqimiy o`zining sayohatlar chog`ida olgan ta’assurotlarini
qalamga oladi va xalq ommasining haqqoniy hayotini aks ettiradi.
Mustamlakachilik zulmi
siyosati va mahalliy boylar, amaldorlarning o`tkazgan jabr-sitamlaridan ado bo`lgan xalq
timsolidan faryod chekadi:
Bunda bordim Beshariq,
Odamlarin rangi sariq
Yemishlari emish tariq
Muqimiy jafokash va mehnatkash xalqqa bo`lgan hurmati va muhabbatini quyidagi
satrlarda ifodalaydi:
Qir pastida sho`rtang ariq,
Bir to`p yigit o`rgay tarig`.
To`nsiz, yalang`osh, hay darig`,
Bechora, och dehqon ekan.
240
Shoir Muqimiy «Sayohatnoma»da bechora och va yalang`osh dehqonlarni zolimlarcha
ekspluatatsiya qiluvchi «yurt kattalari»dan nafratlanadi, ochko`z va qizg`onchiq mingboshilar,
bo`lis boshliqlari, qozi va ellikboshilarni masxaralaydi, ularning ustidan kuladi va satira o`tiga
oladi:
Ming boshisi so`finamo,
Tasbehu bo`ynida rido,
Cho`qib qochar zog`i alo,
Bir dog`uli ayyor ekan.
Xayru
saho vajhida kar,
Bir pulni yuz yerdin tugar,
Kelsa gadoy nogoh agar,
Bir non chiqish dushvor ekan.
1907 yilda N.Ostroumov «Turkiston viloyatining gazeti»da chop etilgan Muqimiyning
asarlarini to`plab kitobcha holiga keltiradi va Toshkentda nashr ettiradi. Ushbu kitobda
N.Ostroumov yozgan «shoir Muqimiy» sarlavhasi ostida tarjimai holda Mavlaviy
Yo`ldoshning Muqimiy vafotiga yozgan marsiya-tarixi ham bosilgan edi. Shu narsani alohida
ta`kidlash kerakki, N.Ostroumov Muqimiy va Furqat asarlarini yig`ib to`plovchi sifatida
ijobiy baholansada, u hukmdor mustamlakachi mamlakatning bir vakili sifatida shoir
Muqimiyga to`g`ri
xolisona baho bermaydi, uni kamsitadi, asarlarida olg`a surilgan ilg`or
g`oyalarni ko`rmaydi yoki ko`rishni istamaydi. U shoirini qandaydir ojiz va darveshnamo
shaxs sifatida, dunyodan, real borliq muammolaridan, hayot zavqu tashvishlaridan chetda
turgan loqayd ijodkor sifatida talqin etadi. Albatta bu boshdan oyoq g`ayri-ilmiy va o`ta
sub`yektiv qarashdagi xulosalardan iborat edi.
Xullas ma`rifatparvar, elparvar va demokrat shoir Muqimiy o`zining
keng qamrovli,
chuqur, g`oyaviy, yuksak badiiy asarlari bilan xalqning hurmat-e`tiboriga sazovor bo`lgan
o`zbek xalqining ajoyib farzandidar.
Do'stlaringiz bilan baham: