Tayanch tushunchalar:
Jadid maktablari, rus-tuzem maktablari, gimnaziyalar, Turkiston
bosh xaritasi, Turkiston metrologiya stansiyasi, Turkiston xalq kutubxonasi, Turkiston
davlat muzeyi, Fedchinko, S.Tyanshanskiy, Sversov, Feruz, xalq dostonlari, Samara teatri,
Kamessarjevskaya truppasi, Koleziy teatri, Usta Shirin Murodov , Odina Muhammad
Murod, Ismoil Obidov, Ostraumov, Taraqqiy, Osiyo, Xurshid, Turon truppasi, Padarkush.
Chor Rasiyasi bosqiniga qadar Turkistonda keng tarmoqli xalq maorifi o`choqlari:
maktablar va madrasalar mavjud edi. Istilochilar ularning faoliyati bilan tanishib,
mustamlakachilikning bundan keyingi taqdiri uchun o`sha maktab va madrasalarning
g`oyatda havfli ekanligini tushunib yetgandilar. Shu bois chorizm o`lkada ruslashtirish
siyosatini ayni shu sohadan boshlab, bu soha bo`yicha o`z dasturini ishlab chiqadi. O`sha
ustamon pixini yorgan siyosatchi K.P.Kaufman bu sohadaayniqsa jon kuydirib faoliyat
ko`rsatgandi.
1880 yilda Imperiya Davlat Kengashida Turkistondagi mahalliy aholi bolalarini ruslar
bilan birgalikda o`qitish masalasi ko`rilganda Turkiston aholisining “savdo-sotiq,
dehqonchilikda suyagi qotganligi va yuvosh tabiati” ta`kidlanib, ularning “imperiyadagi
boshqa musulmonlardan keskin ajralib turishlari” qayd qilinadi.
Davlat Kengashining bu qarori Kaufman tomonidan qo`llab-quvvatlanadi. Kaufman
“ruslar va tuzemetslarning bolalarini birgalikda tarbiyalash” masalasini ko`taradi. U
musulmon va rus maktablarining ajralib turishi” iqtisodiy va siyosiy jihatdan zararli deb
hisoblaydi. Uning bu g`oyasini keyingi general-gubernatorlar davom ettiradilar. 1884 yilda
Toshkentda birinchi rus-tuzem maktabi ochiladi, ularning soni XIX asr oxirida yuzdan oshib
ketadi1.
Chor Rossiyasi ma`murlarining Turkiston o`lkasida yerli xalq vakillarini qorong`ulik
zulmat va zabunlikda saqlashga qaratilgan mustamlakachilik va zo`rlik siyosatiga qaramasdan
XIX asrning oxiri XX asr boshlarida o`lkada milliy maorif, fan va madaniyat taraqqiyoti
to`xtab qolgan emas. Ammo ushbu masalada ham Sovet hokimiyati yillarida kommunistik
mafkura ta`siri ostida manqurtlik va qullarcha tobelik dunyoqarashida shakllangan mahalliy
olimlar o`z asarlarida chorizm davrida yuritilgan maorif, fan va madaniyat sohasidagi
siyosatni ko`pirtirib maqtadilar. Rossiya bosqiniga qadar o`lkadagi bu sohadagi ahvolni
kamsitib yerga urdilar.
Ular 1897 yil o`lkada savodli o`zbeklar-1,6 foizni, qozoqlar-1 foizni, turkmanlar-0,7,
qirg`izlar-0,6 foizni tashkil etgan, aholining savodxonligi shundan keyingi yillarda ham
oshmagan, O`zbekistonda har 100 kishining 98 tasi savodsiz edi, deb keldilar. «O`rta Osiyo
xalqlari inqilobgacha deyarli yoppasiga savodsiz edi. 1897 yili o`zbeklarning atigi 1,9 foizi
o`qish va imzo chekishni bilardi. 1897 yilgi Butunrossiya aholi ro`yxatiga ko`ra savodlilar
o`lkada 1,8 foizni tashkil etgan, ya`ni inqilobgacha Turkiston dyeyarli yoppa savodsiz o`lka
1
O’zbekistonning yangi tarixi. Birinchi kitob.253-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |