184
o’ymakorlik, zardo’zlik, tegirmonchilik, ko’nchilik, to’quvchilik,
temirchilik, kulolchilik,
beshikchilik, sandiqchilik, etikdo’zlik, moyjuvozlik, sovungarlik keng tarqalgan edi. Amirlik
iqtisodiy hayotida qoloqlik, turg’unlik hollari mavjud edi, aholining turmushi past darajada
edi. Yerga egalik shakli ming yillar davomida o’zgarmay kelmoqda edi, aholiga solinadigan
o’lpon va soliqlar haddan tashqari ko’p edi. Aholi sotib olish qobiliyatining pastligi
hunarmandchilikning rivojlanishiga to’sqinlik qilardi. Buxoro
amirligi monarxiya tipidagi
davlat bo’lib, amir cheklanmagan hokimiyatga ega edi. Amir o’z fuqarolarini o’ldirishi yoki
hayotga qoldirishi, butun aholi mulkiga ega bo’lishga ham haqli edi, ko’ngli tusaganini
qilardi. Mang’itlar sulolasi (1753-1920) yillar hukmronlik qilgan.
1.Muhammad Rahim –(1756-1758) y
2.Doniyolbiy (otaliq) –(1758-1785)y.
3. Shohmurod –(1785-1800 )y.
4.Haydar –(1800-1825)y.
5.Nasrullo –(1826-1860)y.
6.Muzaffar –(1860-1885)y.
7. Abdulahad –(1885-1910)y.
8. Olimxon –(1910-1920)y.
XIX asr boshlariga kelganda, amirlikda xizmatkor amaldorlar tabaqasi shakllandi.
Faqat amir saroyining o’zida 300 ga yaqin amaldor xizmat qilardi. Bu tabaqa davlat
xazinasidan maosh olar, amirga batamom qaram bo’lib, ularni amirning o’zi
tayinlar yoki
egallab turgan lavozimidan olib tashlar edi. Amaldorlar amir farmoyishini bajaribgina
qolmay, uning istak-xohishi va ko’nglini topa bilishlari, unga doimo xushomad qilishlari
kerak edi. Shu bois saroyda xushomadgo’ylik, amir shaxsini ulug’lash rasm bo’lib qoladi.
Amir va uning oilasigagina emas, quyi mansabdagilar yuqori amaldorlarga ham
xushomadgo’ylik qilardilar. O’z mavqei, turmushi,
oilasining omonligi, mulki uchun
qo’rqish, ertangi kunga ishonmaslik kabi og’ir vaziyat vujudga keladi. Qisqasi,
mansabdorning taqdiri to’lig’icha yuqori amaldor qo’lida edi. Mansabni sotish, poraxo’rlik
keng tarqaldi. Amirlikdagi eng katta saroy mansablari va unvonlari Qushbegi, dargoh vaziri,
ya’ni bosh vazir lavozimi edi. Davlatning barcha boshqaruv idoralari unga itoat etar edi. Bir
so’z bilan aytganda, barcha ijroiya hokimiyat qushbegining qo’lida edi. Viloyat va tuman
hokimlari ham qushbegi tavsiyasiga binoan tayinlanar edi. Qushbegi xon istiqomat qilib
turgan arki oliyda turar edi.
Devonbegi - xonlikning moliya-xazina ishlarini boshqargan.
Soliq va jarimalarning
undirilishi ustidan nazoratni ham devonbegi amalga oshirgan. Devonbegi arki oliyning bir
chetida yashagan.
Ko’kaldosh -(xon bilan bir onadan sut emgan kishi) butun amirlik hududida amirga va
amirlikka nisbatan do’stona yoki dushmanlik munosabatida bo’luvchilar haqidagi
ma’lumotlarni to’plab hukmdorga etkazib turgan.
Mushrif - lavozimida ishlagan amaldorlar xonga in’om etilgan buyumlarni hamda
harbiy anjomlarni ro’yxatga olish bilan mashg’ul bo’lgan. Soliq tushumlarini ham maxsus
daftarga yozib borgan
Mirshab - tungi qorovullar boshlig’i vazifasini bajargan.
Dodxoh - fuqarolarning arz va shikoyatlarini tinglovchi,
hal etuvchi mansabdor
bo’lgan, bularni kerak bo’lsa xon yoki qushbegiga etkazib turgan.
Inoq - bu lavozimda ishlagan amaldorlarning vazifasi amir farmoyishlarini bek va
boshqa tabaqadagi mahalliy mansabdorlarga etkazishdan iborat bo’lgan.
Miroxo’r - amirning ovchi qushlarini tasarruf qiluvchilar ustida turgan, xon ovlarini
uyushtirish ishiga mutasaddi bo’lgan.
185
Dasturxonchi - amir huzurida uyushtiriladigan ziyofatlar uchun mas’ul amaldor.
To’qsobo - amir tug’i sohibi bo’lgan harbiy mansabdor
Parvonachi - biror shaxsning biror lavozimga tayinlanganligi haqidagi yorliqni o’sha
shaxsga etkazuvchi amaldor.
Sadrlar - vaqf mulklarini boshqaruvchi mansabdorlar. Vaqf muassasasining boshliqlari
bo’lgan mutavallilar sadrlarga bo’ysunganlar. Sadrlarning vazifa va huquqlari vaqf yorlig’i
shartlarida qayd etib qo’yilgan. Sadrlar vaqf xo’jaligi daromadining ma’lum qismini olardilar.
Shayxulislom - musulmon jamoasi boshlig’i. Qozilik ishlarida hamda kundalik hayotda
qonunlarga rioya etilishini ta’minlovchi amaldor. Bu lavozim avloddan-avlodga meros bo’lib
ham o’tgan.
Katta qozi (Qozi kalon) - davlatning oliy qozisi (sudyasi). Amir aralashmaydigan
barcha qozilik ishlariga rahbarlik qiluvchi oliy davlat lavozimi. Qozi kalon «Shariat panoh»
deb atalardi. Qozi kalon huzurida a’lam va 12 muftiydan iborat devon tuzilgan. Uning
vazifasi jinoiy ishlarni har tomonlama ko’rib chiqishdan iborat bo’lgan.
Muftiy - qozi kalon murakkab deb hisoblagan turli diniy-huquqiy masalalar bo’yicha,
shariat qonunlariga asoslanib fatvo chiqargan. Bu fatvo uning
yoki bir necha muftiyning
muhri bilan tasdiqlangach, qoziga berilar edi. Qozi bu fatvoga asoslangan holda hukm
chiqarardi. Amaldorlarga amir nazariga tushgan xizmatlari uchun otaliq, eshik og’asi kabi
e’tiborli unvonlar berilgan. Xonning, uning o’g’illarining ham otalig’i bo’lgan. Amaldorlar
harbiy yurishlarda ham qatnashgan. Xon yig’inida amaldorlarning amaliga qarab o’rni bo’lar
edi. Shunga ko’ra ular xonning o’ng va so’l tomonida, unga yaqinroq va uzoqroq erda
o’tirardilar. Ba’zilari o’tirishar, ba’zilari esa tik turishardi. Kattaroq amaldor saroyga ot minib
kirsa, ba’zilari piyoda kirardi. Amirlikda amaldorlardan tashqari diniy ulamolar ham hukmron
mavqega ega edi. Ular o’zlarini Muhammad payg’ambarning avlodlarimiz
deb hisoblovchi
sayyidlar hamda choriyor halifalar - Abubakr, Umar, Usmon va Ali avlodlaridanmiz
deyyuvchi xo’jalardan iborat edi. Ular katta yer-suvga, savdo do’konlariga, hunarmandchilik
ustaxonalariga ega edilar. Amirlikda jo’ybor shayxlari alohida mavqega ega bo’lib, XIX asrda
ular Buxoroda 16 mahalla bo’lib yashardi. Sudlov ishlarida shariat qonun - qoidalariga rioya
etilishini ta’minlashda shayxulislom, a’lam va qozilar amirning eng yaqin yordamchilari edi.
Amirlikda eng katta mansabdorlardan biri Qozi kalon hisoblanardi. Uning mahkamasida har
bir viloyatdan bittadan qozi ish olib borardi. Ularni amirning o’zi tayinlardi. Qozi din
masalalari, oila, meros, jinoiy ishlarga oid masalalar bo’yicha hukmlar qabul qilardi. Buxoro
amirligi 27 beklik: Karmana, Xatirchi, Ziyovuddin, Nurota, Qarshi, Kitob, Shahrisabz,
Chiroqchi, Yakkabog’, G’uzor, Boysun,
Sherobod, Denov, Karki, Chorjuy, Xisor, Ko’lob,
Qorategin, Darvoz, Baljuvon, Sho’g’non-Rushon, Qo’rg’ontepa, Qobodiyon, Kalif, Bo’rdalik,
Qoboqli va Norazm bekliklaridan iborat edi. Har bir beklikni amir tomonidan tayinlab
qo’yiladigan hokimlar beklar idora qilardi. Hokim huzurida yuzlab mahalliy ma’murlar
xizmat qilardi. Manbalar amirlikda mahalliy ma’murlar shtati 30000 kishini tashkil
etganligidan guvohlik beradi. Hokim va uning xizmatkorlariga maosh davlat xazinasidan
berilmas edi, ular mahalliy aholidan olingan turli - tuman soliq va to’lovlar hisobiga
tirikchilik qilishardilar. Hokimlar, soliq yig’uvchilar, qozilar xohlagancha ish yuritardilar,
ularning faoliyatini belgilovchi qonun qoidalar yo’q edi. Ularning suiste’mollari xalq
gardaniga og’ir yuk bo’lib tushardi. XIX asr 30 yillarida amir qo’shinida 19
mingga yaqin
yollangan askarlar bo’lib, ular turli shahar va istehkomlarda harbiy xizmatni o’taganlar.
Qo’shin askarlari, asosan, o’q-yoy, nayza, qilich, xanjar, oybolta kabilar bilan qurollangan.
Manbalar amir qo’shinida piltali miltiqlar va kichik to’plar ham bo’lganligidan guvohlik
beradi. Amir qo’shinining jangovorlik darajasi past edi. Askarlar harbiy mashqlarga nisbatan
ko’proq mehnat bilan band bo’lardi. Sipohlikka 15 yoshdan 70 yoshgacha erkaklar olinardi,
186
qo’shin safida keksayib qolganlar anchagina bo’lardi. Amirlikning yillik daromadi 2 mln. 300
ming so’m bo’lgani holda, uning 1 mln. 300 ming so’mi qo’shinni saqlashga sarflanardi.
Oziq-ovqat etishmasligidan sipohlar qochardi, kiyimi yupun edi. XIX asr o’rtalarida askarlar
soni, piltali miltiq va to’plar ham anchagina ko’paygan. Qo’shinda yuz boshi, ming boshi
singari harbiy lavozimlar bo’lib, umumiy qo’mondonlikni lashkarboshi boshqargan.
Amirlikning qo’shini muntazam bo’lmay, zaruriyat bo’lganda to’planardi, ularni to’plash
qiyin kechardi. Bu amirlikning zaiflik omillaridan biri edi.
Do'stlaringiz bilan baham: