179
3-mavzu. Qoraqalpoqlar XVI-XIX asrlarda. (2 soat)
Reja:
1.
XVI-XIX asr birinchi yarmida Qoraqalpoqlar. Qoraqalpoq urug’larining joylashuvi.
2.
Qoraqalpoqlar Xiva xonligi tarkibida. Qoraqalpoqlarning o’z
mustaqilligi uchun
kurashi.
3.
Qoraqalpoqlarning xo’jalik hayoti. Savdo va hunarmandchilik. Chorvochilik va
dehqonchilikning kuchayishi.
4.
Qoraqalpoqlar ijtimoiy turmush tarzi, madaniyat va ta’lim.
Tayanch tushunchalar:
bijanaklar, o’g’uzlar, qipchoqlar, qora burkli, cheyornaya
klobuki, jarmshi, Nug’ay xonligi, jung’orlar, Yangidaryo, Quvondaryo, solg’ut, ushr,
qozon puli, Sevkeli, Alpomis, Qirqqiz, Darbadal el, zevar, Qoraqum eshon, jerov, Xo’jayli,
Qo’ng’irot, Chimboy, Oydo’stbiy, marsiya
«Qoraqalpog`iston ASSR tarixi osherklari» («ocherki Istorii Karakalpakskoy ASSR»,
Izd-vo «Nauka»
Uzbekskoy SSR, Toshkent, 1964) kitobida berilgan ma`lumotlarga
qaraganda qoraqalpoqlarning alohida bir xalq bo`lganligi haqidagi yozma manba`lar XVI
asrning oxirlariga to`g`ri keladi (125-bet). 1598 yilda Buxoro xoni Abdullaxon tomonidan
Sig`noq shahridagi Ziyovuddin maqbarasiga berilgan darxon yorlig`ida qoraqalpoqlar
to`g`risida dastlabki ma`lumotlar bitilgan. Unda yozilishisha qoraqalpoqlar Sirdaryo yaqinida
Sig`noq Shahri va uning atrofidagi hududlarda yashaganlar, yarim o`troq holda hayot kechirib
kelganlar. Bu manba`da qoraqalpoqlar qozoqlar bilan birga «aymoqlar»ga kiritiladi.
Qoraqalpoqlar tarixi bo`yicha ilmiy ish olib borgan ko`pgina
olimlarning fikrlariga
ko`ra qoraqalpoqlarning avlod-ajdodlari Orol dengizi atroflarida yashaganlar va ular shu
yerda xalq sifatida shakllanganlar. Ular O’rta Osiyoning turkiy tilda so`zlashuvchi
xalqlarining tarkibiy qismiga kiradilar. Grek-yunon mualliflarining ma`lumotlariga ko`ra
qoraqalpoqlarning eng qadimgi avlod-ajdodlari massagetlar hamda pecheneglardan oldin
o`tgan appasioqlar bo`lgan deb tahmin qilinadi va ular botqoqlik yerlarda va orollarda
yashaganlar. Keyichalik ular og`uzlar va pecheneglar bilan yaqin aloqada bo`lganlar.
P.P.Ivanovning tarixchi Abulg`ozi Bayhaqiy bergan ma`lumotlarni
tahlil qilib
chiqargan xulosalariga ko`ra «qalpoq» degan etnik tushuncha XI asrdayoq Xorazmga
chyegaradosh tumanlarda bo`lgan.
Pecheneglar qabilalari X-XI asrlarda bo`linib ketdi: bir qismi (turkiy guruh) Orol
bo`yida qoldi, bir qismi esa g`arbga Janubiy Rus yerlari tomon surilib borad. Ular Dnepr
daryosining irmog`i-Ros daryosi bo`ylarida joylashdilar.
Rus yilnomalarida «Chorno`y klobuki» («Qora kuloq», «qora qalpoq») nomi bilan
ataluvchi bu xalqning ruscha etnik ma`nosi «qora qalpoq» so`ziga to`g`ri keladi. XIX asrning
birinchi yarmidagi mashhur sharqshunos olim Dosson «Mo`g`ullar tarixi»
kitobida bunday
yozadi: «Ular (mo`g`ullar) ruslar va qoraqalpoqlar mamlakatini bosib oldilar». Ularga janubiy
rus chegara hududlarini himoya qilish vazifasi yuklatilgan. Bu etnik guruh Kiyev
Rossiyasining ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etgan.
Orolbo`yi atroflarida qolgan pecheneglarni XII asrda Irtish daryosi atroflaridan kelgan
qipchoq qabilalari zabt etganlar. Ana shu tariqa ular qipchoqlar tarkibiga kirib aralash-
quralash bo`lib ketganlar, ularning tillarini qabul qilganlar. Qoraqalpoqlarning
xalq sifatida
shakllanish etnegenizi XV asrda no`g`oylar ittifoqi tarkibida tugallangan. Ularning bir qismi
no`g`aylar bilan birga yoyiq (O`rol) va Volga daryolari xavzasida yashab kun kechirganlar.
Buni tarixiy manba`lar, xalq og`zaki ijodi durdonalari va qoraqalpoqlar madaniyatidagi ba`zi
bir elementlar isbotlaydi. Xatto Qoraqalpoq tilining no`g`aylar va qozoqlar tiliga yaqinligi
ham fikrimizga yorqin dalil-asos bo`laoladi.
Biz yuqoriroqda qoraqalpoqlarning yarim ko`chmanchi hayot kechirganliklarini
ta`kidlagan edik. Ular ana shu turmush tarzidan kelib chiqqan holda chorvachilik
dehqonchilik va baliq ovlash bilan ham mashg`ul bo`lganlar.
XVI asrda va XVII asrning
boshlarida qoraqalpoqlar Buxoro xonligi tarkibiga kirgan Sirdaryoning quyi oqimlarini,
tahminan Turkiston bilan hozirgi Marka qishlog`i va Qoratov o`rtalaridagi yerlarni egallab
Do'stlaringiz bilan baham: