O ’qu V u sl ubiy m a jmu a



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/299
Sana11.06.2022
Hajmi7,33 Mb.
#656484
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   299
Bog'liq
Ozbekiston tarixi UMK -2-kurs - Tarix (DTPI)

Mavzu bayoni 


180 
olganlar. Shu bois ular xonlikningning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok eta 
boshlaganlar. Jumladan, yozma manba`larda qayd etilishcha 1611 yilda Buxoro xoni 
Imomqulixon o`z askarlari bilan Sirdaryo, Turkiston shahri va Qoratov tog`lari etaklarigacha 
kirib borgan va Buxoroga qarshi bosh ko`targan qozoqlar, qoraqalpoqlar va qalmiqlarni 
bostirgan, ko`p mol va o`ljalar hamdaasirlar olib qaytgan. 
Qoraqalpoqlar XVI-XVII asrlarda Xorazm xonligi bilan ham o`zaro aloqada 
bo`lganlar, savdo-sotiq qilganlar. Tarixchi Abulg`ozi Bahodirxonning ma`lumotlariga ko`ra 
Xorazm taxti uchun kurashdaakasi Asfandiyor (1627-1643)dan yengilgan Habash Sulton 
Sirdaryo bo`ylari-qoraqalpoqlar huzuriga borgan. Qoraqalpoqlar bilan mang`it o`zbeklari 
yaqin qo`shni vaaloqada bo`lganlar. Mang`itlar Habash Sultonni Xiva xoniga uchlab 
berganlar va u qatl etilgan. 
XVII asrning oxiri va XVIII asr boshlarida Sirdaryo bo`ylarida yashagan 
qoraqalpoqlar qozoq xonlariga bo`ysunganlar. Bu davrda qoraqalpoqlar boshqa hududlarda 
ham yashaganligi manba`lardan ma`lum. Jumladan XVII asrning 70 yillarida qoraqalpoqlar 
boshqirdlar qo`zg`olonida qatnashganlar va ular bilan yaqin do`stlik aloqasida bo`lganlar. 
Ayni zamonda boshqirdlar ham qoraqalpoqlar yerlariga ko`chib kelib birga yashaganlar. 
Qoraqalpoqlar ko`p xorllarda qozoqlar, boshqirdlar bilan birgalikda Sibir yerlariga hujumlar 
uyuchtirib borganlar. 
Qoraqalpoqlar XVIII asrda Rossiya bilan ma`lum darajadaaloqada bo`lganlar. 1720 
yillarda Jungarlar bosqini havfi bilan qozoqlarning Kichik Juz xoni Abulhayr Rossiyaga 
fuqarolik so`rab murojaat qiladi. 1731 yilda qozoqlarning Kichik Juz hududlari Rossiya 
tomonidan egallangandan so`ng Kichik Juzga qaram bo`lgan quyi qoraqalpoqlar ham chor 
ma`murlari hukmronligiga o`tib ketadi. Bu voqea 1743 yilda rus podshosi Yelizaveta 
Petrovna hukmronligi davrida bo`ladi. 
Rossiya hukmronligini qabul qilgan qoraqalpoqlar soliqlarni endi Abulxayrxonga 
to`lamaydigan bo`ldilar. Natijada o`rtada dushmanlik kuchaydi. Abulhayr kutilmaganda 
qoraqalpoqlar yashaydigan qishloq va ovullarga hujum qilib ularning chorva mollari va 
boyliklarini olib keta boshladi. Qoraqalpoqlar Janubiy-Garb tomonga-Xiva xonligi 
chegaralari tomon boshpana izlashga majbur bo`ldilar. 1750 yillarda Sirdaryo xavzalari 
atrofida hammasi bo`lib 6 mingga yaqin oila qolgan edi. Qoraqalpoqlarning yangi o`rnashgan 
makoni Yangidaryo xavzasi deb atalib XVIII asr va XIX asrning boshlarida bu hudud 
qoraqalpoqlar mulki hisoblangan. 
Qoraqalpoqlar yangi o`zlashtirilgan joyda tez ko`nikib-o`troqlashib oldilar. 
Dehqonchilik madaniyatini yo`lga qo`ydilar, irrigatsiya va melioratsiya ishlarini olib bordilar, 
qo`rg`on va qal`alar qurdirdilar. 
Qoraqalpoqlar bilan Xiva xonligi o`rtasida ham doimiy suratda ziddiyat kuchayib 
bordi, bir necha marta qo`shinlar to`qnashuvi yuz berdi. Faqat 1811 yilda Xiva xonligi 
Muhammad Rahimxon davrida qoraqalpoqlar ustidan uzil-kesil o`z hukmronligini o`rnatadi. 
Xiva xonligi hukmronligi davrida ham mehnatsevar qoraqalpoq xalqi ho`jalik va 
ijtimoiy foydali mehnat bilan shug`ullanadi, doimiy suratda boylar, zodagonlarning qattiq 
zulmi va ekspluatatsiyasi ostida yashadi. Zulm vaadolatsizlikka qarshi kurashdi. 
Aholining asosiy ishlab chiqarish tarmog`i dehqonchilik bo`lsa-da chorvachilik sohasi 
ham aholi ehtiyoji uchun g`oyatda zarur soha bo`lgan. 
Qoraqalpoqlarning ho`jalik hayotida baliq ovlash katta o`rin tutgan. Chunki ko`plab 
baliq iste`mol qilish qoraqalpoqlarda qadim-qadimdan muhim rusum hisoblangan. 
Hunarmandchilik kam taraqqiy etgandi. Hatto XIX asrning ikkinchi yarmida ham bu yerda 
faqat oila ehtiyoji uchun zarur bo`lgan buyumlar ishlab chiqarilgan, holos. Arzimagan ba`zi 
bir tovarlargina bozorga olib chiqilgan. Hunarmandchilik buyumlaridan alasha, gilam, arava, 
qayiq, paxta ipidan ashyolar va boshqalar ishlab chiqarilgan. 
Qoraqalpoqlar diyorining markazi Chimboy XIX asr o`rtalarida katta savdo va 
madaniyat markazigaaylangan edi. Shahar jug`rofiy jihatdan juda qulay joyda joylashgan 
bo`lib, u quruqlik yo`llari va Amudaryo orqali Xiva xonligi, Rossiya mulklari bilan aloqa 
bog`lashga imkon berar edi. 
Qoraqalpoqlarda patriarhal-urug`chilik qoldiqlari kuchli edi. Bu ijtimoiy-ho`jaliq 
davlat ishlarida o`z ta`sir kuchini ko`rsatdi. Ijtimoiy hayotda tengsizlik kuchaydi, o`zaro 


181 
ziddiyatlar va kurashlar avj oldi. Masalan, 1871-1872 yilgi ma`lumotlarga qaraganda, 15 
ming tanobga qadar yerga egalik qilgan mulkdorlar bilan bir qatorda, 1-2 tanobdan oshmagan 
yerli oddiy oilalar ham bor edi. Bunday noadolatli holni chorva ho`jaliklarida ham ko`rish 
mumkin edi. Umuman chorva moliga ega bo`lmagan oilalar bilan bir qatorda ba`zi boylar 
1000 boshqacha shohli qoramollar va 1500 ga qadar qo`ylarga egalik qilganlar. Boy 
ho`jayinlar va hokimlar Xiva xonlarining katta ishonchiga ega bo`lib, oddiy xalq oldida 
ularning aytgani aytgan, degani degan edi. 
Qoraqalpoqlar jamoasida ruhoniylar katta hurmat va alohida o`ringa ega bo`lgan. Ular 
qozi-sud`yalar sifatida katta mansablarni egallab olgan edilar. Ruhoniylar asosan katta yer va 
mulk egalaridan iborat bo`lardi. Ularning asosiy vazifasi Islom dini g`oyalari asosida 
xonlikning hokimiyatini mustahkamlashga xizmat qilishdan iborat edi. 
Qoraqalpoq xalqi Xiva xonligi hazinasiga to`lanadigan zakot solig`idan tashqari yana 
juda ko`plab to`lovlar berishga majbur edi. Undan tashqari aholi ariqlarni, kanallarni tozalash 
va boshqa irrigatsiya qurilishiga tekin ishlab berishga safarbar qilinardi. 
Majburiy harbiy xizmat ham Qoraqalpoq xalqining Xiva xonligi oldidagi asosiy va 
bosh burchlaridan biri bo`lgan. Moboda urush bo`lib qolgundek bo`lsa, qoraqalpoqlar 1000 
tadan 2000 kishiga qadar navkarlar berishlari lozim edi. Bu askarlarni boqish va ta`minlash 
xalqning gardaniga tushgan og`ir yuk edi. XIX asrning o`rtalarida bu harajat har doim 100-
140 ming tillo tangaga teng bo`lgan. 
Og`ir, daxshatli zulm va ekspluatatsiya qoraqalpoq xalqining Xiva xonlariga qarshi bir 
necha bor qo`zg`olonlar ko`tarishlariga sabab bo`ldi. Ana shunday qo`zg`olonlardan biri 
1827-1828 yilda Oq Yoqish tumani atrofida ko`tarildi. Qo`zg`olonga Oydo`st-biy boshchilik 
qiladi. Xiva xoni Olloqulixon qo`zg`olonni bostirish uchun jazo otryadini yuboradi. Oydo`st-
biy sotqinlik qilib qo`zg`olon ko`targan xalqni mol-mulki, bola-chaqa oilasi bilan Qo`qon 
xonligiga olib ketmoqchi va u yerda obro` topmoqShi bo`ldi. Ammo xalq unga ergachmadi. 
Olloqulixon yuborgan qo`shin Oydo`st-biyga Chirchiq rovot degan joyda quvib yetdi va unga 
ergashgan kuchlarni shafqatsizlarcha bostiradi. Oydo`stning o`zi esa Xivaga keltirilib qatl 
etiladi. Qoraqalpoq xalqining bunga qaraganda ham kuchli qo`zg`oloni XIX asrning 
o`rtalarida Xiva xoni Muhammad Amin davri (1845-1855)da bo`ladi. Xonlikningning qo`shni 
davlatlar bilan to`htovsiz davom etgan urushlari xalq ommasini xonavayron qiladi va tinka 
madorini quritdi. Bunga javoban dastlab turkmanlar, so`ngra qoraqalpoqlar, o`zbeklar va 
qozoqlar bosh ko`taradilar. Qo`zg`olon butun Xiva xonligiga tarqaladi. Bu ommaviy 
qo`zg`olonning boshida qoraqalpoq biylaridan Alago`z laqabli Yornazar degan shahs turardi. 
U tabiatan o`ylovsiz va xaddan tashqari ishi qora shahs bo`lib Xiva xonligiga qarshi bo`lgan 
biylarni o`z tomoniga og`dirib uyushtira oladi. Qo`zg`olonchilar Xiva xonligidan ajralib 
qozoqlar bilan qo`shilishga qaror qiladilar. Ammo xonga sodiq bo`lgan qoraqalpoqlarning 
oqsoqollari boshchiligidagi kuchlar Yornazarga qarshi kurashga otlanadilar. Ularga 
yasaulboshi Muhammad Niyoz boshchiligidagi o`zbek qo`shinlari ham kelib qo`shildilar. 
Yornazar Qozoqdaryo yonida o`zi ko`rgan qal`ada qarshilik ko`rsatishni davom ettiradi. 
Muhammad Niyoz qal`ani qamal qiladi. Qo`zg`olonchilarning o`zlari Muhammad Niyoz 
bilan til biriktirib Yornazarni otib o`ldirdilar. Qo`zg`olon qattiq qo`llik bilan 
bostiriladi.Qo`zg`olonchilarning bir qismi Buxoro yerlari tomon, yana bir qismi esa Sirdaryo 
yo`nalishi bo`ylab ruslar himoyasiga o`zlarini uradilar.
1858-1859 yillarda ham Qo`ng`irotda katta qo`zg`olon ko`tarildi. Bu qo`zg`olon ham 
Xiva xonligi tomonidan shafqatsizlik bilan bostiriladi. 
Xullas xonlar, amiru sultonlar va biylarning nodonlarcha va siyosiy o`rlarcha 
davlat va xalqni boshqarishlari el va yurt boshiga bitmas tuganmas vayronalik va 
kulfatlar keltiradi. Xalq hukmdorlarga qarshi, zulm va zo`ravonlikka qarshi otlanadi. 
Hokimlar va to`ralarning o`z xalqiga nisbatan tutgan siyosati va qarama-qarshi turishi 
mamlakatni inqirozga olib keladi. Bundan Vatan dushmanlari ham foydalandilar.

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish