177
yoshlarga o`rgatgan Komil Xorazmiy 50 dan ortiq shogirdlarga ustozlik qilgan. Muhammad
Panoh, Xudoybergan Muhrkon devon, Muhammad Sharif Tarro devon (atoqli bastakor va
musiqachi-Matyusuf Xarrotovning otasi), Muhammad Rasul va boshqalar ana shular
jumlasidandir. Rossiya Xorazmni zabt etgach Komil Xorazmiy Feruzshoh saroyida devonbegi
lavozimiga tayinlanadi.
Komil Xorazmiy bosmaxona tashkil etishning asoschilaridan biridir. Uning sa`y-
harakati va tashkilotchiligida 1870 yilda Muhammad Rahimxonning g`amho`rligida
Xivada
bosmaxona tashkil etilgan. Bu bosmaxonada Navoiyning «Hamsa»si birinchi marta nashr
qilingan edi.
Komil Xorazmiy badiiy ijod bobida ham katta qobiliyat egasi bo`lgan. Uning
g`azallari, muhammas,
musaddas, masnaviy, ruboiy, qasida va boshqa janrlarda bitgan
asarlari 3680 baytdan iborat bo`lib, maxsus devon shaklida tuzilgan edi. Lekin bu devondan
shoirning «Baxri tavil» asari o`rin olmay qolgan.
Komil Xorazmiy musiqa ilmining katta bilimdoni
va bastakor sifatida Xorazm
maqomlariga notalar bitib qog`ozga tushirgan, sozanda va ijrochi ham edi. U kuy bastalagan
Xorazmning «Rost» maqomi, «Murabai Komil», «Peshravi Feruz» va boshqa kuylar hamon
musiqa shinavandalarining qalblarini to`lqinlantiradi.
Komil Xorazmiy mohir tarjimon sifatida ham nom qozongan. U Husayin Voiz
Koshifiyning «Latoif uz-zaroif» asarini fors-tojik tilidan o`zbek tiliga tarjima qilgan.Komil
Xorazmiy insonlar hayotida o`zga xalqlarning tili va madaniyatini o`rganish katta ahamiyatga
ega ekanligini alohida qayd etgan. Uning tashkilotchiligida 1884 yilda Xorazmda birinchi rus-
tuzem maktabi tashkil etilgan.Komil Xorazmiy ijodiyotini ko`zdan kechirar ekanmiz,
uning
asarlarida insonparvarlik ma`rifatparvarlik ta`lim va tarbiyaning boshqa bir qator g`oya va
masalalari bosh mavzu bo`lganligini ko`ramiz. Jumladan shoir o`zining «Kamol» g`azalida
ilm-ma`rifatni ulug`lab, ilmli, ma`rifatli va hunarli kishi hamisha el hurmati vaardog`ida
bo`lishligini yozadi:
Emas kishiga bu dunyoda mulk-mol kamol,
Husulu ilmu hunar keldi bezavol, kamol.
Kamol bergusidir so`zgashuxrato` ta`sir,
Bu qushga qilgali parvoz parrubol kamol.
Komil Xorazmiy odamlar orasiga yaxshilik urug`larini sochadi, mansabga,
boylikka
berilib kekkaymaslikka chaqiradi, ularni insof-imonli va diyonatli bo`lishga da`vat etadi. U
o`zining «Ey ko`ngil» g`azalida dunyo adolatsizligi, nohaqligi va teskari ishlaridan faryod
chekadi. Agar dunyo pastkash bo`lmasa, nega nokasu nodonni ulug`lab,
shod etib, dononi
hor-zoru hafa qiladi, deb xulosa chiqaradi shoir:
Bo`lmasa gardunu sufla do`sti gardun ey ko`ngil,
Nega dunni shod etar,
dononi mahzun, ey ko`ngul.
Ilm-ma`rifat kuychisi bo`lgan Komil o`z zamonasida ilm qadriga yetmagan falakni
la`natlaydi, u ilm olamidaAflotun bo`lsada qadrlanmagan ilm-ma`rifat kishisigaalam bilan
achinadi:
Shun falak nodon navozo` hasm donodur, ne sud,
Donish iqlimida bo`lsang gar Falotun, ey ko`ngul.
Xullas, Komil Xorazmiy ijodida bosh mavzu inson
va insoniyliq uning qadr-
qimmatidir. Shoirning hayot va ijod yo`li yosh avlod kamolotida o`rnak va namunadir.
Do'stlaringiz bilan baham: