187
5.Olloqulixon –(1825-1842) y.
6.Rahimqulixon –(1842-1845) y.
7.Muhammad Aminxon –(1846-1855) y.
8.Abdullaxon –(1855-1856) y.
9.Sayid Muhammadxon –(1856-1864) y.
10.Muhammad Rahimxon II –(1864-1910) y.
11.Asfandiyorxon –(1910-1918) y.
12.Sayid Abdullaxon –(1918-1920) y.
Xonlikda eng nufuzli lavozim bosh vazir yoki qushbegi bo’lib, u soliqlarni to’plash va
xonning topshiriqlarini bajarish bilan shug’ullangan. Saroyda Otaliq, Rais, Qozi kalon,
Shayxulislom, Mirobboshi, Mirshabboshi, To’pchiboshi, Yasovulboshi kabi amaldorlar xon
xizmatida bo’lardi. Devonbegi xon devonini boshqarardi. Xazinachi xonlikning kirim va
chiqim hamda sarfxarajatlarini yuritar, bu haqda xon yoki bosh vazirga hisob berar edi.
Xonlikdagi eng katta mansab va unvonlar inoq, otaliq, biy hisoblanardi. Bunday lavozimga
ko’tarilganlar xonga eng yaqin odamlar bo’lib, soliqlardan ham ozod qilinar edi. Bunday
unvonlar xon farmoni orqali e’lon qilingan va yorliqlar berilgan. Saroyda mirzaboshi,
munshay, mahramboshi kabi mansabdorlar ham faoliyat ko’rsatishgan. Ma’muriy-hududiy
jihatdan Xiva xonligi Xazarasp, Gurlan, Xonqa, Ko’xna Urganch, Qo’shko’pir, Pitnak,
G’azovot, Qiyot, Shoxabboz, Shovot, Toshhovuz, Ambormanok, Urganch, Xo’jayli,
To’manoy, Qo’ng’irot kabi beklik yoki viloyatlarga bo’lingan. Bekliklarni xon tomonidan
tayinlangan beklar, noibliklarni noiblar idora qilgan. Bek va noiblar huzurida ularga xizmat
qiluvchi ko’pdan-ko’p amaldorlar bo’lgan. Xiva shahri shaxsan xonning va bosh vazirning
izmida bo’lgan. Shahar ichki tartiblari va osoyishtaligi mirshabboshi, jinoiy ishlarni ko’rish
va jazo tayinlash shahar qozisi, poytaxtni tasodifiy xujumlardan himoyalash To’pchiboshi va
Ichan-qal’a, Dishonqal’a qutlovi (komentanti) zimmasida bo’lgan. Xiva xonligida taxminan
40 ming otliqdan iborat qo’shin bo’lib, qo’shinga lashkarboshi qo’mondonlik qilgan. Askarlik
xizmatida bo’lganlar soliqlardan ozod etilgan. Yurishda qatnashgan har bir suvoriy 5 oltin
tanga olgan. Xonning ko’rsatmasiga binoan, o’zini ko’rsatgan harbiy lavozimdagilarga 10,20,
50,100 va undan ham ko’proq miqdorda oltin tanga berilgan. Biylarga 50-100 tanga,
yuzboshilarga 10-20 tanga maosh berilgan. Tinchlik paytlarida askarlar xo’jalik ishlari bilan
shug’ullanganlar. Xon qo’shinlari Buxoro qo’shinlari kabi qilich, o’q-yoy, nayza bilan
qurollangan. Ozchilik askarlarda pilta miltiqlar ham bo’lardi, oz miqdorda to’plar ham bor
edi. Qo’qon xonligi. XIX asr birinchi yarmida Qo’qon xonligi hududiy jihatdan O’rta
Osiyodagi yirik davlat edi. Qo’qon xonligi sharqda Sharqiy Turkiston, g’arbda Buxoro
amirligi va Xiva xonligi bilan chegaradosh edi. Xonlik hududi shimolda uchchala qozoq
juzlarini batamom o’ziga bo’ysundirib olgan Rossiya bilan chegaralanardi. Xonlikning
janubiy chegaralari Qorategin, Ko’lob, Darvoz, Sho’g’non singari tog’li hududlarni o’z ichiga
olar, bu hududlar uchun Buxoro amirligi bilan qonli urushlar bo’lar, ular qo’ldan-qo’lga
o’tardi.
Do'stlaringiz bilan baham: