2.
Xiva xonligidagi siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy ahvol.
Xiva xonligi Manbalarda ko’rsatilishicha, XIX asr birinchi yarmida Xiva xonligining
hududi 19 ming kvadrat milni tashkil etgan. Xonlik janubda Eron bilan, sharqda Buxoro
amirligi, g’arbda Kaspiy dengizi, shimolda qozoq juzlari bilan chegaradosh edi. Suvsiz,
cheksiz Qoraqum, Qizilqum sahrolari Xiva xonligini hududiy jihatdan boshqa
mamlakatlardan ajratib qo’ygan edi. Quyi Amudaryo bo’yi Xiva xonligining markaziy
qismini tashkil etardi. Amudaryo sohillarida joylashgan Xiva, Urganch, Qiyot, Ko’na
Urganch, Xazorasp, Qo’ng’irot, Xo’jayli, Kurdar (Xozirgi Chimboy) shaharlari xonlikning
yirik shaharlari edi. O’rta Osiyoning eng boy savdo markazlaridan biri bo’lgan Xiva shahri
xonlikning poytaxti hisoblanardi.Shahar ikki qismdan Ichan qal’a (shaharning ichki qismi) va
Dishon qal’a (shaharning tashqi qismi)dan iborat edi. Ichan qal’ada xon qarorgohi va harami,
17 ta masjid, 22 ta madrasa, karvonsaroy va bozor joylashgan bo’lib, ular asosan XIX asrda
barpo etilgan. 1842 yilda Dishon qal’a qurilib, devor bilan o’rab olinadi. Dishon qal’ada
hunarmandlar, savdogarlar, mardikorlar, qisman dehqonlar ham istiqomat qilganlar. Xiva
xonligida taxminan 800 mingga yaqin kishi yashardi. Aholining ko’pchilik qismi o’zbeklar
bo’lib, ulardan eng kuchli va ko’p sonlilari qo’ng’irot, nayman, qiyot, uyg’ur, nukuz, qangli,
xitoy, qipchoq qabilalari edi. O’zbek qabilalari asosan Amudaryo tarmoqg’i yoyilgan
qismida, kanallar bo’ylarida joylashgan edi. Aholining anchagina qismini (taxminan 1/4
qismi) turkmanlar tashkil etardi. Turkmanlar qadimgi o’g’izlarning avlodlari bo’lib, forscha
gaplashuvchi mahalliy xalqlar, o’zbeklar bilan qorishib ketgan edi. Qoraqalpoqlar
yashaydigan Amudaryoning quyi havzasi va Orol degizining janubiy qirg’oqlari Xiva xonligi
tasarrufida edi. Qoraqalpoqlar bu hududdagi sho’rxok yerlarni qancha mashaqqatlar bilan
o’zlashtirib tirikchilik qilardi. Dehqonchilik, chorvachilik, baliqchilik, ovchilik
qoraqalpoqlarning asosiy mashg’uloti edi. Xonlikning shimoliy qismida qozoqlar yashardi.
Shuningdek, xonlikda qisman forslar, arablar va boshqalar ham yashagan. Muhammad Rahim
I (1806-1825 yillar) davrida xonlikdagi o’zaro urushlar biroz tinchidi, xonlikni birlashtirish
nihoyasiga etdi. Qoraqalpoqlar hamda turkmanlarning chavdor qabilalari ham bo’ysundirildi.
Mamlakatda o’tkazilgan soliq islohoti, bojxona joriy etilishi, oltin pul zarb etilishi xo’jalik
ishlariga o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatdi. O’z vaqtida yig’ib olingan soliqlar xonlik
daromadini oshirdi. O’rta Osiyodagi qo’shni davlatlar singari Xiva xonligi ham monarxiya
tipidagi davlat edi. Davlat tuzumi Buxoro amirligiga o’xshardi. Oliy xokimiyat xon qo’lida
bo’lib, uning huquqi chegaralanmagan - hokimi mutlaq edi. Xiva xonligida qulchilik rasmiy
jihatdan hamon mavjud edi. Dishon qal’ada qul bozori bo’lib, sotilguncha qullarni ushlab
turuvchi maxsus bino mavjud edi. Qul savdosi ayrim toifadagi odamlar uchun daromadli edi,
qul sotish bilan ko’proq turkmanlar shug’ullanardi. Ular Eron, Afg’oniston, Badaxshonga
hujum qilib, qishloq aholisini qul qilar, bozorda sotardi. Qo’ng’irotlar sulosasi (1770-1920)
yillarda hukmronlik qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |