174
orasida Bayoniy (1859-1923 yy.) ning “Shajarai Xorazmshohiy” asari ham qimmatli
hisoblanadi.
Xorazm O‘rta Osiyoda o‘ziga xos uslublarga boy bo‘lgan me’morchilik maktabiga ega
voha hisoblanadi. Bu hududda paydo bo‘lgan me’moriy inshootlar nafis bezaklari, jimjimador
naqshlari bilan Xorazm me’morchilik maktabining o‘ziga hosligini ko‘rsatib turadi. XVIII-
XIX asrlarda Xiva xonligida ko‘plab inshootlar bunyod etildi. Ayniqsa xonlikning poytaxtlari
Urganch va Xiva shaharlarida ko‘plab saroylar,
masjid va madrasalar, xonaqolar,
karvonsaroylar, yopiq bozorlar qurilgan. Xivadagi me’moriy yodgorliklar asosan Ichan
(ichki) qal’ada bunyod etilgan. Xonning yozgi qarorgohi bo‘lgan Dishan (tashqi) qal’a ham
nodir me’morchilik namunasi hisoblanadi.
Xonlikdagi boshqa shaharlar – Yangi Urganch, Hazorasp, Toshhovuz, Yangi Vazir,
Shohabboz, Gurlan, Xo‘jayli, Qo‘ng‘irot kabilar mudofaa devorlari bilan o‘rab olinib, ularda
ham ko‘plab me’moriy inshootlar bunyod etilgan.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, XVI – XX asrning boshlarida mavjud bo‘lgan Xiva
xonligi – O‘zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixida, iqtisodiy va madaniy hayotda o‘z
o‘rniga ega bo‘lib, jamiyat taraqqiyotining mintaqa hududlaridagi o‘ziga
xos tomonlari
o‘rganishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan davlat hisoblanadi. Uning tarixi O‘zbekiston
tarixining ajralmas qismidir.
XVIII asrning ikkinchi yarmi XIX asrning birinchi yarmida me`morchilik sohasida
Xorazmlik ustalar yetakchilik qiladilar. O`sha davr yodgorliklari orasidaajoyib saroy
majmualari Xazoraspdagi Rahmonqul inoq saroyi, Ko`rinishxona, ayniqsa, diqqatga
sazovordir. Bu binolar sirti naqshli sopol plita (koshin)lar bilan bezatilgan. Bu sopollardan
to`q ko`k rang ustiga yashil va oq gullarning bir-biriga chirmashtirilgan rasmlari chiroyli qilib
berilgan. Xonlikning poytaxti Xiva ayniqsa XVIII-XIX asrlarda gullab yashnaydi. Shahar ikki
qismdan-Ichan (ichkari) qal`a va Dishan (tashqari) qal`adan iborat. Shahar markazida
joylashgan Juma masjidi (XVIII asr)-O’rta Osiyoning eng go`zal inshootlaridan hisoblanadi.
175
Sherg`ozixon (1718-1720), Qutlug`
Murod Inoq madrasalari, Pahlavon Mahmud
maqbarasi, Olloqulixon, Muhammad Aminxonning katta madrasalari (XIX asr) va Tosh hovli
saroyi (1830-1838 yillar) o`ziga xos nafis va go`zaldir. Bu qurilish obidalari O’rta Osiyo
me`morchiligining ajoyib yodgorliklaridir.
Xiva xonligida XVII asrda ro`y bergan madaniy
hayotdagi
tushkunlik
Buxoro
xonligidagiga
qaraganda
kuchliroq
bo`lgan.
Bu
shunda
yaqqol
ko`rinadiki,
XorazmdaAbulg`ozi Bahodirxon xon bo`lgan davr (1644-1663)da Xorazm tarixini yozib
qoldirish masalasi ko`tarilganda, bu ishni eplayoladigan bir kimsa topilmagan. Bu haqda
Abulg`ozi Bahodir xonning o`zi quyidagisha hikoya qiladi: “Ammo bizning ota
vaaqolarimizning beparvoyiliqi
va Xorazm xalqining beuquvligi, bu ikki sababdin, bizning
jamoatimizni Abdullaxonning otalari birlan bizning otalarimizning ayrilgan yeridin to bizga
kelguncha tarixlarni bitmay erdilar. Bu tarixni bir kishiga taklif qilali teb fikr qilduk. Hech
munosib kishi topmaduk. Zarur bo`ldi. Ul sababdin o`zimiz aytduk. Turkning masali turur:
“O`qsuz o`z kindigini o`zi kesar”, degan”
2
.
XVII asrda yashab ijod qilgan Abulg`ozi Bahodirxon oliy nasab, toj-taxt sohibi, o`z
sulolasining shonu-shuxrati uchun kurash olib borgan, ayni choqda
parchalanib ketayotgan
Xiva xonligini kuchli markazlashgan davlatgaaylantirish uchun ham qurol bilan, ham qalam
bilan kurash olib borib, nisbiy osoyishtalik o`rnatishga erishaolgan hukmdor ham edi. U
qoloqlashib qolgan Xorazmni ham iqtisodiy, ham madaniy jihatdan yuqori ko`tarishga intildi.
Hukmdor sifatida bekliklar o`rtasidagi ziddiyatlar, o`zaro qirg`in urushlarga barham berishga
qaratilgan tadbirlar ko`rgan bo`lsa, ijodkor sifatida “Shajarayi turk”, “Shajarayi taroqima” va
“Manofe`-ul-inson” (“Inson uchun foydali tadbirlar”) kabi tarixiy-badiiy hamda tabiblikka oid
nodir kitoblar yozdi. Abulg`ozi Bahodirxonning birinchi yodgorliklar asari “Shajarayi
tarokima” yarim afsonaviy xususiyatga ega bo`lsada, u mahalliy xalqlarning kelib chiqishi va
ularning qadimiy tarixiga oid ma`lumotlar beradi.
Abulg`ozi Bahodirxonning ikkinchi qimmatli asari “Shajarayi turk” bo`lib, uni oxiriga
qadar yozib tugata olmadi. Bu asarni Abulg`ozi vafotidan so`ng o`g`li Anushaxonning
topshirig`iga ko`ra Urganchlik mulla vaAbulg`ozining qarindoshi Mahmud Ibn Muhammad
Urganjiy yozib poyoniga yetkazadi. Bu tahminan 21 sahifani tashkil etgan qo`shimcha edi,
holos.
“Shajarayi turk” asari qisqa muqaddima va to`qqiz bobdan iborat bo`lib, Odam Atodan
to turklarning qadimgi xonlaridan Mo`g`ulxongacha kechgan hodisalar va,
shunindek
Shaybon avlodidan Xorazm mamlakatida podsholik qilganlar zikrini o`z ichiga oladi.
Abulg`ozining “Shajarayi turk” asari o`sha davrning eng noyob asarlar jumlasidandir.
Shu bois mojar sharqshunosi G.Vamberi: “Jahon uning ”Shajarayi turk” nomli tarixiy asari
uchun undan minnatdordir
1
degan bo`lsa, taniqli adabiyotshunos Olim Sharofiddinov:
“Abulg`ozi Bahodirxon binni Arabmuhammad o`zbek xonlari ishida Boburdan keyingi
muhim shahsdir. Uning madaniyat tarixida qilgan ishlari ulug`
2
deb yuksak baho bergan.
Abulg`ozi Bahodirxonning “Shajarayi turk” va boshqa asarlari na faqat Sharq tarixchilari,
balki butun dunyo ilmiy jamoatchiligining ham diqqat e`tiborini o`ziga tortgan, juda ko`plab
jahon xalqlarining tillariga tarjima qilingan. Jumladan “Shajarayi turk” asari rus tilida 1825,
1854 va 1871 yilda Qozon shahrida, “Shajarayi tarokima” asari esa 1898 va 1906 yilda bir
necha marotaba nashr etilgan. 1871-1874 yillar orasida P.N. Demezon “Shajarayi turk”ni
frantsuz tiligaag`daradi. Bu asar Angliya vaAmerika xalqlari orasida ham keng tarqalgan.
Abulg`ozi Bahodirxon o`zining «Shajarayi turk» asari
bilan Xorazm tarixchilik
maktabigaasos soladi. Xorazm xalqining buyuk farzandi Abulg`ozi boshlagan g`oyatda ulug`
va mo`tabar ishni undan keyingi avlodlar, Munis Xorazmiy va Muhammad Rizo Ogahiylar
davom ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: