O ’qu V u sl ubiy m a jmu a



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/299
Sana11.06.2022
Hajmi7,33 Mb.
#656484
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   299
Bog'liq
Ozbekiston tarixi UMK -2-kurs - Tarix (DTPI)

Vaqf yerlariga 
diniy muassasalarga, masjid, madrasa, qabriston, xonaqolarga qarashli 
yer-mulklar kirgan. Bu mulklar diniy muassasalarga xon, amaldorlar va ayrim shaxslar 
tomonidan vaqf qilib berilgan. Bunday yerlardan kelgan daromad diniy muassasalar ehtiyoji 
uchun sarf etilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, (A. Boltayev) XIX asr o‘rtalarida xonlikdagi vaqf 
mulkining umumiy hajmi 170-175 ming tanobni tashkil etgan. 
Xiva xonligidagi kam yerli va umuman yersiz, ot-ulovsiz dehqonlar ko‘pchilikni tashkil 
etgan bo‘lib, ular davlat, mulk hamda vaqf yerlarida ijaraga ishlaganlar. Ijaradorlar ijaraga 
olgan yer miqdoriga qarab davlatga soliq to‘laganlar. Ular kimning yerida xizmat qilishlariga 
qarab bevatan, koranda va vaqfkor degan qatlamlarga bo‘lingan. Davlat yerlarini ijaraga olgan 
yersiz va kamquvvat dehqonlar bevatanlar, mulk yerlaridagi ijarakorlar koranda, vaqf yerlari 
ijarakorlari esa vaqfkor deb atalgan. 
Dehqonchilik va chorvachilik Xiva xonligi iqtisodiy hayotining asoslaridan 
hisoblangan. Dehqonchilikda Amudaryo quyi oqimidan olingan ko‘plab kanallar va ariqlar 
muhim o‘rin egallagan. Ta’kidlash lozimki, Xiva xonligida suv manbalarining yetarli 
bo‘lishiga qaramasdan, dehqonchilik taraqqiyoti qo‘shni Buxoro xonligidagidek yuksak 
darajada rivoj topmagan edi. 
Xonlikda donli ekinlardan bug‘doy yetishtirish nisbatan keng rivojlangan bo‘lib, 
bug‘doy Pitnakdan Shohabbozgacha bo‘lgan hududlarda ayniqsa ko‘p eqilgan.
Sug‘oriladigan yerlarga bug‘doyning saranchi navi ko‘p yetishtirilgan. Bug‘doy yig‘ib 
olingan dalalarga qovun, tarvuz, mosh, jo‘xori kabi ekinlar ekilgan. 
Paxta yetishtirish asosan Gurlan, Yangi Urganch, Xiva, Xonqa, Shohabbozda 
rivojlangan. Paxta chigitidan yog‘ olinib, tolasi mahalliy hunarmandlar ehtiyoji va tashqi 
bozorga chiqarilgan. Suv ko‘p talab qilmaydigan (Hazorasp, Qo‘ng‘irot, Toshhovuz, Ilonli, 


171 
G‘azovat, Mang‘it va Gurlan) kunjut, no‘xat, mosh, arpa va boshqa ekinlar ekilgan. Sabzovot 
– poliz ekinlari ko‘plab yetishtirilgan. Xorazm qovunlari qo‘shni hududlarda ham mashhur 
bo‘lgan. Bog‘dorchilik ham ancha taraqqiy etgan. Ammo, ipakchilik kam miqdorda 
rivojlangan. 
Xonlikning o‘troq dehqonchilik tumanlarida chorvachilik yaxshi rivoj topmagan. 
Vohalarida yirik hayvonlar dehqonchilikda (yer haydash, hosilni yanchish, suv chiqarish va 
boshq.) foydalanish, go‘sht va sut mahsuloti uchungina boqilgan. Xonlik aholising go‘shtga 
bo‘lgan talabini ko‘chmanchi turkman va qozoq qabilalari qondirganlar. Ko‘chmanchilar 
qo‘y, yilqi, tuya yetishtirib aholining go‘sht, sut, teri, jun bilan to‘la ta’minlab turgan. 

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish