152
oldi. Xorazm xoni o`z o`g`illari bilan Eron Shohi Abbos panohiga qochib borishga majbur
bo`ladi. 1595 yilda Xiva sultonlari turkmanlar yordamida Xivani qaytarib oldilar. Lekin shu
yili Abdullaxon II Xorazm ustiga yana qo`shin tortib keldi. Hazoraspni egallab,
qo`zg`olonchilarni qatl ettirdi. Xoji Muhammadxon yana Eronga yo`l oldi. Mamlakatda toju-
taxt uchun boshlanib ketgan urush, janjal va nizolar oqibatida Shayboniylar urug`i batamom
qirilib bitadi va inqirozga yuz tutadi. Bu qulay vaziyatdan foydalangan Xorazm yana o`z
mustaqilligini qaytadan tikladi va Xoji Muhammadxon o`z taxtini egalladi. Ana shu tariqa
o`zbek sulolasining Elbarsxon asos solgan Xorazm davlati taxti
hukmronligiga mustahkam
zamin yaratildi.
Arab Muhammadxon davri.(1602-1621
)da xonlikningning markazi Urganchdan
Xivaga ko`chirildi. Buning asosiy sababi Amudaryoning qurib borishi natijasi edi. Ana shu
davrdan boshlab xonlikning Xiva xonligi nomi bilan yuritiladigan bo`ldi. Bu davrda
xonlikdagi umumiy aholi soni 800 ming kishiga borardi. Shundan 67 % o`troq o`zbeklar, 26
% turkmanlar va qolganlari qozoqlar va qoraqalpoqlar bo`lgan. Aholisining asosiy
ko`pchiligini tashkil etgan o`zbeklar qabila-qabila, urug`-urug` bo`lib
vohaning shimoliy
qismiga, asosan Amudaryo tarmoq yoygan yerlarda joylashgan edilar. Bu o`zbek aholisi jami
20 ta qabiladan iborat bo`lib, ular orasida mang`itlar, nayman, qipchoq, qiyotlar, qo`ng`irotlar
kuchli va ustun mavqega ega bo`lganlar.
Hozirgi Xorazmliklarning rivojlanishi va shakllanishida tarixan ildizi va tomiri bir
bo`lgan hamda voha hududida va uning chekkalarida ilgaridan yashab kelgan qardosh
turkmanlarning ta`siri va o`rni katta bo`lgan. Qadimgi o`g`uzlarning avlodlari bo`lgan
turkmanlar mahalliy xalqlar va Dashti qipchoqdan ko`chib kelgan turkiy xalqlar bilan
qorishib, qo`shilib ketganlar. Xorazm shevasining turkman tiliga yaqinligi ham albattaana
Shundadir.
Bir vaqtlar Xorazmshohlar hukmronligi davrida saltanat darajasiga ko`tarilgan va “...
O`tuz darvozasi bor...” bo`lgan
1
Xorazm XVII asrga kelib o`zaro qirg`inbarot urushlar
oqibatida taraqqiyotda orqada qoladi. XVII asr boshlaridaAmudaryo o`zanining o`zgarganligi
ham voha taraqqiyotiga salbiy ta`sir ko`rsatdi. Urganch Shahrini xonlikningning janubiyroq
hududiga ko`chirishga to`g`ri keldi. Biroq yangi Urganch ham Ko`hna Urganchning nafaqat
nomini, balki ayni zamonda tarixiy an`analarini va savdo markazi sifatidagi o`rnini ham
o`zida saqlab qoldi. Amudaryo o`zanining siljishi Xorazmdagi boshqa qadimiy va tarixiy:
Hazorasp, Kot, Xonqa, Shohobod kabi shaharlarning ham siljishiga sabab bo`ldi, ammo
ularning barchasining eski nomlari saqlanib qoldi.
Xoji Muhammadxon vafotidan so`ng 19 yil taxtda o`tirgan
Arab Muhammadxon
davrida xonlikdagi toju-taxt uchun o`zaro urushlar ayniqsa keskin tus oladi. 1616 yildaarab
Muhammadxonning o`g`illari Habash Sulton bilan Elbars Sulton, nayman va uyg`ur
qabilalarining boshliqlariga tayanib (onalari Nayman urug`iga mansub edi), o`z otasiga qarshi
isyon ko`tardi. Arab Muhammadxonning yetti o`g`li bo`lgan: ular Asfandiyorxon, HabaSh
Sulton, Elbars Sulton, Abulg`ozixon, Sharif Muhammad Sulton, Xorazmshoh Sulton, Avg`on
sultonlardir. Arab Muhammadxon andisha yuzasidan yon bosib, isyonkor o`g`illariga
Vazir
Shahrini (Ustyurtda, Ko`hna urganchdan 60 Shaqirim yiroqda; XV asr o`rtalarida o`zbek
xonlaridan Mustafoxon qurdirgan) ham qo`shib berdi. O`rtada besh yil o`tar-o`tmas oralari
buzilib, ota bolalar o`rtasida urush boshlanib ketdi. 1621 yilda Toshli yormish qudug`i yonida
ikki orada bir tarafdaArab Muhammadxon, to`ng`ich o`g`li Asfanddiyor sulton
vaAbulg`oziy sulton, ikkinchi tomonda esa Habash Sulton bilan Elbars sulton orasida qattiq
jang bo`ldi. Oqibatda ota tomon yengildi. Nobakor farzandlar buyrug`i bilan asir olingan
xonning ko`zlariga mil tortildi va Xivaga olib keltirilib qamab qo`yildi. Ko`p o`tmay Arab
Muhammadxon shu yerda qatl etildi. Oqpadar farzandlar otaga qo`shib
Xorazmshoh inisi
vaakasi Asfandiyorxonning ikki o`g`lini ham o`ldirdilar.
Abulg`ozixon qochib avval Kotga, Qo`ng`irotga, so`ngra Buxoroga, Imomqulixon
(1611-1642) huzuriga bordi. Xonning boshqa o`g`illari: Asfandiyorxon sulton va
Sharif
Muhammadxon Sulton Hazoraspga bordilar va u yerda yashirindilar. Shaharni qirq kun qamal
qilgan Habash va Elbars og`asi Asfandiyorxon sulton va inisi Sharif Muhammad sulton bilan
1
Mullo Olim Mаhmud Xoji. Tarixi Turkiston. Qаrshi, «Nаsаf», 1992. 125-bet.
153
yarashdilar, hamdaAsfandiyorxon sultonni Makka ziyoratiga ketishga ijozat berdilar, Sharif
Muhammad sultonga Katni in`om qiladilar.
Biroq Asfandiyorxon sulton Makkaga bormadi. U to`g`ri Shoh Abbos I (1587-1629)
huzuriga yo`l oladi va uning yordami bilan 1623 yilda Xiva taxtini egallaydi. Bu voqeadan
xabar topgan Abulg`ozixon Xorazmga qaytdi. Og`asi Asfandiyorxon Sulton unga Urganchni
beradi. Lekin oradan to`rt yil o`tib akasi bilan oralari buzilib 1627 yildaAblug`ozixon
Turkistonga Eshimxon (1629 yilda vafot etgan) qarorgohiga qochib bordi. Ko`p o`tmay
Toshkent hokimi Tursunxon uni o`z huzuriga olib ketdi. Tursunxon vafotidan so`ng 1690
yildaAbulg`ozixon Buxoroga Imomqulixon huzuriga borishdan boshqa chora topaolmadi.
Buxoroda uzoq qolishning iloji bo`lmadi. Chunki xondan norozi bo`lgan turkmanlarning
chaqirig`i bilan yana Xorazmga qaytib bordi. Asfandiyorxon (u o`Sha paytda Hazoraspda
turardi) unga Xivani topshirishga majbur bo`ldi. Ammo olti oydan so`ng payt poylab
Asfandiyorxon Abulg`ozini Eron tasarrufiga tushib qolgan Niso bilan Dorunga (Ashhobod
bilan Qizil Arvot o`rtasida joylashgan manzilgoh) hujum qilganlikdaayblab hibsga oldi va
Eronga Shoh Safi` I (1629-1642) huzuriga omonat tarzida jo`natib yubordi.
Abulg`ozi bu yerda qariyb 10 yil (1630-1639) maxsus nazoratchilar qo`li
ostida
Isfaxonga yaqin joylashgan Taborak qal`asida tutqunlikda tirikchilik o`tkazdi. 1639 yilda bu
yerdan qochib, ikki yil deganda-1642 yilda Orol o`zbeklari huzuriga keldi. Orollik o`zbeklar
1643 yilda uni xonlikka ko`tardilar. Oradan bir yil o`tgach, u ko`pchilik raqiblarini yengib
Xiva taxtini egalladi. U ja`mi bo`lib yigirma yil xonlikningni boshqardi. Ammo u xon sifatida
boshqalar singari huzur-halovat ko`rgan emas. Ko`proq umri jangu jadallar va urushlarda
o`tdi. U 1646-1653 yillarda Tajan, Bomibaurma (Qizil Arvotning sharqiy-Janubiy tarafidagi
manzilgohlar), Atrok va Jurjon turkmanlari bilan urushlar olib bordi. 1655-1662 yillari
o`lkaga vaqti-vaqti bilan hujum qilib turgan yoyiqlik (Ural)
rus kazaklari, qalmoqlar va
qozoq ko`chmanchilari bilan kurashdi. 1663-1664 yillarda bir neSha marta Buxoro ustiga
yurishlar uyushtirdi.
1664 yildaAbulg`ozi Bahodirxon og`ir dardga chalinib kasal bo`lib qolgach, toju-
taxtni o`g`li
Do'stlaringiz bilan baham: