Galluazit – Al4[Si4O10]8 · 8H2O. Tarkibida: Al2O3 – 34,7 %, SiO2 – 40,8 %, H2O – 24,5 %. U monoklin singoniyali; mayda disperslangan zarralarni elektron mikroskoplarda aniqlash mumkin. Rangi har xil: sarg‘ish, qizg‘ish, qo‘ng‘irroq, yangi singan joyi chinniga o‘xshash, goho mumdek g‘ovak-g‘ovak va sochiluvchan, qattiqligi – 1–2; mo‘rt, mineralni tirnoq bilan qirganda silliqlanadi. Uning solishtirma og‘irligi – 2; uni kaolinitlardan ajratish qiyin.
Galluazit-tipik ekzogen mineral. Ko‘pincha asosli intruziv jinslarning nurash zonalarida paydo bo‘ladi.
Montmorillonit – mMg3[Si4O10](OH)2. Tarkibi o‘zgaruvchan (% hisobida): SiO2 – 48,56, Al2O3 – 11–22, MgO – 4–9, H2O – 12–24; monoklin singoniyali, kul rang, ba’zan ko‘kimtir, pushti qizil, yashil bo‘ladi. U deyarli faqat ekzogen sharoitda asos va o‘ta asos jinsning nurash zonalarida paydo bo‘ladi. Uning ahamiyati katta; sanoatning ko‘p tarmoqlarida ishlatiladi.
Shamozit – Fe4Al[Si3AlO10][OH]6 · nH2O. Tarkibi o‘zgaruvchan (% hisobida) FeO – 34–42 %, Fe2O3, Al2O3 – 13–20,1 %, SiO2 – 22– 29 %, H2O – 10–13 %; aralashma holida MgO – 4,4 %, CaO – 1,6 % bo‘ladi. U monoklin singoniyali, rangi yashildan qoragacha, shishasimon yaltiraydi, qattiqligi – 3, solishtirma og‘irligi – 3,4. Shamozit har xil yoshdagi cho‘kindi temir, ma’danlarida tarqalgan. temir sulfidlari, siderit bilan temir birga uchraydi. U ba’zan katta-katta qatlam jinslar tarzida topiladi va shunday paytlarda temir ma’dani sifatida sanoat ahamiyatiga ega.
Vermikulit – (Mg, Fe)2[(SiAI)4O10](OH) · 4H2O. Nomi yunoncha «vermikulus» – chuvalchang so‘zidan kelib chiqqan; sababi uni qizdirganda uzun chuvalchangsimon ustunchalar va tolalar hosil bo‘ladi. Tarkibida MgO – 14–23 %, Fe2O3 – 5–17 %, FeO – 1–3 %, SiO2 – 37–42 %, Al2O3 – 10–13 %, H2O – 8–18 %; bundan tashqari K2O – 5 foizgacha va NiO – 11 %gacha bo‘ladi.
Monoklin singoniyali, qo‘ng‘ir, sarg‘ish, qo‘ng‘ir, sariq, ba’zan yashilroq slyudalardek yaltiroq; yog‘langandek. Uning qattiqligi – 1– 1,5; solishtirma og‘irligi – 2,4–2,7. Vermikulit – 900–1000 °C qizdirilganda 25 marta kengayadi. Tabiatda slyudalarning nurashidan yuzaga keladi.
Glaukonit – K(Fe, Al, Mg)3[Si3][SiAl]O10(OH)2 · nH2O. Tarkibida: K2O – 4–9,5 %, Na2O – 3 %gacha, Al2O3 – 5,5–26,3 %, Fe2O3 – 6,1 %, FeO – 8,6 %gacha, MgO – 2,4–4,5 %, SiO2 – 47,6–52,9 %, H2O – 4,9–13,5 % bo‘ladi. U monoklin singoniyali, yaxshi kristali kam uchraydi. Uning rangi to‘q yashildan qoramtir-yashilgacha, shishadek yaltiraydi, yog‘langandek, qattiqligi – 2–3, mo‘rt, solishtirma og‘irligi – 2,8 gacha. Glaukonit dengiz va okeanlarning biroz sayoz qirg‘oq bo‘ylarida yuzaga kelgan cho‘kindilarda (qumtosh, gil), karbonatli jinslarda, fosforitli qatlamlarda keng tarqalgan. U qand-shakar, pivo pishirish, to‘qimachilikda qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |