Felshpatitlar
Bu guruhga kiradigan minerallar kremniy oksidiga to‘yinmagan, kaliy va natriyga boy bo‘lgan magmalardan yuzaga keladi. Bu guruhga nefelin, leytsit, analtsim, nozein, gayuin va sodalitlar kiradi.
Nefelin – Na,K[AlSi3O8]. Nomi yunoncha «nefeli» – «bulut» so‘zidan kelib chiqqan. U HCl da osonlik bilan parchalanib, bulutsimon kremniy oksidi hosil qiladi. Nefelin geksagonal singoniyali, simmetriya ko‘rinishi geksagonal-piramidal, ishqorli magmatik jinslarda xol-xol bo‘lib yuzaga keladi. U rangsiz, odatda kul rang, sarg‘ish, yashilroq tuslarda topiladi; shaffof, shishadek yaltiraydi; singan joylari yog‘langandek ko‘rinadi. Solishtirma og‘irligi – 2,6; qattiqligi – 5–6; ancha mo‘rt. Nefelin deyarli kremnezyomga kambag‘al jinslarda-nefelinli sienitlarda va ularning pegmatitlarida keng tarqalgan. Intruziv jinslarda ishqorli piroksenlar va amfibollar bilan bir paragenetik assotsiatsiyalarda uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |