6.3. O‘ZGARADIGAN PARAMETRLARDA MEXANIK O‘TKINCHI REJIMLAR Oddiy elektr yuritma tizimlarida elektr zanjiriga qo‘shimcha element-qarshilik kiritib parametrik boshqarish amalga oshiriladi. Bu holda tabiiyki, zanjir parametrlari «sakrab» (birdaniga) o‘zgaradi. Parametrlarni o‘zgartirib, quyidagilar amalga oshiriladi: faza rotorli asinxron dvigatel va o‘zgarmas tok dvigatelini ishga tushirish jarayoni, ularning tezliklarini parametrik boshqarish, tormozlash rejimini amalga oshirish, reverslash va boshqalar.
Bunda o‘tkinchi jarayonlarni tahlil etishni bosqichma-bosqich amalga oshirish kerak. Ularning har birida parametrlarni o‘zgarmas deb qabul qilib bo‘laklarning (bosqichlarning) bir-biri bilan tutashgan joyida boshlang‘ich shartlarni o‘zgartirib ulash kerak.
Mustaqil qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok dvigatelini ishga tushirish dinamik jarayonini ko‘rib chiqamiz. Avval ko‘rsatilganidek, dvigatelni ishga tushirish diagrammasida maksimal tok I1 va pog‘onalarni chiqarishdagi tok I2 reostatning barcha pog‘onalarida o‘zgarmas bo‘lib qoladi. Natijada uchastkaning boshida tok I1 ga, oxirida esa I2 ga teng bo‘ladi. Mexanik o‘tkinchi jarayon shartlarida zanjirlardagi induktivlikni hisobga olmaganimiz sababli tokning I2 va I1 gacha o‘sishi sakrash bilan yuz beradi. Har bir bo‘lakda elektromexanik vaqt
220
doimiysi o‘z qiymatiga ega bo‘ladi va u yakor qarshiligiga proporsional bo‘ladi:
TM = Jr/KE•KM,
ya’ni, birinchi pog‘ona qarshiligida elektromexanik vaqt doimiysi eng katta qiymatga teng bo‘lib, tabiiy tavsifga o‘tayotganda minimal qiymatga ega bo‘ladi. Shunga mos ravishda pog‘onalarda dvigatelning ishlash vaqti ham turlicha bo‘ladi, ya’ni eng katta vaqt birinchi pog‘ona qarshiligida bo‘lsa, oxirida vaqt minimal qiymatga ega bo‘ladi.
Tezlikning orta borish tenglamasi hamma pog‘onalar uchun bir xil bo‘ladi, ya’ni:
w = wqx(1- e-t/TM) + wboshe-t/TM , (6.28)
bu yerda: wqx — ko‘rilayotgan pog‘onadagi mexanik tavsifda ishlayotgandagi tezlikning turg‘un qiymati. Har bir pog‘ona uchun o‘zining wqx qiymati mavjud. wq1, wq2 va h. k. (6.4- rasm). Tezliklar mexanik tavsifning berilgan statik yuklamaga muvofiq tokka (momentga) to‘g‘ri keladigan vertikal bilan kesishgan nuqtasi bilan aniqlanadi.
221
6.4- rasm. Dvigatelni reostat yordamida ishga tushirilgan holatidagi mexanik tavsiflar.
Yakor tokining ifodasi quyidagicha yoziladi:
I = Iq(1-e) + I1 e ,
bu yerda: I1 = Ibosh — reostatni o‘zgartirgan holatidagi har bir uchastka (bo‘lak) boshidagi jarayonda hosil bo‘ladigan tok: Iq = Mq/KM. Ishga tushayotganda tok va tezlik o‘zgarishining egri chizig‘i 6.5- rasmda keltirilgan. Egri chiziq xarakteri odatda uchastka uzunligini qayd etuvchi rele yoki tok relesi yordamida avtomatik ravishda ta’minlanadi.
Shunga o‘xshash jarayonni dvigatelni tormozlashda ham olamiz. Teskari ulab tormozlashda odatda bitta pog‘ona qarshilik ulanadi.Tabiiyki, bu holda katta pog‘ona qarshiligi kiritilgani uchun tormozlash bos
6.5- rasm. Dvigatelni ishga tushirayotgan holatidagi tok va tezlik grafiklari.
222
qichida eng katta vaqt doimiysiga ega bo‘lamiz. Lekin tormozlash vaqti katta bo‘lmaydi. Chunki, tormozlash jarayonida dvigatel momenti bilan qarshilik momentining ayirmasi Md-Mq emas, balki ularning yig‘indisi ta’sir etadi.
Reverslash jarayoni eksponensial qonunga bo‘ysunadi, agar statik moment aktiv bo‘lsa, bir tomondan boshqa tomonga ravon aylanadi.
Tormozlashda tok (moment)ning quyidagi tenglamasidan foydalaniladi:
I = Iq(1-e) + It.bosh e ,
bu tenglamada It.bosh — tormozlashdagi tokning boshlang‘ich qiymati. Asosan It.bosh = I1 bo‘ladi. Shunga mos ravishda Mt.bosh= M1 = KMI. Keyinchalik nol tezlikda harakat boshlayotgan paytda quyidagi tenglama kuchga kiradi:
I = Iq(1-e) + Itez.bosh•e .
Bu yerda Itez.bosh — tezlatish nol tezlikdan boshlanayotganda tormozlash pog‘ona qarshiligi chiqarib tashlangan paytdagi dvigatel toki, odatda It.bosh = I1 bo‘ladi.
Shunday qilib, reverslash jarayoni ikki bosqichda kechadi.
Tormozlashdagi tezlikning o‘zgarishi (6.28) tenglamaga bo‘ysunadi. Agar revers boshlanguncha dvigatel Mq qarshilik momenti yoki Iq toki bilan ishlayotgan bo‘lsa, u holda boshlang‘ich tezlik sifatida quyidagi qabul qilinadi:
223
wbosh = -w + Dwq = -w0 + (Iqrya/KE)
6.6- rasm. Dvigatelni reverslayotganda tok va tezlikning o‘zgarish grafigi.
Reverslash vaqtida dvigatelning o‘zini tutishi (o‘tkinchi jarayon grafigi) 6.6- rasmda keltirilgan.
Shunga o‘xshash o‘tkinchi jarayon, ya’ni tezlik bilan momentning o‘zgarishi faza rotorli asinxron dvigatellarda ham kechadi.