Asinxron dvigatellarning tormozlash rejimlari



Download 27,13 Kb.
bet1/6
Sana04.06.2022
Hajmi27,13 Kb.
#637061
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
27-sg -ee Asinxron dvigatellarning


Asinxron dvigatellarning
tormozlash rejimlari

Asinxron dvigatelli ko‘p yuritmalar uchun ishga tushirishga nisbatan tormozlash rejimi katta ahamiyat­ga ega. Chunki bu rejimga ishonchlilik va soz ishlash talablari qo‘yiladi. Ko‘pincha berilgan holatda aniq to‘xtash va aniq vaqt orasida tormozlash talab etiladi.

Asinxron dvgatellarda quyidagi: tarmoqqa energiya­ni qaytarish yo‘li bilan generator rejimida tormozlash; mashina generator rejimida ishlab statorga o‘zgarmas tok bilan turli qo‘zg‘atish hosil qilgan holda dinamik tormozlash, teskari ulash bilan tormozlash; o‘z-o‘zini qo‘zg‘atib kondensatorli yoki magnitli dinamik tormozlash rejimlari qo‘llanadi. Stator magnit maydoni qo‘zg‘atish usuli bo‘yicha ikkita guruhga bo‘linadi: o‘zgaruvchan yoki o‘zgarmas tok tarmog‘i orqali mustaqil qo‘zg‘atishli (rekuperativ teskari ulash va dinamik tormozlash) va kondensator batareyasi orasida energiya almashuvi hisobiga yoki dvigatel statori qisqa tutash­tirilganda magnit oqimi o‘zinduksiya EYK hisobiga hosil bo‘ladigan o‘z-o‘zini qo‘zg‘atish orqali.

Yuqorida qayd etilgan rejimlarni qisqa tutashgan va faza rotorli mashinalar uchun qo‘llash mumkin.




Energiyani tarmoqqa qaytarib tormozlash. Boshqa mashinalar kabi asinxron dvigatel uchun ham elek­tromagnit induksiya prinsipini qo‘llab (dvigatel va generator rejimida ishlash qobiliyati) uni generator rejimida ishlashiga imkon yaratish mumkin. Agarda mashina o‘qida yuklama bo‘lmasa (salt yurish) u holda tarmoqdan olinayotgan energiya rotordagi mexanik isroflar, po‘latdagi isroflar hamda statordagi isroflarni qoplash uchun sarflanadi. Mashina o‘qiga rotor­ning aylanish tomoni bo‘yicha ta’sir etayotgan tashqi moment qo‘yish bilan sinxron tezlikka erishish mumkin. Bu holda rotordagi isroflar tashqi energiya manbayi


4.10- rasm. Asinxron dvigatelning reaktiv statik moment qo‘yilganda generator tormozlash rejimidagi mexanik tavsiflari:

a — juft qutblar sonini o‘zgartirilgan holatidagi;
b — tezlikani chastotali rostlangan holatidagi.

hisobiga qoplanadi, tarmoqdan esa faqat statordagi isroflarni qoplash uchun energiya iste’mol qili­nadi. Shundan so‘ng tezlikning sinxrondan yuqoriga o‘zgarishi asinxron mashinani generator rejimiga o‘tishga olib keladi.

Bu rejimda ishlaganda stator simlarini (chulg‘amini) oldingi yo‘nalishdagi magnit maydoni kesib o‘tadi, rotor simlarini esa teskari yo‘nalishda kesib o‘tadi. Shuning uchun rotor EYK E2 o‘z ishorasini o‘zgartiradi, ya’ni Eў2= (-s)Eў2»-Eў2S. Rotordagi tok quyidagiga teng bo‘ladi:

(4.22)



4.11- rasm. Asinxron dvigatelning ulanish sxemasi va mexanik tavsiflari: a — reaktiv statik momentda teskari ulanish rejimida;
b — shuning o‘zi, aktiv statik momentda.

Bu ifodadan ko‘rinib turibdiki, AD generator rejimiga o‘tishi bilan faqat rotor tokining aktiv tashkil etuvchisi o‘z yo‘nalishini o‘zgartiradi. Chunki dvigatel o‘qidagi aylantiruvchi moment dvigatel rejimiga nisbatan o‘z yo‘nalishini o‘zgartirgani uchun Iў2a tokining aktiv tashkil etuvchisi ishorasining o‘zgarishi elektromagnit quvvatining manfiy bo‘lishiga olib keladi, ya’ni tarmoqqa qaytariladi, chunki < 0 bo‘lib


Ikkilamchi kontur reaktiv quvvatining belgisi mashi­naning ishlash rejimiga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘zgarmay saqlanishi quyidagi ifodadan ko‘rinadi:


(4.23)

Asinxron dvigatellarda reaktiv statik moment mavjud bo‘lganda energiyani tarmoqqa qaytarib, generator tormozlashni ularning qutblar sonini o‘zgartirish yoki aylanish tezligini chastotali, chastota-tokli va vektor usulida rostlab amalga oshirish mumkin. Birinchi holda (4.10- rasm, a) mashina statorini kam qutblar sonidan ko‘p qutblar soniga o‘zgartirib, sinxron tezlik kamaytiriladi w02 < w01 va bunda butun davr davomida dvigatel ikkinchi kvadrantda ishlayotganda tormozlash energiyani tarmoqqa qayta­rish bilan amalga oshiriladi.

Tezlikni chastota yordamida rostlayotganda stator ta’minot chastotasini asosiydan kamaytira borib, (f1 dan to ff1 va f< f2) dvigatelni bir mexanik tavsifdan boshqasiga o‘tkaziladi (4.10-rasm, b).

Yuritma ishchi nuqtasi ikkinchi kvadrantda joylashgan mexanik tavsif bo‘laklari bo‘yicha harakatlanishi davomida energiyani tarmoqqa qaytarib tormozlash rejimida ishlaydi. Dvigatelni ta’minlovchi chastotani ravon va avtomatik ravishda o‘zgartirib ozgina o‘zgaruvchi moment bilan yuritmaning tormozlash rejimini olish mumkin. Lekin


12- rasm. Dinamik tormozlashda asinxron dvigatel stator chulg‘amlarini o‘zgarmas (to‘g‘rilangan)
tok manbayiga ulash sxemasi.

bunda ma’lum qonuniyat bo‘yicha kuchlanishni ham o‘zgartirish kerak.





Download 27,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish