10-SINF. BIOLOGIYA.
1. Quyidagi qaysi fikr to’g’ri fikrni inkor etmaydi? A)Maltoza urug’lanayotgan urug’ uchun energiya manbayi B)Oltingugurt oqsillarning ikkilamchi strukturasida disulfid bog’ hosil qiladi C)Geparin hayvonlarda qon ivishiga to’sqinlik qilmaydi D)Glukozaning asosiy manbayi bo’lgan uglevod sutda uchramaydi
2. C12H22O11 tarkibga ega moddaga xos bo’lmagan xususiyatni toping. A)Organizmda kechadigan ko’pgina jarayonlar uchun energiya manbayi B)Uning tarkibidagi uglevodlar o’zaro glikozid bog’lar orqali bog’lanadi C)Suvda yaxshi eriydi, shirin ta’mga ega D)O’simlik hujayralari qobig’iga mustahkamlik beradi 3. Tiriklikning eng yuqori tuzilish darajasiga xos bo’lmagan ma’lumotni to’g’ri ko’rsating. A)Asosiy komponentlarining elementar birligi bir xil turlarga mansub populyatsiyalardir B)Global davriy aylanish C)Yerdagi barcha ko’rinishlarini qamrab olgan D)To’g’ri javob yo’q 4. Bionika bu …
A) organizmlar hayot faoliyatining o’ziga xos jihatlari va tuzilishini asos qilib, texnik sistemalar yaratishni B) organizmlar hayot faoliyatining o’ziga xos jihatlari va tuzilishini asos qilib, biologik sistemalar yaratishni C) anorganik tabiat faoliyatining o’ziga xos jihatlari va tuzilishini asos qilib, fizik sistemalar yaratishni D) anorganik tabiat faoliyatining o’ziga xos jihatlari va tuzilishini asos qilib, fizik va biologik sistemalar yaratish 5. Quyidagi fikrlarning qaysi biri gidrofob moddalar uchun xos emas?
A) O’simlik to’qimalarida zahira modda sifatida to’planadi B) Hayvon to’qimalarida zahira modda sifatida to’planadi C) Issiqlikni yomon o’tkazadi D) Unayotgan urug’ uchun energiya beradi 6. Umurtqasizlar qonidagi gemosianin tarkibida kislorod tashish funksiyasini bajaruvchi elementga xos bo’lgan ma’lumotl? A)fermentlar tarkibida uchramaydi
B)1,9 foizni tashkil etmaydi C)temir bilan o’xshash funksiya bajarmaydi D) uchrash miqdoriga ko’ra F bilan bir guruhga kirmaydi 7. O’xshash hujayralar va hujayralararo moddalardan tashkil topgan biotizmga xos xususiyat ? A) aniq bir joyda joylashadi B)yaxlit biologik tizim C)energiyaning to’planishi va sarflanishi sodir bo’ladi D)hujayralar ixtisoslashuvi kuzatiladi 8. Miqdori hujayralardagi moddalar almashinuvi intensivligiga bog’liq bo’lgan moddaga xos ma’lumotlarni belgilang. 1)buferlikni ta’minlaydi; 2)barcha organic birikmalar tarkbiga kiradi; 3)erituvchi; 4)metabolizm mahsulotlarini tashiydi; 5) hujayradagi miqdori 98%; 6)ko’p hujayrali organizmlardagi miqdori 80% 7)Ko’pchilik organizmlar uchun yashash muhiti; 8)dipol molekula; 9)gidrofil bo’la oladi. A)1,9,3 B) 4,7,8 C) 2,9,5 D)1,7 9. ATF haqidagi ma’lumotlarni ajrating. 1)gidrofil emas; 2)gidrofob emas; 3)tarkibida mikroelementlardan N uchraydi; 4)tarkibida makroelementlardan P uchraydi; 5) tarkibida mikroelementlardan yod va mis uchraydi; 6)makroergik bog’larga ega; 7) faqat geterotroflar uchun asosiy energiya manbayi; 8) tarkibida monosaxaridlardan riboza va dezoksiriboza uchraydi; 9)universal energiya manbayi.
A) 4,7,9 B)1,3,6 C)2,5 D)4,1,8
10. Fikrni davom ettiring.
Tashqi muhit sharoitlarining muntazam o’zgarishlariga qaramay, tirik organizmlar tashqi va ichki tuzilishi, kimyoviy tarkibi, fiziologik jarayonlarning doimiyligini saqlash, ya’ni …. A)ta’sirlanish B)o’zgaruvchanlik C)gomeostaz D) o’z-o’zini idora qilish
11. Quyidagilarni monosaxaridlarning guruhlariga ajrating.
1)laktoza; 2)eritroza; 3)riboza; 4)galaktoza; 5)saxaroza; 6)sellyuloza; 7)glitseraldegid; 8)fruktoza; a)pentoza; b-trioza; c-geksoza; d-tetroza; e-disaxarid A)a-3;b-7; c-8 d-2 B)a-3;b-7;c-8;d-2;e-5
C)a-5;b-2;c-3; d-7 D)a-2;b-7;c-6; d-4; e-8 12. Immunoglobulin …
A) qon tarkibida uchraydi B) virusni taniydi C) bakteriyalarni taniydi
Do'stlaringiz bilan baham: |