O. O. Hoshimov, S. S. Saidahmedov elektr yuritma asoslari



Download 278,3 Kb.
bet62/96
Sana24.03.2022
Hajmi278,3 Kb.
#507861
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   96
Bog'liq
elektr yuritma qo\'llanma

Savol va topshiriqlar
1. Dvigatelning inersiya momenti nimalarga bog‘liq?
2. Elektr yuritmaning inersiya momenti qanday aniqlanadi?
3. Elektr yuritmaning harakat tenglamasini yozing.
4. Elektr yuritmaning dinamik momenti qanday aniqlanadi?
5. Elektromexanik vaqt doimiyligi nima va u qanday aniqlanadi?
6. Elektr mashina yakorining induktivligi qanday aniqlanadi?
7. Elektrmagnit vaqt doimiyligi nima va u qanday aniqlanadi?
8. Yakor zanjiridagi EYKlar muvozanati tenglamasi qanday tashkil etuvchilardan iborat?
9. O‘zgarmas tok dvigatelining tuzilish sxemasini tasvirlab bering.
10. O‘zgarmas tok dvigatelining uzatish funksiyasini yozing.
11. Asinxron dvigatelning elektromexanik vaqt doimiyligi ifodasini yozib bering.
12. Asinxron dvigatelning tuzilish sxemasini tasvirlab bering.
209
VI bob. ELEKTROMEXANIK TIZIMLAR DINAMIKASI
6.1. ELEKTROMEXANIK TIZIMLARDAGI O‘TKINCHI JARAYONLAR
Zamonaviy ishlab chiqarishda elektromexanik qurilmalar vositasida ishchi mashinalari samarali boshqariladi. Bunda mexanizmning ish organida kerakli tezlik va tezlanishlarni ta’minlashni, kuchlarni cheklashni hamda mo‘tadillashni talab qiladigan rejim elektr yuritma bloklariga dasturlash qurilmasi orqali yoki operator vositasida beriladigan buyruqlar hisobiga ta’minlanadi. Bir rejimdan boshqasiga o‘tish boshqarish ta’sirini o‘zgartirish hisobiga amalga oshiriladi.
Shuni qayd etish kerakki, zamonaviy elektr yuritma ko‘pincha o‘tkinchi rejimda ishlaydi. Bunda jarayonlarning xarakteri, davomiyligi, tezlanishlar, momentlarning yuqori qiymatlari va boshqa omillar texnologik jarayonga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘p hollarda ish mashinalari unumdorligini oshirish uchun ishga tushirishda eng kam o‘tkinchi jarayon vaqti va eng kam tormozlash vaqti talab qilinadi. Bu vaqt ichida texnologik jarayon to‘xtagan yoki sekin o‘tayotgan
210
bo‘ladi. Lekin jarayonlarni tezlashtirish tebranishlarning kattalashuviga, joiz tok va momentlarning cho‘qqilari paydo bo‘lishiga olib keladi.
Elektr yuritma dinamikasini tahlil etayotganda, hatto oddiy holatlarda ham mexanik inersiyani hisobga olish kerak. Agarda barcha massalar dvigatel o‘qiga keltirilsa, ya’ni bitta massali tizim ko‘rilsa, u holda bu tizim birinchi darajali differensial tenglama bilan, ya’ni harakat tenglamasi deb ataladigan tenglama bilan ifodalanadi.
Hozirda barcha ishlab chiqarish jarayonlarini jadallashtirish munosabati bilan, ko‘pincha dinamikani tahlil etayotganda elektrmagnit hodisalarni, ya’ni zvenolarning elektrmagnit inersiyasini hisobga olish zarur. Masalan, mustaqil qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok dvigatelli yuritmada, agar boshqarish yakor zanjiri orqali amalga oshi-rilayotgan bo‘lsa, faqat yakor vaqt doimiysini hisobga olish kerak. Murakkab tizimlarda esa bir nechta vaqt doimiylarini hisobga olish zarur.
Chiziqli xususiyatga ega bo‘lgan tizimlarni tadqiq etish, odatda, chuqur ishlab chiqilgan chiziqli differensial tenglamalar nazariyasi bo‘yicha amalga oshiriladi. Bu holda barcha yechimlar tahlil qilishga qulay bo‘lgan analitik shaklda olinib, bunda har bir parametr va vaqt doimiysining dinamikaga ta’sirini ko‘rish mumkin. Bu esa parametrlarni bir necha bor o‘zgartirish bilan amalga oshiriladi.

Download 278,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish