Savol va topshiriqlar
1. Davlat nima?
2. Huquq nima?
3. Davlat va huquq nazariyasi darsining boshlanishida siz
huquq va qonun so‘zlari bilan to‘qnashgansiz. Ayting-chi,
ularning o‘rtasida qanday o‘xshashlik va qanday farq bor?
Qonunga va axloqqa tegishli misollar keltiring.
4. Ayting-chi, davlat va huquqsiz yashash mumkinmi?
Huquqiy tartibot nima uchun o‘rnatiladi? Qonunlar nega
zarur? O‘z fikringizni bildiring.
5. Qonunni bilmaslik nega javobgarlikdan ozod qilmaydi?
6. Huquq normalarini alohida, axloq normalarini alohida
yozing va jadvalni to‘ldiring.
Huquq normalari
Axloq normalari
35
I b o b. Davlat va huquq nazariyasi
7. Quyidagilarga izoh bering:
1. A. birovning mulkini o‘g‘irladi.
2. D. ustoziga darsga kelmaganligi to‘g‘risida kasal
bo‘ lib qoldim, deb yolg‘on gapirdi.
3. S. auditoriyaning eshik-derazasiga zarar yetkazdi.
4. M. o‘rtog‘i to‘g‘risida tuhmat so‘zlarni gapirdi.
Yuqoridagilardan qaysi biri huquq normalarini buzdi?
36
Huquqshunoslik
II b o b
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ
Konstitutsiyaviy huquq fanining
predmeti, vazifasi
Konstitutsiyaviy huquq
— ijtimoiy tuzum va davlat or-
ganlari tizimini, shaxsning mavqeyini, davlat hokimiyatini
amalga oshirishda yuzaga keladigan ijtimoiy munosa
-
batlarni boshqarib turuvchi huquqiy me’yorlar majmuini
o‘z ichiga oladi. Konstitutsiyaviy huquq birinchi navbatda
ijtimoiy tuzum asoslarini mustahkamlaydi. Ma’lumki, har
bir davlatning negizi uning ijtimoiy tuzumi bilan bog‘liq.
Shuning uchun davlatning Asosiy Qonuni eng avvalo ijti-
moiy tuzumni tartibga solish maqsadini ko‘zlaydi. Ijtimoiy
tuzum xususi yati — oliy hokimiyat kimga qarashli ekanli-
gi, kim uni amalga oshirishi, mulkchilik shakllari, turlari-
ni, ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi munosabatlar qanday
shakllanishini o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham
yuqo ri da ko‘rsatilgan masalalar o‘z ifodasini topgan.
Respub likamiz Konstitutsiyaviy huquq me’yorlarida
xalqning maqsadlari, fuqarolarning faoliyatlari huquqiy
asoslangan. Konstitutsiyaviy huquq respublikadagi bar-
cha huquqiy me’yor larning yetakchi tarmog‘i hisoblana-
di. Hamma hu
qu qiy me’yorlar undan kelib chiqadi va
unga bo‘ysunadi.
Yuridik fanning har bir sohasi jamiyatning, davlat-
ning ma’lum bir tuzilishini o‘rgatishni maqsad qilib ol-
gan bo‘lsa, Konstitutsiyaviy huquqning o‘rganish doirasi
bundan kengroq. Bu fan ijtimoiy munosabatlarni tartib-
ga solish jarayonida davlat suverenitetini, xalq hokimi
-
yatchiligini, Konstitutsiya va qonun ustunligini, respub-
likamiz tashqi siyosatini, inson va fuqarolarning asosiy
holatini, respublikaning ma’muriy-hududiy tuzilishini,
37
davlat hokimiyatining tashkil etilishini, ularning vakolat-
larini, faoliyat tar tiblarini o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |