tadqiqotchi ham tirik inson bo’lgani sababli, uning oilaga kirib kelishi, uydagi turmush tarziga, odatlar, o’zaro yaqinlik aloqalariga putur etkazmasin.
Darhaqiqat, barchamiz uchun juda yaqin va tanishdek tuyulgan oila va nikoh masalalari bilan shug’ullanadigan olimlarga, oila psixologi yoki pedagogi bo’lib faoliyat yurituvchilarga tashqaridan kuzatuvchilar ular ishini osonday tasavvur qilishadi. Lekin ming afsuski, unday emas. CHunki maktabda ta’lim olayotgan bolaning xulqu-odobi haqida ota-ona bilan suhbatlashish ham oson emas, zero, ota-ona ishdan charchab kelgach, xonadonida birinchidan, bolasining o’qituvchisini kutmaydi, qolaversa, ming mehmonnavoz, sertakalluf inson bo’lsa ham o’qituvchining kutilmagan tashrifidan cho’chish, norizolik, “nima derkin bolam haqida” degan shubha, hadik bo’lishi tabiiy. Xuddi shunday, oilaviy munosabatlarga taalluqli ilmiy izlanish olib borayotgan tadqiqotchining har qanday oilaga tashrifi xonadon egalariga yoqavermaydi. Qolaversa, agar respondentlarga taqdim etilayotgan so’rovnoma yoki test o’zaro munosabatlarga, ayniqsa, O’zbekiston sharoitida qaynona-kelin munosabatlariga yoki er-xotinning yaqin munosabatlariga oid bo’lsa, tadqiqotchi ketgach, oila a’zolari o’rtasida “kim taklif etdi, nima maqsadda?” qabiladagi so’rovlar, “tergovlar”ning bo’lmasligiga kim kafolat beradi. SHu bois ham hamisha bizning sharoitimizda oilaviy munosabatlarga oilada tadqiqotlar o’ta odob normalariga bo’ysundirilishi, muammoning nimada ekanligini aniq, samimiy iboralar vositasida tushuntira olish madaniyati katta ahamiyat kasb etadi. Bunda tadqiqotchining qo’lidagi ilmiy “quroli” – metodikalari ham katta ahamiyat kasb etadi.
Oilaning ijtimoiy institut maqomidagi faoliyatining ob’ektiv qonuniyatlarini, Oila-nikoh hamda qarindosh-urug`chilik munosabatlarining mexanizmlari va turmush tarziga oid konkret vaziyatlarda Oila a’zolari ijtimoiy xulqining namoyon bo`lishini o`rganadigan fan sifatida. Oila asli arabcha “ayolmand niyozmand” ma’nolarini anglatuvchi “oila”-so’zidan chiqqanligi “farxangi zaboni tojikida” qayd etilgan. “O’zbek tilining ixoxli lugatida” xam bu so’z er-xotin,ularning bola chaqalari va eng yaqin tug’ishganlaridan iborat biriga yashovchi kishilar majmui, uning erkak bilan qo’shiluvidan bola chaqalari olamga kelib, ayolmandlik yuzaga kelgan, binobarin oila shakllangan.
I.A.Karimov: “Oila haqida gapirar ekanmiz avvalambor, oila xayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta’minlaydigan mukaddas urf –odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga, kelajak nasllar qanday inson bo’lib etishishiga bevosita ta’sir ko’rsatadigan tarbiya o’chog’i ekanini tan olishimiz darkor”deganida xam, oila va oilaviy munosabatlar ustuvor masalalar qatorida ekanligini ta’kidlaydi.
Oilaning ibtidoiy ko’rinishlari sanaluvchi qon-qarindosh oila, undan keyingi bosqichda esa punaunal oila, ya’ni bir guruhga mansub opa-singillarning boshqa jamoa guruhidagi erlarga xotinlik qiladigan oila dastlab oiladan iborat demografik birliknigina anglatadi. Kishilik jamiyatning ilk ibtidoiy bosqichda poligam oilada monogam oilaga o’tish jarayonida yuzaga kelgan endoganiq nikoh ya’ni ibtidoiy urug’chilik tuzumida qabila ichidagi guruhiy nikohdan-bir qabilaga mansub erkak va ayol nikohidan chetlanish, aniqrogi o’ziga qabila qizi bilan nikohlanishiga asoslangan ekzogam nikohga o’tish insoniyatda nomus tuyg’usini anglash nakadar uzok vaqt davom etgan jarayon bo’lganini ko’rsatadi.
Oila tarixiy ketegoriya sifatida kishilarni tabiiy-biologik, iqtisodiy, xuquqiy, ma’naviy munosabatlarga asoslangan ijtimoiy birligi bo’lib, uning xilma-xil shakllari va ko’p qirrali vazifalari mavjud ishlab chiqarish va ijtimoiy munosabatlarning tabiatiga jamiyat ma’naviyatiga va madaniy taraqqiyotning darajasiga bog’liqdir. Oila ana shu asoslarga tayangan xolda kishilik tafakkuri va ijtimoiy xarakatning ulug kashfiyoti bo’ldi. Mashhur faylasuf Santayana aytganidek, “Oila, bu-tabiatning shoh asarlaridan biri”ga aylandi.
Oila juftlik qonuni asosida yuzaga keladi, bir erkakning o’zi yoki bir ayolning o’zi oila bula olmaydi. Oila er-xotindan tashkari erning ota-onasi, farzandlari, uka-singillaridan iborat kup buginli xonadon.
Uning xar bir a’zosi o’z mavkeiga ega, shu oilaning ichki nizomiga buysunib yashaydi. SHu ma’noda oila jamiyat ichidagi jamiyatdir. Bu jamiyatning o’z saltanati bor: bunda miglab tasodiflar jarayonida er-xotin muxabbati sinovidan utadi. Bunda ular bir-birini chukurrok tushunadilar, kadrlashadi, kechirimli bo’ladi. Er otaga, xotin onaga aylanadi, farzand tarbiyalanib, orzu xavas kuriladi. SHu ma’noda oila inson xayotiga tukislik baxsh etadi, jamiyatning mukaddas maskani sifatida sadokat sarchashmasiga aylanadi.
Oila jamiyat nizomlari asosida yashasada, oilaviy munosabatlar mustakil xodisadir. Oila ishlariga birovning aralashuviga xakki yuk. SHu ma’noda oila jamiyatning mukaddas va daxlsiz mustakil muxtoriyatidan iborat saltanatdir. Bu saltanatning podshoxi-ota, vaziri-onadir. Oilaviy munosabatlar jamiyatiga mansub ijtimoiy –iqtisodiy, siyosiy-mafkuraviy, ma’naviy-ahloqiy munosabatlar zaminida va ta’sirida kechadi: shu jarayonga xos o’zgarishlar asosida o’zgarib, takomillashib, tanazzulga uchrab boradi.
Oila tanazzuli, fikrimizcha, quyidagi besh omilga bog’liq xolda yuz beradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |