Oilaviy psixologiyaning tadqiqot metodlari:
– Kuzatish metodi. Oilaviy munosabatlarni kuzatish deb oilaviy va turmush vaziyatlarida odamlarning tashqi xulq-atvorini idrok etish va muntazam qayd etib borishga bog’liq faoliyatga aytiladi. Odatda tadqiqot o’tkazayotgan psixologning kuzatayotganligini oila a’zolari bilmasliklari, sezmasliklari kerak. Kuzatuv natijalarini qayd etish aniq ko’rgan-kechirganlarni qanday bo’lsa shundayligicha yozib borish yoki esda saqlab qolib, keyin hech bir sub’ektiv xulosa yoki tahlilsiz daftariga belgilab borish tarzida kechadi.
– Konkret vaziyatlarni tahlil qilish metodi. Oila muhitida yoki hayotiy sharoitlarda ro’y bergan voqea-hodisalarni qayd etish unga kompleks yondashuvni talab etadi. Bunda o’rganayotgan shaxs testlar o’tkazishi, oila a’zolarining biografik ma’lumotlarini tahlil etishi yoki aniq maqsadli so’rov o’tkazishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |