alohida yashaydigan oilada er-xotin munosabatlarining boshqa munosabatlarga sezilarli ta’siri, masalan, farzandlarning tarbiyalanganlik darajasiga;
oilaviy murosa yoki hamjihatlikka boshqa qarindoshlar, masalan, keksalarning ta’siri;
oila a’zolari o’rtasida hamkorlik faoliyati va uning samrasi unchalik sezilmasligi, masalan, oilada erning o’z o’rni va mashg’ulotlari, ayolning o’z o’rni va vazifalarining bo’lishi va har doim ham birga bir ishni qo’shilib ketmaslik. Oilaviy xasharlar yoki boshqa tadbirlar bundan iste’sno;
muomala va o’zaro hurmat normalarining katta ahamiyatga ega ekanligi, hamisha bir-birining ko’ngliga qarashning oila mutahkamligi omili ekanligi;
oilada o’zaro sir, yashirin, xufyona ishlarning oialviy munosabatlarga salbiy ta’siri.
YUqorida ta’kidlangan holatlar oila tadqiqotlarini o’tkazuvchilarni sof ijtimoiy guruhlarda o’tkaziladigan izlanishlarga qo’llaniladigan tamoyillardan biroz chekinishlarini talab qiladi. YA’ni, oila o’ziga xos insoniy munosabatlar mujassam bo’lgan noyob maskandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |