(tezlashgan) qon ivish tizimida ishtirok qiladi, ivish jarayoni unda 30- 40 daqiqa
davom etadi.
II faza protrombindan faol tromboplastin va Ca'H“’"ida trombin hosil bo‘Iishi.
Uning davom etish vaqti 2-5 daqiqa tashkil qiladi.
III faza fibrmogendan trombin ta’sirida fibrin hosil bo'lishi. 3-5 daqiqa davom
etadi.
8. Eritrotsitlar gipertonik tuz eritmasida burishadi, gipotonik eritmada
shishadi. Jiddiy shishish natijasida gemoliz sodir bo‘ladi.
9. Gemoliz («haemo» - «qon»; «lysis» - «parchalanish, yemirilish») -
eritrotsitlaming ulardagi Hb ning eritrotsit tashqarisidagi muhitga chiqishi bilan
kechadigan parchalanishi.
10. Eritrotsitlaming osmotik turg‘unligi -
ulaming gipotonik eritmaga
nisbatan chidamligi.
Minimal osmotik rezistentlik NaCl ning shunday gipotonik eritmasida aniqlanadiki,
bu eritmada faqat chidamli eritrotsitlar gemolizlanadi (me’yorda NaCl 0,44-0,46% li
eritmasi). Maksimal osmotik rezistentlik NaCl ning hamma eritrotsitlar to‘ liq gemolizga
uchraydigan (me’yorda NaCl 0,32-0,28% eritmasi). Eritrotsitlaming osmotik
rezistentligi ulaming yetilish darajasi, shakli va plazma tarkibining o‘zgarishiga bogiiq.
11. Agar suvning yopishqoqligi 1 ga teng deb olinsa, qonning o‘rtacha nisbiy
yopishqoqligi katta odam larda 4,5 (3,5-5,4) tashkil qiladi. Qonning
yopishqoqligi gematokrit yuqori bo‘lishi va oqsil miqdoriga bog‘liq, u
vyazkozimetr bilan aniqlanadi.
12. Qonda oqsil miqdori 65-86 g/I ni tashkil qiladi. Plazma hamma
oqsillarining 60 % albumin zimmasiga to‘g‘ri keladi. Uning miqdori 4,5-5% ga
teng, molekular og‘irligi - 69000. Bu oqsil plazma onkotik bosimining 80% ni
aniqlaydi. Oqsillarning 2-2,5% globulinga to‘g ‘ri keladi, elektroforetik
faolligining kamayib borishiga qarab ular a, - , a , - , (3, - va у - globulinlarga
bo‘linadi. (3 va у globulin fraksiyalari orasida alohida tor tasma shaklida fibrinogen
aniqlanadi (0,2-0,4%), u fibrinning eruvchan o‘tmishdoshidir.
13. Me’yorda 1 mkl qonda 180.000-320.000 trombotsit bo‘ladi (SI birligi
bo‘yicha 180-320-1071).
14. Trombinli vaqt - ko'rikdan o ‘tkazilayotgan
shaxsning trombinning
standartli miqdori ta’sirida sitratli qon plazmasining ivish vaqti bo‘lib, me’yorda
14-16 daqiqaga teng.
Protrombinli vaqt - standartlangan faolli to‘qima tromboplastini qo‘shiIganda
rekalsinatsiyalangan sitratli plazmaning ivish vaqti, me’yorda 12-15 daqiqa
tashkil qiladi. Tromboplastinlar ayrim seriyalari faolligida o‘zgarish bo‘lishi
tufayli protrombin indeksini quyidagi formula bo‘yicha hisoblashadi.
Д
•—•100, A - donor qoni plazmasining protrombini vaqti;
о
В - tekshiriluvchi shaxs protrombini vaqti.
Me’yorda bu ko‘rsatkich 80 - 100
%
ga teng.
Faollashgan qisman tromboplastin vaqti - standart sharoitda trombotsitlari
kam qon plazmasining rekalsifitsirlanish vaqti, u XII omil faollashtiruvchisi kaolin
va 3-trombotsitar omil - kefalin yuborish orqali amalga oshiriladi. Tekshirish
natijalarida trombotsitlar ta’sirim yo‘q qilish ko‘zda tutiladi. Me’yorda 3CM0
daqiqani tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: