22-m ashg‘ulot
1 Yurak mushagi ko‘nda]ang-targ'i] mushak hujayralaridan hosil bo‘]gan.
Bu tipik qisqaruvchan hujayralar va o‘tkazuvchan tizimni tashkil qiluvchi yurak
atipik miotsitlaridir. Qisqaruvchanlik funksiyasini bajaruvchi yurak miotsitlari
to‘g‘ri burchakli shaklda bo‘iib, 1-2 yassi yadro, miofibrillar (shu jumladan,
yupqa va yo‘g‘on aniq parallel joylashgan protofibrillar) va ko‘p miqdorda
mitoxondriyalar ushlaydi. Kardiomiotsit sarkoplazmasida ribosomalar mavjud.
Qisqaruvchan elementlar - miofibrillar sarkoplazmaning periferik qismini
egallaydi. Kardiomiotsitlaming uzliksiz ishlash qobiliyati oksidlanish-
qaytalanish jarayonida ishtirok qiluvchi fermentlar (ATF-aza, degidrogenaza,
ishqoriy fosfataza) tashuvchi va hujayrani energiya bilan ta’minlovchi
mitoxondriyalar bilan bog'Iiq. Miotsitlar orasida ularni mushak toialarga
birlashtiruvchi disklar (gardishlar) joylashgan. Yurak atipik mushak to‘qimasi
mioflbrillari kam, sarkoplazmaga boy bo‘lgan hujayralardan tashkil topgan. Bu
to‘qima yurak o‘tkazuvchan tizimini tashkil qiladi. U yaxshi innervatsiya qilingan,
bu erda miotsitlar yirik, ribosomalar kam, yadrolar yumoloq.
2.
Yurak mushagida elektr potensiallarining hosil bo‘lishi K+, Na+, Ca^,
СГ va b. ionlaming kardiomiotsit membranasi orqali harakat qilishiga bog‘liq.
Bunda asosiy
rolai
natriy va kaliy kationlari o’ynaydi. Hujayra ichida kaliy
uning tashqarisiga qaraganda ancha k o ‘p, hujayra ichida natriy
konsentratsiyasi esa, hujayra tashqarisiga qaraganda 20 marta kam. Tinch
holatda miokard hujayralari tashqi yuzasi natriy kationlari miqdori ustivorligi
tufayli musbat zaryadlangan, hujayra membranasi ichki yuzasi, hujayralar
ichida anionlar (C1U, H C 04J va b.) ustivorligi natijasida manfiy zaryadga
ega, Bunday holat ionlar nasoslariniog ishi tufayli saqlanadi. Tinch holatda
hujayra qutblangan, natijada tinch holat potensiali hosil bo‘ladi, u hamma
vaqt manfiy - 90 mV ga teng.
Hujayra qo‘zg‘alishida transmembrana harakat potensiali hosil bo‘ladi.
Chunki hujayra membranasi o'tkazuvchaniigi ionlar uchun o'zgaradi. Natriy
ionlari hujayra ichiga intiladi va ichki yuza musbat, tashqi yuza esa manfiy holatga
tushadi, ya’ni membrana depolyarizatsiyasi ku
2
atiladi. Harakat potensiali jiddiy
oshadi, +20, +30 mV ga teng boMib qoladi. So'ng Ca** hujayra ichiga kiradi va
natriy ionlari musbat zaryadini qisman oeytrallaydi: transmembrana potensiali
pasayadi (bu dastlabki tez repolyarizatsiya). Keyin hujayra ichiga Ca* va Na+
sekin kiruvchi toki, hujayradan K* chiqishi sodir bo'Iadi. Asta-sekinlik bilan
repolyarizatsiya (plato) sodir bo'Iadi. So‘ng tez repolyarizatsiyaaing oxirgi fazasi
yuzaga keladi, membrana o‘tkazuvchanligi K4 ionlari uchun oshadi. Tashqi yuza
yana musbat, ichki esa tnanfiy zaryadlangan bo‘lib qoladi. Qutblanish yana qayta
tiklanadi va tinchlik potensiali - 90 mV hosil bo‘ladi.
3. Yurak hamma bo‘limlari mushaklari va unga nisbatan tana mushaklarining
bab-baravar proporsional kattalashishi fiziologik, ya’ni ishchi gipertrofiyasi
deyiladi. U organizmning O, yuqori talabiga nisbatan moslashish reaksiyasi
sifatida yuzaga keladi. Jismoniy ish, sport bilan shug‘ulianuvchi odamlarda, balet
bilan shug‘ullanuvchi artistlarda, ayrim hollarda homiladorlarda uchraydi. Ularda
yurak og‘irligi 500 g yetishi mumkin (mashq bilan shug‘ullanmaydigan
odamlarda u 300 g teng). Gipertrofiyada yurak doimo zo'riqish bilan ishlaydi,
dastlab tekis ravishda miokardial tolalar uzunligi va qaliiiligi kattalashadi, ammo
ulaming soni o‘zgannay qoladi. Yurak bo‘shliqlari hajmi kattalashadi, natijada
ilgarigi bosim hosil qilinishi uchun yurak devorlari kuchliroq ishlashi talab
qilinadi. Ammo miokard gipertrofiyasida mushak hajmi oshganligi tufayli, yurak
devori ko‘ndalang kesimi maydoni birligiga to‘g ‘ri keladigan kuch deyarli
o‘zgarmasdan qoladi. Sportchi yuragi ko‘p hajmda qon sig‘diradi, ammo unga
yetarli darajada bosim hosil qilish uchun qo‘shimcha kuch bilan ishlashga to‘g‘ri
keladi. Bu bilan gipertrofiya yurakning o‘tkir kengayishidan farq qiladi. Sportchi
mashq qilishni to‘xtatishdan bir necha hafta keyin yurak gipertrofiyasi yo‘qolib
ketadi. Agar gipertrofiyalangan yurakning og‘irligi keskin darajaga (500 g
atrofida) yetsa, unda tolalar o‘lchami kattalasha boshlaydi, shu bilan birga uniug
soni ham ortadi. Bu holat giperplaziya deyiladi.
4. Odamda aorta asosidan chiqadigan ikkita koronar arteriyalar mavjud. 0 ‘ng
koronar arteriya o‘ng qorinchaning ko‘p qismini, pardevor ayrim bo'limlari va
chap qorincha orqa devorini qon bilan ta’minlaydi. Yurakning boshqa qismlari
chap koronar arteriyasi orqali qon bilan ta’mmlanadi. Bu arteriya orqali yurak
tomirlariga yo‘nalayotgan qonning 75-80% gacha bo‘Igan qismi oqib keladi.
Sistola vaqtida qon oqimi kamayadi, tomirlar qisqarayotgan mushaklar tomonidan
qisiladi, sistola tugashi bilan qon bilan ta’minlanish oshadi. Ya’ni qon oqimi
asosan diastola vaqtida ro ‘y beradi. Qon oqib ketishi o‘ng bo‘lmachaga
ochiladigan venoz sinusi orqali amalga oshiriladi; bu yerga yurakni
oziqlantiruvchi qonning 2/3 qismi chiqariladi, qolgan qismi oldingi yurak
venalari va tebeziy venalari orqali oqib chiqib ketadi.
Odamda yurak tomirlari orqali bir daqiqada 200 -250 ml qon oqib o'tadi. Bu
daqiqa hajmining 4-6% ni tashkil qiladi. Mushakning jadal ishlashi vaqtida
koronar qon oqimi 4 barovar oshadi va 3 -4 1/daqiqaga yetadi, yurakning kislorod
iste'mol qilishi ham taxminan shunchaga oshadi. Bunda miokardda metabolitlar
(adenozin, sut kislota, kaliy va b.) to‘planadi, ular koronar arteriyalami
kengaytiradi va ular orqali qon oqimini oshiradi.
Hatto tinch holatda ham yurak boshqa a’zolarga nisbatan qondan ko‘proq Oz
tortib oladi. Yurak tomondan O, ekstraksiya qilinishi 0,14 ml/ml atrofida bo'lishi
mumkin, shu bilan birga 0 2 ning arterial qondagi miqdori 0,12 ml/ml dan iborat.
Shu munosabat bilan yurakka yuqori zo‘riqish to‘g‘ri kelganda, uning O, ga
nisbatan talabi oshadi, lekin O, ekstraksiyasiniog kattalashishi hisobiga
qoplanmaydi. Yurakning О, ga nisbatan yuqori talabi asosan koronar qon oqimi
osbishi hisobiga qondiriladi. Bu holat koronar tomirning kengayishi, ya’ni uning
gidrodinamik qarshiligining kamayishi bilan bog‘liq. 0 2yetishmovchiligi koronar
tomirlarining kengayishi uchun kuchli stimui sifatida xizmat qiladi.
5. Yurakning zarb hajmi (YUZH) - bu chap qorinchadan aortaga yoki o‘ng
qorinchadan a. pulmonalis ga bir sistola vaqtida otiladigan qon miqdori. Me’yorda
60-80 ml ga teng. Sportchilarda katta zo‘riqishda sistolik hajm 200 ml yetishi
mumkin.
Yurakning daqiqa hajmi (YUDH) - o‘ng va chap qorincha tomonidan vaqt
birligida, ya’ni bir daqiqada otiladigan qon miqdori, katta odamlarda u taxminan
4,5 -51. YUDH kattaligi jins, yosh, bo‘y, og‘irlikka qarab jiddiy va keng miqiyosda
o‘zgarishi mumkin: zaruriyat tug‘ilganda YUDH tinch holatga qaraganda 5
baravardan ko'proq oshishi mumkin. Yurak qorinchalaridan har bir qisqarishda
otiladigan qon miqdori taxminan bir xil bo‘lishi mumkin. Masalan, o^ng qorinchadan
qon otilishi chap qorinchaga nisbatan deyarli
2%
ga ko‘paysa, kichik qon aylanish
doirasi qonga ortiqcha to‘lishi natijasida bir necha daqiqadan keyin o‘pka shishishi
boshlanishi ehtimoldan xoli emas. Ammo me’yorda bunday bo‘lmaydi va bu ikkita
qorinchadan ham qon otilishini moslashtiruvchi mexanizm borligidan dalolat
beradi. Hattoki tizimii
tomir
qarshiligi (masalan, tomirlarning keskiu torayjshi
natijasida) oshgan holatlarda ham xavfli qon dimlanishi yuzaga kelmaydi: chap
qorincha tezlik bilan
0
‘zgargan sharoitga moslashadi, kuchliroq qisqarishga
boshlaydi va ilgaridek qon miqdorining otilishiga yetarli bosim hosil qiladi. Venalar
orqali qonning qaytishi va diastolik qonga to‘lishning o‘zgarib turishi ham YUDH
mosiashuv o‘zgarishlari orqali kompensatsiyalanadi.
6. Frank-Starlin refleksi shundan iboratki, miokard toialari cho‘zilishining
ortishi yurak qisqarish kuchining ko‘payishiga olib keladi. Izoliyatsiyalangan
yurak, qisqarish soni bir xilligida mustaqil ravishda o‘z-o‘zini regulatsiya qilishi
tufayli - qorinchadan otiladigan qonni ko‘paytirish orqali o‘z faoliyatini kuchayib
boruvchi hajm bilan zo‘riqishga moslashtirishi mumkin. Bu qonuniyat uni ochgan
olimlar sharafiga Frank-Starlin mexanizmi (qonuni, refleksi) (Frank O., 1895;
Starlind S. H.,1918) deyiladi.
7. Yurak mushagida uch tipda bioenergetik jarayonlar kechadi: energiya
ishlab chiqarilishi, to‘planishi va sarflaaishi. Energiya ishlab chiqarishi glukoza
va erkin yog‘ kislotalari oksidlanishi hamda glikoliz natijasida yuzaga keladi.
Hosil bo‘lgan energiya makroergik fosfatli birikmalarda- ATF va KF da yig‘iladi,
Miokard hujayralariga energiya tashishni KF (kreatinfosfat) kimyoviy
birikmasi amalga oshiradi. U teng qimmatli ferment-substrat kompleksi uchligi:
kreatin- kreatinkinaza- ATF Mg2+ (Saks V. A. va b., 1975) parchalanishi natijasida
hosil bo‘ladi. Keyin KF sitoplazmaga diffuziyalanadi, u yerda miofibrillalar
kreatinkinaza reaksiyasida kardiomiotsitlar qisqarishida hosil bo‘!gan ADF Mg+
refosforilanishi uchun sarf qilinadi.
8. Miofibrillalar ATF bilan o‘zaro ta’sir qilish va shu makroerg ishtirokida
faqat muhitda kalsiy ionlarining ma’lum konsentratsiyasi bo‘lganda qisqarish
xususiyatiga ega. Ularning yuqori qisqaruvchanlik faolligi CaJ* 10* - 103 M
atrofida kuzatiladi. Ca ionlari konsentratsiyasi Ю'7 M yoki undan ham past
darajagacha kamayganda mushak tolalari ATF ishtirokida qisqarish va
taranglashish rivojlanish xususiyatini yo‘qotadi. Shu bilan bir vaqtda kalsiyning
sarkoplazmadan sekin chiqib ketishi miokard bo‘shashishining sekinlashishi va
to‘liq bo‘lmagan diastola sindromi rivojlanishiga olib keladi.
Kardiomiotsitlarda 3 xil qisqartiruvchi oqsil mavjud: aktin, miozin va
tropomiozin. Aktin iplari yupqa va uzun, miozin iplari esa yo‘g‘on va kalta bo‘ladi.
Mushak qisqarishi uchun energiya zarur: ATF parchalanishi, ADF va fosfor kislota
hosil bo‘lishidagi energiya foydalaniladi. Bu jarayon ATF-aza tomonidan
faollashtiriladi. Tinchlik holatida bu ferment magniy ionlari tomonidan
bloklanadi, uning antagonisti Ca** ionlari hisoblanadi.
Mushak tolalarining qisqarishi ikkita asosiy mushak tolasi - miozin va aktin
o‘zaro ta’sir qilishi natijasida kelib chiqadi. Tinchlik holatida bu o‘zaro ta’sir
btoklangan, chunki aktin molekulasi faol markazlari regulator oqsil kompleksi
bilan bekilgan. Qisqarishga olib keluvchi omil sifatida kalsiy ionlari xizmat qiladi:
ularning konsentratsiyasi oshganda mioplazmada regulator oqsilga kalsiy birikadi.
Natijada aktin miozin bilan o‘zaro ta’sir qilish xususiyatiga ega bo‘lib qoladi. Bu
ikki oqsil birikishi natijasida aktomiozin hosil boiadi va mushak qisqaradi. Bunda
miozin iplari buraladi, aktin iplari esa sirg‘anadi va suriladi. Aktomiozin hosil
bo‘lish jarayonida ATF parchalanadi, uning kimyoviy eoergiyasi mexanik ish
bajarilishini ta’minlaydi va qisman issiqlik shaklida tarqaladi. Tropomiozin aktin
va miozin o‘zaro ta’sir qilishini regulatsiya qiladi: tinch holatda (polyarizatsiya) u
aktin va miozin qisqarishini bloklaydi. Depolyarizatsiya holatida esa
mushaklarning qisqarishini ta’minlaydi. Aktimiozinning ATF ni parchalash
xususiyatini yo‘qotishini va Ca** konsentratsiyasi 10 7 M dan kam bo‘lganda ham
qisqarishi mumkinligini tropomiozin oqsilining ishtirok qilishi bilan
bog‘lashmoqda.
9.
Yurak bo‘lmachalari kardiomiotsitlarida bo‘lmacha natriyuretik omilini
(BNO) sekretsiya qiluvchi donachalar bo‘lishi tasdiqlangan (Postnov A. Yu.,
1987). Bu omil diurez, natriyurezni kuchaytiradi va renin sekretsiyasini
pasaytiradi. BNO orqali yurak suv-tuz gomeostazi saqlanishida ishtirok qiladi.
23-mashg‘uIot
I.
Yurak nisbatan kichik mushakli kovak a’zo bo‘lib, og‘irligi 200-300 g;
uning devorlari asosan mushaklar (miokard)dan tuzilgan, ko‘p miqdorda asab
tolalari va qon tomirlari to‘rlaridan iborat. Ichki tomonidan yurak ichki po‘stioq
(endokard) bilan qoplangan, u qopqoq (klapan) apparatini tashkil qiladi, qopqoq
apparati yurak qisqarishining ma’lum fazalarida (sistola, diastola) bo‘lmachalami
qorinchalar, qorinchalarni magistral tomirlar bilan (aorta, o‘pka arteriyasi)
biriktiruvchi teshiklarni bekitadi.
Yurak 4 ta bo‘shIiqdan: chap va o‘ng qorinchalar hamda chap va o‘ng
bo‘lmachalardan iborat. Qorinchalar qorinchalararo pardevor bilan ajraladi,
qorincha va unga tegishli boimachalar orasida teshik bor, u qopqoq bilan yopiladi.
Yurak musbaklari qisqarganda qopqoq apparati qon harakatini hamma vaqt bir
tomonga yo‘naltiradi. Miokard tashqi tomonidan ham po‘stloq-perikard bilan
qoplangan.
To‘qimalardan pastki va yuqori kovak venalari orqali oqib keladigan qon o^g
bo‘lmachaga, undan esa o'ng qorinchaga tushadi. So'ng qon o‘pkaga boradigan
arteriyaga, o‘pka arteriyalari, arteriolalari, kapilalariga va 4 ta venaga otiladi. O, ga
to‘yingan qon chap bo‘lmachaga tushadi. O'ng qorincnani chap bo'lmacha bilan
bog‘lovchi tomirlar tizimi kichik qon aylanish doirasini tashkil qiladi. Chap
bo‘lmachadan qon chap qorinchaga tushadi, uning qisqarishida aorta, arteriyalar,
arterioJalar va hamma a’zo, to‘qimalar
kapillarlariga
otiladi, u yerdan vinulalar,
venalar orqali past va yuqori kovak venalar orqali o‘ng bo‘lmachaga oqib keladi.
Bu tomirlar tizimi katta qon aylanish doirasini tashkil etadi.
Mushak tolasi - miokard hujayralaridan iborat zanjircha - kardiomiotsitlar
yurakning funksional elementi bo‘lib hisoblanadi. Ular «oxiri oxiriga» birikkan
bo‘lib, umumiy sarkoplazmatik po‘stloq (asosiy membrana) ichiga joylashgan.
Morfologik va funksional xususiyatlariga qarab yurakda 2 tipli tola farq qilinadi:
1) boimacha va qorincha miokardi ishchi tolasi, yurakning asosiy og'irligini
tashkil qiladi va uning qon haydovchi funksiyasini ta’minlaydi; 2) o‘tkazuvchi
tizimlar va yetakchi ritm peysmekrlar (inglizcha «pace maker» - «yetakchi»)
tolasi, qo‘zg‘aluvchanlik tug‘ilishi va uning ishchi miokard hujayralariga
o‘tkazi)ishiga javob beradi.
2.
Yurakning o‘tkazuvchi tizimi avtonom xususiyatiga ega, ya’ni hatto MAT
ishtirokisiz yurak qisqarishini chaqiruvchi impulslar ishlab chiqaradi. Yurakning
qo‘zg‘alishi o ‘ng bo‘lmachada yuqori kovak venasi qo‘yiladigan joyda
joylashgan sinoarterial (SA) tugunidan (sinus yoki Kis - Flyak tuguni) boshlanadi.
Undan bo‘lmachaga bo‘lmacha o‘tkazish yo‘llari orqali: chap bo‘lmachaga shox
ajratuvchi oldingi qismidan (Baxman tutami), asosiy rol o'ynovchi o‘rta qismidan
(Venkebax) va orqa qismidan (Torel) qo‘zg‘aluvchanlik jaroyoni tarqaladi.
Boimachalar aro trakti (Baxman tutami) muhim ahamiyatga ega, u odatda o‘ng
va chap bo‘imachalaming sinxron qo‘zg‘alishini ta’minlaydi. Qo‘zg‘aluvchanlik
bo‘lmachadan atrioventikulyar(AV) tugunga(yoki Ashof-Tavar tuguni) tarqaladi.
Oxirgi yillarda «AV-tugun»i ayrim hollardakeng tushunchaga ega bo‘lgan. «AV-
birikma» bilan almashtirib aytiladi, bunda ayrim anatomik soha (tugun, unga
yaqin joylashgan bo‘lmacha qismlari va Gis tutami ustini) nazarda tutiladi.
Qo‘zg‘aluvchanlik AV birikmasidan o‘tib Gis tutami, keyin uning tarmoqlariga
tarqaladi. Qorinchalar ichi o‘tkazuvchan tizimi tuzilishi katta individual
variabelligi va asosiy tarmoqlari orasidagi xilma-xil bog‘liqliklar bilan
tavsiflanadi. Gis tutami asosiy tarmoqlari uning o‘ng va chap oyoqchasi
hisoblanadi. Chap oyoqcha ko‘p hollarda oldingi va orqa shoxiarga bo'finadi.
Shunday qilib, Gis tutami 3 asosiy: o‘ng, old chap va orqa chap shoxga bo‘linadi.
Ular maydalanib ketib Purkinye tolalari to‘rini hosil qiladi, bir-biri bilan keng
anastomozlanadi, asosan o‘ng va chap qorinchalar endokardi ostida joylashadi.
O'tkazuvchan tizimning ta'riflangan elementlaridan tashqari, qo'shimcha
traktlari ham borki, impulslar ular orqali aylanib o‘tadi. Ular orasida bo‘lmacha
miokardini o‘ng va chap qorincha miokardi bilan biriktiruvchi Kent tutami;
bo‘lmachani AV birikmasi va Gis tutami ustuni bilan biriktiruvchi Djeyms tutami;
Gis tutami ustunidan ajraluvchi va shu tutam tolalari atrofida miokardga kiruvchi
Maxeym tolalari muhim rol o‘ynaydi.
Q o‘zg ‘aluvchanlik o'tkazuvchan tizim ixtisoslashgan tolalaridan
qisqaruvchan miokardga, chunonchi ichki subendokardial qismdan tashqi
subepikardial qismlarga tarqaladi. Me’yorda ritm yetakchisi sifatida SA-tugun
xizmat qiladi, bu tugunda tinch holatda impulslar hosil bo‘lish tezligi 1 daqiqa
60-80 impulsni tashkil qiladi. Qo‘zg‘aIuvchanlik bu tugundan ikkita bo'lmacha
ishchi miokardiga tarqaladi. Qo‘zg‘aluvchanlikning o‘tkazuvchi tizimda
tarqalishida u qisqa vaqt ichida AV-tugunida ushlanib qoladi. Gis tutami
ixtisoslashgan tizimi boshqa bo'ltmlari ulaming oyoqchalari va oxirgi tarmoqlari
- Purkinye tolalari impulslarini deyarli tez o ‘tkazadi (2 m/s tezligi atrofida).
Shuning uchun ham qorinchalaming har xil qismlari qo‘zg‘aluvchanlik bilan
yetarli darajada sinxron qamrab olinadi. Purkinye tolalari subendokardial
oxirlarida ishchi miokardga impulslaming tarqalish tezligi 1 m/s atrofida bo‘ladi.
SA-tuguni yuqori spontan chastotali (tezlikli) faollikka ega bo‘iganligi tufayli u
birinchi navbatli (yetakchi) peysmeker hisoblanadi.
Agar u yoki bu sabab tufayli qo‘zg‘aluvchanlik SA-tugunida hosil bo‘Imasa
(sinoatrial blokada) yoki bo'lmachaga o‘ta olmasa, yetakchi ritm rolini AV-tuguni
o‘ziga oladi. Ikkinchi navbatli peysmeker (AV ritmi tezligi I daqiqada 40-60 ga
teng). Agar qo‘zg‘a!uvchanlikning bo‘lmachadan qorinchalarga o‘tkazilishi to‘Iiq
buzilsa, toMiq (ko‘ndalang) blokada, unda qorinchalar uchinchi navbatli
peysmeker (Gis tutami pastki qismi, uning shoxlari va Purkinye tolalari) ritmida
qisqaradi. Bu tuzilmalar eng past avtomatizm xususiyatiga ega (bir daqiqada 25-
45 impuls).
SA-tugunning nisbatan tez impulsatsiyasi sharoitida AV-birikmalari
hujayralari, Gis tutami va Purkinye tolalari avtomatizmi pasaytiriladi. Keyingi
tuzilmalar potensial yoki yashirin, latent, SA-tuguni esa chin ritm yetakchisi
hisoblanadi. Uni, shuningdek nomotop (me’yor joylashgan) markaz, o‘tkazuvchi
tizimning boshqa qismlardagi qo‘zg‘aluvchan uchoqlami - geterotop, ektopik
(nonormal joylashgan) markazlar deyiladi.
SA-tuguni va boshqa yetakchi tugunlar ritmiga simpatik va parasimpatik
asab tizimi katta ta’sir ko‘rsatadi: simpatik tizimning faollashishi SA-tuguni va
o‘ tkazuvchan tizim hujayralari avtomatizmining oshishiga, parasimpatik tizimning
faollashishi esa avtomatizmning kamayishiga olib keladi.
3.
Yurak uning o‘ziga xos ishlash xususiyatini aniqlovchi qator funksiyalarga
ega. Ularga quyidagilar kiradi: 1) avtomatizm funksiyasi, u yurakning har qanday
tashqi qitiqlovchilar bo‘hnasligida ham elektr impulslar hosil qilish xususiyatidan
iborat; bu fimksiyani yurakning o‘tkazuvchan tizimi bajaradi; 2) qo‘zg‘aluvchanlik
- yurakning impulslar ta’sirida qo‘zg‘alish xususiyati: bu xususiyatga yurakning
hamma hujayralari ega; 3) o'tkazuvchanlik - bu yurakning qandaydir bir qismida
hosil bo‘lgan qo‘zg‘alishning boshqa qismidagi mushaklarga o‘tkazish xususiyati:
o‘tkazuvchanlik funksiyasiga yurak o’tkazuvchan tizimi ixtisosiashgan tolalari,
qisqaruvchan miokard ega, ammo keyingi holda elektrik impulslaming o‘tkazilish
tezligi ancha past; 4) qisqaruvchanlik - bu yurak mushaklarming qo‘zg‘alishga
nisbatan qisqarish xususiyati. Bu funksiyani asosan qisqaruvchan miokard bajaradi.
Yurak har xil qismlarining birin-ketin qisqarishi natijasida uning asosiy nasos
funksiyasi amalga oshiraladi.
Ko'rsatiJgan funksiyalardan tashqari oxirgi vaqtlarda yurakka sekretor
funksiya ham yuklanmoqda. Masalan, bo‘lmacha kardiomiotsitlari donachalarida
saqlanuvchi BNO (bo‘lmacha natriyuretik omili) deb nomlangan omil topilgan,
u diurez, natriyurezni stimullaydi, renin sekretsiyasini esa pasaytiradi (Postnov
A. YU., 1987).
4. Yurakning qo‘zg ‘alish sikli m a’lum fazalariga xuddi boshqa
qo‘zg‘aluvchan to‘qimalaridadek qo‘zg‘almaslik davri (mutlaq refrakterlik) va
qo‘zg‘aluvchanlikning pasayishi (nisbiy refrakterlik) to‘g‘ri keladi. Mutlaq
refrakterlik 0,27 soniya nisbiy - 0,03 soniya davom etadi. Mutlaq refrakterlik
davrida hujayralar butunlay qo‘zg‘almaydi; keyin nisbiy refrakterlik davri
boshlanadi, bu davrda qo‘zg‘aluvchanlik asta-sekin tiklanadi va yurak mushagi
faqat juda kuchli qitiqlovchilarga qisqarish bilan javob berishi mumkin.
Uzoq refrakter davr miokardni juda tez takroriy qo‘zg‘alishdan saqlaydi.
Bunday qo‘zg‘aIish yurakning qon haydovchi funksiyasinmg buzilishiga oiib
kelgan bo‘lar edi. Shu bilan birga refrakterlik faza qo‘zg‘alishning miokard
bo'yicha aylanma harakatiga to‘sqinlik ham qiladi. Aks holda qisqarish va
bo‘shashishning ritmik almashinishi buziigan bo‘lar edi. Me’yorda miokard
hujayrasi refrakter davri qo‘zg‘alishning boUmacha va qorinchalarga tarqalish
vaqtidan yuqori. Shuning uchun SA-tuguni va geterotop o'choqdan chiqqan
qo‘zg ‘alish to iq in i miokardni butunlay
egallagandan
so‘ng so‘nadi; bu
tolqinning qaytib kirishi mumkin emas, chunki yurak refrakter holatda bo‘ladi.
5. Yurak qo‘zg‘alishi va repolyarizatsiyasida elektr maydoni yuzaga keladi,
uni tana yuzasidan registratsiya qilish mumkin. Bu vaqtda tana har xil nuqtalari
orasida potensiallar farqi sodir bo‘ladi va u elektr maydoni tebranish darajasi
hamda yo‘nalishiga mos holda o'zgaradi. Vaqtga nisbatan potensiallar
o'zgarishining bu farqi egri chizigM elektrokardiogramma (EKG) deyiladi.
EKG registratsiya qilinishida 12 umumqabul qilingan ulanish qoilaniladi: 6
ta oyoq-qo‘llardan, 6 ta ko‘krakdan. Birinchi 3 standart ulanish 1913-yil
Eyntgoven tomonidan taklif qilingan. Elektronlar bunda quyidagi tartibda
joylashtiriladi:
I ulanish: chap qo‘l (+) va o*ng qo‘l (-);
II ulanish: chap oyoq (+) va o‘ng qo‘l (-);
III ulanish : chap oyoq (+) va chap qo‘I (-).
Bu ulanishlar o‘qi ko‘krak qafasi frontal tekisligida eyntgoven uchburchagini
tashkil qiladi.
EKG egri chizig‘ida bo'lmacha va qorinchalar kompleksini ajratish mumkin.
Bo'lmacha kompleksi qo‘zg‘alishning ikkita bo'lmacha bo‘yicha ham tarqalishini
ifodalovchi R tishchasidan boshlanadi. Keyin uning orqasidan RQ segmenti
keladi, uning davom qilish vaqtida bo‘lmachalarning hamma boMimlari
qo‘zg‘alish bilan qamrab olinadi. Bo‘lmacha repolyarizatsiyasi qorinchalar
kompleksi boshlanishiga to ‘g ‘ri keladi - egri chiziqda Q tishchadan T
tishchagacha bo‘lgan qism. QRS-kompleksi qo‘zg‘alishning qorinchalar bo‘yicha
tarqalishini, T-tishchasi esa ulaming repolyarizatsiyasini aks ettiradi. ST segmenti
bo'lmacha kompleksi PQ segmenti singari qorinchalar hamma bo‘Umlarining
qo‘zg‘alish holatiga to‘g‘ri keladi. Ayrim holatlarda T-tishchadan keyin U -
tishcha aniqlanishi mumkin; ehtimol bu o‘tkazuvchi tizim oxirgi tarmoqlari
repolyarizatsiyasidan dalolat berishi mumkin.
EKG tishchalari va tishchalar orasidagi intervallar vaqti:
R - 0 , 0 6 - 0 ,1 "
R Q -0 ,1 2 -0 ,1 8 "
QRS-0 ,0 6 - 0,09"
ST- 0 ,3 2 "
T Q -0 ,4 2 "
R R - 0 ,8 - 1 "
Do'stlaringiz bilan baham: |