O. A. H u s in o V patologik fiziologiyadan amaliyot darslari uchun



Download 11,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/219
Sana28.05.2022
Hajmi11,17 Mb.
#612706
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   219
Bog'liq
Patol.-fiziol.-amal.-darsl.-uchun-qoll.-Husinov-O.A.-2008-y.

2 4 -m a sh g ‘ulot
1. 
Qon bosimi (QB) qon tomiri ichidagi bosim (arteriya ichidagi - arterial
kapillar ichidagi - kapillar, vena ichidagi venoz), qon tizimi bo‘yicha qonning 
harakatini ta’minlaydi va shu orqali organizm to‘qimalarida modda almashinuv 
jarayonini amalga oshiradi. Arterial bosim (AB) katta-kichikligi asosan yurak 
qisqarish kuchi, yurak har bir qisqarganda otiladigan qon miqdori, tomir devorlari 
tomonidan (ayniqsa, periferik tomirlar) qon harakatiga ko‘rsatiladigan qarshilik 
bilan aniqlanadi. Shuningdek AB ga sirkulatsiyadagi qon miqdori, uning 
yopishqoqligi, ko‘krak va qorin bo‘shlig‘ida nafas harakati o‘zgarishi bilan bog‘liq 
bosimning o‘zgarishi ta’sir qilishi mumkin.
Ko‘pincha arterial bosim aniqlanadi, chunki kapillar yoki venoz bosimni 
aniqlash texnik nuqtai nazardan murakkab hisoblanadi. AB ni oMchash uchun 
italiyalik shifokor Riva - Rochchi 1896-yilda ishlatishga qulay apparat taklif 
qildi. Uning bu usuli rus terapevti N. A. Korotkov tomonidan 1905-yilda 
takomillashtirilgan.
AB chap qorincha sistolasi vaqtida maksimal darajaga yetadi. Bunda yurakdan 
60-70 ml qon chiqariladi. Bu miqdordagi qon darhol mayda qon tomirlari 
(ayniqsa, kapillarlar) orqali o‘ta olmaydi, shuning uchun ham elastikli aorta 
cho‘ziladi va unda bosim (sistolik bosim deb nomlanuvchi bosim) oshadi.
Qorinchalar qisqarishi orasidagi pauza davrida (diastola) cho'zilgan holatda 
bo'lgan qon tomirlari devorlari (aorta va yirik arteriyalar) qisqara boshlaydi va 
qonni kapillarlarga haydaydi. Qon bosimi asta- sekinlik bilan pasayadi va diastola 
oxiriga borib minimal darajaga yetadi. Sistolik va diastolik bosim orasidagi farq,


to‘g‘rirog‘i ulaming kattaligidagi siljishlar puls to‘lqinlari sifatida qabul qilinadi 
va puls bosimi deyiladi.
2. 
AB 100/70 - 139/89 mm sim. ust. atrofida o ‘rtacha hisoblanadi. Ammo 
uning kattaligi hatto sogiom odamlarda mutlaq stabil bo‘lmaydi va odam 
individual xususiyatlari, jins, yashash tarzi, ish turi, kasbi, ijtimoiy-moddiy 
sharoitiar, jug‘rofiy hududlarga bog‘liqdir. AB yoshga qarab o‘zgaradi.
Yosh
AB ( mm sim. ust)
(yillarda)
sistolik
diastolik
1 6 -2 0
1 0 0 -1 2 0
7 0 -8 0
2 0 -4 0
12 0 -1 3 0
7 0 -8 0
4 0 - 6 0
140 gacha
90 gacha
60 dan katta
150
90
Ammo og‘ir jismoniy ish bilan muntazam ravishda shug‘ullanuvchi 
odamlarda, shuningdek sportchilarda sistolik bosim kamayishi mumkin va 100- 
90, diastolik 60 va hatto 50 mm sim. ust. tashkil qilishi mumkin. Bolalarda sistolik 
bosim taxminan 80+2a formulasi bilan hisoblanishi mumkin; a - bola yoshi.
В kun davomida hayajonlanganda, kuchli aqliy va jismoniy ishda, iqlim 
o‘zgarishi ta’sirida va hatto tinch holatda ham o‘zgarishi mumkin. Juda kichik 
AB kechasi registratsiya qilinadi, u erta bilan ko‘tariladi, soat 8 da birmuncha 
kamayadi, kechga borib (soat 17 dan keyin) yana ko‘tariladi. Sog‘lom odamda 
AB bunday siljishlar! 3 - 5 - 10 - mm sim. ust. tashkil qiladi.
JSST ekspertlarining tavsiyasiga binoan AB ko‘rsatkichlari 160 mm sim. ust. 
(maksimal) va 95 mm sim. ust. dan (minimal) ortiqroq bo‘lsa, u ko‘tarilgan deb 
hisoblash mumkin. AB 140/90 - 159/94 atrofida davriy ko‘tariladigan shaxslar 
xavf (yoki chegara gipertoniyasi) guruhga kiritiladi,
3. Hozirgi zamon tushunchasiga asosan tomirlar tonusi ikkita asosiy: bazal 
va vazomotor komponentlardan iborat.
Tomir tonusi bazal komponenti tomir tuzulish xususiyatlari (kollagen 
tolalardan tashkil topgan qattiq tomir sumkasi xaltachasi) va qonning 
kengaytirishiga javoban yuzaga keladigan tomir devori qisqaradigan qismining 
miogen omili bilan aniqlanadi. U mushak to‘qimasi ionlar almashinuvi, jumladan, 
kationlar almashinuvi o‘zgarishlari bilan bog‘liq.
Tomir tonusining vazomotor komponenti tomir toraytiruvchi simpatik 
innervatsiyaga bog‘liq va katexolam inlarning adrenergik effekti bilan 
aniqlanuvchi tomir devori qisqaruvchi qismini o‘z ichiga oladi.
4. Simpatik asab tolalari teri va qorin bo*shlig‘i a’zolari tomirlarini toraytiradi. 
Chunki ko‘pchilik arteriolalar halqasimon mushaklaming tonik qisqarishini 
kuchaytiruvchi impulslar o'tkazadi (ammo, asosan yurak va skelet mushaklari 
tomirlarini qisqartiradi). Bular vazokonstrik-torlardir. Tomir toraytiruvchi 
asablarning mediatori tomir mushaklarini hamma vaqt qisqartiruvchi noradrenalin 
hisoblanadi. Vazodilyatatorlar tomirlarni kengaytiradi. Ularga mediatori


atsetixolin hisoblanadigan parasimpatik asab tizimi va aralash asablar, akson- 
refleks kiradi.
5. Tomirlami harakatlantruvchi markaz - qon tomirlariga ta’sir ko‘rsatuvchi 
MAT ning orqa miyadan boshlab to po'stloq katta yarim sharlarigacha bo'lgan 
tuzilmalar yig‘mdisini o‘z ichiga oladi. Uzunchoq miya tomir barakatlantiruvchi 
asosiy bulbar markazi IY qorincha tubida joylashgan. Ammo u ham MAT yuqori 
qismlari, asosan miya po‘stlog‘i ta’siri ostida bo‘ladi. Miya po‘stlog‘i ko‘p 
qismlarining qitiqlanishi yurak-tomir tizimi (YUTT) tomonidan reaksiyalar 
rivojlanishi bilan kechadi. K o'proq darajada qon aylanishga ikki sohada 
mujassamlashgan po'stloq qismlari ta’sirko‘rsatadi: 1) neokorteksda - yarimsharlar 
tashqi yuzasida, asosan motor va premotor hududda; 2) paleokorteks - asosan 
yarimsharlar medial yuzasi sohasi va uning peshona, tepa qismlari.
Neokorteks soha qitiqlanganda ustivorlik bilan, odatda yurak ritmining 
tezlashishi bilan birga kechadigan pressor reaksiyalar hosil bo'ladi. Paleokorteks 
sohaning qitiqlanishi har xil reaksiyalarga olib keladi. Belbog* pushtasining 
oldingi bo‘limlari stimulyatsiyasi asosan depressor effektga olib keladi. Chakka 
po‘stloq orolchasi orbital sohasi yaqinida joylashgan nuqtalarga ta’sir qilish ham 
pressor, ham depressor reaksiyalar bilan kechishi mumkin.
Tomir harakatlantiruvchi markazda hosil bo‘luvchi impulslar, SAT orqali 
arteriolalar va venalar tonusini oshirishi, yurak qisqarishini kuchaytirishi va 
tezlashtirishi, AB ni juda yuqori darajada ushlab turishi mumkin. Tomir 
harakatlantiruvchi markazning faolligi gipotalamus po'stloq osti markazlari, 
retikular formatsiya va miya limbik tizimi tomonidan regulatsiya qilinadi. 
Retikular formatsiya hujayralari tashqi ta’sir va ichki a’zolardan ko‘p miqdorda 
qitiqlanishlarni qabul qiladi. Ulardan impulslar bosh miya po‘stlog‘i hamma 
boMimlariga uzatiladi, uning tonusini va bosh miya boshqa bo‘Iimlarining 
qo‘zg‘aluvchanligini saqlaydi.
6. YUTT faoliyatining asab regulatsiyasi, ABning ma’lum darajada ushlab 
turilishi endokrin tizim funksiyasi bilan bog‘Iiq. Miyaning bir qismi hisoblangan 
gipofiz boshqa ichki sekretsiya bezlar faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi, ular tomonidan 
gormonlar ajralishini stimullaydi yoki tormozlaydi. Undan tashqari gipofiz 
vazopressin ajratadi, u tomirlar spazmini chaqiradi va buyrakka ta’sir qilib, 
omanizmda suv saqlanishini kuchaytiradi.
Qalqonsimon bez yod ushlovchi gormon-tiroksin ajratadi; uning miqdori 
ko‘paysa, AB oshadi, pasayganda -kamayadi. Me'da osti bezi ishlab chiqaradigan 
insulin miqdori kamayganda va qandli diabet kelib chiqqanda tomirlarda, 
jumladan, yurak, miya, buyrakda tezroq va ilgariroq aterosklerotik o‘zgarishlar 
rivojlanadi va bu AB ko‘tarilishiga olib keladi. Bundan tashqari me’da osti bezida 
mayda tom irlarni kengaytiruvchi, a ’zolam i qon bilan ta ’m inlanishini 
yaxshilovchi, kininlar hosil bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatuvchi va AB ni biroz 
kamaytiruvchi fermentlar - kininogeninlar hosil bo‘ladi. Jinsiy bezlar gormonlari 
ham YUTT faoliyatini regulatsiya qilishda ishtirok qiladi. Ulaming faoliyati 
pasayganda, masalan, klimaks davrida, AB tezroq va yengil ravishda oshadi.


AB me’yorida saqlanishida buyrak usti bezi nihoyatda muhim ahamiyatga 
ega, uning mag'iz qatlamida AB ning ko‘tarilishini chaqiruvchi adrenalin va 
noradrenalin gormonlari ishlab chiqariladi. Adrenalin yurak 

Download 11,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish