3.
Buyrak usti bezi
(hayotiy muhim ichki sekretsiya juft a’zosi) buyrak ustida I
bel va XI ko‘krak umurtqa pog‘onasi orasi balandiigida joylashgan. Shakliga ko'ra
o*ng buyrak usti bezi piramida, undan ozgina kattaroq chap buyrak usti bezi esa
yarim oyni eslatadi. Ikkita buyrak usti bezi og‘iriigi 6 dan 12 g gacha. Buyrak usti
bezining uzunligi 40-60 mm, eni 20-35 mm, qalinligi 6-10 mm ga yetadi.
Morfofimksional jihatdan (Xamidov D. X. va b., 1966; Husinov A. A., 1972;
Potemkin V. V., 1986) buyrak usti bezi biriktiruvchi to‘qima qobig'i bilan o'ralgan,
undan bezning chuqur qatlamlariga uni hududlarga bo'luvchi tasmalar ketadi.
Buyrak usti bezi tashqi sariq rangli po‘stloq va ichki qizg‘ish - jigar rangli miya
moddalaridan iborat. Po‘stloq modda o‘z navbatida uchta:!) tashqi koptokcha; 2)
o'rtadagi o‘rinni egallovchi tutam; 3) miya moddasiga tegib turuvchi to‘rsimon
joylardan iborat. Koptokcha joy eng tor, tutam hududi esa eng keng hududlardir.
Koptokcha hudud ko‘p burchakli yoki noto‘g‘ri kubik (oltiyoqlik) shaklti
koptokcha hosil qiiuvchi hujayralardan iborat. Tutam hududini kubik ko‘pburchak
shakili bez hujayralari tashkil qiladi. Ammo bu hudud hujayralari ko‘pincha prizma
shakliga ega. Koptokcha hududdan to‘rsimon hududga ketuvchi bu hujayralar
tasmalari tutam shaklini egallaydi. To‘rsimon hudud maydaroq bez hujayralardan
iborat bo‘lib, noto‘g‘ri, noaniq to‘r shaklida joylashgan.
Buyrak usti bezining miya moddasi noaniq tuzilishga ega va taxminan mag'iz
moddaning 1/10 qismini tashkil qiladi va ko‘pburchakli prizmatik yoki yumoloq
shakili xromaffin (feoxrom), simpatik ganglioz hujayralardan iborat. Xromaffin
hujayralar tasma yoki guruhlar shaklida joylashgan. Xromaffin hujayralari xrom
kislota tuzlari bilan bo‘yalganda qo‘ng‘ir rangga kiradi, shuning uchun ham
feoxrom hujayralari deb ataladi.
Buyrak usti bezi mag‘iz moddasidan 50 ga yaqin steroid birikmalari olingan.
Ulaming kimyoviy tuzilishi asosida 17-uglerod atomidan iborat steroid halqa
(sikiopentanopergidro-fenantren yadrosi) yotadi. Shuning uchun ular
kortikosteroidlar deb nom olgan. S tadan ortiq faol kortikosteroidlar aniqlangan,
ammo ular ichida haqiqiy gormonlar kortizol (gidrokortizon), kortikosteron va
aldosteron va b. hisoblanadi, ular bezda hosil bo‘ladigan gormonlaming 80% ni
tashkil qiladi.
Koptokcha hududi gormonlari (DOK, aldosteron) o‘zining ta’sir qilish
xususiyati bo'yicha m ineralkortikoidlar deb nom olgan. Ular suv-tuz
almashinuvlari regulatorlari hisoblanadi. Aldosteron asosan buyrak kanalchalarida
natriy ionlari reabsorbsiyasiga yordam beradi; siydik bilan natriy ajralishini
kamaytiradi; kaliy ionlarining ajralishini kuchaytiradi. Natijada gormon to‘qima
gidrofilligi, plazma hajmi, arterial qon bosimni oshiradi. Aldosteron ta’sirida
organizmda natriy va kaliyning me’yoriy balansi saqlanadi. U proya!lig‘lanish
gormoni hisoblanadi - organizmda yallig‘lanish jarayonlarini kuchaytiradi.
Tutam hudud gormonlari (kortizol va kortikosteron) glukokortikoidlar
hisoblanadi. Kortizol karbonsuvlari, oqsil va yog‘lar almashinuvida ishtirok
qiladi. U glikoneogenezni kuchaytiradi, jigarda giikogen to‘planishiga olib keladi,
gavda mushaklariga glukoza tashilishida ishtirok qiladi, organizmning stress
omillar ( infeksiya, intoksikatsiya, jarohat olish va b.) ta’siriga moslashishida
(adaptatsiya) katta rol o ‘ynaydi. Kortizol kuchli yallig‘lanishga qarshi va
antiallergik ta’sir ham ko‘rsatadi. Uning bu ta’siri kapillarlar o‘tkazuvchanligining
kamayishi va antitanalar hosil bo‘lishi bilan bog‘liq. U shuningdek hujayra
lizosoma apparatini stabillashtirish xususiyatiga ega, arterial qon bosimi
regulatsiyasida ishtirok qiladi. Aldosteronning o‘tmishdoshi kortikosteron qisman
koptokcha hududda ham sintezlanadi. Unda glukokortikoid xususiyati bilan
birgalikda kuchli mineralkortikoid alomatlari ham bor.
To‘rsimon hudud gormonlari (testesteron, estradiol) jinsiy a ’zolaming
shakllanishida va ikkilamchi jinsiy belgilaming rivojlanishida ishtirok qiladi.
Shu bilan bir qatorda bu gormonlar anabolik ta’sir ham ko‘rsatadi, shuningdek
libido regulatsiyasida ishtirok qiladi.
Kortikosteroidiar xolesterindan, ehtimol atsetosirka kislotasidan ham, maxsus
fermentlar va degidolgenazalar (21 - gidroksilaza, 11~P - gidroksilaza, 3 -(} -
degidrogeneza va b.) ta’sirida hosil bo‘ladi. Pregnenolondan 17 - oksipregnenolon
hosil bo‘lishi mumkin, u 17 - oksiprogeste-ron, so‘ng oxirgi mahsulot -
gidrokortizonga (kortizol) aylanadi. Taxminan pregnenolonni 54% progrestron
bosqichdan o‘tmasdan 17 - oksikortikosteroidlarga aylanadi va ular tarkibiga
kiradi (Yudaev N. A., Pankov Yu. A., 1965). Pregnenolonning kortikosteroidlarga
progesteron bosqichisiz aylanishi, ehtimol faqat gidrokortizon hosil bo‘lishi
uchun xosdir (Gorizontov P. D., Protasova T. N., 1968).
Glukokortikoidlar va anderogenlar ishlab chiqarilishi va sekretsiyasi AKTG
tomonidan regulatsiya qilinadi (gipofiz olib tashlanganda buyrak usti bezining
bu gormonlami ishlab chiqaruvchi tutam va to‘rsimon hududlari atrofiyaga
uchraydi). Aldosteron sekretsiyasi buyrak yukstaglomerular apparati ta’sirida,
giperkaliemiya, gipovolemiya, goponatriemiya va kam darajada AKTG ta’sirida
oshadi.
Gormonlaming ko‘p qismi qonga tushgandan keyin plazma oqsillari, birinchi
navbatda transkortin (plazma a, - giobulinlarga kiruvchi a ,- glikoproteid), juda
oz miqdorda zardob albuminlari bilan birikadi va biologik faollikka ega emas.
Gormonlaming kam miqdori (kortizolning 8 - 1 0 % atrofidagi miqdori) qonda
erkin (biologik faol) holatda sirkuiatsiya qiladi. Kortikosteroidiar metabolizmi
asosan jigarda kechadi. Unda kortizol, kortikosteron va aldosteronlaming ko‘p
qismi biologik nofaol hisoblanuvchi tetragidrobirikm alarga aylanadi.
Kortizolning 10% ga yaqini jigarda 11 - oksi - 17 - ketosteroidlarga,
kortikosteronning esa kam qismi pregnandiol va pregnantriolga aylanadi. Buyrak
usti bezi androgenlari (androstendiol, degidroepiandrosteron) jigarda 17 -
ketosteroidlarga (17-KS) aylanadi. Kortikosteroidiar metabolizmining hamma
keltirilgan mahsulotlari organizmdan siydik va kam miqdorda axlat orqali
glukuron yoki qisman sulfat kislota bilan birikkan holatda chiqariladi.
Buyrak usti bezi miya moddasi parenximatoz hujayralarida adrenalin va
noradrenalin hosil bo‘ladi. Ammo noradrenalin sintezlanadigan asosiy joy
simpatik paragangliyalar hisoblanadi, chunki bez miya moddasida noradrenalmni
adrenalinga aylantiradigan ferment yo‘q (Potemkin V. V., 1986). Adrenalin va
noradrenalin fenilalanin aminokislotasidan sintezlanadi. Qator birin-ketin
keluvchi jarayonlardan (gidroksidlanish, dekarboksillanish va metillanish) o‘tib
fenilalanin tirozinga, so‘ng dioksifenilalaninga, dofamin va keyin noradrenalinga
(andrenalin o‘tmishdoshi) aylanadi. Tirozinning dioksifenilalanin hosil boMishi
bilan gidroksillanishida tirozin gidroksilaza (KF1. 14. 16. 2) fermenti ishtirok
qiladi (Manuxin B. N. va b., 1979). Adrenalin va noradrenalin sekretsiyasi simpatik
asab tizimi va bosh miya po‘stlog‘ida joylashgan yuqori markazlar, retikular
formatsiya va gipotalamus tomonidan regulatsiya qilinadi. Bu gonnonlaming
asosiy qismi qonga tushgandan keyin albumin bilan birikadi, kam qismi qonda
erkin holatda bo‘ladi.
Adrenalin yurak qisqarishini kuchaytiradi, pulsni tezlashtiradi, qon bosimini,
asosan sistolik bosim hisobiga oshiradi, puls bosimining oshishiga oUb keladi. U
shuningdek bronxlar, ichak silliq mushaklarini bo‘shashtiradi, yurak mushaklari
tomirlarini kengaytiradi va teri tomirlari, shilliq qavatlar va qorin bo‘shlig‘i
a’zolari tomirlarini toraytiradi. Adrenalin bachadon va taloq mushaklarining
qisqarishiga ham olib keladi. U pigmentlar almashinuvida ishtirok qiladi,
qalqonsimon bezni TTG ta’siriga sezuvchanligini oshiradi, organizmning stressor
vaziyatlarga reaksiyasida katta rol o‘ynaydi. Adrenalin ta’sirida AKTG, demak
kortekosteroidlar ishlab chiqarilishi ko‘payadi. U jigarda glikogen parchalanishi
va lipolizni kuchaytiradi.
Noradrenalin, adrenalindan farqli ravishda, karbonsuvlar almashinuvi va silliq
muskulaturaga deyarli ta’sir ko‘rsatmaydi. U arterial bosimni asosan diastolik
bosim hisobiga oshiradi, bu ta’sir asosan uning mushak arteriolalarini qisqartirish
xususiyati bilan bog‘liq. Adrenalin, noradrenalin bilan bir qatorda dofamin
(noradrenalin o‘tmishdoshi) biologik faollik xususiyatiga ega. Adrenalin,
noradrenalin va dofamin «katexolaminlar» nomi bilan biriktiriladi, chunki ular
prokatexinlar (ortodioksibenzol) hosilalari hisoblanadi.
30-mashg‘ulot
Do'stlaringiz bilan baham: |