Mavzu: Plazmoliz va deplazmoliz



Download 14,39 Kb.
Sana08.04.2022
Hajmi14,39 Kb.
#538047
Bog'liq
1-amaliy


Mavzu: Plazmoliz va deplazmoliz.
Umumiy ma’lumot: O‘simlik hujayrasi o‘z shirasi konsentratsiyasidan yuqori bo‘lgan (gipertonik) eritmaga botirilganda sitoplazmasi membranasidan ajraladi. Bu hodisa plazmoliz deb ataladi. Plazmoliz holatidagi hujayralar suvga yoki gipotonik eritmaga botirilganda, hujayra sitoplazmasi qaytadan o‘z po‘stiga borib taqalishi deplazmoliz deb ataladi. Konsentratsiyasi bir-biriga mos kelgan eritmalar izotonik eritma deyiladi.
Kerakli o‘quv materiallari. Mikroskop, buyum oynasi, qoplag‘ich oyna, ustara, filtr qog‘oz, qizil piyoz, NaCl, KCl yoki saxarozaning 1n li eritmasi.
Darsning maqsadi: Hujayra ichki suyuqligini o‘z membranasi (po‘sti) dan ajralishi va qayta o‘z holatiga tiklanishini mikroskop ostida kuzatish.
Ishning bajarilishi. Antotsion rangli (qizil) piyoz po‘stidan ustara yordamida yupqa kesik olinadi. Yupqa kesik buyum oynasiga qo‘yilib, ustiga suv tomiziladi, uni qoplag‘ich oyna bilan yopiladi. Hujayralar bir tekis bo‘yalgan va tarang holda ko‘rinadi. Qoplag‘ich oynaning bir chekkasiga NaCl, KCl yoki saxarozaning 1 n eritmasidan bir tomchi tomiziladi. Qoplag‘ich oynaning ikkinchi tomonidan filtr qog‘oz bilan suv shimdirib olinadi. Shu vaqtda sitoplazma hujayra po‘stidan ajralib o‘rtaga to‘plana boshlaydi. Sitoplazma birdaniga hujayraning markaziga o‘tib ketmasdan, avval hujayra po‘stining burchaklaridan ko‘cha boshlaydi va to‘liq ajraladi.
Qizil piyoz (Allium cepa) o’simlik turining epiderma qavati parenxima hujayralarining tuzilishi. Bu yerda katta o’lchamli vakuola tarkibida pigmentlar joylashgan. Yadro va sitoplazma vakuolaga yaqin sohada joylashgan.
Sitoplazmaning ba’zi bir qismlari sitoplazmatik ipchalar yordamida hujayra po‘stiga bog‘langan bo‘ladi. Bu yerda katta o‘lchamli vakuola tarkibida pigmentlar joylashgan. Yadro va sitoplazma vakuolaga yaqin sohada joylasjgan.
Bu ipchalar Gext ipchalari deb ataladi. Oradan bir oz vaqt o‘tgach, qoplagich oynaning bir chekkasiga bir tomchi suv tomizib, ikkinchi tomonidan dastlab tomizilgan kimyoviy eritma filtr qog‘oz bilan shimdirib olinadi. Suvning qayta shimilishi natijasida sitoplazma dastlabki holatiga qaytadi, ya’ni deplazmoliz hodisasi ro‘y beradi.
Nazorat uchun savollar.
1. Plazmoliz hodisasi deb nimaga aytiladi?
2. Deplazmoliz hodisasi qanday sodir bo‘ladi?
3. Sitoplazmaning hujayra po‘stida ajralish holatlarini ayting?
4. Gext ipchalari deb nimaga aytiladi?
5. Qavariq plazmoliz nima?
6. Izotonok eritma deb qanday eritmaga aytiladi?
7. Hujayra shirasi o‘simliklarda qaysi organoidda to‘planadi?
8. Botiq plazmoliz nima?
Download 14,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish