Mavzu : 6 Davlat va huquq tizimida din omili mavzusida xozirgi zamon g‘arb va sharq mamlakatlaridagi din omili



Download 30,68 Kb.
Sana24.01.2023
Hajmi30,68 Kb.
#901779
Bog'liq
Falsafa 6


Abdusalomov Saidjon :
Mavzu : 6 Davlat va huquq tizimida din omili mavzusida xozirgi zamon g‘arb va sharq mamlakatlaridagi din omili
Reja :
1 Davlat Va huquq Tizimida din omili
2 G'rab sharq mamlakatlaredagi Din omili
3 O'zbekistondagi Davlat va huquq Tizimlarida din omili

Davlat Va huquq Tizimida din omili



Davlat va huquq tizmida din omili
Davlat va huquq tizmida din omili 3-1tur21 Gofurjonov JasurbekDavlatning din bilan munosabatlarini tasdiqlovchi tamoyillar:— dindorlarning diniy tuyg‘ularini xurmat qilish; — diniy e’tiqodni fuqarolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb tan olish; — diniy qarashlarga amal qiluvchi fuqarolarning ham, ularga amal qilmaydigan fuqarolarning ham xuquqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta’qib qilishga yo‘l qo‘ymaslik; — ma’naviy tiklanish, umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni qaror toptirish ishida turli diniy uyushmalarning imkoniyatlaridan foydalanish uchun ular bilan muloqot qilish yo‘llarini izlash zaruriyati; — dindan buzg‘unchilik maqsadlarida foydalanishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini e’tirof etish.Huquq nima ?Huquq — davlat tomonidan belgilangan yoki tasdiqlangan umumiy majburiy ijtimoiy normalar tizimi. U huquqiy munosabatlar va fuqaroning davlat tomonidan mustahkamlanadigan, kafolatlanadigan va muhofaza etiladigan asosiy huquqlarini oʻz ichiga oladi.Dinning ayrim funksiyalari jamiyatni rivojlantirish yo’lida. din insonlar hayotida ma’naviy-ruhiy kuch, odamlarning irodasini, iymonini baquvvat qiladigan omil sifatida jamiyatda xizmat qiladi.Hozirgi zamon dinshunoslik fanida dinning kompensatorlik funksiyasini bayon qilishda mutaxassislar har xil yondashib, uni «dushespasitelnaya»1 (ya’ni shaxsga nisbatan «jonni qutqazish» , «najot berish», «ruhni baquvvat qilmoq») ma’nolarida ishlatgan. Dinning bu funksiyasini nemis sosiologi M.Veber «smыslopologayuщaya» (ya’ni «mazmunga ega») deb, uni asosiy va hamma dinlar uchun umumiy sifatida e’tirof etadi. Bu funksiyasi odamni «biroz to’xtab, orqaga nazar tashlash», «hayot mazmuni», «ruhni, jonni qutqazish» haqida uylashga vodor qiladi. Dinning ayrim funksiyalari jamiyatni rivojlantirish yo’lida. Irodasi kuchsiz odamlarga taskin beradi, ularning hayot qiyinchiliklarini yengishga psixoterapevtik vosita bo’lib xizmat qiladi2. Dinni tadqiq etuvchilar uni ma’naviy omil sifatida inson hayotiga mazmun baxsh etadi deb, ta’kid qilganlar masalan, Z.Freyd ta’limotining davomchisi va keyinchalik uni tanqid qiluvchisi Shveysariyalik psixolog K.Yung ham shu mavqyeidan turib, dinning funksiyasini tushuntiradi. Uning fikricha din inson hayotini mazmunli qiladi, uning ko’nglini ochadi, yorug’lik beradi, hayotdan bahramand bo’lishga undaydi, insonni narsalar dunyosi ta’siridan, iste’molchilik hirsidan qutqazadi va bugun ham individlarni kundalik hayotlarida ularni doimo himoya qiladi3. Mualliflar dinning madaniyatga nisbatan funksiyasini – «ma’naviy» deb bayon etganlarDinning siyosatdagi o’rni Hammaga ma’lumki, siyosatni oddiy xalq yuritadigan bir zamonda, siyosat dinni ma’lum cheklovlar qo’yib borilishi qaysidir ma’noda ko’paydi. Dinning va siyosatning aslida bir maqsad yo’lida birlashganligi unutilib borilgandek go’yo. Maqsad bitta, jamiyat taraqqiyoti, fuqarolarning tinchligi totuvligi va tom ma’noda ularni rivojlantirish edi.Dinning integratsion funksiyasi.Dinning yana bir muhim funksiyasi – bu, uning birlashtiruvchiligida (integrasion) funksiyasida namoyon bo’ladi. Har bir din o’ziga e’tiqod qiluvchilarni o’z ta’limotiga amal qilishga undaydi. Ularni o’z ta’limoti doirasida saqlashga harakat qiladi. Har qaysi din hamisha muayyan ijtimoiy, etnik va ma’naviy hayotni o’z ta’sirida tutishga harakat qiladi. Bu ta’sirning muntazamligini ta’minlash maqsadida xalqlarning ijtimoiy hayotiga, axloqiy munosabatlariga, shuningdek, hatto adabiyoti va san’atiga ham ta’sir o’tkazadi.Dinning integratsion funksiyasiIntegratsion-dezintegratsion funksiyasi individ, guruh va institutlarni bir tomondan birlashtiradi, boshqa tomondan ularni ajratadi. Integratsiya shaxslar, ayrim ijtimoiy guruhlar, tashkilotlar, bir butun jamiyatdagi barqarorlik va chidamlilikni saqlasa, dezintegratsiya uni zaiflashishiga olib keladi. Integratsion DIN FENOMENOLOGIYASIDinga fenomenologik yondashuv birordiniy an’anani o‘rganish uchun tadqiqotchio‘sha jarayonda shaxsan o‘zi ishtirok etishini talab etadi. Shu yo‘l bilan dinni o‘rganayotgan kishi o‘sha jarayonda muayyan dingaxos bo‘lgan diniy fenomenlarning namoyonbo‘lishini shaxsiy tajribasida sinovdan o‘tkazadi. Muayyan dinni fenomenologik yo‘l biImmanuil о rgamshda tadqiqotchi dm haqida xolismavqeni egallaydi va mavjud qadriyat bo‘lib qolgan qarashlardanuzoqlashadi. Tadqiqotchilar dinni bunday o‘rganishni dinshunoslikdagi muhim soha deb qaraydilar. Din fenomenologiyasida harbir dinda mavjud bo‘lgan «diniy tajriba»ni tan olish asosiy yo‘nalishni belgilaydi.Fenomenaning namoyon bo’lishiDiniy tushunchalardan eng muhimi bu «imon» va «ishonch» fenomenidir.Aytish mumkinki, din o‘z tabiatiga ega. Shu jihatdan, fenomenologiya namoyondalari odatda, ta’kidlaydilarki, din o‘ziga xos noyob tushuncha bo‘lib, unga antropologiya, sotsiologiya, psixologiya va tarix fanlarining faqat birininggina fokusidan boqish, kishiga hech narsa keltirmaydi.bu sohalar dinga ikkinchi darajali tushuncha sifatida yoki cheklangan e’tibor qaratadilar: psixologiya faqat dinni ruhiy jihatini tushuntiradi; antropologiya muayyan ritual ustida «dala-tadqiqoti»ni olib boradi; sotsiologiya faqat din sotsiologiyasi doirasida din bilan shug‘ullanadi;Xulosa (davlat va din birlashgan nuqta)Davlat va dinning jamiyat, aniqroq aytganda, fuqarolarning ustida bunday tizimlarning tuzilishidan yagona maqsad – ularni rivojlanish ekanligi ma’lum bo’ladi, xoh bu ishni ularni qo’riqlab qilishsin, xoh ularni rag’batlantirib yoki cheklab.
2 G'rab sharq mamlakatlaredagi Din omili
Ma’lumki, tarixshunoslik ilmida o'rta asrlar tarixi uzoq davmi
milodning V-XVII asrlarini o'z ichiga olib, uni dunyo xaJqlarining deyarli
hammasi o'z boshidan kechirgan. Qadimgi dunyo davlati va huquqi
tarixida ko'rib chiqilganidek, qadimgi dunyo quldorlik jamiyati Sharq
dunyosida vujudga kelib, Misr, Bobil, Hindiston, Xitoy mamlakatlarida
o'zining yuksak taraqqiyotiga erishgan. Uning so'nggi davrida yuksak
rivojlanish markazi asta-sekin G'arb dunyosiga ko'chdi.
Feodalizm jamiyati esa xuddi shu insoniyat madaniyati tarixida
muhim o'rin tutgan Yevropa mamlakatlarida ayniqsa tez rivojlanib, katta
muvaffaqiyatlarga erishdi. Biz quldorlik jamiyati g'oyalarining yuksalishini, unda paydo bo'lgan qarama-qarshiliklami, uning tanazzulinimilodning V asridan boshlab, asosan, Rim quldorlik imperiyasi m isolidao'rganamiz. 0 ‘rta asrlar tarixidagi eng muhim voqealar qatorida xristian
va islom dinlarining paydo bo'lishi va keng tarqalishini alohida ta’kidlash
lozim.G'arb mamlakatlari feodal jamiyati, davlatchiligi hamda huquqshunosligida xristian dinining hukmron dinga aylanishi qanchalik ahamiyatkasb etgan bo'lsa, islom dinining yaratilishi va tarqalishi ham Sharqdunyosidagi yuksak madaniyaining vujudga kelishida shunchalik hissaqo'shdi. O'rta asrlar Renesansi, Uyg'onish davrining jahon xalqlari madaniyatiga qo'shgan hissasi benihoya katta.O'rta asrlarda dunyoning turli qismlarida ko'pdan-ko'p va turliijtimoiy-iqtisodiy, davlat-huquqiy jarayonlar sodir bo'lgan. Bu davrdafeodalizmning butun dunyo m iqyosida o'm atilishi quldorlik va ayniqsa,ibtidoiy-jamoa tuzumiga nisbatan progressiv hodisa bo'ldi.Feodalizmning kelib chiqishi dunyoning turli mintaqalarida mazmuni, shakli va paydo bo'lish vaqti bo'yicha turlicha yuz bergan. Dastlabqadimgi sivilizatsiya markazlari va tegishlicha davlatlar: Xitoydagi Xanpodsholigida, Hindistondagi Guptalar davlatida, O'rta Osiyodagi Kushonpodsholigida, Erondagi Sosoniylar podsholigida va Mesopatamiyada astasekin yangi ishlab chiqarish usuli rivojlandi. Yevropada esa a w alo kechkiRim imperiyasida quid'-uk munosabatlari yemirildi va ilk feodalelementlar tug'ildi.B a’zi xalqlar feoc ’:zmga va feodal davlatga bevosita ibtidoiy-jamoatuzumidan quldorlikni chetlab o'tgan. Bu jarayon kelt, german, slavyan,turk, m o'g'ul va ko'pgina boshqa qabilalarda yuz bergan. Mazkur xalqlarmamlakatlarining tabiiy sharoitlari qadimgi sivilizatsiya mintaqalarinikiga
3 O'zbekistondagi Davlat va huquq Tizimlarida din omili O’zbekiston hududida qadimdan ko’plab millat va elat vakillari
bahamjihat istiqomat qilib kelgan. Ular o’rtasida asrlar davomida milliy
nizolar bo’lmagani xalqimizning azaliy bag’rikengligidan dalolatdir.
Millatlararo munosabatlarda uyg’unlik vujudga kelgan mamlakatlarda
ko’pmillatlilik jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga samarali ta’sir
etishi ayni haqiqatdir.Millatlararo totuvlik g’oyasi umumbashariy qadriyat bo’lib, turli xalqlar birgalikda istiqomat qiladigan mintaqa va davlatlar milliy
taraqqiyoti, shu joydagi tinchlik hamda barqarorlikning kafolati bo’lib
xizmat qiladi. Buni O’zbekistonning mustaqil taraqqiyot yo’li davomida
turli sohalarda erishayotgan yuksak marralari misolida yaqqol ko’rish
mumkin. Binobarin, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “xalqimiz tinchlik va
farovonlik, hamkorlik va hamjihatlik g’oyalarini maslak va maqsad etib
yashamoqda”.O’zbekiston Respublika Konstitutsiyasida, millati, tili, dini, ijtimoiy
holatidan qat’i nazar, barcha fuqarolarning erkin yashashi, puxta ta’lim
olishi, salomatligini mustahkamlashi, o’z iqtidori va qiziqishi bo’yicha
kasb-hunar egallashi, mehnat qilishiga doir huquqlari kafolatlangan.
Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlarning
qadriyatlarini asrab-avaylash va rivojlantirish, ularni yagona maqsad –
ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish yo’lida yanada
jipslashtirish yuzasidan keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Milliy qadriyatlar tolerantlikni rivojlantirishda muhim o’rin tutadi.
Tolerantlik — o’zligini anglagan millat vakillarining boshqa millat
vakillari tomonidan kamsitilishiga yo’l qo’ymaslik, ular bilan tinch,
farovon hayot kechirishidir. Tolerantlik tuyg’usi insonning xulq-atvori,
odob-axloqi, siyosiy–ma’naviy pokligi, o’z xalqi va milliy merosi, boyligi
hamda milliy qadriyatlarga bo’lgan munosabatini belgilab beradi. Bu
xususiyatlar esa, har bir insonda bag’rikenglik, baynalmilallik
tuyg’ularini uyg’otadi.Bugungi kunda jamiyatimizda diniy bag’rikenglik va millatlararo do’stlik tobora mustahkamlanib bormoqda. Turli dinlarga mansub
fuqarolarning o’z diniy arkonlari va amallarini emin-erkin ado etishi uchun barcha sharoit yaratilgan.Ta’kidlanganidek, din, shu jumladan, muqaddas islom dinining
odamlarni ezgulik va halollik, poklikka undash, tinchlik va osoyishtalikni
saqlashga da’vat etishdagi o’rni va ahamiyati beqiyosdir. Biroq bugungi
murakkab va tahlikali, tezkor globallashuv davrida dunyoning turli
mintaqalarida ro’y berayotgan mojarolarda ba’zan din yoki milliy
masala niqob qilib olinayotgani sir emas. Bu barchani yanada
hushyorlik va ogohlikka, tinchlik va osoyishtalikni saqlashga, uning
qadriga yetishga, jamiyatdagi barqaror muhitni asrab-avaylashga,
yoshlar tarbiyasi uchun mas’uliyatni his etishga da’vat etadi. Bu kabi
mudhish va vayronakor kuchga qarshi kurashda dunyo hamjamiyati
birdek harakat qilishi lozim. Shu ma’noda, yurtimizdagi millatlararo va
diniy konfessiyalararo totuvlikni, o’zaro hamjihatlikni ta’minlashga
qaratilgan siyosat jahon hamjamiyatiga ibrat bo’la olishi nufuzli xalqaro
tashkilotlar, xorijlik olimlar, yetuk mutaxassislar tomonidan e’tirof
etilmoqda. Hozirgi davrda jahondagi davlatlarning yarmidan ko’pi dinning
davlatdan ajratilganini yoki davlatning cherkovga nisbatan betarafligini
ifodalaydigan, Konstitutsiya yoki qonun darajasida belgilab qo’yilgan qoidalarga
ega. Yuridik tan olingani yoki olinmaganidan qat’i nazar, barcha davlatlar din va
e’tiqod erkinligiga hurmat bilan qarashlarini e’lon qilganliklarini ta’kidlash zarur.
Tarixan din davlat va uning huquqiy tizimi rivojlanishiga juda jiddiy ta’sir
o’tkazib kelgan. Bugungi kunda diniy – huquqiy ta’limotlarning davlat va huquq
rivojlanishiga, vijdon va e’tiqod erkinligi amalga oshirilishiga ta’siri quyidagi
xalqaro – huquqiy shakllarda namoyon bo’ladi:
- fikrlash, vijdon, din va e’tiqod erkinligining hamda din va e’tiqod asosida
toqatsizlik va kamsitilishlarga yo’l qo’ymaslikning konstitutsiyaviy va huquqiy
kafolatlari. Davlatlar tomonidan qabul qilingan konstitutsiyalar va qonunlarda
mustahkamlab qo’yilgan asosiy qoidalar inson huquqlarini ta’minlashda
favqulodda muhim ahamiyatga ega. Zero, aynan ular davlat organlari
aralashuvidan xoli bo’lgan shaxs va jamoa erkinligi, jumladan, fikrlash, vijdon, din
va e’tiqod erkinligi kabi asosiy tamoyillarga taalluqli sohani yaratadi;
- milliy konstitutsiyalar va qonunchilik doirasida fikrlash, vijdon, din va
e’tiqod erkinligining huquqiy kafolatlari;din va e’tiqod asosida toqatsizlik va kamsitishlarning oldini olishga qaratilgan va bunday harakatlar sodir etilganda tegishli javobgarlikni nazarda tutadigan jinoyat qonunchiligi;- shaxsning o’z xohishiga ko’ra dinga yoki e’tiqodga ega bo’lish erkinligini kamsituvchi, majburlashni taqiqlovchi konstitutsiyaviy va huquqiy qoidalar; bolaning din yoki e’tiqod bilan bog’liq sohada ta’lim olish huquqiga taalluqli konstitutsiyaviy va qonunchilik qoidalari;- dinga e’tiqod qilish yoki e’tiqodni erkin ifodalashga oid konstitutsiyaviy va huquqiy kafolatlar hamda bu erkinlikka nisbatan cheklovlar; din yoki e’tiqod bilan bog’liq marosimlarni bajarish yoki shu sabab bilan to’planish, shu maqsad uchun joylar tashkil etish, ularni saqlash tegishli xayriya va insonparvarlik tashkilotlarini tu
faoliyatini yo’lga qo’yish;
- diniy marosimlar yoki urf-odatlar yoxud e’tiqod bilan bog’liq axborot
materiallarini yaratish, chop etish va tarqatish;
- din yoki e’tiqod bilan bog’liq ta’limni bunday maqsad uchun mos bo’lgan
joylarda olib borish;
- alohida shaxslar va tashkilotlardan ko’ngilli moliyaviy yordam hamda
boshqa ehsonlarni so’rash va qabul qilish;
- u yoki bu din yoki e’tiqod ehtiyojlari va me’yorlariga mos ravishda tegishli
rahbarlarni tayyorlash, tayinlash, saylash yoki vorislik asosida tayinlash;
- din yoki e’tiqod qoidalariga muvofiq ravishda dam olish kunlariga rioya
etish, bayramlarni nishonlash, marosimlarni bajarish;
- milliy va xalqaro darajada din va e’tiqod sohasida alohida shaxslar va
jamoalar bilan aloqalar o’rnatish;
- din va e’tiqod subyektlariga taalluqli huquq va erkinliklar bilan bog’liq
konstitutsiyaviy va huquqiy qoidalar.
Din va dunyoviy davlat orasidagi munosabat haqida gap ketar ekan, eng
avvalo, dinning davlatdan ajratilishi tamoyili uning asosini tashkil etishini
ta’kidlash zarur. Bu haqda Konstitutsiyamizning 61-moddasida shunday deyiladi:
“Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida
tengdirlar. Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi”1
Mazkur moddada muhim qoidalar mustahkam qo’yilgan. Avvalo diniy
tashkilotlar qaysi konfessiyaga taalluqliligidan qat’i nazar, bir xil huquqiy
maydonda faoliyat olib boradi. Qolaversa, diniy birlashmalar faoliyatini tashkil
etish ularning ichki ishi hisoblanadi va davlat nazoratidan xolidir.
Shu bilan birga, diniy tashkilotlarning davlatdan ajratilgani dinning
jamiyatdan ajratilganini anglatmasligini ham ta’kidlash zarur. Bu fuqarolik
jamiyatida din o’z mavqeiga ega bo’lishini anglatadi. Bu ham
Konstitutsiyamizning amaldagi ijrosidan kelib chiqadigan mantiqiy xulosalardan
biridir. Aytish joizki, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, bunyodkor milliy
qadriyatlarimizni asrab-avaylash va xalqimizning haqiqiy ma’naviy surati va
siyratini belgilovchi fazilatlarni o’zida mujassamlashtirgan mehr-oqibat,
hamjihatlik, o’zaro yordam, keksalarga hurmat, sharqona odob-axloq, sharmu hayo
kabi eng oliy insoniy tuyg’ularning tub mohiyatini anglash va ko’z qorachig’idek
e’zozlashda aynan diniy tashkilotlar va din arboblarining roli va o’rni beqiyosligini
bugun hech kim inkor etmaydi. Aksincha, bunday bunyodkor faoliyat qizg’in
qo’llab-quvvatlanmoqda. Buning sababi esa, Konstitutsiyamizda ana shunday
faoliyat uchun mustahkam huquqiy zamin yaratib berilganidadir.
Davlatimizning vijdon erkinligiga munosabati – O’zbekiston Respublika
Konstitutsiyasining 31-moddasida mustahkamlab qo’yilgan “Hamma uchun vijdon
erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi
dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega”, degan qoidada o’zining aniq huquqiyqonuniy ifodasini to’gan. Demak, «vijdon erkinligi» degan tushunchaning
mazmun-mohiyati xohlagan dinga e’tiqod qilish huquqidan tashqari, hech qanday
dinga e’tiqod qilmaslik ixtiyorini ham qamrab oladi. Har bir fuqaro haqli bo’lgan
bunday huquqning buzilmasligi uchun mazkur modda “diniy qarashlarni majburan
singdirishga yo’l qo’yilmaydi” degan muhim qoida bilan to’ldirilgan. Buning
zamirida vijdon erkinligiga nisbatan har qanday tahdidni bartaraf etish istagi
yotadi.
O’zbekiston Respublika Konstitutsiyasida aniq belgilab qo’yilgan davlat va
jamiyat qurilishining bosh maqsadlardan biri – inson farovonligi ta’minlangan,
ijtimoiy adolat va qonuniylik ustuvorlik qiladigan, barcha fuqarolar bir xil huquq
va erkinliklarga ega bo’lgan, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi,
e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengligiga
asoslangan jamiyatni barpo etishdir. Bu, eng avvalo, yuksak ma’naviyat va
hurfikrlilikka asoslangan, vijdon erkinligi amalda barqaror bo’lgan jamiyatni barpo
etish demakdir. Bunday jamiyatni qurish esa, birinchi navbatda, keng ma’nodagi
vijdon erkinligi, jumladan, diniy e’tiqod erkinligini ta’minlashni taqozo etad

Maxsus adabiyotlar.


1. Хусанов О.Т. Ўзбекистон Республикасининг Конституциявий
ҳуқуқи // Дарслик – Т.: ТДЮУ нашриёти, 2012. – 564 б.
2. Ўзбекистон Республикасининг конституциявий ҳуқуқи: Юридик
олий ўқув юртлари дарслик / Ҳ.Т.Одилқориев, И.Т.Тультеев,
Ў.Х.Муҳамедова; проф. Ҳ.Т.Одилқориев умумий таҳрири остида. –
Т.:Ўзбекистон Республика-си ИИВ Академияси, 2005. -752 б.
Download 30,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish