178
butunlay bartaraf qilib boʻlmaydi. Bozor riskini quyidagi uchta
standart shakli mavjud:
1. Fond (yoki narx) riski – bu aksiyalar narxining tushishi riski.
2. Foiz riski – bu foiz stavkasi oʻzgarishi riski.
3. Valyuta riski – bu valyuta kurslari oʻzgarishi riski.
Bozor risklarini baholash uchun amaliyotda VaR usulidan keng
foydalaniladi.
2008 yildagi inqirozdan keyin bozor risklarini aniqlash va
baholash muammosi dolzarb boʻlib qoldi.
Ushbu davr talabiga
munosib iqtisodchi olimlar tomonidan qator statistik usullar va yangi
miqdoriy baholash usullari tadqiq qilindi. Iqtisodchi olimlar Dimitrios
Bisias, Mark Flood, Andrew W. Lo,Stavros Valavanis tomonidan
tadqiq qilingan “ASurvey of Systemic Risk Analytics”
nomli asarda
tizimli riskni turli tomondan miqdoriy baholashning 31ta
uslubiyotining sharhi berilgan.
44
Ulardan amaliyotga joriy qilish
imkoniyati nuqtai nazaridan eng samarador va eng keng tarqalgan
toʻrtta usulni quyida koʻrib chiqamiz.
1. Stress-test usuli.
Stress-testlar alohida moliyaviy institutni yoki
butun tizimni makroiqtisodiy yoki makromoliyaviy oʻzgarishlariga
nisbatan qanchalik zaifligini baholashga xizmat qiladi. Stress-testlar
boshqa usullardan farqli tarzda tizimli
riskni vujudga kelish
ehtimolligini emas, balki agar oʻzgarish (shok) roʻy bersa, oqibatlar
qanaqa boʻlishini aniqlaydi. Stress-test oʻtkazilishida odatda bir yoki
bir nechta (pozitiv, oʻrta, negativ) ssenariylardan foydalaniladi. Ular
dastlabki shok kattaligi,
prognozlash gorizonti, risk omillarini stress-
test obyektining barqarorligiga salbiy taʼsirining darajasi kabi
parametrlar boʻyicha farqlanadilar.
Stress-testning quyidagi yoʻnalishlari mavjud:
- pastdan tepaga usuli. Masalan banklar oʻzining yoʻqotishlar
darajasini har bir ssenariy boʻyicha mustaqil aniqladilar va
umumlashtirish uchun yuqori turuvchi megaregulyator (Markaziy
Bank)ga taqdim etadilar.
44
Nicolas Blancher, Srobona Mitra, Hanan Morsy, Akira Otani, Tiago Severo, and Laura
Valderrama.
Systemic Risk Monitoring (SysMo) Toolkit – A User Guide. IMF Working
paper, July 2013.
179
- tepadan pastga usuli. Masalan Markaziy Bank tomonidan yagona
metodologiya boʻyicha butun tizim (tijorat banklari)ni
testdan
oʻtkazilishi.
Pastdan tepaga usulda har bir bank oʻzining riski va yoʻqotishlari
tizim yoki kontragentlarga taʼsiri yoki oʻzaro taʼsirini emas, balki oʻz
faoliyatiga taʼsirini baholaydi.
11.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: