"Menga sen (siz) n in g
...
yoqadi"
1-variant.
Ishtirokchilar davraga turadilar. Boshlovchi ishtirokchilardan
biriga "Menga sening ...yoqadi" (biror yoqadigan sifatini aytadi) deb, koptok
otadi. Koptokni olgan ishtirokchi uni boshqa ishtirokchiga otadi va uning o ’ziga
yoqadigan xususiyati (sifati) ni aytadi. Koptok har bir ishtirokchiga tegishi
kerak.
2-variant.
Ishtirokchilami juftliklarga ajratib, mashqni bajarish mumkin
Gugurt donalari
Ishtirokchilar 4-5 kishidan iborat kichik guruhlarga bo’linadilar. guruh
katta aylana chizilgan va 20 ta sektorga bo’lingan vatman qog’oz atrofiga
o’tiradi. Har bir sektoming chetida 0 dan 24 gacha raqam yozilgan. Raqamlami
aralashtirib yozgan ma’qul. Bitta sektorga birorta kichik buyum (fishka, ruchka,
qalam) qo’yiladi. Har bir ishtirokchining qo’li orqasida, kaftida 6 tadan gugurt
donasini bor.
Bir-birlari bilan
gaplashmasdan,
xech
qanday ishora va belgi
ko’rsatmasdan, ishtirokchilar kaftlaridagi gugurt donalarinint m a’lum qismini
ikkinchi qo’llariga olib, mushtlarini oldinga cho’zadilar. Biror kishining
komandasi bilan kaftlarini ochadilar va barcha gugurt donalarini xisoblaydilar.
N atija ruchka (fishka) turgan sektorda yozilgan raqamga mos kelishi lozim.
M asalan, 19 raqami yozilgan sektor tushsa, 5 kishi uchun quyidagicha
kombinatsiyalar bo’lishi mumkin: 4, 3, 6, 2, 4. Agar 3 bo’lsa, variantlar: 0, 0, 0,
0, 3 yoki 0, 0, 1, 2, 0. Agar ishtirokchilaming gugurt donachalari raqamga mos
kelmasa, ular mushtlarini yana orqalariga qilib, zarur bo’lsa, donachalar sonini
o’zgartirib, qayta harakat qiladilar. Sektordagi raqam to’g’ri chiqqanidan keyin
ruchka (fishka) navbatdagi sektorga o ’tkaziladi va ishtirokchilaming harakatlari
takrorlanadi. Mashq davomida xech kim gaplashmaydi.
SHunisi ajablanarliki, birinchi sektorlardagi raqamlarni chiqarguncha 5-6
m arta harakat qilish kerak bo’lsa, davra b o ’yicha aylangan sayin, so’zsiz
kelishuv
shakllanadi
va
ishtirokchilar
ichki
xis-tuyg’u bilan
gugurt
donachalaridan umumiy raqamni xosil qiladilar.
O ’yin yakunida guruhlarga "kelishib olish" oson bo’ldimi, biror qoida
ishlab chiqildimi yoki ichki sezgiga asoslanildimi, guruh ishiga xalaqit bergan,
boshqalaming qoidalarini tushunmagan ishtirokchi bo’ldimi, ma’lum bosqichda
guruh a ’zolari yaxlit komandaga aylanganlarini xis qildilarmi - barcha masalalar
m uhokam a qilinadi. Xulosalarning
barchasini
bitta tashkilot misolida
umumlashtirish va o’yindagi harakatlarni xaqiqiy xayotdagi harakatlar bilan
solishtirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |