«noshirlik asoslari» fanidan o`quv-uslubiy majmua (1-kurslar uchun) Samarqand – 2021 annotatsiya



Download 1,37 Mb.
bet2/26
Sana25.01.2023
Hajmi1,37 Mb.
#902226
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
8ee1e88e2cee1b3d8e4e94dc9eb73d8e NOSHIRLIK ASOSLARI

Mavzu yuzasidan savollar:

  1. “Noshirlik asoslari” fani haqida ma’lumot bering

  2. “Noshirlik asoslari” faninng asosiy predmetini aniqlang

  3. Kitob so‘zining lug‘aviy ma’nosi?

  4. Qo‘lyozma kitoblar haqida ma’lumot bering

  5. Bosma kitoblar haqida ma’lumot bering.

  6. “Noshirlik asoslari” fanining asosiy maqsad va vazifalarini aniqlang.

Mavzu yuzasidan test
1.Noshirlikning asosiy ob’yektini aniqlang
a) kitob
b) kutubxona
s) nashriyot asbob-uskunalari
d) to‘g‘ri javob yo‘q
2. Kitoblar qanday turlarga ajraladi?
a) rasmiy, ilmiy, ilmiyommabop
b) o‘quv, adabiy-badiiy
s) ma’lumotnoma va boshqa xil kitoblar
d) barcha javoblar to‘g‘ri
3.Kitobning birinchi sahifasi qanday nomlanadi?
a) peshvarak, (avantitul)
b) muqobil (sarvaraq)
s) sarrasm (frontispis)
d) to‘g‘ri javob yo‘q
4. Kitob sahifasining hajmi nima bilan belgilanadi?
a) uning nashr bichimi bilan belgilanadi
b) o‘lchov birligi bilan belgilanadi
s) sahifa bilan belgilanadi
d) to‘g‘ri javob yo‘q
5. O‘quv kitoblar qanday turlarga ajraladi?
a) darslik
b) o‘quv qo‘llanmasi
s) o‘quv metodik qo‘llanma
d) barcha javoblar to‘g‘ri

2-MA’RUZA: BOSMA KITOB DAVRIGACHA BO`LGAN DAVR
REJA:

  1. Bosma kitob davrigacha bo‘lgan davr haqida ma’lumot

  2. Yozuvning paydo bo‘lishi

  3. Yozuv turlari

  4. Kitobning shakllanishi

  5. Adabiy estetik tafakkurning rivojlanishi

Kalit so‘zlar: Bosma kitob, rivojlanish, davr, yozuv, tur, xususiyat, nashr


Kitob o‘z-o‘zidan vujudga kelgani yo‘q. U adabiy estetik tafakkur mevasi sanaladi. Bu adabiy estetik tafakkurga yetishish uchun insoniyatga ma’lum bir davrlar lozim bo‘ldi. Chunki insoniyat tarixida kitob holatiga mahsulot rivojlanish pallasiga ega bo‘lgan xo‘sh, umuman, bosma kitob davrigacha kitob qanday holatda bo‘lgan savoli tabiiy holda yuzaga keladi. Qadimgi davrga e’tibor qaratilsa, pergament, papiruslardan oldin yozuvning o‘zi paydo bo‘lgan, u keyinchalik teriga yoki qog‘ozga ko‘chirilgan shu bois kitob nashrlarini o‘rganishdan avvalroq yozuv haqida ma’lumot olish lozimdir.


Yozuv deb tilning matnorqali ifodalanishiga aytiladi. Bunda matn yozuv tizimideb nomlanuvchi tayinli belgi va ramzlardan iborat bo‘ladi. Yozuv rasm yoki magnitli audioyozuv kabi matnmas ifodalovchi yoki til saqlovchi vositalardan farqlanadi.
Yozuv — muayyan bir tilda qabul etilgan va kishilar o‘rtasidagi muloqatga xizmat qiladigan yozma belgilar yoki tasvirlar tizimi. Yozuv— kishilik jamiyati madaniy taraqqiyotining tom ma’nodagi ibtidosi, bashariyatning uzoq va murakkab tadrijiy takomili jarayonidagi omillarning eng asosiylaridan biri. Yozuv tildan ancha keyin paydo bo‘lgan (tovush tili 400-500 ming yillar ilgari yuzaga kelgan, Yozuvning paydo bo‘lganiga esa 4-5 ming yillar bo‘lgan). Og‘zaki til (nutq)ning zamon (vaqt) va makon (masofa) nuqtai nazaridan cheklanganligi va uni bartaraf etish zaruriyati Yo.ning paydo bo‘lishiga olib kelgan. Ogzaki til talaffuz vaqtidagina va ayni paytda muayyan masofadagi (tovush to‘lqinlari yetib borishi mumkin bo‘lgan) kishi uchungina mavjuddir. Boshqa sharoitlarda tilga ehtiyoj paydo bo‘lishi bilan inson dahosi bu ehtiyojni qondira oluvchi vositalarni qidira boshlagan, natijada belgilar tizimidan iborat Yozuv dunyoga kelgan. Yozuvning paydo bo‘lishi va taraqqiyoti jamiyat rivoji, shuningdek, muayyan masofadagi kishilarning o‘zaro aloqa qilish ehtiyoji, siyosiy, huquqiy, diniy va estetik harakterdagi axborotlarni qayd etish, sakdash zaruriyati bilan bevosita bog‘liq. Xalqlarning davlat sifatida birlashuvi nutqiy aloqa doirasini kengaytiradi va murakkablashtiradi; ishlab chiqarish va savdo kengayadi; boshqa xalqlar va davlatlar bilan harbiy, siyosiy va boshqa shartnomalar tuziladi; qonunlar paydo bo‘ladi va mustahkamlanadi; diniy qarashlar va mafkuraning boshqa turli ko‘rinishlari shakllanadi; xalqlarning o‘z tarixini bilishga bo‘lgan ehtiyoj kuchayadi. Bularning barchasini faqat og‘zaki nutq vositasida amalga oshirish mumkin emas. Bu sharoitda yozuv zaruriyatga aylanadi. Yozuv og‘zaki tilga nisbatan ikkilamchi, qo‘shimcha aloqa vositasi bo‘lsada, unga qaraganda ko‘p afzalliklarga ega. Xususan, tilning asosiy vazifasi — kishilar o‘rtasidagi aloqani ta’minlashdir. Tilning kommunikativ vazifasi yozuvsiz amalga oshishi mumkin emas. Tilning estetik, gnoseologik (dunyoni bilish) kabi asosiy vazifalarini ham yozuvsiz tasavvur qilish qiyin. Ayniqsa, tilning insoniyat qo‘lga kiritgan tajribabilimlarni saqlash va avlodlarga yetkazishdan iborat vazifasi bevosita Yo. orqali bajariladi. Kishilik jamiyati yaratgan bilim va tajribalar, kashfiyotlar, so‘z san’ati durdonalari va b. qimmatli axborotlarning barchabarchasi avlodlardan avlodlarga Yo. orqali yetib boradi. Til jamiyat tarixi bilan qanchalik bog‘liq bo‘lsa, Yo. ham shunchalik bog‘liqdir. Dastlabki qarashlarda yozuvning kelib chiqishini ilohiyotga bog‘lash uchraydi. Bu aslida yozuvning tengsiz imkoniyatlarini tasavvurga sig‘dira olmaslik, yozuv magiyasi ("Yozuv sehrli qudratga ega" degan ishonch) oqibatida kelib chiqqan jo‘n tasavvurlar mahsulidir. Yozuv kishilik jamiyatining zaruriy ehtiyoji asosida paydo bo‘lib, rivojlanib borgan. Bugungi shaklini olgunga qadar uzok, va murakkab tadrijiy taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan. Inson aqli yozuvday mukammal aloqa vositasini kashf qilguncha uzoq izlangan. Eng qadimgi davrlarda dunyo xalqlarining deyarli barchasida keng tarqalgan "eslatuvchi" belgilar ana shu izlanishlarning ilk ko‘rinishlari edi. Masalan, muayyan miqdorni ifodalash uchun turli toshlar, chig‘anoqlardan foydalanilgan, tayoqlar, daraxtlarga har xil iplar bog‘lash, tugunlar tugib qo‘yish va b. vositalar bilan muayyan axborotni esda saqlash yoki muayyan masofaga yuborishga harakat qilingan. Yoki bir xabarni uzoq, masofaga yetkazish uchun tutun, gulxan, baraban ovozi va sh.k. qo‘llangan. Xabarni uzoq, vaqt saqlash uchun ramziy ma’no berilgan buyumlardan foydalanilgan: qo‘rg‘on — marhum ko‘milgan joy belgisi; slavyan qabilalarida nontuz — do‘stlik belgisi; trubka — tinchlik, sulh belgisi va b. "Buyumli yozuv" nomi bilan yuritiladigan bunday axborot vositalarining qoldiqlari hozirda ham ba’zan saqlangan. Masalan, biror fikrni esdan chiqarib qo‘ymaslik uchun ro‘molchaning uchini tugib qo‘yish odatini yodga olish mumkin. Rasmli yozuv (piktografiya) yaratish yo‘lidagi birinchi qadam bo‘lgan. Rasm bilan yozuvo‘rtasida uzviy bog‘liqlik mavjud, avvalo, har ikkalasi ham ko‘rish orqali idrok qilinadi. Piktografik yozuvni ibtidoiy tasviriy san’at ichida yuzaga kelgan deyish mumkin. Arxeolog olimlarning bundan juda ko‘p ming yilliklar ilgari insonlar tomonidan chizilgan turli rasmlarning mavjudligi haqidagi ma’lumotlari ma’lum. Toshlarga, suyaklarga, g‘or devorlariga o‘yib ishlangan xilma-xil hayvonlarning rasmlari, umumiy mazmunga birlashuvchi tasviriy lavhalar — bularning bari piktografik yozuv ning asoslaridir. Ana shu ibtidoiy tasviriy san’at ikki yo‘nalishda — umuman rasmlar va muayyan axborot vositasi, ya’ni yozuv sifatida shakllana borgan. Buni dunyo tillarining juda ko‘pchiligidagi "yozmoq" ma’nosidagi so‘zlarning etimologiyasiga e’tibor qilganda ham bilish mumkin. Bunday so‘zlarning etimologiyasida asosiy mazmun rasm chizish jarayoni bilan boglits holda namoyon bo‘ladi. Masalan, qadimgi turkiy tillarda "yozmoq" tushunchasi "bit(i)moq" fe’li ("bitik" — yozuv, kitob) bilan ifodalangan. Bu fe’lning o‘zagi xitoycha "bi" (mo‘yqalam) so‘zi bilan aloqador bo‘lib, dastlabki ma’nosi "o‘ymoq, o‘yib bezamoq", undan keyin "yozmoq" demakdir. Slavyan tillardagi "pisat" (rus. "pisat" — "yozmoq") fe’lining ma’nosi ham dastlab mo‘yqalamda rasm chizish bilan bog‘liq bo‘lgan (rus. "jivopis" — rangtasvir so‘zi bilan qiyoslang). Bu fe’lning o‘zagi lot. "pingere" (rasm solmoq) so‘zi bilan aloqadordir, "pisat" fe’lining dastlabki ma’nosi, ko‘rinadiki, "rasm solmoq", "bezamoq"dan iborat bo‘lgan. Gotcha "melian" (yozmoq) fe’lining dastlabki ma’nosi ham mo‘yqalamda "rasm solmoq" bo‘lib, bu fe’l hoz. nemis tilida "malen" shaklida va "rasm solmoq" ma’nosida qo‘llanadi. Yunon tilidan ko‘pgina tillarga o‘tgan "grafika" so‘zi ham etimologik jihatdan o‘yish, tirnash tushunchalarini ifodalaydi. Bu misollar yozuvning rasm bilan benihoya bog‘liq ekanligini yaqqol ko‘rsatadi, Yozuv jarayoni mexanikasini ham ochib beradi. Rasmlar yordamida muayyan fikraxborotni ifodalash, yuborish mumkin ekanligini odamlar juda qadimgi davrlarda anglab yetganlar. Shuning uchun qam rasmli yozuv (piktografiya) dunyodagi mavjud barcha yozuv larning kelib chiqishi uchun asos bo‘lgan deyish mumkin. Piktografiyaning og‘zaki til bilan bog‘liq bo‘lmaganligi uning turli til vakillari tomonidan ham tushunilaverishini ta’min etgan, ammo unda ifodalangan mazmunning turlicha, ixtiyoriy talqin etilishiga yo‘l qo‘ygan, abstrakt tushunchalarni bunday yozuv orqali ifodalash deyarli mumkin bo‘lmagan. Davlat tuzumi rivojlanib, turli yozishmalarga va bu yozishmalarning ayni bir xil talqin qilinishiga bo‘lgan ehtiyoj kuchayib borgan sari piktografik yozuvning ojiz tomonlari ko‘proq ko‘zga tashlana boshlagan. Bu hol piktografik yozuvning taraqqiyotiga, ideografik va iyeroglifik yozuv ning shakllanishiga olib kelgan. Rasmlarning soddalashuvi, ularning o‘zlari ifoda etgan buyumlarning nomiga, ramziga aylanishi va astasekin bu ramzlarning og‘zaki til bilan doimiy bog‘lanishi yozuv ning takomillashib borishini belgilab beradi. Yozuv belgilari ideografik, iyeroglifik belgilar sifatida muayyan so‘zlarning ifodachilariga aylanadi, bu yozuv "so‘z yozuvi" yoki "logografik yozuv" nomi bilan umumlashtiriladi. Eng qadimgi logografik yozuv tizimlari (misr iyeroglifikasi, shumer mixxatlari, xitoy iyeroglifikasi va b.) mil. av. 4ming yillikning oxiridan miloddan avvalgi 2ming yilliklarning boshlarigacha bo‘lgan davrda shakllangan. Haqiqiy ma’nodagi yozuv tizimlari dastlab Qadimgi Sharqda vujudga kelgan. Yozuvning keyingi taraqqiyot bosqichi bo‘g‘in yozuv i bo‘lib, u miloddan avvalgi 2ming yilliklarning o‘rtalarida paydo bo‘lgan. Tildagi suzlar soniga qaraganda bo‘g‘inlar soni ancha kam, shuning uchun ham bo‘g‘in yozuvi logografik yozuvga nisbatan sezilarli darajada oz belgilar tizimi bilan ish kuradi. Masalan, devanagari (hind) yozuv bo‘g‘in yozuv idir. Harftovush yozuvining shakllanishi butun yozuv taraqqiyoti tarixida inqilob bo‘lgan. Bu yo‘nalishdagi ilk yozuv finikiy yezuvadir. Finikiy alifbosining paydo bo‘lishi insoniyat uchun yozuvni takomillashtirish borasida olg‘a qo‘yilgan qadam bo‘lgan. Birinchi marta sof tovush yozuvi, sanoqli harflardan iborat mukammal alifboning yuzaga kelishi jamiyatdagi yozuvni biladigan kishilar doirasini kengaytirib yuborgan. Shuning uchun ham finikiy yozuvi juda tezlik bilan boshqa xalqlar orasida ham tarqalgan. Bu jarayon miloddan avvalgi IX asrdan boshlangan. Finikiyaliklar bilan iqtisodiy va madaniy aloqada bo‘lgan qo‘shni xalqlar mazkur yozuv bilan tanishib, tez orada uni o‘z tillariga moslashtirib olganlar. Hozirgi kunda bizga ma’lum bo‘lgan harftovush tizimidagi yozuvlarning 4G’5 qismidan ko‘prog‘i finikiy yozuvidan kelib chiqqan. Nutqni eng kichik bo‘laklarga — tovushlarga ajratib tasavvur qilish, idrok etish dastlabki paytlarda u qadar oson ish bo‘lmaganligi sababli harf-tovush yozuvi yoki alifboli yozuvning paydo bo‘lishi jarayoni uzoqdavom etdi. Bunda inson dastlab nutqni so‘zlarga, keyin bo‘g‘inlarga, undan keyin esa tovushlarga ajratib tasavvur qila olishday behad murakkab va uzoq yo‘lni bosib o‘tgan. Tildagi tovushlarni alohida-alohida idrok qilish tovush yozuvning ibtidosidir. Harftovush yozuvning muhim afzalligi uning kam miqdordagi, ya’ni 20-30 atrofidagi belgilar bilangina ish ko‘ra olishidir. Harf-tovush yozuvi dunyo xalqlari orasida juda tez tarqalgan va bu jarayon, asosan, o‘zlashtirish, u yoki bu tilning xususiyatini hisobga olgan holda moslashtirish yo‘li bilan bo‘lgan. O‘rta Osiyodagi xalqlar, jumladan, o‘zbek xalqi turli yozuvlardan foydalanib kelgan. Bu yozuvlar avesto, pahlaviy, urxun Yenisey (runik), turkiy (uyg‘ur), so‘g‘d, arab, Kirill, lotin yozuvlaridir. Yozuv bilan til o‘zaro chambarchas bog‘liq. Biror tilni shu tilning yozuvni o‘rganmasdan, yoki aksincha, biror yozuvni shu yozuv tegishli bo‘lgan tilni bilmasdan o‘rganish mumkin emas. Ammo yozuv og‘zaki til (nutq)ni aynan aks ettira olmaydi. Zotan, yozuv shunday xususiyatga ega bo‘lganda, imlo kridalariga, talaffuz mezonlariga mutlaqo ehtiyoj qolmagan bo‘lardi. Yuksak takomillashtirilgan alifbodagi bir harf muayyan bir tovushni ifodalashi, bir tovush muayyan bir harf bilan ifodalanishi lozim. Ammo dunyoda bunday alifbo yo‘q. Ana shunday ma’nodagi alifboga fin alifbosi birmuncha yaqinlashadi, lekin baribir to‘liq emas. Hozirgi ingliz, fransuz va b. tillar alifbolari bunday mukammallikdan yiroq. Mana shu holat dunyo tillarining barchasida xilma-xil va juda ko‘plab grafik va imlo qoidalarining ishlab chiqilishiga sabab bo‘lgan. Yozuv bilan til o‘rtasida, alifbo va tilning tovush tizimi o‘rtasida bunday farqli holatlarni yuzaga keltirgan sabablar xilma-xil. Avvalo, dunyodagi hozirda mavjud alifbolarning deyarli hammasi ham mustaqil va tegishli til xususiyatlarini to‘liq hisobga olgan holda yaratilgan emas. Ko‘pchilik xalqlar o‘z yozuvlarini boshqa til yozuvini o‘z tillariga imkoniyat darajasida moslashtirish yo‘li bilan yaratganlar. Bu hol yozuv va til munosabatlarida o‘z izini qoldirgan. Ayni paytda yozuv va tilning taraqqiyoti bir xil, birbiri bilan to‘la mos keladigan jarayon emas. Tilning taraqqiyoti tarixiy va uzluksiz jarayon, odamlar tilga ataylab, ongli ravishda biron-bir o‘zgartirish kirita olmaydilar. Tildagi u yoki bu o‘zgarish tadrijiy ravishda, asta-sekin yuz beradi. Yozuv haqida esa bunday deb bo‘lmaydi. Odamlar til xususiyatlariga yanada moslashtirish uchun yozuvga turli uzgartishlar kiritadilar, islohotlar qiladilar, bir yozuv tizimini boshqasi bilan almashtiradilar va h.k. Masalan, o‘zbek xalqi davrlar davomida arab alifbosidan foydalanib kelgan, 1923-26 yillarda bu yozuvni o‘zbek tili tovush qurilishini to‘laroq ifodalashga moslashtirish maqsadida bir qator harfiy o‘zgartirishlar kiritilgan. O‘zbekistonda 1929 yildan lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosiga utilgan, 1940 yildan esa kirill yozuvi joriy etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1993 yil 2 sentabrda "Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish tug‘risida"gi qonunni qabul qildi. Bu qonunga va uni amalga kiritish tartibi haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaroriga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995 yil 6 mayda o‘zgarishlar kiritadigan qonun qabul qildi. Bu hujjatga ko‘ra lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosi 26 ta harf va 3 ta harflar qo‘shilmasidan iborat. Yangi alifboga to‘la o‘tish 1996 yildan boshlanib, 2005 yilda tugallanishi belgilangan. Yozuv taraqqiyoti tilning tabiiy tarak,qiyotidan ancha orqada yurganligi uchun muayyan so‘z yoki so‘z shaklining yozilishi bilan talaffuzi aynan mos kelavermaydi. Bu tabiiy va qonuniy hol bo‘lib, yozuv va og‘zaki nutq o‘rtasidagi bunday nomuvofiqliklarni imlo qoidalari tartibga solib turadi. Dunyodagi alifbolarning hammasida ham harflar soni tegishli tildagi tovushlar (fonemalar) sonidan sezilarli darajada kam. Tabiiyki, bu hol yozuvni o‘zlashtirishni osonlashtiradi. Shuning uchun ham alifbolardagi asosiy tamoyil undagi harflar sonini kupaytirish emas. Alifbo yozuvning asosini tashkil etadi. Tinish belgilari va boshqa yozma belgilar ham yozuvning unsurlari hisoblanadi.
Yozuv qadimgi madaniyatlarning siyosiy kengayishi natijasida kelib chiqqan axborot uzatish, moliyaviy hisob-kitob va tarixiy qaydlar olib borishga ehtiyoj tug‘ilganida paydo bo‘lgan, deb taxmin etiladi. Eramizdan avvalgi 4-ming yillikka kelib Mesopotamiyada savdo va ma’muriyat murakkabligi odam xotirasi uchun haddan tashqari kattalashdi va yozuv qaydlar olib borish va saqlash uchun ishonchli usulga aylandi. Qadimgi Misr va Mezoamerikada yozuv ehtimol taqvimlash va tarixiy hamda ekologik hodisalar qaydini olib borish orqali rivojlangan. Xitoyda topilgan eng qadimgi yozuv namunasi esa qirollik mahkamasidagi folbinlik amaliyotini ta’riflaydi.
( Dresden kodeksidagi rasm. 1880-yilgi Förstermann tomonidan uyg‘unlashgan. Mustamlakachilik paytlaridan boshlab Mayaning 3 yoki 4 kodeksi mavjud. Ular prepped qobiqdan qilingan, bo‘yalgan va akkordeon tarzi bilan to‘ldirilgan. Ular Maya matematik hisoblari va undan ko‘p narsalar haqida ma'lumotga egalar. Kodekslarning uchtasi muzeylar G’ kutubxonalar uchun saqlanadi, ular saqlanadi. XX asrga oid topilgan to‘rtinchi kitob Nyu-York shahridagi birinchi o‘rinni ko‘rgan joy uchun nomlanadi.)
Yozuv 5-6 ming yil avval Misr, Messopotamiya, Xett, Hindiston, Xitoyda kashf etilgan. Missopotamiya miloddan avvalgi IV ming yillikda mixsimon ieroglif yozuvi kashf etilgan. Shumer yozuvlari suratli yozuvlar bo‘lib, aytmoqchi bo‘lgan fikr surat shaklida aks etgan. Lekin suratli so‘zlar bilan ko‘p narsani ifoda etib bo‘lmagan va bu soddalashtirilib ponasimon mixxat yozuvi kashf etilgan. Mixxat delgili yozuvlar 600 dan ortiq bo‘lgan. Bu yozuv 3 ming yillikda Shumerda ixtiro qilingan. Messopotamiyaning Ur, Bobil, Ashur kabi shaharlarida kutubxonalar mavjud bo‘lgan. Mixxat yozuvi O‘rta Osiyoga keyinchalik Yevropa davlatlariga keng tarqalgan.
G’

(Rasmda Mixxat yozuvi asosida yaratilgan tosh parcha)


( Grenfell va Huntdan Oxyrhynchus Papyrusning birinchi jildining ochilish qismi 1898. PD Grenfell va Hunt
Oxyrinxusni ba'zan "qog‘oz qog‘ozli shahar" deb atashadi, chunki uning atrofidagi cho‘ldagi axlatxonalar qadimgi Misr qog‘ozi (papirus) bilan to‘ldirilgan bo‘lib, asosan, rasmiylashtirilgan maqsadlar uchun ishlatilgan (shuningdek, adabiy va diniy xazinalar uchun)
Bundan 6-7 ming yil avval 750 belgidan iborat – rasmli ieroglif kashf etilgan. Misr yozuvida narsa va hodisalar turli xil rasm va belgilar bilan ifoda etilgan. Bo‘lib, zamonlar o‘tishi bilan bu belgilar Alifbo belgilariga aylangan. Qadimgi podsholik (miloddan avvalgi 2800-2250 yillar) davrida 24 ta tovushni bildiradigan alifbo paydo bo‘lgan. 1822-yil Jak Fransua Shampalon Rozetta shahri yaqinida toshga o‘yilgan bir xil mazmundagi Misr va Yunon yozuvlarini o‘qishga muvaffaq bo‘lgan (Rozetta toshi hozirgi kunda Londondagi “Britaniya” muzeyida saqlanadi). Misrliklar yozuvi o‘ngdan chapga qarab yozilgan, Shumerliklar yozuvi esa chapdan o‘ngga qarab yozilgan.
( Rasm: Britaniya muzeyiga joylashtirilgan Rozetta Stone, uchta tilda (yunoncha, demotik va ierogliflar) qora, balki bazalt plitasi bo‘lib, ularning har biri bir xil narsani aytadi. So‘zlar boshqa tillarga tarjima qilinganligi sababli, Rozetta Stone Misr ierogliflarini tushunish uchun kalit yaratdi. )
Milloddan avvalgi 3-2 ming yillikda 700 ga yaqin belgi – rasmdan iborat yozuv bo‘lgan. Hind va Panjob viloyatlarida 700 belgidan iborat alifbo topilib, olimlarning fikricha bu yozuvlar Shumer va Misr yozuvlari asosida vujudga kelganligi aniqlangan. Hindlar birinchi bo‘lib eramizdan avvalgi 3-2 yillikda hisob soniga “0” raqamini kiritgan. Hind yozuvi taxminan 400 yoki 250-300 belgi – rasmdan iborat bo‘lgan shumer va Xett yozuviga o‘xshatiladi. Miloddan avvalgi V asrdan boshlab braxmi, kxaroshtxi, aramey, gupta yozuvlaridan foydalanganlar.G’G’
Bundan 3,5 – 4 ming yil avval kashf etilgan , Xitoy ieroglifi dastlab Shan In davrida mil.avv. 2 – ming yillikda kashf etilgan, shunda Yozuvlarning turi 2 mingga yaqin bo`lgan. Xan davrida ierogliflar soni 18 mingtaga etgan.Hozirgacha qisman o`zgarishsiz saqlangan.DastlabXitoyliklarsuyak , yog`och, cho`p, terivabambukdaraxtidantayyorlangantaxtachalargayozishgan, V – asrdanboshlabipakshoyiparchasigayozganlar. Bundan 3,5-4 mingyilavvalkashfetilganXitoyieroglifidastlabShanIndavridamiloddanavvalgi 2- mingyillikdakashfetilgan, shundaYozuvlarningturi 2 minggayaqinbo`lgan. Xan davrida ierogliflar soni 18 mingtaga etgan. Hozirgacha qisman o`zgarishsiz saqlangan.
Miloddan avvalgi 3-2 ming yilliklarda – chiziqli Yozuv mavjud bo`lgan,“A” va “B” chiziqli xatga ega bo`lgan. Bu Yozuvni 1953 yilda ingliz olimlari Ventris va Chadvik “B” chiziqli Krit Yozuvlarini o`qishga muvaffaq bo`lgan. Etrusk, Osk lotin yozuvlari miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda yaratilgan. Finikiyada miloddan avvalgi IX asr oxiri VIII asr (X asr) boshlarida 25 ta belgidan iborat yozuv kashf etildi. Yozuv isloh qilinib 22 ta belgiga tushirildi. Eramizdan avvalgi 2 ming yillik oxirlarida Suriyada 29 belgidan iborat, Finikiyada esa 22 harfdan iborat alifbo kashf etlgan, dunyo alifbolari asosan Finikiya alifbosidan kelib chiqqan. Finikiya alifbosi asosida Oromiy Yozuvi Eron Ahamoniylari Yozuvi va Parfiya Yozuvi G`arbiy Osiyoda kelib chiqqan.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish