«noshirlik asoslari» fanidan o`quv-uslubiy majmua (1-kurslar uchun) Samarqand – 2021 annotatsiya



Download 1,37 Mb.
bet3/26
Sana25.01.2023
Hajmi1,37 Mb.
#902226
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
8ee1e88e2cee1b3d8e4e94dc9eb73d8e NOSHIRLIK ASOSLARI

Oromiy Yozuvi asosida miloddan avvalgi III-II asrlarda shakllandi.Bu yozuv qoldiqlari Panjikent yaqinidagi Qal`ai Mug`dan (1932 yil topilgan,74 ta so`g`dcha,2 ta Xitoycha,2 ta Arabcha, 1 ta Turkcha), Sharqiy Turkistonning Turfon shahri yaqinidan,Samarqanddagi Afrosiyob yodgorligidan topilgan.Oromiy Yozuvi asosida kelib chiqqan.Bu Yozuvning mil.avv. V-IV asrlarga oidlari Oybuyrqal`adan topilgan. Mil.avv. IV-III asrlarga oidlari Qo`yqirilganqal`adan topilgan.Oromiy Yozuvi asosida yanaKushon (bu Yozuv burchakli, to`trburchakli va aylana shaklda bo`lgan) – Baqtriya Yozuvi shakllangan,bu Yozuv qoldiqlari qadimgi Termiz shahridan topilgan.Oromiy Yozuvi asosida yanaBaqtriya Yozuvi , Baqtriya Yozuvidan esa Eftaliylar Yozuvi (25 harfli) shakllangan.
So`g`d yozuvi asosida shakllangan.Bu yozuv fandako`k turk yoki Runik bitiglarideyiladi, XVII asrdan o`rganila boshlangan.Sibir,Mo`g`iliston (Tunyuquq,Kultegin, Bilga Xoqon,Ongin bitiglari),Oltoy,O`rta Osiyo (Farg`ona, Ettisuv,Zarafshon vodiysi) dan topilgan. 38-40 harfdan iborat bo`lgan.
1.Lotin yozuvi grafikasidan – dunyo aholisining – 30 % ga yaqini foydalanadi.
2. Fonetik Arab yozuvi grafikasidan – dunyo aholisining –10 % ga yaqini foydalanadi.
3.Slovyan – krill yozuvi grafikasidan – dunyo aholisining – 10 % ga yaqini foydalanadi.
4.Grafik – Xitoy yozuvi grafikasidan – dunyo aholisining – 25 % ga yaqini foydalanadi.
5.Bo`g`inli – Hind yozuvi grafikasidan – dunyo aholisining – 20 % ga yaqini foydalanadi.
Ideografik yozuv [yun. idea - ideya (g‘oya), obraz va grapho — yozaman] — belgilar (ideogrammalar) butun bir so‘zni yoki tushunchani bildiradigan yozuv turi. Qad. yozuv sistemalaridan Misr yozuvi, Xitoy yozuvi va b. ayrim yozuvlar ideografik yo‘sinda bo‘lgan. I. yo. juda mu-rakkab; ko‘pgina xalqlarda nisbatan soddaroq yozuvlar — bo‘g‘inli yozuv va harfli yozuv taraqqiy etgan.[1]
Ideografik yozuv [yun. idea – ideya (g‘oya), obraz va grapho — yozaman] — belgilar (ideogrammalar) butun bir so‘zni yoki tushunchani b ildiradigan yozuv turi. Qadimgi yozuv sistemalaridan Misr yozuvi, Xitoy yozuvi va b. ayrim yozuvlar ideografik yo‘sinda bo‘lgan. Ideografik yozuv juda murakkab; ko‘pgina xalqlarda nisbatan soddaroq yozuvlar — bo‘g‘inli yozuv va harfli yozuv taraqqiy etgan.


IDEOGRAFIK YOZUV [yun. idea – ideya (g‘oya), obraz va grapho — yozaman] — belgilar (ideogrammalar) butun bir so‘zni yoki tushunchani bildiradigan yozuv turi. Qad. yozuv sistemalaridan Misr yozuvi, Xitoy yozuvi va b. ayrim yozuvlar ideografik yo‘sinda bo‘lgan. Ideografik yozuv juda mu-rakkab; ko‘pgina xalqlarda nisbatan soddaroq yozuvlar — bo‘g‘inli yozuv va harfli yozuv taraqqiy etgan.
Fonografik yozuv, fonografiya (fono... — ... grafiya) — tilning fonetik tuzilishini, tovush tarkibini aniqroq, to‘likroq aks ettiruvchi yozuv turi; yozuv tarixida gtiktografik (rasmli) va ideofafik (so‘z—tushuncha) yozuvlardan keyingi bosqichdagi yozuv. Ushbu yozuv belgilari (fonofammalar) so‘zning tovush elementlarini, ya’ni bo‘g‘in va tovushlar (fonemalar)ni ifodalaydi; shunga karab fonografiyaning 2 turi — sillabik (bo‘g‘inli) yozuv (qarang) va harf—tovush yozuvi (qarang) farkdanadi. Sillabik yozuv namunasi sifatida hind yozuvi — devanagarini, harf—tovush yozuvi namunasi sifatida esa kirillitsa asosidagi hozirgi o‘zbek yozuvini ko‘rsatish mumkin.
O‘zbekistonda kitob va kitobat ishi tarixi muammolarini analitik o‘rganish muqarrar tarzda asosiy tarixiy bosqichlarni aniqlash va milliy madaniyatning bu muhim tarkibiy qismining rivojlanish tarixini ilmiy asosda davrlarga ajratish masalasini ko‘ndalang qilib qo‘yadi. Bunda vazifa hozirgi zamon tarix fanining O‘zbekiston, umuman Turón va Turkistondagi ayrim davlatlarning tarixini davriylashtirish masalalaridagi yutuqlariga va tarixiy-kutubxonashunoslik tipologik metodiga asoslanib, kutubxonachilik ishi tarixining xususiyatlariga va sodir boMgan tarixiy jarayonga mos keladigan davriylashtirish sxemasini taklif qilish hamda tarixiy bosqichlar chegaralarini belgilashdan iborat. Bunda mamiakatlar va xalqlarning hayotidagi muayyan tarixiy davrni ulaming sivilizatsion, etnogenetik. iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy rivojianishidagi etakchi tendentsiyaiar, mazkur rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari, mazmuni va xususiyatlariga qarab belgilash muhim metodologik talab hisoblanadi. Tarixiy bosqichlarning mustaqil metodologik ahamiyatga ega bo‘Igan chegaralarini to‘g‘ri belgilash muayyan tadqiqot predmeti rivojlanishining asosiy bosqichlarini aniqlashda muhim o‘rin tutadi. Mazkur chegaralar, odatda. mutlaq emas, balki shartli, nisbiy xususiyatga ega bo‘ladi, shuning uchun ham ulam ing sanasini to‘g‘ri aniqlash ancha mushkul ish. Turli sivilizatsiyalar shakllarining almashishi vajamiyatda moddiy ne’matlarni taqsimlash usullarining 0‘zgarishi bilan bog‘liq tabiiy tarixiy jarayon kitob va kitobat ishi tarixini ilmiy davriylashtirishning bosh mezonidir. Kitob ishlab chiqarish usullari (qo‘lyozma. bosma). davlat siyosati, turli diniy konfessiyalar, alohida shaxslar, noshirlar. kitobfurushlar, kutubxonachilaming kitob ishlab chiqarish, taqsimlash va takror ishlab chiqarish sohasidagi faoliyati, kitob repertuari va kutubxona fondining tuzilishi singari omillar har bir tuzum doirasida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Bunga muvofiq biz O‘zbekistonda kitob va kitobat ishi tarixini besh asosiy tarixiy davrga bo‘lamiz: 1. Qadimgi va ilk o‘rta asrlar davri - miloddan avvalgi V asr - milodiy VIII asr. 2. Rivojlangan va so‘nggi o*rta asrlar davri - IX asr - XIX asrning birinchi yarmi. 3. Rossiya mustamíakasi ostida rivojlanish davri - 1867-1917 yillar. 4. Sho‘ro mustabid tuzumi ostida rivojlanish davri - 1917-1991 yillar. 5. Mustaqil suveren O‘zbekistonning rivojlanish davri - 1991 yil 1 sentyabrdan. Birinchi tarixiy davrda O‘zbekiston va butun Turonzamin hududi sivilizatsion va ijtimoiy-madaniy jihatdan zardushtiylik. aniqrogi — avesto madaniyati yoki avesto sivilizatsiyasining etakchi bo‘g‘ini va muhim tarkibiy qismi boigan. Mazkur bosqich miloddan oldingi V asrdan - O‘rta Osiyodagi qadimgi xalqlar o*z xorazmiy. parfiyoniy. sug‘diy, bohtariy. qadimgi turkiy va boshqa yozuv tizimlarini qoilay boshlagan, ularda dastlabki yozma hujjatlar. kitoblar va dastlabki kitob maxzanlari paydo boigan davrdan milodiy VIII asrning birinchi o‘n yilliklari - arablar istilosi va Turonzamin xalqlari arab grafikasiga asoslangan yozuvga o ig an davrgacha boigan katta tarixiy davrni qam nb oladi. Mazkur tarixiy davr doirasida shakli va tayyorlash usullariga qaiab tosh, yog‘och, teri, qog‘oz kitoblar. o‘rama kitob. kitob-majmua (ya'ni kitob-kodeks) farqlanadi; turli yozuv tizimlari - xorazmiy. parfiyoniy. bohtariy, sug‘d. qadimgi turkiy va boshqa yozuvlarga mansub yozma yodgorliklar. shuningdek kitob maxzanlarining quyidagi turlari: a) podsho saroylari qoshidagi kitob maxzanlari; b) turli diniy konfessiyalar (zardushti>lar. moniychilar. buddaviylar. yahudivlar. xristian- nasroniylar)ning ibodatxonalari qoshidagi kitob maxzanlari; v) shaxsiy kutubxonalar o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Turli tarixiy viloyatlar va davlat tuzílmalari - Xorazm. Parfiya. Baqtriya. Sug‘d. Farg‘ona, Choch. Q angg’ Yunon-baqtriya. Kushon podsholiklari va Turón xoqonligidagi kitob maxzanlarining rivojlanish jaravonlari ham o*ziga xos xususiyatlarga ega. Keyingi tarixiy bosqich VIII asrdan XIX asrning o ’rtalarigacha boigan davrni - Turonzamin xalqlari siviiizatsion. ijtimoiy'inadaniy va etnik-konfessional jihatdan musulmon madaniy dunyosi yoki islom sivilizatsiyasining tarkibiy qismi bo‘ lgan davrni qamrab oladiki. bu kitobat ishi tarixining shakllari. mazmuni va o‘ziga xosligini belgilaydi. Mazkur uzoq davr mobaynida O ‘zbekistonning rivojlanishida sodir boigan siyosíy. davlat-hududiy va tarixiy-madaniy jarayonlar. Shuningdekqo‘Iyozma kitob ishlab chiqarish, taqsimiash. takror ishiab chiqarish va uning repertuaridagi o‘zgarishlar davriylashtirishning yanada mufassal sxemasini tuzishni va ushbu tarixiy davr doirasida mustaqil bosqichlarni ajratishni talab etadi. O ’rta asrlar kitobat ishi tarixida, mazkur katta madaniy-tarixiy davr doirasida, har bir asrning o‘ziga xos xususiyatlari mavjudligiga qaramay, quyidagi uch muhim tarixiy bosqichni ajratish mumkin: ilk mumtoz davr (IX asr - XIII asrning boshi, 1220 yildagi m o‘g‘ullar istilosiga qadar); mumtoz davr (XIII asrning ikkinchi yarmi - XVII asr); so‘nggi mumtoz davr (XVIII asr - XIX asrning birinchi yarmi). Yuqoridaqayd etilgan davrlarningbirinchisi.ya'ni ilk mumtoz davr - diniy mutaassiblik va aqidalar bilan chegaralanmagan inson bilimining har xil tarmoqlari erkin rivojlangan, ma’naviy qadriyatlar arab tilidagi kitob vositasida xalqaro miqyosda keng tarqalgan, arabiyzabon fan va madaniyatga ulkan hissa qo‘shgan Turon-Turkiston olimlarining qudratli ijodiy ruhi namoyon boigan. yuzlab boshqa forsiygo‘y va turkiygo‘y olimlar, shoirlar, faylasufiar va tarixchilarning ilmiy va badiiy dahosi yuksalgan davr. Yaqin va O ’rta Sharq xalqlarining ijtimoiy-madaniy hayoti hodisalariga o 'z mezon va andozalari bilan yondashuvchi G‘arbiy Evropa maktabi olimlarining ilmiy tadqiqotlarida bu davrga «Musulmon Renessansi», «Sharq Renessansi» deb berilgan ta'riflarga ko‘p duch kelish mumkin. Turkistonning mustaqil féodal davlatlarida ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, qadimiyat va ilk o‘rta asrlarda to‘plangan o ’ziga xos madaniyatning ijodiy salohiyati va an’analari yangi tarixiy davrda Turkiston xalqlari adabiyoti, fani va madaniyatining uyg‘onishi va rivojlanishi uchun zarur zaminyaratdi. Shaharlarning o‘sishi va shahar hayotining jonlanishi, shahar va qishloq aholisining m aium tabaqalari orasida savodxonlikning tarqalishi yuqorida zikr etilgan jarayonlarga turtki bergan muhim omillardan biri bo‘ldi. Maxsus taiim muassasasi - madrasa musulmon madaniy dunyosida birinchi bo‘lib aynan Turonzamin shaharlarida vujudga keldi va keyinchalik boshqa musulmon mamlakatlariga tarqaldi. «Madrasa o‘quv yurti sifatida hatto musulmon dunyosining poytaxti - Bag‘dodda ham faqat XI asrning ikkinchi yarmida paydo bo‘lgan..., vaholanki, Movarounnahrda madrasalar bu vaqtga kelib ko‘pdan beri faoliyat ko‘rsatar edi», deb yozadi atoqli sharqshunos,akademik V.V. Bartold Boshqa bir joyda u madrasa ilk bor Narshaxiy (899-959)ning «Buxoro tarixi» asarida 937 yilgi Buxoro yong‘ini munosabati bilan tilga olinganligini qayd etadi. Tarixchi Narshaxiy bergan m a’lumotga qaraganda. o‘sha yong‘inda katta Forojik madrasasi o‘zining noyob qo‘lyozmalar kutubxonasi bilan birga yonib ketgan. O 'sha davrdagi urbanizatsiya jarayonlarining sur'ati qay darajada yuqori bo‘lganligidan taniqli olim prof. S.P. Tolstov tomonidan keltirilgan quyidagi ma’lumotlar dalolat beradi: X asming boshida Xorazmda 12 ta shahar ma’lum bo‘lsa, mazkur asr oxiriga kelib ularning soni 40 taga etgan 2. Buxoro, Xiva, Samarqand, Gurganj, Termiz. Marv, Hi rot. Balx, Kesh. Xokjand, Shosh (Toshkent). Ho‘qand (Qo‘qon). Andijon, Marg‘ilon va boshqa o‘nlab shaharlar bir necha asrlar davomida dam ravnaq topib, dam inqirozga uchrab , sokng yana ilmiy va badiiy tafakkur hamda intellektual hayot markazlari sifatida nom chiqarib keldi. Shaharlarda o‘nlab madrasalar va maktablar, xonaqolar va shifoxonalar, kutubxonalar, bozorlar, sahhoflar (muqovasozlar) va kitobfurushlarning do‘konlari faoliyat ko‘rsatar, ular olimlar va adabiyotchilar, shoirlar va mohir xattotlar, tabiblar. hunarmandlar va oddiy xalqning savodxon va o‘qimishli vakillarini o‘zida jam lagan edi. fbn Sino va Beruniy. Forobiy va Hakim Termiziy, Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy va al*Farg‘oniy, Rudakiy va Firdavsiy, al-Buxoriy va at-Termiziy, Umar Xayyom va Nizomiy Aruziy Samarqandiy, Mahmud K.oshg‘ariy va Yusuf Xos Hojib kabi buyuk allomalar. arab. fors va turkiy tillarda ijod qilgan yuzlab olimlar. shoirlar. faylasuflar, tilshunoslar, tarixchilar. tibbiyotchilar. badiiy ijod bilimdonlari va muxlislari hamda kitobsevarlarning ilmiy va badiiy dahosi va ko‘nikmalari Buxoro va Samarqand, Termiz va Hirot, M arv va Balx. Xorazm va Fargkona shaharlarining yuksak tafakkur va madaniy muhiti sharoitida shakllandi. Turkistonda yashaydigan barcha xalqlar va elatlaming, bu erda tarixan shakllangan barcha madaniy viloyatlarning vakillari jahon fan va adabiyoti xazinasiga o‘zining betakror hissasini qo‘shdi. Turkiston fani va madaniyatining yirik tadqiqotchisi akademik P.G.Bulgakov ta'biri bilan avtganda. «...faoliyati tabiatshunoslik va ijtimoiy fanlarda chuqur iz qoldirgan O 'rta Osiyo olimlarining nomlari ro‘yxati juda uzun. Mazkur olimlar faoliyatining qamrovi 0 ‘rta Osiyo doirasidan ancha chetga chiqadi. Fan oldidagi shaxsiy xizmatlari nisbatan katta bo‘Imagan, ammo birgalikda ilm-fanni taraqqiyot yo‘lidan harakatlantirgan ulkan kuchni hosil qiluvchi Okrta Osiyo olimlari nomlarining ro‘yxati birnecha sahifani band etgan bo‘lur edi». 1219-1222 yillarda Turkistonga ko‘chmanchi mo‘g‘ullar qo‘shinlari bostirib kirdi. Asrlar mobaynida to‘pIangan ko‘p sonli moddiy va madaniy boyliklar, ko‘plab kutubxonalar va qoklyozma kitoblar yongUn va bosqin olovida nobud bo‘ldi, olimlar. adabiyotchilar. kitob ustalari va muxlislari qilichdan o‘tkazildi. Mo‘g‘ullar istilosi oqibatida milliy madaniyat ko‘rgan talafot shundan iborat ediki, aholi ommaviy qirg‘in qilinishi natijasida barcha zamonlarda har qanday xalqning o‘zagini tashkil etuvchi aqliy mehnat vakillarining asosiy qismi halok boMgandi. Shu tariqa Turkistonda X-XII asrlarda yuksalgan dunyoviy fanlam ing ildiziga bolta urildi, o ‘qimishlilik, biiimlilik va kitobat madaniyati an’analariga putur etkazildi. M o‘g‘ullar istilosidan keyingi davrda asta-sekin bir yarim asr mobaynida Turkistonning an’anaviy madaniy markazlari kultepalar orasidan qad rostladi, hunarmandchilik, qo‘lyozma kitoblar yaratish san’ati tiklandi. Kitobat faoliyati sezilarli darajada o‘zgardi va mavdon jihatidan avvalgidan ham kengroq hududlami qamrab oldi. Muhim o‘zgarishlardan biri shundan iborat ediki, arab tilidagi kitoblar XIII asrdan kevin kitob bozori. kutubxona va qoiyozm a kitoblar repertuarida o‘zining ustun mavqeini yo‘qotdi. Shunga qaramay, XIV-XVI asrlarda arab tilidagi kitoblar miqdor jihatidan muomalada mavjud barcha kitoblam ing kamida yarmini tashkil etardi. Turkiston kitobat madaniyati tarixidagi ikkinchi - mumtoz davr bu Temur va Temuriy. Shayboniv va Ashtarxoniylar sulolalarining oldinma- ketin bir-birining o‘m iga kelgan davlatlari davri. Feodal ichki urushlar olovi qisqa vaqt yonib o‘chib turgan ma'lum darajadagi barqarorlik va icliki osoyishtalik sharoitida Turkiston umumiy bozorining shakllanish j aray oni y uz berdi, muayyan mamlakatlar bilan savdo va madaniy aloqalar tiklandi, bolalar uchun an’anaviy majburiy boshlang‘ich ta’lim ishlari qavta y o ig a qo‘yildi, yangi madrasalar. kutubxonalar ochildi. badiiy adabiyot va fanda yangi asarlar yaratildi va qo‘lyozma kitob ko‘rinishida tarqatildi. Davrning yuksak madaniyat darajasi qayta tikiangan shaharlar, bog‘-rog‘lar va go‘zal m e'm orlik majmualari qiyofasida, xalq xunarmandchiligi. amaliy san'at buyumlarida. adabiyot. ayniqsa she’riyat asarlarida, fan va san’atning ayrim tarmoqlari yutuqlarida o‘z aksini topdi. Bu tarixiy bosqichni to ia asos bilan kitobat san'ati o‘z cho‘qqisiga ko‘tarilgan va gullab-yashnagan davr deb nomlash mumkin. Bu tarixiy davrbizga hattotlik san’ati, miniatyurachilik, sahhoflik ishiningtengiyo‘q namunalarini qoldirdi. Fors va turkiy tillardagi adabiy-badiiy kitoblar qoiyozm alarining eng ko*p miqdori ayni shu tarixiy davrda muomaiaga chiqarildi va aholi qoiidajam landi. Qo‘lyozm a kitob va kitobat ishi tarixidagi uchinchi. so‘nggi mumtoz davr XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlanadi va Turkistondagi Qo‘qon. Buxoro va Xiva xonliklari davrida kechadi. Qariyb bir yarim asr (XIX asrning birinchi choragi oxirigacha boigan davr) Movarounnahrda sillani quritadigan féodal nifoqlar, xonliklarning chet el bosqinchilari bilan va o‘zaro urushlarida o‘tdi. Bu xalqlarni ishlab chiqarish kuchlari, tabiiy va moddiy boyliklar shafqatsizlik bilan behuda yo‘q qilinishiga, kuchli iqtisodiy va madaniy inqirozga yo‘liqtirdi. XIX asrning 30-yillariga kelibgina tinch hayot o‘z mevasini bera boshladi: qishloq xo‘jalik va hunarmandchilik ishlab chiqarishi jonlandi, shahar hayoti va kitobat madaniyati rivojlandi. Ayni vaqtda qo‘shni mamlakatlar bilan odatdagi xo‘jalik aloqalarining uzilishi, Turkiston xonliklari iqtisodiy va ijtimoiy- madaniy jihatdan bir-biridan uzoqlashishi. shuningdek madaniyat va rasmiy mafkurada islom jaholatparastligi, ta’Iim va ilmiy faoliyatda - mutaassiblik va aqidaparastlikning yakka hukmronligi yaratilayotgan qo‘lyozma kitoblarning mazmuni va tematik rang-barangligi sezilarli darajada qashshoqlashuviga olib keldi. XVIII-XIX asr qo‘lyozmalarida badiiy bezash umumiy darajasining pasayishi kuzatiladi, uning tashqi qiyofasining standartlashuvi va bir xillashuvi yuz beradi. uning ichki tuzilishi, muqovalarni bezash soddalashadi va bir qolipga solinadi, nisbatan arzon materiallar tshlatila boshlanadi. XIX asrning 70-yillaridan bosma kitob bilan birga rivojlanib. qo‘lyozma kitob asta-sekin unga kitob bozoridagi o‘z mavqeini boy berib bordi. Gap faqat qo‘lyozma kitob bosma kitobga qaraganda anchaqimmatligi tufayli unga bo‘lgan talab pasayganida emas. Qo‘lyozma kitob tarix sahnasidan ketishida doim betakror muallif nusxasi va alohida kitobat san'ati asari sifatida yaratiladigan bu kitobat ¡shining mahsuli XX asr boshiga kelib o‘zgargan ijtimoiy shart-sharoitlarda avvalgi asrlarda keng miqyosda mavjud bo‘lgan o‘zining haqiqiy muxlisini yo‘qotganligi ham muhim rol o‘ynadi. Turonzamin davlatlarini chor Rossiyasi istilo qilganidan so‘ng ulaming davlat-huquqiy maqomi. siyosat va madaniyat sohalarida sodir bo‘lgan chuqur o‘zgarishlar, shuningdek ishlab chiqarishning kapitalistik usuliga, milliy matbaachilikka hamda kutubxonachilik, kitob savdosi va bibliografiya ishi sohalarida yangi burjua shakllariga asta-sekin o‘tilishi Turkiston chor Rossiyasining hukm ostida bo‘lgan davr - 1865-1917 yiliami kitob va kitobat ishi tarixida alohida yarim asrlik bosqichga ajratishni talab etadi. Rus chorizmining ag‘darilishi. markazda va joylarda hokimiyatning bolsheviklar partiyasi qo‘liga o ‘tishi, milliy demokratik davlatchilikning dastlabki tajribasi - Turkiston Muxtoriyatining tugatilishi, sovetlar «andozasi» asosida Turkiston Avtonom Respublikasining tashkil etilishi. fuqarolar urushi. «harbiy kommunizm» siyosati va yangi iqtisodiy siyosat - bulaming hammasi Turkiston ASSR davri - 1918 yilning aprelidan 1924 yil oktyabrgacha bo‘lgan davmi kitob va kitobat ishi tarixi rivojlanishining alohida bosqichiga ajratishni talab etadi. 1920-1930 yillarda hukmron bolsheviklar partiyasi diktatoiiik rahbariyati tomonidan Turonzaminda miiliy-hududiy chegaralanish o‘tkaziladi. Bolsheviklarning asosiy maqsadlaridan biri milliy. etnik jihatdan yagona bo‘lgan turonzamin xalqini qismlarga ajratish va bepoyon Turon-Turkiston hududida yagona markazga bo‘ysundirilgan. sovetlar andozasiga asoslangan nosuveren va huquqsiz m a‘muriy-davlat tuzilmalarini tashkil etish edi. Bu «davlat qurilish» jarayoni 1920 yil 26 avgust kuni Qirg‘iziston avtonom respublikasi tashkil etilishi bilan boshlandi. Tuzilma 1925 yil 19 aprelida Qozoglston avtonom respublikasi deb qayta nomlandi. O 'n bir yarim yildan keyin 1936 yil 5 dekabrida bu avtonom respublika Qozog‘iston sovet respublikasi deb nomlandi va sovet ittifoqi tarkibiga kiritiladi. 1924 yil 10 oktyabrida Rossiya Federatsiyasi tarkibida Qora- Q irg‘iz avtonom oblasti tuzilib. 1925 yil 22 may kuni Qirg‘iz avtonom oblasti deb qayta nomlanadi. 1936 yil 5 dekabrda QirgMziston ittifoqdosh respublikasi sifatida sovet ittifoqiga kiritiladi. Turkiston ASSR, Buxoro va Xorazm xalq respublikalarini tugatish va qismlarga ajratish natijasida 1924 yil 27 oktvabrda yana ikkita ittifoqdosh respublika - 0 ‘zbekiston va Turkmaniston tuzildi. Tojikiston avtonom respublikasi 1929 yil 16 oktyabrda O ’zbekiston tarkibidan alohida sovet respublikasi sifatida ajrab chiqdi. 1936 yil 5 dekabrda O‘zbekiston tarkibiga Qoraqalpog‘iston avtonom respublikasi kiritildi. O‘zbekiston SSRda kitob va kitobat ishi tarixi (1924-1991 yillar) ni biz mazmuni va rivojlanish xususiyatlariga ko‘ra bir-biridan farq qiladigan ikki tarixiy bosqichga ajratdik. Bular- O‘zbekiston SSR tashkil topgan dastlabki yillar va Ikkinchi jahon urushi yillaridagi kitobat ishi (1924-1945 yillar) hamda mustabid tuzum asoslarining darz ketishi va uning emirilishi davridagi kitobat ishi (1946-1991 yillar). O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi yillarida (1991 yilning sentyabridan) kitobat ishining rivojlanishi kitob va kitobat ishi tarixining so‘nggi bosqichini tashkil etdi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. BelyakovA.S. Epigrafika. Vvedenie v spetsial’nuyu istoricheskuyu
distsiplini. – M., 1990.
2. Epigrafika Uzbekistana. – T., 1990.
3. Qo’chqorov T. Paleografiya. – T.: O’zbekiston, 1988.
4. www.ziyouz
5. Fridrix I. Istoriya pisma. -M., 1979
6. Gelb I.E. Opit izucheniya pisma.Osnovo’ grammatologii. –M. 1982
7. Istrin V.A. Vozniknovo’nie i razvetie pisma. -M., 1965
8. Maxmudov N. Yozuv tarixidan qisqacha lug’atnoma. -T., 1990
9. Bartold V.V. I porgebenii Timura. Soch. T. II. 429-s.
10. Bartold V.V.Uchenoe musulmanskogo Renessansa. Soch. T. VI. 619-s.
11.BelovestkayaA.A. Obheeknigovedenie. - M.: Kniga, 1987. 231-s. 12. www.ziyouz.com kutubxonasi
13. BulgakovP.G. JiznitrudoBeruni. - T.: Fan, 1972. - 10,12-b.

Mavzu yuzasidan savollar:




  1. Yozuv so‘zining lug‘aviy ma’nosi?

  2. Yozuv turlari haqida ma’lumot bering

  3. Piktografik yozuv deganda nimani tushunasiz?

  4. Logografik yozuvning o‘ziga xos xususiyatlari nimalarda kuzatiladi?

  5. Bo‘g‘in yozuv deganda nimani tushunasiz?

  6. Harfiy yozuvning boshqa yozuv turlaridan farqini ayting

Mavzu yuzasidan test




  1. Yozuv qayerda kashf etilgan?

  1. Misrda

  2. Missopotamiyada

  3. Hindistonda

  4. Barcha javoblar to‘g‘ri Q



  1. Yozuv deb nimaga aytiladi?

  1. Biror tilda qabul qilingan belgilar yig‘indisiga Q

  2. Til birligiga

  3. Tovush birligiga

  4. To‘g‘ri javob yo‘q



  1. Misr yozuvi qachon kashf etilgan?

  1. 6-7 ming yil; avval Q

  2. 5-6 ming yil avval

  3. 4-5 ming yil avval

  4. 3-4 ming yil avval



  1. Misr yozuvi necha belgidan iborat?

  1. 750 belgidan iborat Q

  2. 700 belgiadn iborat

  3. 600 belgidan iborat

  4. 150 belgidan iborat



  1. Xitoy yozuvi nimalar asosida yozilgan?

  1. Suyak

  2. Yog‘och

  3. Teri

  4. Barcha javoblar to‘g‘ri Q



Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish