Mavzu yuzasidan savollar:
Yevropada nashriyotning vujudga kelishi haqida ma’lumot?
Yevropada kitoblar va uning savdosi xususida
Nashr va nashriyot hamda davr
Rossiyada nashriyotning vujudga kelishi
Yevropada bugungi nashriyot haqida
Mavzu yuzasidan testlar:
Dunyo tarixida tipografiya necha marotaba ixtiro qilingan?
Uch marotaba +
Ikki marotaba
To’rt marotaba
Besh marotaba
Birinchi bosilgan kitobqayerda va qachon nashr etilgan?
a)Koreyada 704 yildan 751 yilgacha yog'ochdan yasalgan chizmalar yordamida yaratilgan matn deb hisoblanadi +
b)Xitoyda 560 yilda suyakdan ishlangan matn hisoblanadi
s) Misrda eramizdan oldingi davrlarda devorga tushirilgan suratlar sanaladi
d) Markaziy Osiyoda “Avesto” hisoblanadi
3. IX asrda nashr etilgan birinchi to’liq bosma kitobning nomini aniqlang
a) "Olmos Sutra" +
b) “Avesto”
s) “Injil”
d) to’g’ri javob yo’q
4. Yevropada birinchi marta matoga bosib chiqarish texnikasi nechanchi yilda paydo bo’ldi?
a) 1300 yil atrofida paydo bo’ldi
b) 1400 yil atrofida paydo bo'ldi
s) 1450 yil atrofida paydo bo'ldi
d) 1500 yil atrofida paydo bo'ldi
5. Yevropada kim birinchi bo’lib ommabop antologiyani nashr ettirdi?
a) Feyerabend +
b) Jost Amman
s) Xovio Paolo
d) Jon Day
5-MA’RUZA TURKISTONDA NOSHIRLIK ISHINING VUJUDGA KELISHI
REJA;
Turkistonda ijtimoiy hayot
Turkistonda noshirlik ishiga ahamiyat
Noshiriyotda gazeta, jurnallarning nashr etilishi
Turkistonda bosmaxonalar faoliyati
Kalit so’zlar:Turkiston, nashriyot, nashr, faoliyat, bosmaxona
Turkistonda noshirlik ishining yuzaga kelishi xususida so’z ketganda avvalo bosmaxona haqida ma’lumotni to’liqroq olish lozimdir. Bosmaxona — matbaa mahsulotlari (kitob, jurnal, gazeta, plakat, blank va boshqalar) tayyorlaydigan sanoat korxonasi. Qadimda risolalar asosan qo‘lyozma tarzida tayyorlangan. Sharqda qo‘lyozmalarni xattotlar bejirim qilib oqqa ko‘chirib, naqqoshlar bezaklar bilan bezashgan, muqovasozlar varaqlarni tikib va qolipga tortib, kitob holida chiqarishgan (qarang Noshirlik). Kitob bosishga doir dastlabki tajribalar Xitoyda 1041—48 yillarda amalga oshirilgan (Bi Shen).Dastlabki bosmaxona Germaniyada I. Guttenberg tomonidan 1445 yil tashkil qilingan. Turkistonda birinchi bosma kitob 1868 yil Turkiston harbiy okrugi shtabi (Toshkent) bosmaxonasida chop qilindi. Birinchi rasmiy gazeta — "Turkestanskiye vedomosti" ham shtab bosmaxonasida bosila boshladi. O‘zbek tilida nashr qilingan birinchi kitob Shohimardon Ibrohimovning "Kalendar" ("Taqvim") kitobi (1871) bo‘ldi (Sh. Ibrohimov bir necha yil "Turkiston viloyatining gazeti"da tarjimonlik qilgan, keyinroq muharrir muovini lavozimida ishlagan). 1874 yil Xiva shahrida Muhammad Rahimxon (Feruz) tomonidan litografiya (toshbosma) qurildi vauyerda 19-asr 80- yillaridayoq anchamuncha kitoblar bosildi. Unda 1880 yilda Alisher Navoiyning "Hamsa"si, shoir Munis Xorazmiyning "Devoni Munis" va "Devoni Roji" bayozlari bosilib chikdi. 1898 yil Toshkentda eski shahar markazida hozirgi 1bosmaxona tashkil qilinib, bu yerda o‘zbek, tojik, turkman, qozoq va qirg‘iz tillarida darsliklar chiqarila boshladi. Ayni vaqtda u matbaachi kadrlar va matbaa tashkil otchilari tayyorlaydigan markazga aylandi. Keyinchalik Toshkentda, viloyatlar va tumanlar markazlarida birinketin bosmaxonalar qurildi. O‘zbekistonda 123 Bosmaxona faoliyat ko‘rsatadi (2000). Shundan "Sharq" nashriyotmatbaa aksiyadorlikjamiyati bosmaxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi ijaradagi Toshkent matbaa kombinati, rangli bosma fabrikasi, kitobjurnal fabrikasi, Birinchi Toshkent bosmaxonasi, Yangiyo‘l kitob fabrikasi, "Fan" nashriyoti bosmaxonasi va Nukus matbaa kombinati, O‘zbekBritaniya "Rastr" qo‘shma korxonasi yirik Bosmaxona hisoblanadi (yana qarangMatbaachilik sanoati). Bosmaxonalarning har xil turlari mavjud. Ikki yoki undan ko‘p bosma usullaridan foydalanadigan Bosmaxona matbaa kombinata deb ataladi. Asosan ofset bosma yoki chuqur bosma usullarida ishlaydigan Bosmaxona fabrika (mas, harita fabrikasi, kitob fabrikasi, rangli bosma fabrikasi, harf terish fabrikasi) deb ataladi, Tayyorlaydigan mahsuloti turiga qarab bosmaxona gazeta, jurnal, kitob, plakat, harita, blank chiqaradigan va boshqa turlarga bulinadi. Bosmaxonalar yirik, o‘rta va kichik xillarga ham ajratiladi. Bosmaxonalar birlashib, matbaa ishlab chiqarish birlashmalarini tashkil qilishi mumkin. bosmaxonaning asosan bosma qoliplar tayyorlash, bosish, mahsulotlarni pardozlash va yordamchi sexlari bo‘ladi. Qoliplar tayyorlash sexida yuqori bosma usuliga — harf terish, sinkografiya klishelari va quyma stereotiplar; ofset usuliga — qolip va monometall (alyuminiy, rux), bimetall va trimetall (mis, po‘lat, mis, xrom); chuqur bosmaga — mis yoki xromlangan qoliplar tayyorlaydi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng Bosmaxonalar tubdan qayta jihozlandi. Bosmaxonalarda matn va rasmlar zamonaviy kompyuterlarda terilmoqda va chop etilmoqda. Chop etish jarayonida adadining kamko‘pligiga qarab yuqori tezliqda ishlaydigan g‘altak (rotatsiya) hamda tekis bosma, bir va ko‘p rangli bosma mashinalar ishlatilmoqda. Pardozlash sexida ham adadining kamko‘pligiga qarab yakka stanoklar yoki katta agregatlar, potok liniyalar qo‘llanilmoqda.
1920-yil mart oyida Turkiston markaziy ijroiya qo ’mitasi Turkiston davlat nashriyotini (Turkdavnashr) ta’sis etish haqida qaror qabul qiladi. Unga o ’lkadagi barcha nashr ishlarini birlashtirish, qog ’oz taqsimoti va bosmaxona jihozlarini nazoratda tutish, rahbarlik qilish vazifalari yuklandi. Ushbu nashriyotda bosilishi mo ’ljallangan asarlar o ’z tarkibiy tuzilishi, shakl va mazmuni bilan G ’arb an’analarini o ’zida aks ettirishiga alodida e’tibor qaratildi.
Shu jarayonda yozma yodgorliklarni o ’rganish va nashr qilishga jadidlar katta qiziqish bilan qaraganini ko ’rish mumkin. Ular jahon tamadduni yutuqlarining targ ’ibotchilari bo ’lish bilan birga qadimiy milliy yozma adabiy merosimizni benihoya qadrlaguvchi, uning fidoyisi va tadqiqotchisi ham edilar. Badiiy asarlarning muallif matniga ega bo ’lish yoki muallif matniga yaqin ishonchli qadim va to ’g ’ri qo ’lyozma nusxasini qo ’lga kiritish har handay olimu fozil kishining orzusi, ideali bo ’lgan.1 XIX asr ikkinchi yarmi - XX asrning dastlabki yigirma yilida shaxsiy kutubxonalarning katta qismini osori atiqaga aylanib borayotgan o ’rta asrlar qo ’lyozma kitoblari tashkil etardi.2 Jumladan, Turkiston jadidchilik harakati yetakchilaridan biri Mahmudxo ’ja Bedbudiy fan, san’at va madaniyatning rivojida o ’tmish madaniy-ma’naviy yodgorliklarini o ’rganish, targ ’ib etish muhim deb hisoblagan, 1913-yili o ’z xususiy nashriyoti - «Nashriyoti Behbudiya»ni tashkil qilgan edi. Ayni vaqtda, Behbudiy kitob do ’konlari tarmog ’ini tashkil etish bo ’yicha katta ishlar olib borgan. U Toshkent, Samarqand, Buxoro, Andijon, Qo ’qon va Namanganda kitob do ’konlari ochadi.3 Ma’rifatparvar Behbudiy har bir nashr uchun tayyorlanayotgan asar matnini jiddiy tekshirgan. Hatto «Nashriyoti Behbudiya» uchun ba’zi asarlarning matnini tanqidiy o ’rgangan, kerakli joylarini tahrir qilgan. Adabiyotshunos olim A. Hayitmetov ushbu davr o ’zbek matnshunosligi rivojlanishi xususida so ’z yuritar ekan, shunday yozadi: «Bizda matnshunoslikning taraqqiyoti matnshunos olimlar nomi bilangina bog ’liq emas. Birinchi manbalar ustida ilmiy-tadqiqot olib boruvchi ko ’pgina adabiyotshunoslar asosiy kasbiga ko ’ra matnshunos bo ’lmasa ham, tekstologik tekshirish ishlari olib borishga majbur bo ’lgan va bu sohada muhim vazifalarni amalga oshirib tekstologiya rivojiga o ’z hissalarini qo ’shganlar»4. Olimning mazkur mulohazalari jadidlar faoliyatida tuliq tasdiqlanadi.
Vadud Mahmud, Fitrat, Munavvaqori Abdurashidxonov, Abdurahmon Sa’diy, Sadriddin Ayniy, Hodi Zarif kabilar mumtoz adabiyot vakillari merosini ilmiy muomalaga kiritish va xalqni ularning ijodi bilan tanishtirishda katta ishlar qildilar. Masalan, adabiyotshunos, shoir, publitsist Vadud Mazhmudni to ’la ma’noda matnshunos deya olmaymiz. Lekin uning ilmiy maqolalari, jumladan, «Navoiygacha turk adabiyoti», «Alisher Navoiy», «Fuzuliy Bag ’dodiy» kabi ishlarida qo ’lyozma va toshbosma nusxalardan «misqollab» yiqqan faktlari Alisher Navoiy hamda Fuzuliy hayoti va ijodini muxtasar yoritib beradi».5 Vadud Maxmud XX asrdagi dastlabki o ’zbek navoiyshunoslaridan edi. U «Alisher Navoiy» maqolasini qo ’lida mavjud bo ’lgan shoir asarlaridan «Chor devon», «Xamsa», «Tarixi muluki Ajam», «Majolis un-nafois», «Mudokamat ul-lug ’atayn»ning qo ’lyozma nusxalari asosida tayyorlaganini qayd etadi.6
Ayni shu davrdan o ’zbek matnshunosligi tarixida ilmiy yo ’nalish shakllana boshladi. Jadid ijodkorlari o ’zbek adabiyoti namunalarini qiyosiy tahlil qilish ishlarini boshlab berdilar. Garchi ularning ishlari umumiy tanishtiruv yo ’sinida tanqidiy munosabatdan xoli bo ’lsa-da, o ’zbek matnshunosligini jahon matnshunosligi o ’zaniga tushirishga xizmat qildi. Og ’zaki va yozma merosni o ’rganish, turkiy xalqlarning o ’tmish madaniyatini, ruhiyatini teran anglash jadidchilik g ’oyasinimustahkamlash hamda kengaytirish maqsadidan kelib chiqqan edi. Ma’rifatiarvarlarning qo ’lyozma va toshbosma nusxalarni qiyosiy o ’rganish, ilmiy tahlil qilish va nashr ettirish ishlariga keng e’tibor berishi matnshunoslik rivojida tom ma’noda ilgarigi bosqichlardan o ’zining ilmiy yo ’nalishi bilan tubdan farq qiluvchi yangi bosqichga o ’tishga ko ’prik vazifasini bajardi.
Bu davrdagi muhim yutuqlar sifatida quyidagilarni ko ’rsatish mumkin: Qozon universiteti qoshidagi «Arxeologiya, tarix va etnografiya jamiyati» a’zosi sifatida 1913-yili Farg ’onaga qilgan ilmiy safarida sharqshunos olim Ahmad Zakiy Validiy To ’g ’oy Namangandagi Muhammadhoji Eshon Lolaresh qo ’lidagi «Qutadg ’u bilig»ning nusxasini aniqladi. Bundan tashqari, Validiy Mashhadning «Ravza» kutubxonasida ishlash davomida X asr Movarounnahr va Bulg ’or tarixi bo ’yicha benihoya muhim materiallar beruvchi Ibn Fazlonning Bag ’doddan Bulg ’orga safari taassurotlarini aks ettirgan «Risola»sini topib, ilm ahliga ma’lum qildi(1924).7 Professor Abdurauf Fitrat 1924-yili Muhammadhoji Eshon Lolareshdan «Qutadg ’u bilig» asarining mazkur nusxasini olishga muyassar bo ’ldi va maxsus maqola yozdi, 1928-yili asarning ayrim parchalari zarur izohlar bilan nashr etildi.
Serqirra olim Abdurauf Fitrat adabiy tanqidchilik, manbashunoslik va matnshunoslik tarixida o ’ziga xos mavqega ega bo ’lgan shaxsdir. Uning ilmiy-tanqidiy maqolalari, nashr ettirgan kitoblari matnshunoslik ishlari bilan bevosita boglits. Xususan, Fitrat yozma yodgorliklarning nashrga tayyor- lanishiga prinsipial yondashdi. U bugungi kungacha o ’z agamiyatini yo ’qotmay kelayotgan «Eng eski turk adabiyoti namunalari» (1927),8 «O ’zbek adabiyoti namunalari» (1928)9 kitoblari materiallarini aynan qo ’lyozma manbalar asosida tayyorladi. Fitrat Navoiy asarlari manbalarni o ’rganishga alohida e’tibor qaratdi. Uning qo ’lyozma manbalarni nashrga tayyorlash, xususan, mumtoz shoirlar ijodidan namunalar jamlab chop ettirish kabi ishlari matnshunoslikka oid izlanishlar olib borganligini ko ’rsatadi.
«O ’zbek adabiyoti namunalari» mumtoz adabiyotimiz asarlarini topib nashrga tayyorlashda, ularning ilmiy-tanqidiy matnlarini yaratishda hamda bu adabiy yodgorliklarni tipologik jihatdan o ’rganishda birlamchi adabiy manbadir.10-Fitratning e’lon qilgan adabiy parchalari matni keyingi ilmiy-tanqidiy matnlar tayyorlanishida qo ’l kelgani shubhasiz. Jumladan, tadqiqotchi O. Hamroyeva Fitrat tomonidan tayyorlangan «Muhokamat ul-lug ’atayn», «Navodir ush-habob» asarlari parchalari bilan Alisher Navoiy 20 jildlik mukammal asarlari to ’plamidagi asar matnini o ’zaro solishtirib chiqqan.11
Fitratning matnshunoslik rivojiga qo ’shgan hissasi yana uning sof tekstologik tadqitsotlarida ko ’rinadi. Jumladan, olim «Navoiyning forsiy shoirligi» maqolasida «Devoni Foniy»ning Buxoroda topilgan nusxasini badiiy hamda uslubiy jihatdan tekshiradi, uning Navoiy qalamiga mansub emasligini aniqlaydi. Olim «Devonayi Mashrab» asari qo ’lyozma nusxalarini chuqur ilmiy tadqiq qilib chiqadi. Mavjud nusxalar matnini o ’zaro qiyosiy solishtiradi. U matn bilan bog ’liq ko ’plab muammoli holatlarni shunday ko ’rsatadi: «Devonayi
Mashrab» manqabasida vazn, qofiya va mazmun tomonlaridan tamom buzilgan bemaza narsalar ham juda ko ’bdir. Bularni shul buzuq hollarda yuqoridan beri uslubi bilan tanisha kelganimiz Mashrabning she’rlari deb qabul qila olmaymiz, albatta. Bular yo yomon kotiblar tomonidan buzila-buzila biz ko ’rgan shaklga kirganlar yoxud manqabani yozgan va o ’qigan bir ko ’b yarim shoirlar tomonidan so ’ngralar ilova qilingan parchalardir».12
Fitrat mumtoz adabiyotimizning Ahmad Yugnakiy, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Koshg ’ariy, Ahmad Yassaviy, Alisher Navoiy, Bobur, Muhammad Solih, Mashrab, Turdi kabi vakillari ijodini eng qadimgi nodir qo ’lyozma asarlarga asoslanib o ’rganib chiqdi.13
Abdurauf Fitrat matnshunoslik masalalariga juda katta e’tibor qaratdi, matnlarni qiyosiy o ’rganishga harakat qildi. U o ’zining «Qutadg ’u bilig» haqidagi maqolasida kuyunchaklik bilan yozadi: «Rusiyaning mashhur turkshunoslaridan professur Samoylovich Moskvada men bilan ko ’rishganida «Devonu lugatit turk»dan foydalanib «Qutadg ’u bilig»ning yangi bir bosmasini (tab’ini) tayyorlaganini bildirgan edi. Shuni bizning qo ’limizdari nusxa bilan solishtirgandan so ’ng bostirsa edi, professur janoblarining bu xizmatining ilmiy bahosi juda ortqon bo ’lar edi».14 Bu jumlalardan ma’lum bo ’ladiki, asr boshlaridayoq o ’zbek matnshunoslari rus matnshunoslari ishlariga tanqidiy baho bera oladigan darajada bilimli va o ’z qarashlarida sobitqadam olimlar bo ’lgan. Ushbu holat matnshunoslikda asoschilikka da’vo qilgan rus olimlari bilan teng raqobatlasha oladigan o ’zbek olimlari yetishib chiqqanidan dalolat. Fitratning quyidagi tahlillaridan ham buni yaqqol anglash mumkin: «Qutadgu bilig»ning ilm dunyosida ma’lum bo ’lgan nusxalarida boshda bir sochim boshlang ’ich(nasr bilan yozilgan bir muqqaddima), ondin so ’ngra kitobdagi «bob»larni ko ’rsatkichi — bir fezfist, ondin keyin kitobning «nazm» qismi borligi ma’lumdir. Bizning qo ’limizdagi nusxada esa «sochim-boshlang ’ach»ning kubraki tushkan. Ozginasi qolgandir. «Fehrist» qismida kitobning oltmish yetti bobi ko ’rsatilgan. Bu oltmish yetti bobdan yolg ’uz beshinchi bobning ismi tushub qolgan. «Sochim-boshlang ’ich»ning kitob egasi tomonidan emas, boshqa bir kishi tomonidan yozilganini Ovrupa olimlari bir og ’izdan so ’ylaydir. Menim fikrimcha, bizning qo ’limizdagi nusxaning «fehrist» qismi ham kitob egasi tomonidan yozilmagan. Chunki «fehrist»da ko ’rsatilgan «bob» ismlari bilan matndagi «bob» ismlari orasida ancha ayirma borligi ko ’runadir».15 Shunday deya olim o ’z fikrlarini dalillash uchun fehrist va matndan qiyosiy 3-4 ta solishtirma misollarni keltiradi. Fitrat Yevropa olimlari bilan bahs-munozaraga kirishadi. Bu esa bizning o ’zbek olimlari matnshunoslik bobida faqat rus olimlari emas, balki Yevropa olimlari bilan teng bilimga ega bo ’lganini ko ’rsatadi. Ayni o ’sha munozara natijasida «Qutadg ’u bilig» asarining eng qadimgi va ishonchli nusxasi deb ilmda Abdurauf Fitrat muomalaga olib kirgan Namangan nusxasi e’tirof etilgan.
Jadidlarning ko ’pchiligi yaxshigina xattot bo ’lib, ko ’plab qo ’lyozmalardan nusxalar ko ’chirganlar. Masalan, shoir Sirojiddin Sidqiy Xondayliqiy Vasliy Samarqandiyning «Al-kalom ul-afham fi manoqibi imomi ul-A’zam» kitobini ko ’chirgani ma’lum.16
O ’tgan asrning 20-yillaridan ilmiylik yetakchi mezonga aylangan o ’zbek adabiyotshunosligi alohida soha sifatida shakllana boshladi. Adabiyot tarixi tadqiqotchilari muntazam ravishda klassiklarimizning hayoti, ijodiga bag ’ishlangan maqolalar e’lon qilish bilan birga ularning asarlarini chop ettirish, ommalashtirishga jiddiy kirishdilar. O ’zbek matnshunosligi sohasi filologiya fanining asosiy va muhim tarmoqlaridan biriga aylanib, yozma yodgorliklarning asl matnlarini tiklash hamda ularni nashr qilish bosh vazifa bo ’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |