«noshirlik asoslari» fanidan o`quv-uslubiy majmua (1-kurslar uchun) Samarqand – 2021 annotatsiya



Download 1,37 Mb.
bet5/26
Sana25.01.2023
Hajmi1,37 Mb.
#902226
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
8ee1e88e2cee1b3d8e4e94dc9eb73d8e NOSHIRLIK ASOSLARI

Xattotlik (arab. — husnixat yozuvchi), kalligrafiya — yozuv (xat) san’ati, kitob ko‘chirish hamda me’moriy inshootlar, badiiy buyumlarning kitobalirini yaratish kasbi. Yozuvning paydo bo‘lishi natijasida yuzaga keldi. Ayniqsa, arab yozuvining keng tarqalishi tufayli X.ning rivojlanishi jadallashdi. Sharqda, jumladan, O‘rta Osiyoda kitob bosish vujudga kelguniga qadar qo‘lyozma kitob tayyorlash, ularning nusxalarini ko‘paytirish (matn ko‘chirish) bilan xattotlar shug‘ullangan (qarang Kitobat san’ati). Xattotlar saroylarda, ayrim amaddorlar huzurida guruh bo‘lib ishlagan. Jumladan, temuriy shahzoda Boysung‘ur Mirzo (1397—1433) Hirotda tashkil qilgan kutubxonada musavvir, naqqosh va boshqa ustalar bilan bir qatorda 40 dan ortiq xattotlar qo‘lyozma kitoblar tayyorlash, yaroqsiz holga kelganlarini ta’mirlash bilan mashg‘ul bo‘lgan. X. san’atiga bag‘ishlangan ko‘plab risolalar 10 xil asosiy xat uslublari (nasx, kufiy, muxakkak, nasta’lik, suls, tavqe, ta’liq, devoniy, riko, rik’iy) mavjudligi haqida darak beradi.
O‘rta Osiyoda arab yozuvlari tarqalguniga qadar turli yozuv usullari bo‘lgan [mas, sug‘diy, urxunenisey (qad. turkiy xoqon yozuvlar) va boshqa]. Qad. yozuvlardan bo‘lgan kufiy yozuvi ko‘pgina me’moriy va boshqa yodgorlik obidalarining bezagida, saqlanib qolgan. Jumladan, O‘zbekiston musulmonlari diniy idorasida saqlanayotgan Usmon Qur’oni ham ana shu kufiy (qad. hijoz adabiy yozuvi)da ko‘chirilgan. Qur’on ko‘chirishda nasx, buyruq va farmonlar yozishda tavqe, maktublar bitishda riqo ishlatilgan. Bulardan tashqari tumor, g‘ubor, shajariy, tug‘ro va boshqa yozuv usullari ham bo‘lgan. 15-asrdan kitob ko‘chirish (fors, eski o‘zbek tillari)da nasta’liq xati rayem bo‘lgan. X. Markaziy Osiyoda Temuriylar, Shayboniylar va so‘nggi sulolalar (ashtarxoniylar, mang‘itlar) davrida yuksak darajada taraqqiy etgan. Amir Temur davrida Mavlono Shamsuddin Munshiy, sangtarosh va xattot Oltun juda mashxur bo‘lgan. Alisher Navoiyning shaxsiy kutubxonasida 11 ta yirik san’atkorlar (Sultonali Mashhadiy, Abduljamil Kotib, Darvesh Muhammad Toqiy va boshqalar) X.da samarali ijod kilgan. "Xattotlar sultoni" Sultonali Mashhadiy, Mir Ali Tabriziy va boshqa nasta’liq xatini san’at darajasiga ko‘targan. Temuriy shahzodalar (Ibrohim bin Shohruh, Boysung‘ur Mirzo, Badiuzzamon Mirzo va boshqalar) ham X.ka homiylik qilish bilan birga o‘zlari bu san’at turi bilan shug‘ullangan; Zahiriddin Muhammad Bobur esa yangi xat va alifbo "Xammu Boburiy" ixtirochisidir. Kitobat san’ati bilan bir qatorda binolarning kitobalari, qabrtoshlardagi bitiklar va buyumlarda X. keng qo‘llanilgan. Shayboniylardan Muhammad Shayboniyxon va Ubaydullaxon X. bilan shaxsan shug‘ullangan va nasx xatida yuksak mahorat bilan yozgan. 16-asr Movarounnaxr X. maktabini yuzaga kelishida Mir Ali Hiraviynnsh hayoti va ijodi alohida o‘rin tutadi. Bosmaxona paydo bo‘lguniga qadar kotib, xattotlar mehnati kitob tayyorlashda muhim o‘rin tutgan. Bu borada Boysung‘ur Mirzo, Alisher Navoiy, Muhammad Rahimxon II (Feruz) va boshqalarning faoliyatlari diqqatga sazovor. 20-asrda yirik kutubxonalarda xattotlar qo‘lyozma kitoblar nusxasini ko‘paytirish bilan shugullandilar. Mas, Navoiy kutubxonasi (O‘zbekiston milliy kutubxonasi)da bir guruh xattotlar ishlagan. 1943 yilda O‘zbekiston FA Sharqshunoslik instituti tashkil topgach, malakali xattotlar (Ibodulla Odilov, Abduqodir Murodov, Abdulla Nosirov, Usmon Karimov va boshqalar) shu yerga to‘plandi: ular ko‘hna qo‘lyozmalarni tiklash, ko‘chirish, tavsif varaqalari tuzish bilan shug‘ullana boshladilar. 20-asr 80-yillariga kelib kitobat san’ati bir guruh kishilar tomonidan qayta tiklandi. Bunda Habibulla Solih, Abdulla Mirsoatov, To‘xtamurod Zufarov, Alisher Shomuhammedov va boshqa ning xizmatlari katta. Jumladan, Habibulla Solih Mushafi Usmon Qur’onining asl nusxasidan pergamentga 3 marta nusxa ko‘chirib tayyorlagan (bir nusxasi Malayziyaning KualaLumpur shahrida; pergamentga ko‘chirib tayyorlagan yana bir nusxasi Toshkent islom universitetida), Katta Langar Qur’onidan (SanktPeterburg va O‘zbekistondagi nusxalari asosida) teriga ko‘chirib nusxa tayyorlamoqda. Habibulla Solih 1998 yilda Istanbulda o‘tkazilgan Xalqaro xattotlar bellashuvida "Devoniy" xat uslubi bo‘yicha kuchli o‘nlikdan o‘rin oldi; 1999 yilda X.da yangi tarz (naqshin bezak yozuvining alifbosini kashf kilib bu sohada yangilik) yaratgani uchun Lohurdagi Xalqaro xattotlar bellashuvida "Parvin raqam" ("Sharq yulduzi") unvoniga sazovor bo‘ldi. Abdulaziz Mansurov, Islom Mamatov, Salimjon Badalboyev, G‘afurjon Haqberdiyev va boshqa bugungi kundagi eng mashhur xattotlardir. X. hozirgi kunda Toshkent sharqshunoslik instituti, Toshkent islom universiteti, Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn intida o‘rgatiladi.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish