Norezident birliklarga qanday institutsion birliklar


Javob:Yalpi ichki mahsulot



Download 152,69 Kb.
bet2/6
Sana03.07.2022
Hajmi152,69 Kb.
#734398
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
41-60 statstika

Javob:Yalpi ichki mahsulot deflyatori — joriy davrda ishlab chiqarilgan mahsulot birligi bahosining bazis davrida ishlab chiqarilgan mahsulot birligi bahosiga nisbatan qanday darajada oʻzgarganligini bildiradi.



  1. O‘zbekistonda aholishunoslikka oid dastlabki tadqiqotlar kim tomonidan, qachon o‘tkazilgan?

Javob:Maqsadli demografik tadqiqotlar o’tkazish asosan 1960-yillardan boshlandi. Ana shu davrdan to xozirgi kunga qadar Respublikada juda katta ahamiyatga ega bo’lgan demografik tadqiqotlar olib borilgan hamda shu sohada yirik mutahasislar tayyorlangan. • Demografiya sohasida erishilgan yutuqlar ustoz olim M.K.Qoraxonov nomi bilan bog’liqdir. Olim faqat O’zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda yirik demografik tadqiqotlar olib bordi. • M.Q.Qoraxonov o’lkamiz aholisining miqdoriy rivojlanishi bilan bir qatorda uning sifatiy rivojlanishi sohasida ham yirik tadqiqot ishlarini olib bordi. • Olim boshchiligida O’zbekistonda aholi ma’lumotlilik bosqichlari bo’yicha prognozi ham ishlab chiqilgan. • Shuningdek aholishunoslik geografiyasi faniga xozirgi kunga qadar xissa qo’shib kelayotgan olimlarimiz talaygina. Jumladan: M.R. Bo’riyeva, Z.N. Tojiyeva, D.N. Egamova, S.S. Zokirov va boshqalar.

  1. Aholi ruyxati - aholining soni va tarkibi to’g’risidagi statistik informatsiyalarning muhim manbai nimalardan iborat?

Javob:Aholi ro’yxati aholi sonini aniqlashda boshlang’ich manba hisoblanadi. Sobiq ittifoq davrida O’zbekistonda 1926, 1939, 1959, 1970 va 1989 yilda aholi ro’yxati o’tkazilgan. Aholi ro’yxatining natijalari ma’lum bir sanaga va aniq bir momentga aholi soni to’g’risida ma’lumot beradi. Aholi ro’yxati o’tkaziladigan davrlar oralig’ida so’nggi aholi ro’yxatiga va aholi tabiiy hamda mexanik xarakatiga asoslanib, hisob yo’li bilan aniqlanadi: Aholi soni aniqlanayotganda ikki xil kategoriyadagi aholi soni hisobga olinadi: Doimiy aholi – bu hisob o’tkazilayotgan vaqtda mazkur hudda bo’lish, bo’lmasligidan qat’iy nazar istiqomat qiluvchilar soni. Mavjud aholi – mazkur hududda doimiy istiqomat qilish yoki qilmasligidan qat’iy nazar hisob o’tkazilayotgan vaqtda hududda mavjud bo’lgan aholi.


  1. Aholining tabiiy va mexanik harakatining joriy hisobi qanday amalga oshiriladi?

Javob:Ma’lumki, aholi soni muntazam o’zgarib turadi. Bu o’zgarishlar tabiiy va mexanik harakat hisobiga to’g’ri keladi. Aholi sonining tug’ilish va o’limlar hisobiga o’zgarishini aholining tabiiy harakati deb ataladi. Aholining tabiiy harakatiga ta’sir etuvchi ko’rsatkichlar qatoriga aholi nikohdan o’tish va ajralish ham kiradi.Aholi sonini o’zgarishni ifodalashda mutloq va nisbiy sonlar yordamida olib boriladi. Nisbiy sonlar o`lchov birligi koeffitsiyent protsent va promilleda hisoblanadi. Aholning tabiiy harakatining asosiy ko`rsatkichi aholining tug’lish darajasi hisoblanadi. Tug’ilish darajasi –turli xil ko`rsatkichlar yordamida o’rganiladi, ya’ni tug’ulishning umumiy, maxsus, xususiy va tug’ilishning yig’indi (summarniy) koeffitsentlari asosida o’rganiladi. Umumiy tug’ilish koeffitsenti har 1000 aholiga nisbatan tug’ilgan bolalar sonini ifodalaydi va quyidagi formula yordamida aniqlanadi;
K(Tug’)- tug’ilishning umumiy koeffitsenti.= A (tug’)–tug’ilgan aholi soni / aholining o’rtacha soni
Tug’ilish darajasini aniq ifodalash maqsadida tug’ilishning maxsus koeffitsiyenti xar 1000 ta 15-49 yoshdagi ayollarga nisbatan tug’ilgan bolalar soni aniq ifodalaydi va uni aniqlash va u quyidagi formula yordamida aniqlanadi: Km.t. – maxsus tug’ilish koeffitsiyenti.=. A tug’–tug’ilgan aholi soni/ W15-49 – 15-49 yoshdagi ayollar soni 
Reproduktiv yosh davrida bir ayol o’rtacha ko’radigan bolalar soni quyidagi formula yordamida aniqlash mumkin.
K – yoshi bo’yicha interval=. /∑- yoshi bo’yicha tug’ilish koeffitsiyentlari yig’indisi./1000

  1. Aholi bo’yicha statistik ma’lumot manbaalari nimalardan iborat?

Javob: Aholi statistikasining ma’lumot manbalari quyidagilardan iborat: aholi 
ro`yhati – aholi xaqidagi ma’lumotlarning birinchi va asosiy manbai bo`ib, u 
aholi haqida har tomonlama to`liq va aniq ma’lumotlarni beradi. Lekin umumiy 
aholi ro`yxatini o`tkazish – katta mehnat va mablag’ talab qiladigan jarayon 
bo`lgani uchun BMT statistik hay’ati uni har o`n yilda bir marta amalga 
oshirishni taklif qilgan. 
Ro`yhatga olishlar orasida esa mamlakatda yuz bergan demografik va 
ijtimoiy jarayonlar haqidagi ma’lumotlarni joriy hisob yoki tanlama kuzatish 
ma’lumotlaridan olish mumkin. Aholining tabiiy va mexanik harakati haqidagi 
ma’lumotlar asosida har bir xududdagi yillik aholi sonini hisoblash mumkin. 
Aholini statistik o`rganish natijalari asosida turli xil ijtimoiy-iqtisodiy 
masalalar echiladi va aholi statistikasining vazifalari quyidagilardan iborat: 
- aniq hudud, moment va sharoitda aholi sonini aniqlash; 
- aholini mamlakatning ayrim hududlari bo`yicha joylanishini (zichligini) 
tahlil qilish; 
- aholi tarkibini (jisni, yoshi, millati, ijtimoiy holati, ma’lumoti, bandligi 
va h.k.) o`rganish; 
- aholini takror paydo bo`lishi (tug’ilish, vafot etish, tabiiy o`sish, 
nikohdan o`tish va uni bekor qilish) jarayonlarini o`rganish; 
- aholi migratsiyasi (ko`chib kelishi, ko`chib ketishi) jarayonlarini 
o`rganish; 
- aholi soni va tarkibi kelajagini bashoratlash va h.k. 

  1. Mehnat bozori, bandlik va ishsizlik statistikasining ko’rsatkichlari nimalardan iborat?
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish