IFa=IA+ISHS yoki
IFa=MR-XXbbm Bu yerda XXbbm –mehnat qilish yoshidagi ammo xalq ho’jaligida band bo’lmagan ishga layoqatli aholi soni.
Iqtisodiy nofaol ( INF ) aholi deganda davlat ¹ ( D₁ ) va ayrim kishilar ( AK ) qaramog'ida bo'lgan , hech qaerda ishlamayotgan aholi tushuniladi . Uning soni quyidagi hisoblanadi :
INFa = Dq + AKq Mehnat resurslarining mutlaq o'sish ko'rsatkichi ( ) yuqorida qayd etilgan 16 yoshga to'lgan aholi soni ( U16esh ) , xalq xo'jaligiga jalb qilingan mehnat yoshida bo'lmagan o'smirlar ( U s ) pensionerlar ( Ps) va mazkur hududga kelganlar ( KELme ) soni yig'indisidan iborat :
ΣMPko’p= U16esh + Us + P s + KELme Mutlaq ko'rsatkich mehnat resurslarining potentsial sonining o'zgarishini tavsiflaydi . Biz xohlaymizmi , xohlamaymizmi vaqt o'tishi bilan inson mehnat qobiliyatini yo'qotib boradi . Bu tabiiy hol . Mehnat qobiliyatini yo'qotganlar sonini oshib borishi mehnat resurslari sonining kamayishiga olib keladi . Mehnat resurslari sonining kamayishini statistika quyidagi ko'rsatgichlar yordamida o'rganadi : mehnat yoshidan o'tganlar koeffitsienti ; mazkur yilda mehnat yoshida o'lganlar koeffitsienti ; pensiyaga chiqqanlar koeffitsienti ; mazkur hududdan ketgan mehnat yoshidagilar koeffitsienti ; mehnat resurslari safidan chiqqanlarning umumiy koeffitsienti ; mehnat resurslarining mutlaq kamayish ko'rsatkichi .
Iqtisodiy faol aholi va ishsizlarning sonini aniqlash usullari qanday amalga oshiriladi?
Javob: Iqtisodiy faol aholi – mehnat faoliyatining daromad keltiruvchi har qanday turi bilan shug’ullanuvchi shaxslar, shuningdek ishga joylashtirishga muhtoj ish bilan ta’minlanmagan aholi. Iqtisodiy faol aholi shuningdek Qurolli kuchlarda xizmatni o’tayotgan shaxslarni ham qamrab oladi.
IF=IT+IM Ish bilan ta’minlanganlar bu: pul yoki naturada taqdirlash uchun yollanish bo’yicha haftada kamida 2 soat mobaynida ish bajargan shaxslar, shuningdek o’z faoliyati uchun taqdirlash yoki daromad olish muddatidan qat’i nazar foyda yoki daromad olish uchun yollanmagan tarzda ish bajaruvchi shaxslar; kasallik yoki jarohat, bemorni parvarish qilish tufayli; har yillik ta’til yoki dam olish kunlari; o’z ish joyidan tashqarida o’qish; ma’muriyatning tashabbusi bilan ish haqi saqlangan yoki saqlanmagan holdagi ta’til hamda shunga o’xshash sabablarga ko’ra ishda vaqtincha bo’lmagan shaxslar; haq to’lanmagan holda oilaviy korxonada ishlarni bajargan shaxslar.
Ishga joylashtirishga muhtoj ish bilan ta’minlanmagan aholi (ishsizlar) – amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq rasman ishsiz sifatida ro’yxatdan o’tkazilgan shaxslar, shuningdek haq to’lanadigan ishga yoki daromad keltiruvchi mashg’ulotga, mehnat organlari ko’magida yoki mustaqil ravishda faol ish izlovchi va bunday ish taklif etilsa, ishga joylashishga tayyor bo’lgan mehnatga qobiliyatli yoshdagi vaqtincha ish bilan ta’minlanmagan shaxslar.
Iqtisodiy nuqtai nazardan ishsizlik deganda – ishchi kuchining ish joyi bilan bilan ta’minlanmaganligi va natijada , uning biron –bir qonuniy daromad manbaiga ega bo’lmasligining muayyan (aniq) holati tushuniladi. Birinchi shart – fuqaro mehnatga qobiliyatli bo’lishi va amaldagi qonun hujjatlariga binoan pensiya ta’minoti huquqiga ega bo’lmasligi kerak . Huquqiy jihatdan mehnat qilish qobiliyatining quyi darajasi , Mehnat kodeksining 77-moddasiga muvofiq 16 yosh deb belgilangan.