Javob: Mehnat bozori deganda bir tomondan ish beruvchilar, ikkinchi tomondan ishga talabgorlarning (yollanuvchilarning) o’zaro munosabati amalga oshuvchi bozor iqtisodiyotining maxsus bo’lagi tushuniladi va u quyidagi komponentlardan tashkil topadi: mehnatga talab; mehnat taklifi; ishchi kuchi bahosi; ishchi kuchi qiymati; raqobat. Mehnat bozori statistikasi oldida mehnat resurslari, iqtisodiy faol va nofaol aholi, aholini bandligi, ishsizlik terminlarini izohlash asosida statistik ko’rsatkichlarni aniqlash metodologiyasini takomillashtirish, hisoblash va tahlil qilish, korxona va tashkilotlarda xodimlar sonini, tarkibini, unumdorligini o’rganish vazifalari turadi. Buni ustiga, mehnat bozorini holati bilan aholini tanishtirish va boshqaruv organlarini ma’lumotlar bilan ta’minlash, statistik organlarining ham o’ta muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Mеhnаt rеsurslаri stаtistikаsi – bu jаmiyatdаgi mеhnаtgа lаyoqаtli, bilim vа mаlаkаgа, ishlаb chiqаrish yoki хizmаt ko'rsаtish qоbiliyatigа egа bo'lgаnlаr kishilаrdir.
Mehnat resurslari-aholining mehnat qilishga layoqatli qismi.
Mehnat resurslari mamlakatdagi mehnatga layoqatli ya’ni mehnat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan kishilarni tashkil etadi.Iqtisodiy faol aholi– mehnat faoliyatining daromad keltiruvchi har qanday turi bilan shug’ullanuvchi shaxslar, shuningdek ishga joylashtirishga muhtoj ish bilan ta’minlanmagan aholi. Iqtisodiy faol aholi shuningdek Qurolli kuchlarda xizmatni o’tayotgan shaxslarni ham qamrab oladi.
Iqtisodiy faol bo`lmagan aholi - aholining ishchi kuchi tarkibiga kirmaydigan qismidir. Iqtisodiy faol bo`lmagan aholi quydagi toifalardan iborat:
-ishlab chiqarishdan ajratilgan holda ta’lim olayotgan hamda ish xaqiga yoki mehnat daromadiga ega bo’lmagan o’quvchilar va talabalar;
-uy bekalari hamda bolalarni parvarish qilish bilan band bo’lgan ishlamayotgan ayollar;
-ko’char va ko’chmas mulkdan daromad olayotgan ishlamayotgan shaxslar;
-ixtiyoriy ravishda mehnat bilan band bo`lmagan shaxslar.
Samarali va egiluvchan mehnat bozori deganda nimani tusnunasiz?
Javob: Samarali va egiluvchan mehnat bozori deganda doimo o’zgarib boruvchi tizim, aniqrog’i o’zida quyidagi xarakteristikalarni mujassamlashtiruvchi model tushuniladi:
– ishga yollanuvchi va ish beruvchining faoliyati shaxsiy manfaatlarni maksimal qondirilishiga yo’naltirilgan. Sotib oluvchida u foyda summasi bo’lsa, sotuvchida u juda murakkab tarkibga ega;
– ishchi kuchini sotuvchi va sotib oluvchi turli variantlar mavjudligi haqida ma’lumotlarga ega va
o’zi uchun eng manfaatlisini tanlash qobiliyatiga ega;
– mehnat bozorida bir xil tipdagi mehnat xizmatlari sotiladi va sotib olinadi.
Sotiladigan va sotib olinadigan tovar, aniqrog’i ishchilar bir biridan deyarli farq qilmaydi:
– ishchi kuchiga qilinadigan xarajatlar faqat vaqtga mos ravishda ish haqlaridan tashkil topadi, mehnat unumdorligi esa doimiy miqdor bo’lib hisoblanadi va ish vaqtining uzunligiga bog’liq emas;
– mehnat xizmatlarini sotib olish va sotish faqat raqobat asosida amalga oshiriladi.
Buning asosiy sharti sifatida bozorda bir biriga bog’liq bo’lmagan ko’plab sotuvchi va sotib oluvchilarning qatnashishi hisoblanadi.
Iqtisodiy faol aholi va iqtisodiy nafaol aholi tushunchalari hamda ma’lumotlarning manbalari nimalardan iborat?
Javob: Iqtisodiy faol aholi – mehnat faoliyatining daromad keltiruvchi har qanday turi bilan shug’ullanuvchi shaxslar, shuningdek ishga joylashtirishga muhtoj ish bilan ta’minlanmagan aholi. Iqtisodiy faol aholi shuningdek Qurolli kuchlarda xizmatni o’tayotgan shaxslarni ham qamrab oladi.
IF=IT+IM Ish bilan ta’minlanganlar bu: pul yoki naturada taqdirlash uchun yollanish bo’yicha haftada kamida 2 soat mobaynida ish bajargan shaxslar, shuningdek o’z faoliyati uchun taqdirlash yoki daromad olish muddatidan qat’i nazar foyda yoki daromad olish uchun yollanmagan tarzda ish bajaruvchi shaxslar; kasallik yoki jarohat, bemorni parvarish qilish tufayli; har yillik ta’til yoki dam olish kunlari; o’z ish joyidan tashqarida o’qish; ma’muriyatning tashabbusi bilan ish haqi saqlangan yoki saqlanmagan holdagi ta’til hamda shunga o’xshash sabablarga ko’ra ishda vaqtincha bo’lmagan shaxslar; haq to’lanmagan holda oilaviy korxonada ishlarni bajargan shaxslar.
Ishga joylashtirishga muhtoj ish bilan ta’minlanmagan aholi (ishsizlar) – amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq rasman ishsiz sifatida ro’yxatdan o’tkazilgan shaxslar, shuningdek haq to’lanadigan ishga yoki daromad keltiruvchi mashg’ulotga, mehnat organlari ko’magida yoki mustaqil ravishda faol ish izlovchi va bunday ish taklif etilsa, ishga joylashishga tayyor bo’lgan mehnatga qobiliyatli yoshdagi vaqtincha ish bilan ta’minlanmagan shaxslar.
Iqtisodiy faol bo’lmagan aholi – iqtisodiy faol aholi tarkibiga kirmaydigan mehnat yoshidagi mehnatga qobiliyatli aholi.
Mehnat bilan bandlar soni quyidagi formula bo’yicha hisoblab chiqiladi:
, bunda: - iqtisodiyotning rasmiy sektorida ishlovchilar soni;
- iqtisodiyotning norasmiy sektorida ishlovchilar soni;
- migrant mehnatchilar soni – chet ellarda ishlayotgan O’zbekiston Respublikasi rezidentlari, ularning mazkur mamlakatda ro’yxatga olingan yoki olinmaganligidan qat’i nazar.
Ushbu bobdagi ko’rsatkichlarni hisoblashda davlat statistika hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va boshqa tegishli idoralar ma’lumotlaridan foydalaniladi. Rasmiy sektorda band bo’lganlar soni davlat statistika hisoboti ma’lumotlari bo’yicha aniqlanadi va hisoblab chiqiladi hamda quyidagilardan iborat bo’ladi:
yollanib (mehnat shartnomasi bo’yicha), shu jumladan saylanadigan lavozimlarda ishlayotgan doimiy, vaqtinchalik va mavsumiy xodimlar;
harbiy xizmatchilar, ichki ishlar organlari va boshqa tashkilotlar xodimlari;
kooperativlar va shirkatlar a’zolari;
xususiy korxonalar egalari (ish beruvchilar), shu jumladan fermerlar;
yuridik shaxs bo’lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi shaxs sifatida rasman ro’yxatga olingan fuqarolar;
yuridik shaxs sifatida ro’yxatdan o’tkazilgan dehqon xo’jaliklari a’zolari hamda shaxsiy yordamchi xo’jaliklarda va dehqon xo’jaliklarida qoramol o’stirish bilan band bo’lgan shaxslar;
nodavlat notijorat tashkilotlari xodimlari.
Mehnat resurslarining tushunchasi, toifalar va statistik ko’rsatkichlari nimalardan iborat?
Javob: Mehnat resurslari - bu jamiyatdagi mehnatga layoqatli , bilim va malakaga , ishlab chiqarish yoki xizmat ko'rsatish qobiliyatiga ega bo'lgan kishilardir . Ularning asosiy qismini mehnat qilish yoshida bo'lgan aholi qismi tashkil etadi . " Mehnat kodeksi " ga va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 31 yanvardagi 42 - sonli " Aholini ish bilan ta'minlanganligini hisobga olish tizimini takomillashtirish to'g'risida " gi qaroriga binoan mehnat resurslarining quyi chegarasi 16 yosh , yuqori chegarasi esa erkaklar uchun 60 , ayollar uchun 55 yosh deb qabul qilingan . Bu chegaralarni belgilashda aholining turmush darajasi , sog'liqni saqlash , sport va maorif tizimi , pensiya ta'minoti sharoitlari , ijtimoiy , iqtisodiy va demografik omillar hisobga olinadi . Shunga muvofiq mehnat resurslari ( MR ) ning jismoniy imkoniyatli quyidagicha hisoblash mumkin .
MR - Mg ' - NI + PO '
bu erda : ME - mehnat qilish yoshidagi aholi ; NI- mehnat qilish yoshidagi layoqatsiz aholi ( I va II guruh nogironlari hamda imtiyozli pensiyaga chiqqanlar ) . PO'- tovar ishlab chiqarish yoki xizmat ko'rsatish sohalarida band bo'lgan pensionerlar va 16 yoshdan kichik bo'lgan o'smirlar .
O'zbekiston mehnat resurslari bilan ta'minlanish darajasi jihatdan eng yuqori bo'lgan mintaqalar qatoriga kiradi . Markaziy Osiyodagi mehnat resurslarining deyarli 40 foizi uning hissasiga to'g'ri keladi . Ayniqsa aholining tarkibida mehnat qilish yoshida bo'lgan kishilar sonining nisbatan tezroq o'sishi respublika mehnat resurslarining jadal o'sishiga olib kelmoqda . 2000 yilda ularning soni 12 milliondan oshdi .
Iqtisodiy faol (IFa) aholi deganda ,iqtisodiyotda band bo’lgan aholi (IA) va ishsizlar (ISHS)ning yig’indisi tushiniladi .uning soni quyidagicha aniqlanadi: