Ikkinchi shart – fuqaro ishga va ish haqiga (mehnat daromadiga) ega bo’lmasligi lozim .
Uchinchi shart – fuqaro ishlashga tayyor bo’lishi lozim. Fuqaroning ishlashga tayyor ekanligini , uning mahalliy mehnat organiga ish qidirib
rasmiy murojaat qilishi , belgilangan muddatlarda mehnat organida qaytadan ro’yxatdan o’tib turishi va mehnat organlari tomonidan taklif qilingan maqbul ishni qabul qilish holatlari tasdiqlaydi.
To’rtinchi shart – fuqaro tegishli hujjatlarni taqdim qilgan holda mahalliy mehnat organida ish qidiruvchi shaxs sifatida ro’yxatdan o’tishi lozim.
Chet ellik iqtisodchilar , hatto klassiklar va neoklassiklar ham ishsizlikning mavjudligini hech qachon inkor etmaganlar . Bundan tashqari , ular bozor iqtisodiyotining rivojlanishi davriy xarakterga ega bo’lganligi uchun ham uni bozor iqtisodiyoti uchun hayotiy muhim deb hisoblaganlar : yuksalish davrida firmalar mehnat bozoridan o’zlariga zarur bo’lgan , tanazzul davrida chiqarib tashlangan ishchi kuchini tez topadilar . Ammo ilmiy texnika taraqqiyotiga asoslangan ishlab chiqarishning hozirgi darajsi “mehnatning zaxiradagi bunday armiyasini” iqtisodiyot uchun kamsamaraliga aylantiradi – firmalarga oddiy ishchi kuchi emas , balki belgilangan sifatdagi , belgilangan malakadagi mehnat kerak.
Ishsizlikni yaqindan o’rganish iqtisodiy tabiatni bilish uchun uning tasnifini bilish maqsadga muvofiqdir . Kelib chiqish mazmuniga ko’ra , ishsizlikni quyidagi asosiy turlarga ajratish mumkin:
-tabiiy ishsizlik
-majburiy ishsizlik
Mehnat resurslarining balansi va uning mehnat resurslarini shakllantirish manbalarini tavsiflashdagi ahamiyati.
Javob: Mehnat resurslari balansini tuzish hamda ishga joylashishga muxtoj shaxslarni aniqlash chogida asosiy axborot manbalari davlat statistikasi (mehnat bo‘yicha, aholi bo‘yicha statistika hisobotlari) ma’lumotlari, ma’muriy hisobga olishning (masalan, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari, uy-xo‘jaliklari, xodimlar ro‘yxatlari) xar xil turlari, shuningdek, ish bilan bandlik masalalari yuzasidan ishchi kuchini tanlab tekshirishdan iborat.
Ishchi kuchini tanlab tekshirib chiqish - ma’lumot to‘plash vositalari orasida eng moslashuvchan usuldir. Ularning natijalariga qarab mehnat resurslarining shakllanishini, ish bilan bandlar, ishsizlar, iqtisodiy nofaol aholi sonini ko‘rsatuvchi ma’lumotlarni olish mumkin. Zaruratga qarab, tushunchalar, ta’riflar va savollarni o‘zgartirish yoki maydalash mumkin. Bu esa ayrim aholi guruhlari ishchi kuchida ishtirok yetishining turli shakllarini aniqlash imkonini beradi. Bunday moslashuvchanlik ushbu tekshiruvlarni turli iste’molchilar talablarini qondirish uchun ayniqsa yaroqli qiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |