4. Kasaba uyushmalari
Kasaba uyushmalari - ko`ngilli jamoat tashkiloti bo`lib, ham ishlab chiqarish, ham noishlab chiqarish sohalaridagi faoliyat turiga qarab, o`z a'zolarining mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini hamda manfaatlarini himoya qilish uchun mushtarak manfaatlar bilan bog`langan mehnatkashlarni birlashtiradi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 59-moddasiga binoan, kasaba uyushmalari xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini va manfaatlarini ifoda etadilar va himoya qiladilar. Kasaba tashkilotlariga a'zo bo`lish ixtiyoriydir.
Kasaba uyushmalarining huquqiy maqomi O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to`g`risida”gi qonun7i bilan tartibga solinadi. Mazkur qonunga binoan, mehnatkashlar, shuningdek, oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlarida ta'lim olayotgan shaxslar hech qanday tafovutsiz o`z xohishlariga ko`ra va oldindan ijozat olmay turib, ixtiyoriy ravishda kasaba uyushmalari tuzish huquqiga, shuningdek, ustavlarga rioya etish sharti bilan kasaba uyushmalariga kirish huquqiga egadirlar.
Mehnatkashlar korxonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda va boshqa ish joylarida kasaba uyushmalari tuzishga haqlidirlar.
Ishlamaydigan pensionerlarning kasaba uyushmasi a'zoligiga kirish yoki undan chiqish tartibi kasaba uyushmalarining ustavlari bilan yo`lga solib boriladi.
Kasaba uyushmalari ixtiyoriylik asosida respublika va boshqa hududiy hamda tarmoq birlashmalari tuzishlari, shuningdek, ularga kirishlari mumkin.
Kasaba uyushmalarining ustavlari «O`zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda ro`yxatga olinadi.
Barcha kasaba uyushmalari teng huquqlardan foydalanadilar.
Kasaba uyushmalari o`z faoliyatida davlat boshqaruv idoralaridan, xo`jalik idoralaridan, siyosiy va boshqa jamoat tashkilotlaridan mustaqildirlar, ular oldida hisobdor emaslar va ular tomonidan nazorat qilinmaydilar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Kasaba uyushmalarining huquqlarini cheklaydigan yoki shu huquqlarning amalga oshirilishiga to`sqinlik qiladigan tarzdagi har qanday aralashuv man etiladi.
Kasaba uyushmalari o`z ustavlarida belgilangan maqsadlarga va vazifalarga muvofiq ravishda boshqa mamlakatlarning kasaba uyushmalari bilan hamkorlik qilish, o`z xohishiga ko`ra xalqaro va boshqa kasaba uyushmalari birlashmalariga va tashkilotlariga kirish huquqiga egadirlar.
Fuqarolarning kasaba uyushmalariga mansubligi yoki mansub emasligi ularning qonunlarda kafolat berilgan mehnat, ijtimoy-iqtisodiy, siyosiy, shaxsiy huquqlari va erkinliklari biron bir tarzda kamsitilishiga sabab bo`lmaydi. Mehnatkashlarni ishga qabul qilish, xizmat pog`onalariga ko`tarish, shuningdek, ishdan bo`shatish uchun muayyan kasaba uyushmasiga mansublikni, unga kirish yoki undan chiqishni shart qilib qo`yish taqiqlanadi.
“Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to`g`risida”gi qonunga binoan
Do'stlaringiz bilan baham: |