kasaba uyushmalari:
o`z a'zolarining mehnat qilish huquqini himoya etadilar;
aholini ish bilan ta'minlash davlat siyosati ishlab chiqilishida qatnashadilar;
korxonalarda ishdan holi etib olinadigan shaxslarni ijtimoiy jihatdan himoya qilishning qonunlar asosida jamoa shartnomasida belgilab qo`yiladigan choralarini taklif etadilar.
aholini ish bilan ta'minlashning ahvolini va bu sohadagi qonunlarga rioya etilishini nazorat qilib boradilar;
ma'muriyat, mulkdor yoki ular vakil qilgan boshqaruv idorasi bilan jamoa muzokaralari olib borishda va jamoa shartnomalari, bitimlari tuzishda ustivor huquqqa egadirlar, ularning bajarilishini nazorat qiladilar;
mehnat sharoiti va mehnatga haq to`lash, mehnatni muhofaza qilish va ishlab chiqarish xavfsizligini ta'minlashga, mehnatkashlarning uy-joy sharoitiga, ularni ijtimoiy sug`urtaga, ularni sog`liqni saqlash va madaniyatga taalluqli manfaatlarini, pensiya ta'minoti sohasidagi huquqlarini himoya qiladilar;
o`z vakolatlari doirasida mehnatkashlarni ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan himoya qilish tadbirlarini ishlab chiqishda, turmush darajasining asosiy mezonlarini, narx-navo indeksi o`zgarishiga qarab tovon to`lash miqdorini aniqlashda qatnashadilar, qonunda belgilab qo`yilgan kun kechirishning eng past darajasiga hamda pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdoriga rioya etilishini nazorat qiladilar;
ma'muriyat, mulkdor yoki ular vakil qilgan boshqaruv idorasi mehnat va kasaba uyushmalari to`g`risidagi qonunlarga rioya etishlarini nazorat qilib boradilar, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishni talab qilishga haqlidirlar;
mehnatkashlarning mehnat huquqlarini himoya qilib, da'vo ariza bilan sudga murojaat qilishga haqlidirlar;
kasaba uyushmasi a'zosi bilan ma'muriyat o`rtasida paydo bo`lgan yakka tartibdagi mehnat nizolarini ko`rib chiqadi va ular yuzasidan qonunlarga muvofiq tegishli qarorlar qabul qiladilar;
mehnatga doir amaldagi qonunlarning jamoa shartnomasi, bitimi shartlarining buzilishi, mehnat va turmushning yangi ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarini belgilash yoki mavjud shart-sharoitlarini o`zgartirish bilan bog`liq masalalarga doir jamoa mehnat nizolarini ko`rib chiqishda qatnashadilar;
ma'muriyatdan, shuningdek, davlat va xo`jalik boshqaruvi idoralaridan mehnat hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bilan bog`liq masalalar yuzasidan belgilab qo`yilgan statistika hisoboti doirasida bepul ma'lumotlar olishga haqlidirlar;
ma'muriyat jamoa shartnomasi shartlarini buzuvchi qaror qabul qilgan taqdirda, kasaba uyushmalari ana shu qoidabuzarlikni bartaraf etish to`g`risida ma'muriyatga taqdimnoma kiritishga haqlidir;
O`zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda aholining ko`chib yurishi, ish bilan ta'minlanishi, mehnat, narx-navo belgilash va ijtimoiy ta'minot masalalariga doir davlatlararo bitimlar tuzilishida, xalq deputatligiga nomzodlar ko`rsatilishda, saylov mavsumida ularni qo`llab-quvvatlashda ishtirok etishlari mumkin.
Davlat va xo`jalik idoralarining ma'muriyati, jamoat tashkilotlari, mansabdor shaxslar kasaba uyushmalarining huquqlariga rioya etishlari, ularning faoliyat ko`rsatishlariga ko`maklashishlari shart. Bu idoralar va shaxslar, kasaba uyushmalari huquqlarini buzganliklari yoki ularning qonuniy faoliyatiga to`sqinlik qilganliklari uchun qonunlarda belgilangan tartibda javobgar bo`ladilar. Davlat va xo`jalik idoralarining ma'muriyati jamoat tashkilotlari, mansabdor shaxslar kasaba uyushmalarining vakillari shu kasaba uyushmasi a'zolari ishlayotgan korxonalarga ustavda belgilangan vazifalarni va qonunlarda belgilab qo`yilgan huquqlarni amalga oshirish uchun kirishlariga to`sqinlik qilishga haqli emas.
Kasaba uyushmalari va ularning idoralari qonunlarga muvofiq yuridik shaxs hisoblanadilar.
Kasaba uyushmalari mulkka egalik huquqi asosida o`zlariga qarashli bo`lgan mol-mulk va pullarga egalik qiladilar, ulardan foydalanadilar va ularni tasarruf etadilar. Kasaba uyushmalari davlat, xo`jalik, kooperativ va boshqa jamoat tashkilotlarining majburiyatlari uchun javob bermaydilar, o`z navbatida ular ham kasaba uyushmalarining majburiyatlari uchun javob bermaydilar.
Kasaba uyushmasi budjeti mablag`ining manbalari, mablag`ni shakllantirish va undan foydalanish tartibi kasaba uyushmalari ustavida belgilab beriladi.
Kasaba uyushmalarining moliyaviy faoliyati ularning o`z ustavlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Kasaba uyushmalariga qarashli korxonalar va tashkilotlar daromadlarining manbalari, ular olgan mablag` miqdori va to`lagan soliq miqdori davlat moliya idoralari va soliq inspeksiyalari tomonidan qonunlarga muvofiq ravishda nazorat qilinadi.
Kasaba uyushmalari o`z ustavlarida qayd etilgan maqsad va vazifalarga muvofiq ravishda belgilab qo`yilgan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish, kasaba uyushmalarining banklarini, sug`urta va aksionerlik jamiyatlarini, qo`shma tijorat korxonalarini barpo etish, noshirlik faoliyati bilan shug`ullanish, turli fondlar tuzish huquqiga egadirlar.
Jamoa shartnomasi tuzish chog`ida qabul qilingan qarorga muvofiq korxona kasaba uyushmalariga o`z balansida turgan yoki o`zi ijaraga olgan binolar, xonalar, inshootlar va boshqa obyektlarni, shuningdek, dam olishni tashkil etish, mehnatkashlar va ularning oila a'zolari bilan madaniy-ma'rifiy, jismoniy tarbiya-sog`lomlashtirish ishlarini olib borish uchun zarur bo`lgan dam olish maskanlarini, bolalar-o`smirlar lagerlari va boshqa sog`lomlashtirish lagerlarini bepul foydalanish uchun beradi.
Korxona kasaba uyushmalariga jamoa shartnomasida belgilangan maqsadlar uchun qonunlarda belgilab qo`yilgan miqdorda mablag` o`tkazadi.
Korxonada ish olib boradigan kasaba uyushmalarining faoliyati uchun boshqa moddiy sharoitlarni yaratish jamoa shartnomasi (bitimi) bilan tartibga solinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |