Nodavlat tashkilotlari


Nodavlat notijorat tashkiloti



Download 148,5 Kb.
bet2/13
Sana01.08.2021
Hajmi148,5 Kb.
#135156
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Nodavlat-tashkilotlari

Nodavlat notijorat tashkiloti - jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o`z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) o`z qatnashchilari (a'zolari) o`rtasida taqsimlamaydigan o`zini o`zi boshqarish tashkilotidir.

Yuqorida keltirilgan ta'rifdan ko`rinib turibdiki, nodavlat notijorat tashkilotlari boshqa jamoat birlashmalaridan farq qilgan holda, quyidagi o`ziga xos xususiyatlarga egadir:

a) jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriy tashkil etiladi;

b) o`zini o`zi boshqaradi;

c) daromad (foyda) olish faoliyatining asosiy maqsadi hisoblanmaydi.

“Nodavlat notijorat tashkilotlari to`g`risida”gi qonunga binoan, nodavlat notijorat tashkilotlari quyidagi maqsadlarda tashkil etilishi mumkin:



  • jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;

  • demokratik qadriyatlarni himoya qilish;

  • ijtimoiy, madaniy va ma'rifiy maqsadlarga erishish;

  • ma'naviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish;

  • xayriya faoliyatini amalga oshirish.

Davlat nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta'minlaydi, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi.

Nodavlat notijorat tashkilotlarining alohida ijtimoiy foydali dasturlariga davlat ko`mak ko`rsatishi mumkin.

Davlat organlari hamda ular mansabdor shaxslarining nodavlat notijorat tashkiloti faoliyatiga aralashishiga, xuddi shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotining davlat organlari hamda ular mansabdor shaxslarining faoliyatiga aralashishiga yo`l qo`yilmaydi.

Nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat organlari bilan o`zaro munosabatlari quyidagilarda namoyon bo`ladi:



  1. nodavlat notijorat tashkilotlari to`g`risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarni qabul qilish;

  2. nodavlat notijorat tashkilotlarini ro`yxatga olish (qayta ro`yxatga olish), ularning faoliyat ko`rsatishi va faoliyatini tugatish uchun tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlarni yaratib berish;

  3. nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy foydali dasturlarini ro`yobga chiqarishga ko`maklashish;

  4. nodavlat notijorat tashkilotlari bilan o`zaro ijtimoiy hamkorlik;

  5. nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish.

Nodavlat notijorat tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlariga kirishi, ular bilan to`g`ridan to`g`ri xalqaro aloqalar o`rnatishi, hamkorlik to`g`risida tegishli bitimlar tuzishi mumkin.

Nodavlat notijorat tashkiloti yuridik shaxs hisoblanadi.

Nodavlat notijorat tashkiloti, agar uning ta'sis hujjatlarida boshqacha qoida belgilangan bo`lmasa, faoliyat muddati cheklanmagan holda tashkil etiladi.

“Nodavlat notijorat tashkilotlari to`g`risida”gi qonunga binoan nodavlat notijorat tashkiloti quyidagi huquqlarga ega:



  1. o`z a'zolari va qatnashchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish;

  2. ijtimoiy hayotning turli masalalariga doir tashabbuslar bilan chiqish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga takliflar kiritish;

  3. davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining qarorlarini ishlab chiqishda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ishtirok etish;

  4. o`z faoliyati to`g`risida axborot tarqatish;

  5. ommaviy axborot vositalarini ta'sis etish hamda belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish;

  6. ustavda belgilangan vazifalarni bajarish uchun tadbirkorlik tuzilmalarini tashkil etish;

  7. o`z ramziy belgilarini ta'sis etish;

  8. o`z faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan yig`ilishlar, konferensiyalar o`tkazish;

  9. qonun hujjatlariga muvofiq vakolatxonalar ochish va filiallar tashkil etish.

Nodavlat notijorat tashkiloti qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega.

Nodavlat notijorat tashkiloti:

  1. qonun hujjatlariga rioya etishi;

  2. o`z mol-mulki va pul mablag`laridan foydalanish to`g`risidagi axborot bilan tanishish erkinligini ta'minlashi;

  3. nodavlat notijorat tashkilotini ro`yxatdan o`tkazuvchi organga o`zi o`tkazayotgan tadbirlarga erkin kirish imkonini berishi;

  4. ro`yxatdan o`tkazuvchi soliq va statistika organlariga o`z faoliyati to`g`risida hisobotlar taqdim etishi shart.

Nodavlat notijorat tashkiloti qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarga ham ega bo`ladi.

Nodavlat notijorat tashkilotining vakolatxonasi - u turgan yerdan tashqarida joylashgan alohida bo`linma bo`lib, nodavlat notijorat tashkilotining manfaatlarini ifodalaydi va himoya qiladi.

Nodavlat notijorat tashkilotining filiali - u turgan yerdan tashqarida joylashgan alohida bo`linma bo`lib, uning barcha vazifalarini yoki vazifalarining bir qismini, shu jumladan vakolatxona vazifalarini amalga oshiradi.

Nodavlat notijorat tashkilotining vakolatxonalari va filiallari davlat ro`yxatidan o`tkazilgan paytdan e'tiboran yuridik shaxs maqomiga ega bo`lishi mumkin.

Xalqaro hamda chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari yuridik shaxslardir.


Download 148,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish